- Bosh gap tarkibida to`ldiruvchi vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gaplarga to`ldiruvchi ergash gaplar deyiladi. To`ldiruvchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so`zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo`llaniluvchi –ki yuklamasi yordamida bog`lanadi. Gap qismlari nisbiy so`zlar yordamida bog`langanda, ergash gap kesimi shart mayli shaklida fe’llar bilan ifodalanadi va to`ldiruvchi ergash gap bosh gapdan oldin keladi: Kimki bo`lsa dilozor, undan elu yurt bezor. Gap qismlari –ki yordamida bog`langanda esa to`ldiruvchi ergash gap bosh gapdan keyin keladi, bosh gap tarkibida shunday, ayrim, ba’zi kabi olmoshlar qo`llanadi: Shunday bino quraylikki, avlodlarga meros qolsin. Ayrim oilalar borki, tarbiyaga e’tibor berishmaydi. Ba’zan bosh gapning to`ldiruvchisi vazifasidagi ko`rsatish olmoshi qo`llanmasligi mumkin, ammo uning o`rni bilinib turadi. Ahmadjon biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq o`qqa tutdi.(Ahmadjon shuni biladiki…)
MASALAN, SHUNI AYTIB O’TAYKI, KEMA BUTUN MAS'ULIYATNI O’Z USTIGA OLGAN KEMA DARG’ASINING BUYRUGI BILANGINA TO’LQINLARNI YORIB DENGIZLAR OSHA OLADI ("K.D".) GAPIDA ERGASH GAP (KEYINGI GAP) BOSH GAPDAGI (BIRINCHI GAP) OLMOSH (SHUNI) BILAN IFODALAN-GAN MAVHUM BO’LAKNING – TO’LDIRUVCHINING MAZMUNINI IZOHLAB TO’LDIRIB KELGAN: SHUNI, YA'NI KEMA BUTUN MAS'ULIYATNI O’Z USTIGA OLGAN KEMA DARG’ASINING BUYRUG’I BILANGINA TO’LQINLARNI YORIB, DENGIZLAR OSHA OLISHINI AYTIB UTAY. ERGASH GAPLI QO’SHMA - ERGASH GAPLI QO’SHMA
- GAP deb:
- birdan ortiq sodda gapning mazmun jihatdan tobe-hokim munosabati asosida, ya’ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo’shma gapga aytiladi
- Bosh gap-boshqa gapni o’ziga
- tobe qilib kelgan gap
- Ergash gap-bosh gapga ergashib,
- uni izohlab kelgan gap
MISOL: TA’TIL BOSHLANSA, BIZ SHAXMAT MUSOBAQASINI BOSHLAYMIZ. ERGASH GAP: TA’TIL BOSHLANSA BOSH GAP: BIZ SHAXMAT MUSO- BAQASINI BOSHLAYMIZ O’zingiz tahlil qiling: - O’zingiz tahlil qiling:
- 1.Kimda gumoning bo’lsa, uni ko’zdan qochirma.
- 2.Bahor kelsa, tabiat gulga burkanadi.
- 3.Kimki intilsa,umaqsadiga yetadi.
- Masalan
- Siz shuni unutmangki,kurashchilar yolg’iz
- emas.
- Bu gapda ergash gap bosh gap tarkibidagi
- olmosh bilan ifodalangan to’ldiruvchini
- izohlayapti.
- Ergash gap bosh gapga chunki, shuning uchun,
- -ki, agar, garchi, mabodo, go’yo(ki) kabi ergashtiruvchi
- bog’lovchi ,fe’lning ravishdosh,sifatdosh, harakat
- nomi shakli, Shuningdek, yuklama, ko’makchi,
- turli vazifadagi ko’rsatish Olmoshi,kim-u,
- qanday-shunday,qancha- shuncha , qaysi-o’sha,
- qayerda-u yerda kabi bir-biriga ishora
- ma’nosini bildiradigan so/roq olmoshi va ko’rsatish
- olmoshidan iborat nisbiy so’z, sababli, tufayli, deb
- so’zi orqali bog’lanadi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |