O’rta maxsus


Algoritm deganda biror maqsadga erishishga yo‘naltirilgan hamda Ijrochi



Download 2,24 Mb.
bet2/54
Sana30.04.2022
Hajmi2,24 Mb.
#597939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
paskal dt dars

Algoritm deganda biror maqsadga erishishga yo‘naltirilgan hamda Ijrochi bajarishi ko‘zda tutilgan ko‘rsatmalarning (buyruqlarning) aniq, tushunarli va chekli ketma-ketligi tushuniladi.
Odatda, Ijrochi buyruq yoki ko‘rsatmalarni (natijasini qanday bo‘lishini o‘ylab ko‘rmay) so‘zsiz bajarishi shartligi nazarda tutiladi. U ko‘rsatmani bajarishdan kelib chiqadigan natijani bilishi ham shart emas va bilmaydi ham. Bu, masalan, hali kiyinish nimaligini bilmaydigan yosh bolachaga tufligini ustidan paypoq kiydirish yoki oshpalov nimaligini bilmaydigan insonga yog‘dan avval gurunch soldirish yoki avtobus nimaligini bilmaydigan yovvoyi odamga ko‘chani kesib o‘tishni buyurgandagi kabidir. Ular hech ikkilanmay natijasi bilan qiziqmagan holda buyruqni bajarishadi. Xuddi shunday, kompyuter ham buyruq bajarishni biladi, o‘ylash unga xos xususiyat emas. U faqatgina buyruqni juda tez bajarishni biladi, xalos. Demak, har qanday kompyuter ham faqatgina oddiy Ijrochi kabi xizmat qilar ekan.
Algoritm Ijrochisi haqida bunday sodda tushuncha va misollar bilan chegaralanib qolmaymiz, albatta. U ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
A lgoritm ijrochisi – algoritmda ko‘rsatilgan buyruq yoki ko‘rsatmalarni bajara oladigan abstrakt yoki real (texnik yoki biologik) sistema.
Bu ta’rifning eng muhim tomonlaridan biri Ijrochi algoritmni bajara olishi uchun ko‘rsatmalar unga tushunarli bo‘lishidadir. Algoritm ko‘rsatmalari Ijrochi tushunadigan tilgagina emas, balki Ijrochining bilim va malakasiga ham mos bo‘lishi kerak. Aks holda Ijrochi birorta ham ko‘rsatmani bajara olmasligi mumkin. Demak, algoritm Ijrochiga tushunarli bo‘lishi uchun Ijrochining imkoniyatlarini bilish lozim. Agar Ijrochi inson bo‘lsa, u holda algoritm insonning imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak. Bunda ko‘zlangan maqsad va algoritmdan kelib chiqib inson tushunadigan til, insonning bilimi, hayotiy tajribasi, kasbiy malakasi, yoshi, qolaversa, jismoniy imkoniyatlari hisobga olinishi zarur. Agar ijrochi texnik vosita (masalan, kompyuter, elektron soat, dastgohlar) bo‘lsa, u holda algoritm shu texnik vositaning imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak.
Yuqorida bildirilgan fikrlar asosida aniqlik kiritib olamiz: Ijrochi bajara olishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatma yoki buyruqlar to‘plami Ijrochinining ko‘rsatmalar sistemasi (qisqacha, IKS) deb ataladi. Masalan, “16 sonidan kvadrat ildiz chiqarilsin” ko‘rsatmasi 2-sinf o‘quvchisining ko‘rsatmalar sistemasiga tegishli emas, lekin 8-sinf o‘quvchisining ko‘rsatmalar sistemasiga tegishli bo‘ladi. Agar Ijrochi kompyuter hisoblanib, uning dasturiy ta’minotida berilgan (“Karra jadvalini hosil qilish”) algoritmni bajara oladigan dastur (masalan, hech bo‘lmasa sodda amallar ketma-ketligini yozish mumkin bo‘lgan elektron jadvallardan birortasi ham) bo‘lmasa, u holda kerakli natijaga erishib bo‘lmaydi.
Ma’lumki, kompyuterda biror masalani hal qilish uchun avval algoritm tuziladi, so‘ng mazkur algoritm ma’lum bir qonun-qoidalar asosida kompyuter tushunadigan ko‘rsatmalar shaklida yoziladi. Hosil bo‘lgan matn kompyuter tilida yozilgach dastur deb ataladi. Demak, dastur – biror bir masalani yechish uchun kompyuter tushunadigan tilda yozilgan algoritm ekan.
Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deb ataladi. Kompyuter tushunadigan «til» esa dasturlash tili deb ataladi.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish