Qo‘shma gaplar bo‘yicha savоllar


KO‘RSATISH OLMOSHILI ERGASHGAN



Download 314 Kb.
bet7/24
Sana13.05.2020
Hajmi314 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
KO‘RSATISH OLMOSHILI ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR

Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi ma'nosini izohlash uchun qo‘llangan ergash gaplar bosh gapga -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi. Bu yuklama bosh

gap kesimi tarkibida bo‘ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.

Ba'zan bu bo‘lak qo‘llanmasligi ham mumkin, ammo uning o‘rni bilinib turadi.

Qo‘shma gaplar tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang.



1. Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi ko 'ramiz. (Parda Tursuri) 2. Shunga aminmanki, «Ta'lim to'g`risida»gi Qonun talim tizimimizni yaxshilashda tub burilish yasaydi. («Ma'rifat») 3. Umidimiz shuki, Sizlar baxtli bo‘linglar. (Ismoil To‘lak) 4. Shunday yashaylikki, hamma havas qilsin.

Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshini aniqlang.

1. Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. (Hamid G`ulom) 2. Shunga ishonchim komilki, qasd qilganlar, albatta, past bo‘ladi. (Shuhrat) 3. Shuni angladimki, inson qobiliyati cheksiz ekan. 4. Aybingiz shuki, juda ko‘ngilchansiz. (Z.Saidnosirova) 5. Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon andin yaxshidir. (Alisher Navoiy)

Bosh gap tarkibida kelgan ko‘rsatish olmoshini aniqlang va vazifasini tushuntiring.

1. Shuni bilingki, aql bilan odob — jism bilan jon. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, aqlsizga so‘z uqtirgandan ko‘ra yelkada tosh tashish afzal. 3. Shunga amin bo‘ldimki, serjahl boshda aql bo‘lmaydi. 4. Shundan ehtiyot bo‘lish lozimki, hamrohingiz aslo nodon bo‘lmasin. 5. Shuni doimo yodda tutish kerakki, nodon odamning gapi ko‘p bo‘ladi. Qo‘shma gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gaplarni bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi o‘rnida keltirib, qo‘shma gapni sodda gapga aylantiring.

1. Baxtim shuki, seni uchratdim. (ZSaidnosirova) 2. Shunday o‘zgarishlar bo‘lmoqdaki, aqling bovar qilmaydi. 3. Shunisi quvonarliki, sinfdagi o‘quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil. 4. Shuni bilingki, hech bir yangilik bexosiyat bo‘lmaydi. (Asqad Muxtor) 5. Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo‘tabar bo‘lsin. (Oybek)

N a m u n a : Baxtim shuki, seni uchratdim — Baxtim — seni uchratganligim.


Download 314 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat