Yuqorida aytib o‘tilganidek, Turbo Pascal dasturi hech bo‘lmaganda TURBO.EXE (integrallashgan muhitiga kirish) va TURBO.TPL (standart modullar kutubxonasi) fayllardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Agar TURBO.EXE fayli olib tashlansa, u holda uni o‘rniga komanda satri holatidagi dastur kompilyatori TPC.EXE fayli qo‘llanilishi shart. Bu ikkala holda dastur hajmi 1 Mbaytdan kam bo‘ladi. Lekin bu hollarda grafik holat, PChar turidagi satrlar va interaktiv kutubxonadan foydalanib bo‘lmaydi, ulardan foydalana olish uchun qo‘shimcha kerakli fayllarni ham ko‘chirib olish zarurdir.
3-§. TURBO PASCAL INTEGRALLASHGAN MUHITI
Turbo Pascal integrallashgan muhitiga kirish uchun TURBO.EXE fayli ishga tushiriladi. Natijada ekranda Turbo Pascal integrallashgan muhitining grafik interfeysi ochiladi. Intefeysning dastur tomonidan belgilangan ko‘rinishi kichik o‘lchamli oyna holatida bo‘ladi, u menyular satri, oynalar sohasi va ma’lumot satridan iborat (3-rasm). Oynani dastur tomonidan belgilangan ko‘rinishini to‘liq ekran ko‘rinishiga va aksincha o‘tkazish uchun Alt + Enter klavishlar juftligini bosish yetarli. Agar TURBO.EXE fayli yorlig‘ining Ekran xususiyati “To‘liq ekran” holatiga o‘zgartirilsa (2-rasm), interfeys oynasi doimo “To‘liq ekran” holatida ochiladi.
Turbo Pascal integrallashgan muhiti MS DOS holatida ishlaydi. Shu sababli, Turbo Pascal dasturini ishlatishda Windows operatsion sistemasining biror versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart emas. Turbo Pascal dasturini TURBO.EXE fayli yordamida Explorer, Norton Commander, Windows Commander, Far kabi turli qobiq dasturlar muhitida ham ishga tushirish mumkin. Yuqorida keltirilgan 3-rasmdagi oynalar sohasi, asosan, dastur matnini kiritish va tahrirlash uchun ochiladigan dastur muharriri oynasini aks ettirish uchun xizmat qiladi.
Ko‘rinib turibdiki, Turbo Pascal integrallashgan muhiti interfeysi matn muharririning interfeysiga o‘xshab ketadi. Uning muharrir oynasi maydoniga dastur matnlari matn muharriridagi kabi kiritiladi. MS Worddagi kabi Turbo Pascalda ham bir nechta oyna ochib, ularning har biri bilan alohida ishlash imkoniyati bor. Bu bir vaqtda bir nechta dastur bilan ishlash imkonini beradi. Joriy vaqtda ishlanayotgan oyna faol oyna deb ataladi. Faol oyna ikki qatlamli, faolmas oyna bir qatlamli chegaraviy chiziqlari bilan farqlanib turadi (4-rasm).
Turbo Pascal integrallashgan muhitida dastur muharriri oynalaridan farqli oynalar ham bor. Masalan, dasturni sozlash vaqtida o‘zgaruvchilar qiymatlarini ko‘rsatib turuvchi (ochilishi: Debug Watch tanlanadi) Watches nomli (dasturni sozlash vaqtida o‘zgaruvchilarni oraliq qiymatlarini ko‘rsatib turadigan) oyna, foydalanuvchi yordam olishi uchun ma’lumotlar oynalari (ochilishi: Help menyusi tanlanadi yoki F1 klavishi bosiladi). Ochilgan oynalarga ochilish tartibiga mos ravishda dastur tomonidan tartib raqamlari beriladi (4-rasm).
→
ENTER
Menyulardagi buyruqlarni tanlashning bir nechta usuli bor. Menyular satriga o‘tish uchun F10 klavishi bosiladi. So‘ngra chapga ← yoki o‘ngga yo‘nalish klavishalari yordamida kerakli menyuni tanlab quyiga ↓ yoki klavishi bosiladi. Kerakli menyuni tanlashning eng qulay usuli sichqoncha yordamidadir. Menyularni ochishda tezkor klavishlar bilan ishlashni xohlaganlar Alt klavishi bilan birgalikda menyu nomidagi birinchi harfni bosishi yetarli: