O’rta maxsus



Download 2,24 Mb.
bet1/54
Sana30.04.2022
Hajmi2,24 Mb.
#597939
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
paskal dt dars
Тарих фанидан янги жадвал.., Тарих фанидан янги жадвал.., Тарих фанидан янги жадвал.., 14-maruza, 4.1, Тарих фанидан янги жадвал.., Тарих фанидан янги жадвал.., 2 5224639608901338471, 2 5224639608901338471, 18 Мавзу Эстетиканинг замонавий, 2-mavzu (3), dinshunoslik, turkistonda jadidchilik harakati va ularning islohathilik faoliyati, hoat 1 test, 6 ishi (Автосохраненный)

Algoritmlash va dasturlash asoslari
seriyasidan
Kitob – II
B.J.BOLTAYEV, A.R.AZAMATOV,
G.A.AZAMATOVA, B.S.XURRAMOV

TOSHKENT 2013
PASCAL dasturlash tilida dastur tuzishni o‘rganuvchilar uchun qo‘llanma.
Mualliflar:
Fizika-matematika fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi B.J.Boltayev
Fizika-matematika fanlari nomzodi, oliy toifali informatika va matematika fani o‘qituvchisi A.R.Azamatov
Informatika fani o‘qituvchisi G.A.Azamatova
Informatika fani o‘qituvchisi B.S.Xurramov
Qo‘llanmada algoritmlash va dasturlash orasidagi bog‘lanishlar tahlil etilib, Pascal dasturlash tili strukturasi, undagi tuzilmalar mohiyati ochib berilgan. Shu bilan birga nazariy ma’lumotlardan tashqari takrorlash va mustaqil ishlash uchun ko‘p sonli vazifalar keltirilgan. Masalalarni yechimlarida turli yondoshishlar va usullarning mohiyati ochib berishga xarakat qilingan. Ma’lumotlar va masalalar “oddiydan murakkabga” mantiqiy ketma-ketlikda bayon etilgan.
Qo‘llanma Pascal dasturlash tilida dastur tuzishni o‘rganayotganlar uchun yozilgan bo‘lsa ham, barcha dasturlash tilida dastur tuzishni o‘rganayotganlar va tajribali dasturchilar tomonidan ham ma’lumotnoma sifatida foydalanilishi mumkin.
© Toshkent 2013
UzbekSoftA
Qadrli do‘stimiz va ko‘pchilik ustoz deb tan olgan Respublikamizda informatika fanini va dasturchilar maktabining rivojlanishiga katta xissa qo‘shgan taniqli matematik va informatik MUXTOR MAHKAMOV xotirasiga bag‘ishlanadi.

1-BOB. UMUMIY MA’LUMOTLAR 1-§. ALGORITM, IJROCHI VA PASCAL DASTURLASH TILI HAQIDA


Zamonamizning ilg‘or texnologiyalari hosilasi hisoblangan kompyuter faqat moddiy-texnik ta’minot bilangina emas, balki, yana algoritm, Ijrochi va dastur tushunchalari bilan ham uzviy va chambarchas bog‘langan. Bu uch tushunchaga mos ilmiy xulosalar hosilasi hisoblangan dasturiy ta’minot bilan moddiy-texnik ta’minot o‘zaro mutanosib ishlagandagina kompyuter oddiy temirdan qulay va samarali yordamchiga aylanadi. Shu sababli bu uch tushuncha haqida ozgina to‘xtalib o‘tishni lozim deb topdik.
Algoritm so‘zi IX asrda yashab (783-yilda tug‘ilgan) o‘z ilmiy ishlari xazinasi bilan dunyoga tanilgan vatandoshimiz buyuk astronom, matematik va geograf Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. AlXorazmiy arifmetikaga bag‘ishlangan “Hind hisobi haqida kitob” risolasida to‘qqizta hind raqamining sonlarni ifodalashdagi afzalliklari va ular yordamida har qanday sonni qisqa ko‘rinishda hamda osonlik bilan yozish mumkinligini aytadi va, hozirgi kunda hamma o‘quvchilar biladigan, sonlar ustida ustun ko‘rinishida amallar bajarish qoidalarini yoritadi. Ayniqsa, nolni (0) ishlatishning ahamiyati haqida tushuncha berib, nolni yozmaslik natijaning xato chiqishiga olib keladi, degan. Bu risola XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan va butun Yevropaga tarqatilgan. Bu tarjimaning XIV asrda ko‘chirilgan qo‘lyozmasining yagona nusxasi Kembrij universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Risola “Dixit Alhorithmi”, ya’ni “Dediki Alxorazmiy” iborasi bilan boshlanadi.
Hayotiy tajribangizdan kelib chiqib, biror maqsadga erishish kabi vazifani hal etish uchun aniq bir harakatlarni tartib bilan bajarish kerakligini bilasiz. Ular, masalan, oddiygina bo‘lgan: kiyinish vazifasimi, ovqat pishirishmi, ko‘chani bir tomonidan ikkinchi tomoniga o‘tishmi, maqsadi bo‘lishi mumkin. Bu maqsadlarda, albatta, ma’lum bir tartib yoki qoidalarga rioya etish zarur. Aks holda kulgili yoki ayanchli ahvolga tushib qolish hech gap emas: tuflini ustidan paypoq kiyilishi yoki ko‘ylakni kostyum ustidan kiyilishi; palov pishirishda qozonga yog‘dan avval gurunch solinishi yoki keragidan bir necha baravar ko‘p tuz solinishi; transport vositalari yo‘q vaqtda ko‘chadan o‘tmasdan kutib turib, ular kelayotgan vaqtda ko‘chani kesib o‘tish va hokazo.
Umuman, biror ko‘rsatma yoki buyruqlar ketma-ketligi yozildimi yoki aytildimi, demak, uni kimdir yoki nimadir bajarishi shart. Albatta, bu buyruqlar ketma-ketligini ijro etilishidan qandaydir maqsadga erishish ko‘zda tutilgan bo‘ladi, aks holda bu harakatda ma’no yo‘qoladi. Ko‘rsatma yoki buyruqlar ketma-ketligini ijro etishi kerak bo‘lgan biror inson yoki qurilma Ijrochi deb ataladi. Shu izohlarga asosan algoritm tushunchasini ifodalasak bo‘ladi.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti