Mundarija: kirish I



Download 222,1 Kb.
bet2/16
Sana23.07.2022
Hajmi222,1 Kb.
#843388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Eksport siyosati

Kurs ishining obyekti. Respublikamiz eksport salohiyatni yuksaltirishga turtki bo`ladigan iqtisodiy mexanizmlaridan biri bo`lgan xorijiy investitsiyalar tadqiqotning obyekti sifatida olindi.
Kurs ishining predmeti. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida eksport salohiyatini yuksaltirish bilan bog’liq bo`lgan muammolar.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirish va eksport tarkibini takomillashtirish borasidagi mavjud muammolar o`rganilib, ularni bartaraf etish yo`llari bo`yicha taklif va tavsiyalar tizimi ishlab chiqildi.
Ishning ilmiy yangiliklari quyidagilarda aniqroq ko`rinadi:

  • eksport salohiyatining mohiyati va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va uni yuksaltirish omillari o`rganildi;

  • eksport salohiyatini yuksaltirishda xorijiy investitsiyalarning roli aniqlandi;

eksportga yo`naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirishda jahon tajribalari o`rganildi;

  • mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yo`llari o`rganib chiqilib, uni amalga oshirish bo`yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Kurs ishining ahamiyati. Kurs ishida keltirilgan taklif va mulohozalardan kelajakda eksport salohiyatini yuksaltirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga bag’ishlangan yo`riqnoma, ko`rsatmalar ishlab chiqishda, darslik, o`quv qo`llanma materiallarini tayyorlashda foydalanish mumkin.
Kurs ishining tuzilish tarkibi. Kurs ishi kirish, 2ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovalar qismidan iborat.
I BOB. MAMLAKATLAR EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI
    1. Mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishida eksportning tutgan o`rni va zarurati


Mаmlаkаtlar tаshqi sаvdоsida muhim o`rinni aynan eksport egallaydi va butun- jahon iqtisodiy inqirozidan keyin yanada dolzarblashdi. U hаqidа so’z yuritishdаn оldin, uning tа`rifini kеltirib o’tish mаqsаdgа muvоfiq bo’lаdi. Eksport deganda mamlakatdan hududidan tovar va xizmatlarni olib chiqib ketish tushuniladi. Bunda sotuvchi mamlakat “eksportyor”, mahsulotlarni oluvchi davlat esa “importyor” deb ataladi. Tаshqi sаvdо – bu mаmlаkаtlаr o’rtаsidаgi tоvаr vа хizmаtlаrning chiqishi (ekspоrt) vа kirishi (impоrt) dаn tаshkil tоpgаn sаvdоdir21. Buni tоr mа’nоdа Tаshqi sаvdо аylаnmаsi (ekspоrt va impоrt yig’indisi) dеb hаm tushunish mumkin.
Xalqaro integratsiya jarayonlarining kuchayishi mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda eksport salohiyatidan kengroq foydalanishni taqozo etmoqda. Eksport salohiyatini yuksaltirish respublikaga erkin muomaladagi valyutaning kirib kelishini kuchaytirib, milliy valyutani mustahkamlaydi.
Eksport salohiyati tushunchasini yoritib berishdan oldin, salohiyat tushunchasiga to`xtalib o`tamiz. “Salohiyat” deganda, qandaydir erishish imkoniyati bo`lgan, ammo biror-bir sababga ko`ra ro`yobga chiqmagan narsa tushuniladi.
Eksport salohiyati esa murakkab umumlashgan ko`rsatkich bo`lib, eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish, ushbu sohalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksportni yanada rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlarini tanlash bo`yicha strategik qarorlar qabul qilishni o`z ichiga oladi.
Bugungi kunda eksport salohiyatini yuksaltirish bu makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashga, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, investitsion faoliyatni rag’batlantirishga yo`naltirilgan mamlakatimizning umumiy iqtisodiy siyosatining ajralmas bir qismidir.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov 2014 yil 18 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2014 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag’ishlangan majlisidagi ma`ruzasida tovar mahsulotlarini eksport qilish hajmi 10,9 foizga o`sdi3. Bu yutuqlar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish yo`lidagi sayi- harakatlarning amaliy natijasi ekanligidan dalolat beradi.
2013 yilda respublikamizning tashqi savdo aylanmasi qariyb 1 milliard 300 million AQSH dollarini tashkil etib, umumiy eksport hajmida tayyor mahsulot va xizmatlar ulushi 72 foizdan oshgan. Oltin-valyuta zahirasi 2 foizga oshganligini ham qayd etish lozim.
Eksport sohasida bunday yuqori natijalarga avvalo, yurtimizda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan islohotlar taktikasi va strategiyasining to`g’ri tanlanganligidandir. Shuningdek, iqtisodiy islohotlarni o`tkazish tamoyillariga tayangan holda iqtisodiyotning mutanosibli va muvozanatli rivojlanish tedensiyasiga amal qilinganligi ham muhim omil bo`lgan. Shu bilan birga, eksport salohiyatini yuksaltirish siyosiy ahamiyatga ham ega bo`lib, u mamlakat xavfsizligini ta`minlashda muhim o`rin tutadi. Chunki mamlakat oltin- valyuta zahirasining oshishi milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti o`zgarishlariga ta`sirchanlik va bog’liqlik darajasini pasaytiradi, iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Eksport salohiyatini keskin yuksaltirishga ijobiy ta`sir ko`rsatadigan siyosiy voqea, ya`ni “Markaziy Osiyo hamkorligi” tashkiloti bilan Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyatining qo`shilishiga to`xtalib o`tish joiz. Tabiiyki, o`zaro hamkorlik milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirish, jumladan, uning eksport salohiyatini keskin oshirishga ijobiy ta`sir qilishi shubhasiz. Chunki, bir tomondan, bizda bu hamjamiyat tarkibi iqtisodiy hamkorlik borasida, shuningdek, eksport bo`yicha katta tajriba to`plagan, ikkinchidan esa, ko`pgina qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirishda O`zbekiston bu mamlakatlar ichida oldingi o`rinlarda turadi.
Mamlakatimizning qishloq xo`jaligi tarmog’ining bugungi kundagi salohiyati va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar ham eksport borasida g’oyat katta imkoniyatlar borligini ko`rsatmoqda. Yurtimizda o`tgan yili 3 million 360 ming tonnaga yaqin paxta xom-ashyosi,8 million 400 ming tonnaga yaqin meva-sabzavot va poliz mahsulotlari etishtirildi. Mazkur mahsulotlarni yanada ko`proq chetga sotish-qisqa vaqt ichida eksport hajmini keskin oshirish imkonini bermoqda.
Shu bilan birga, qishloq xo`jaligi mahsulotlari eksport qilinayotganida uning tovar ko`rinishiga, tarasi va dizayniga jiddiy e`tibor qaratish zarur. Chunki ular, bir tomondan, mahsulotimizga bo`lgan talabni ko`paytirishga, ikkinchi tomondan, aynan shunday mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi boshqa davlatlar bilan raqobatlashuvda katta rol o’ynaydi.
Shuningdek, qishloq xo`jaligi mahsulotini eksport qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar mahsulotini tashishda transport vositalari bilan ta`minlash ham eksport hajmini oshirishning ta`sirchan vositasidir.
Mamlakatimiz Prezidentining 2006 yil 9 yanvardagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarin chuqurlashtirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi Farmonining qabul qilinishi, ayniqsa, mazkur tizimda yanada samarali tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirishda g’oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur hujjatdan ko`zlangan asosiy maqsad bog’lar va uzumzorlarni haqiqiy egalariga berish, xalqaro miqyosda O`zbekiston bog’dorchiligning mavqeini yanada mustahkamlash hamda saxovatli zaminimizda etishtirilayotgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari hajmini oshirish, ularni qayta ishlash orqali eksport tarkibini turli konservalar, quruq mevalar va uzumchilik mahsulotlari bilan boyitishdir.
Prezidentimiz ta`kidlaganidek, hozirgi kunda eksport borasida eng muhim vazifa esa amaldagi ma`muriy, bojxona, bank protseduralarini chuqur tahlil qilish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan raqobatga bardoshli mahsulotlarni eksport qilish yo`lida g’ov bo`lib turgan barcha to`siqlarni olib tashlash, eksportga mahsulot mahsulot ishlab chiqaruvchilarga nisbatan imtiyoz va qulayliklar yaratish, shuningdek, hozirgi keskin xalqaro raqobat sharoitida o`z mahsulotini xorijga sotayotgan ishlab chiqaruvchilarimiz eksportini kreditlash hamda sug’urtalash mexanizmlarini joriy etishdan iborat.
Ushbu masalalarning hal etilishi mamlakatimizning kun sayin yuksalib borayotgan eksport salohiyatinin yanada kengaytirish, bu esa, o`z navbatida, milliy iqtisodiyotimizning barqarorligini mustahkamlash, xalqaro iqtisodiy maydonda ro`y berayotgan o`zgarishlarga nisbatan o`zimizning mustahkam iqtisodiy siyosatimizni yuritish uchun tegishli shart-sharoit va moddiy asos yaratadi.

    1. Download 222,1 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish