Mundarija: kirish I


Germaniya Federativ Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi savdo munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari



Download 222,1 Kb.
bet11/16
Sana23.07.2022
Hajmi222,1 Kb.
#843388
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Eksport siyosati
bugungi globallashuv sharoitida dunyoning mafkuraviy manzarasi, Iqtisodiyot, 1 kurs 1-yakuniy 2020 190120152015, Менежмент асослари. Ғуломов С.С, strategik boshqaruv tizimini tashkil etish, 2 чи ярим йиллик режа 2019 й, виндовс, Тохирова М, 2 5325846359998204282[1], 2 5325846359998204282[1], axborot xavfsizligiga oid asosiy tushunchalar, axborot xavfsizligiga oid asosiy tushunchalar, Raqamli iqtisodiyot maqolasi uchun, Labaratoriya Ishi, .....

Germaniya Federativ Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi savdo munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari


O’zbekiston va Germaniya faol savdo hamkorlari hisoblanishadi. Oxirgi 10 yillikda bu ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanganligini O’zbekiston iqtisodiyotidagi ijobiy o’zgarishlardan ham ko’rsak bo’ladi. Bu ikki davlat o’rtasidagi o’zaro hamkorlik jarayonida tovarlar savdosi, portfel va to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar hamda moliyaviy mablag’lar harakati, shuningdek, turli xizmat turlari almashinuvi(logistik, qurilish, konsultatsiyaviy) bundan tashqari malakali ishchi kadrlar va texnologiyalar almashinuvini ham kuzatish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikkka erishgandan so’ng GFR O’zbekiston Respublikasining asosiy savdo hamkorlari hisoblanishgan. Savdo hajmi esa O’zbekiston tovar aylanmasida 3,9% ini tashkil etgan22.
Germaniya davlati birlashgan ilk yillarda ikki davlat o’rtasidagi savdo aloqalari barqaror bo’lmagan. Bunga eng birinchi navbatda O’zbekistonning hali mustaqillikga erishmagani sabab bo’lgan.
2000-yillarga kelib ikki tomonlama tovar aylanmasi qarib 25%ga oshdi. Bu O’zbekiston eksporti hajmining oshishi evaziga yuz berdi.
O’zbekiston-Germaniya iqtisodiy aloqalarida 2009-yildagi jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi ta’sirida biroz pasayish kuzatilgan bo’lsa ham hozirgi kunda yuqori dinamikaga egaligi bilan ajralib turadi. Hozirda Germaniya O’zbekistonning Yevropadagi yirik savdo hamkori hisoblanadi. Germaniya Tashqi ishlar vazirligining 2012-yildagi ma’lumotiga ko’ra Germaniya
O’zbekiston tashqi savdosida 6,5% ulushga egalik qiladi. 2011-yilda tashqi savdo hajmi o’tgan yildagiga nisbatan 19%ga o’sib 42,4 mln AQSh dollorini, shu jumladan O’zbekistonga qilinadigan eksport hajmi 8% ga, import esa 7,1% ga o’sishi kuzatilgan. Bundan tashqari O’zbekistonni keng investitsya bozori deb ham atash mumkin. 2011-yilning birinchi yarmida nemis korxonalari tomonidan O’zbekistonga kiritilgan investitsiya oqimlari 2010-yildagi bilan deyarli bir xil holatni tashkil etgan.23 Hozirgi kunga kelib O’zbekistonda nemis investitsiyasi ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 123 tani tashkil etadi24.
Shuningdek ko’pgina ko’pgina O’zbekiston kompaniyalari ham Germaniyada faoliyatini boshlashgan. Germaniyada ham O’zbekiston korxonalari ro’yxatga olingan bo’lib, ularning aksariyati savdo-sotiq ya’ni nemis tovarlari va xizmatlarini import qilish bilan shug’ullanadi. Bular safiga O’zbekistonning tabiiy xom-ashyo resurslari va IT-texnologiyalari eksportyorlari kiradi. Yevropa mamlakatlarida shu jumladan Germaniyada energiya manbalariga bo’lgan talabning yuqoriligi bu mamlakatlarga O’zbekistondan tayyor mahsulot emas balki xom-ashyo eksport qilish ko’proq foyda keltiradi.
Energertik masalalar O’zbekiston-Germaniya aloqalarida ustuvor yo’nalish hisoblanadi.
Nemis kompaniyalarining O’zbekiston hududlaridagi faoliyati yanada jadallashdi. Shunday bo’lsa ham Toshkent va Samarqandagi ko’pgina nemis aksariyat kompaniyalar O’zbekistonning chekka hududlariga ham minglab ofislariga egalik qilishadi.
