Mundarija: kirish I



Download 222,1 Kb.
bet1/16
Sana23.07.2022
Hajmi222,1 Kb.
#843388
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Eksport siyosati


MUNDARIJA:
KIRISH
I BOB. MAMLAKATLAR EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHNING NAZARIY
METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishida eksportning tutgan o’rni va
1.2. Tashqi savdo nazaryalarida eksport salohiyatini oshirish masalalari.
1.3. Mamlakat eksportini rag’batlantirish va tartibga solishning iqtisodiy mexanizmi
II. BOB. XORIJIY MAMLAKATLARDA EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH SIYOSATI VA UNING AMALIY AHAMIYATI (Germaniya Federativ Respublikasi misolida)
2.1. Germaniya Federativ Respublikasida eksport salohiyatini rag’batlantirishning iqtisodiy, huquqiy va normativ asoslari
2.2. Germaniya Federativ Respublikasida eksportni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari
2.3. Germaniya Federativ Respublikasida eksportni moliyaviy rag’batlantirishning mohiyati va asosiy mexanizmlari
2.4. Germaniya Federativ Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi
savdo munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimiz eksport siyosatining bosh maqsadlaridan biri eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan strategik siyosatining amalga oshirish, tashqi savdo balansida ijobiy saldoni ta`minlash, kredit majburiyatlarini o`z vaqtida bajarish, mamlakat oltin valyuta zahiralarini kengaytirish ichki valyuta bozorini erkinlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir. Mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirish, iqtisodiyotni jahon iqtisodiyoti tizimiga keng ko`lamda integratsiyalashuvini ta`minlash, iqtisodiyotda raqobatbardosh va eksportbop tayyor mahsulotlarning turi va salmog’ini ko`paytirish, jahon bozorida mustahkam o`rin olishning eng muhim shartidir.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov 2014 yil 18 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2014 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag’ishlangan majlisidagi ma`ruzalarida - “Milliy iqtisodiyotimizning eksport salohiyati jadal rivojlanib, tobora raqobatga bardoshli bo`lib borayotgani 2013 yilda erishilgan asosiy natijalarimizdan biri bo`ldi. Eksport korxonalarimiz faoliyatining eng muhim yo`nalishiga, butun iqtisodiyotimizning rivojlaninish natijalarini baholash mezoniga aylandi. Bugungi kunda deyarli ko`pgina tarmoq va korxonalarimiz tashqi iqtisodiy faoliyatga to`liq jalb etilgan bo`lib, tashqi bozorlarni faollik bilan o`zlashtirmoqda. Birgina 2006 yilning o`zida tovar mahsulotlarini eksport qilish hajmi 10,9 foizga o`sdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi yil davomida qariyb 1 milliard 300 million AQSH dollarigacha o`sdi. Shu borada e`tiboringizni muhim bir masalaga qaratmoqchiman. eksport hajmining ana shunday o`sishi o`sishi biz uchun an`naviy resurslar bo`lmish paxta tolasi, qimmatbaho metalllar va turli xomashyo etkazib berish hisobiga emas, balki asosoan avtomombillar, neft-kimyo va metall mahsulotlari, mineral o`g’itlar, ip-kalava va gazlama, tirkotaj buyumlar, sim-kabel’ mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa shu kabi ko`plab eksport tovarlari hajmi va turlarini ko`paytirish evaziga ta`minlanmoqda. Buni eksport hajmida tayyor mahsulotlar va xizmatlarining ulushi 53 foizdan oshgani, paxta tolasining ulushi esa 17 foizgacha kamaygani ham yaqqol tasdiqlaydi”1 deb ta`kidladilar.
Prezidentimiz ta`kidlaganidek, hozirgi kunda eksport borasidagi eng muhim vazifa mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan raqobatga bardoshli mahsulotlarni eksport qilish yo`lida g’ov bo`lib turgan barcha to`siqlarni olib tashlash, eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchilarga nisbatan imtiyoz va qulayliklar yaratish, shuningdek, hozirgi keskin xalqaro raqobat sharoitida o`z mahsulotlarini xorijga sotayotgan ishlab chiqaruvchilarimiz eksportini kreditlash hamda sug’urtalash mexanizmlarini joriy etish masalasini hal etishdan iborat. Ushbu masalalarning hal etilishi mamlakatimizning kun sayin yuksalib borayotgan eksport salohiyatini yanada kengaytirish, bu esa, o`z navbatida, milliy iqtisodiyotimizning barqarorligini mustahkamlash, xalqaro iqtisodiy maydonda ro`y berayotgan o`zgarishlarga nisbatan o`zimizning mustaqil iqtisodiy siyosatimizni yuritish uchun tegishli shart- sharoit va moddiy asos yaratadi. Shu nuqtai-nazardan bugungi kunda tanlangan mavzu dolzarbligi bilan ajralib turadi.
Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Mamlakat eksport salohiyatini oshirish bilan bog’liq bo`lgan muammolar A.El’yanov, Ann Xarrison, M.Porter, N.Piter, Lindert, N.A.Miklashevskaya, A.V.Xolopov A.P.Kireev, kabi xorijiy iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida o`z ifodasini topgan.
O`zbekiston Respublikasida bir qator iqtisodchi olimlar, jumladan S.S.G’ulomov, M.SHarifxo`jaev, A.SH. Bekmuratov, N.To`xliev, A.Rasulov, A.O`lmasov, A.Razzoqov, R.Alimov, B.Mahmudov, G.Nazarova, N.Sirojiddinovlarning ilmiy ishlarida tadqiq qilingan.
Kurs ishning maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitda mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirish va eksport tarkibini takomillashtirish bo`yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar qo`yilgan va hal etilgan:



    • milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda eksportga mo`ljallangan tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish zarurligi;

    • eksport salohiyatining mohiyati va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli;

    • mamlakatimiz eksport salohiyati ko`rsatkichlarining tahlili;

    • eksport salohiyatini yuksaltirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yo`llari ko`rib chiqilgan.


Download 222,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish