4. Aniqlovchi ergash gap bosh gapda aniqlovchi bo‘lib kelgan olmosh va ayrim sifatlarni izohlab kelgan ergash gapdir. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap deb yuritiladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan -ki boglovchisi bilan (bunda bosh gap tarkibida ko‘pincha aniqlovchi bo‘lib kelgan shunday, ayrim, ba'zi so‘zlari ishtirok etadi) yoki shart mayli qo‘shimchasi -sa bilan (bunda ergash gap tarkibida qanday, qaysi, kimning kabi olmoshlar, bosh gap tarkibida esa shu, shunday, o‘sha, uning, ba'zi, bir xil, ayrim, bir, bir qancha kabi olmoshlar bo‘ladi) bog`lanadi: /. Shunday inson haqida xabar keltirdimki, uning har bir so'zi gavhardir. 2.Kimning ko'ngli to'g'ri bo'lsa, uning yo‘li ham to‘g`ri. Ba'zan bosh gapdagi aniqlovchi tushirilishi mumkin: Odam borki, hayvon undan yaxshiroq.
Sxemasi quyidagicha:
1.Shunday -ki, 4 shunday (aniql.) -ki,
2 shunday. -ki, 5. shunday(hol) -ki,
3 shunday.....-ni. -ki, 6. ....qaysi. —sa, o‘sha....
Do'stlaringiz bilan baham: |