Germaniya hozirda O’zbekistonga mashina va moslamalar yetkazib beruvchi eng yirik eksportyor hisoblanib Rossiya hududiga kiritilayotgan eksportning 38% ulushiga egalik qiladi. 2012-yil natijalariga ko’ra Germaniya O’zbekistonning 10 ta yirik savdo hamkorlari qatorida zikr etilgan.
Jahon moliyaviy inqirozi sharoitlarida ham ikki davlat o’rtasidagi aloqalar to’xtab qolmadi. 2009-yilning aprelida O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov va Germaniya federal kansleri Angela Merkel hamkorligida yuk mashinalari ishlab chiqaradigan “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo’shma korxonasi ochildi.
O’zbekiston iqtisodiyotidagi eng mashhur Germaniya investorlari bular-«E.ON» (elektrotexnika), « JV MAN Auto-Uzbekistan » (og’ir yuk mashinalari ishlab chiqarish), kompaniyalari.
Makroiqtisodiy holat bo’yicha esa katta miqdordagi investorlarni jalb etish uchun ma’lum qoidalarni ishlab chiqish va ularga amal qilish talab etiladi. Bu qoidalar eng avvalo mulk himoyasi, tadbirkorlar mas’uliyati shartnoma munosabatlariga amal qilish va soliq tizimining barqarorligi bilan bog’liq.
Germaniya investitsiyasini jalb etish uchun O’zbekiston asosan nemis va yevropalik tadbirkorlarning qiziqish doitrasiga kiradigan yo’nalishlarga e’tibor qaratishi zarur hisoblanadi.
Muhim shartlaridan biri nafaqat aniq bayon etilgan qonunlar balki ularning ijrosi yuzasidan yaratilgan konkret mexanizmlar ham ahamiyatga molik. Har holda xorij investorlarining O’zbekistonda sud mojarolarini hal etish borasidagi tajribalari ulkan hisoblanadi va O’zbekistonda sud tizimi hali yetarli darajada rivojlanmagan.
O’zbekiston hukumati xorijlik tadbirkorlarni mamlakatda qo’llab- quvvatlashni amalga oshiruvchi, bu jarayon ma’lum xarajatlarga olib borgan taqdirda ham, aniq strategiyani ishlab chiqishlari, shuningdek eksportning diversifikatsisiga katta e’tibor qaratishlari darkor. Asosan ustovor yo’nalishni ikki mamlakat o’rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlik, yuqori texnologiyalar sohasidagi qo’shma korxonalarni rag’batlantirishga qaratish lozim. Aynan yuqori texnologiyalar sohasida O’zbekistonning imkoniyatlari yuqori bo’lib, yuqori intelektual salohiyatga ega malakali kadrlar zahirasiga egaligi buni isbotlaydi.
Hamkorlikning muhim shartlaridan biri Germaniya firmalarining O’zbekiston tayyor mahsulotlar va to’ldiruvchi tovarlar eksportiga yo’naltirilgan ishlab chiqarish korxonlarani yo’lga qo’yilishi hisoblanadi. Bu esa o’z navbatida ishlab chiqarish bo’yicha hamkorlikni rivojlanishiga zamin yaratadi.
O’zbekiston eksportining an’anaviy usullaridan biri bo’lgan xom-ashyo eksporti bilan cheklanib qolmasdan Germaniyadagi xom-ashyoni qayta ishlaydigan korxonalar bilan ham hamkorlikni yo’lga qo’yish orqali yuqori maqsadlarga erishish mumkin hisobladi. Bu orqali yangi tajriba to’plash va qayta ishlovchi korxonalarnig ishlab chiqarish usullarini Rossiya hududida ham amalga oshirish orqali iqtisodiyotga katta ko’lamdagi foyda keltirilishi mumkin hisoblanadi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining ma’lumotlariga asosan jahon iqtisodiyotining o’sish sur’atlari pasayib bormoqda. Ammo shunga qaramay bu tashkilot kelajakda Yaponiya va Germaniya iqtisodiyotida ijobiy o’zgarishlar yuz berishini taxmin qilmoqda.
Federal statistika agentligi ma’lumotlariga asosan Germaniya YAMMi 2010- yilda 3.6 %ga o’sishga erishgan bo’lib bu 1990-yildan beri hisoblaganda rekord ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. 2009-yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatida Germaniya YAMMi 4,7% ga pasaygan bo’lib, inqirozdan oldingi holati esa 1% lik o’sishga ega edi. 2012-yilga kelib esa YAMM ko’rsatkichi juda kam miqdorda ya’ni 0,7% o’sishni tashkil etgan.25

Download 222,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti