3. O‘rin ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilish o‘rnini bildirgan ergash gapdir. U bosh gap bilan birgalikda o‘rin ergash gapli qo‘shma gap deyiladi: Qayerda intizom kuchli bo‘lsa, shu yerda tartib bo‘ladi. Bog`lovclii vositalar: -sa (qayerdan, qayga, qayerga, qayerda, shu yerda, o'sha yerda, shunda, shu yerga, shu yerdan, u yerda) —mang, masin, ekan: Qayerda snv bo‘lsa, o‘sha yerda hayot bo‘ladi. Sxemasi quyidagicha:
9. -ganicha yo‘q edi,
1 qayerga ...sa, o‘sha yerga…
2 qayerda...sa, o‘sha yerda, ....
3 qayga -sa, o'sha yerda, ....
4 Qayerga -mang, u yerda
5 Qayerga -masin,
6. qayerda…sa, shu yerda
4. Sabab ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini bildirgan ergash gapdir. U bosh gap bilan birga sabab ergash gapli qo‘shma gap deb nomlanadi. Qayrilishlar tobora ko‘payib, mashinaning tezligi susaya boshladi. Bu uylar ilgari bedaxona bo'lganidan, darchasi ham yo'q edi.
Sxemasi quyidagicha:
1….., shuning uchun…
2 -ganidan, ...
5 -gani uchun,…
4 -ganidan keyin,…
5 -gani bois,…
6 shekilli, .
7. -gani tufayli,
8 -gan bo‘lsa kerak.
9 -mi,
10 ,chunki
11 , negaki
12 , sababki
13 shuning uchun......
14. -ki,
15 -ib,
5. Maqsad ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning nima maqsadda yuzaga kelishini bildirgan ergash gapdir. U bosh gap bilan birga maqsad ergash gapli qo‘shma gap deb nomlanadi. Bog`lovchi vositalar: deb, -sin deb, -di deb, -ar deb, -sa deb, -mi ekan (deb, deya, uchun), toki: Odamlar yaxshi yashasin deb, tinchlikka imzo chekdik. G`o‘za miriqib ichsin uchun, suv tekis oqizildi.
Sxemasi quyidagicha:
1 deb, 6. -mikan deb,
2 -sin deb, 7. .-deya
3 -di deb, 8 uchun,
4 -ar deb, 9 , toki.
5 -sa deb,
6. Shart ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qanday shart bilan bajarilishini bildirgan ergash gapdir. U bosh gap bilan birga shart ergash gapli qo‘shma gapni hosil qiladi. Bog`lovchi vositalar: -sa,
-sa edi, agar, mabodo, bordi-yu, -ganda(edi), -r(-ar) ekan, -gan ekan, -mi, bo'lmasa, yo'qsa, -may, bo'lay desang, -sinki: Agar suv bo'lsa, cho'l-u sahrolar bo‘'stonga aylanadi.
Sxemasi quyidagicha:
1. (Agar)…sa,.
2. (Agar) -sa edi,...
5. (Agar) -ganda,…
4. (Agar) -ganda edi,…
5. (Bordi-yu) -r (-ar) ekan, ...
6. (Mabodo) -gan ekan,…
7. (Agar) -moqchi ekan,…
8 -mi,
9 bo‘lmasa,
10 , yo‘qsa
11 -may,
12.. -masdan avval,
13 bo‘lay desang,
7. To‘siqsiz ergash gap bosh gapning mazmuniga zid bo‘lsa ham, unda ifodalangan voqea-hodisaning yuzaga kelishiga to‘siq bo‘la olmaydigan fikrni anglatgan ergash gapdir. U bosh gap bilan birga to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Bog`lovchi vositalar: -sa ham(ki), qancha, qanchalik, naqadar, garchi, garchd, -ganda ham, -sa-da, -ganda-da, -gani bilan, -sa ham,
masin, qaramay, qaramasadan, -i(ib), -gani holda, -di hamki, xoh...xoh (sa -masa), -sa: Quyosh yashiringan bo‘lsa ham, kunduzning yorug`ligi hali sonmagan edi. Ba'zan garchi so‘zi qo‘Uanishi mumkin. Sxemasi quyidagicha:
1 -sa,
2. Qancha....-sa hamki,…
3. -ganda ham,…
4. -sa-da,…
5. -gani bilan,…
6. -masin,…
7. -qaramay,…
8 qaramasdan,…
9 -gani holda,…
10. ….hamki,…
11. Xoh… xoh..,
12 ~sa...-masa,
13 -sa... -diki,
8. Miqdor ergash gap. Bosh gapdan anglashilgan ish-
harakatning bajarilish miqdor-darajasini bildirgan ergash gapdir. Bu gaplar bosh gap bilan birga miqdor ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. U qancha qizishsa, men shuncha sovuqqon tus olardim.
1 qancha -sa, ....shuncha... 3. ...qancha.....-sa, ...shimchalik.... .
2. ...qanchalik...-sa, ..sunchalik.. 4. qanchalik..-gan sayin,..shunchalik…
9. O‘xshatish ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qay tarzda bajarilishini o‘xshatish yo‘li bilan bildirgan gapdir. U bosh gap bilan birga o‘xshatish ergash gapli qo‘shma gap deb nomlanadi: Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to‘ldirgan, go'yo kechaning o zi kuylaydi.
10. Natija ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini bildirgan ergash gapdir. U bosh gap bilan birga natija ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Natija ergash gap bosh gapga –ki bog`lovchisi yordamida bog`lanadi. Bosh gap tarkibida shunday, shu qadar, shunchalik, shu darajada, shuncha, chunon kabi so‘zlar, ergash gaplar tarkibida esa natijada, oqibatda, hatto kabi so‘zlar qo‘llanishi mumkin: Qor bir zumda shunday yog'diki, yer oppoq bo'lib ketdi. Azimboy sunday zulm o'tkazdiki, oqibatda xalqning sabr-kosasi to‘ldi.
Sxemasi:
1. ...shunday.. -ki, natijada.... .
2. ...shu qadar....-ki, oqibatda... .
3. ...shunchalik. -ki, …
4. ...shu darajada......-ki,
5. ...shuncha -ki,
6. ...chunon -ki,
Do'stlaringiz bilan baham: |