Ыщчыорова Фарангиз



Download 336 Kb.
bet1/14
Sana19.04.2022
Hajmi336 Kb.
#563431
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Qodirov Zuxriddin



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA- PSIXOLOGIYA FAKULTETI


PSIXOLOGIYA YO‘NALISHI

15.13 -guruh talabasi Qodirov Zuxriddin Siddiqjon o‘g‘lining



KONSULTATIV PSIXOLOGIYA VA PSIXOKORREKSIYA
fanidan
Oilaviy nizolarni bartaraf etishda psixolog konsultantning o‘rni”
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Dotsent M.Xalimova
Farg‘ona- 2019


MUNDARIJA
KIRISH ........................................................................................
I bob. Oilaviy nizolarni bartaraf etishda psixolog konsultantning o‘rganishning metodologik muammolari
1.1. Oilaviy nizolarning vujudga kelishi...............................…....

1.2.Oilaviy nizolarni bartaraf etish yo‘llari..............................


II bob. Oilaviy nizolarni bartaraf etishda psixolog konsultantning sabablarini tadqiq etish
2.1. YOshlarning oilaviy hayot haqidagi fikrlari......... ……………

    1. Oilaviy ziddiyatlarni tadqiq etish natijalari.....................

Xulosa .....................................................................................................
Amaliy tavsiyalar ..................................................................................
Adabiyotlar ro‘yxati...............................................................................
Ilovalar .................................................................................................

KIRISH
Jamiyatning ma’naviy qiyofasi oilalarning qandayligiga bog‘liqligi azaliy haqiqat. CHunki, oila jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy bo‘g‘ini, kichik bir vakili bo‘lib, aynan oila zaminida xalqimizning bugungi kuni va kelajagi bunyod etiladi. Olim va faylasuf A.Fitrat o‘zining «Oila» risolasida «Qaerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi» deb ta’kidlaydi.
Mamlakatimizda oilaga jamiyatning asosi, muhim bir bo‘g‘in sifatida qaraladi va u ijtimoiy ahamiyat kasb etgan. Zero, barkamol inson – har tomonlama farovon, bekamu-ko‘st, sog‘lom oilada tarbiya topadi, ulg‘ayadi. Bu siyosatning mazmunini birinchi yurtboshimiz I.A.Karimov o‘zining “YUksak ma’naviyat-engilmas kuch” kitoblarida “...oila institutini jamiyatning boshqa muhim ijtimoiy tuzilmalari, yurtimizdagi ma’naviy o‘zgarishlar bilan uyg‘un tarzda rivojlantirish, uning nufuzini oshirish masalasiga davlat siyosatining eng muhim va ustivor yo‘nalishi sifatida doimiy e’tibor berib kelmoqdamiz”1 deb ta’kidlaydilar.
Respublikamizda «Sog‘lom avlod», «Onalar va bolalar», «Barkamol avlod», «Mustahkam oila» yillari belgilanib, maxsus dasturlar amalga oshirildi, 2013-yilning «Obod turmush yili» deb nomlanishining mazmunida esa jamiyatning asosini tashkil etuvchi oila va undagi turmush tarzining hamda ko‘ngillarning obodligi ko‘zda tutilgan. CHunki, mustaqil davlatimizning taraqqiyoti oilaning mustahkamligiga hamda Vatanimizning fidoiy farzandlarini ma’naviy, ruhiy va jismoniy barkamol bo‘lishligiga bog‘liqdir. Zero, Prezidentimiz aytganlaridek, «turmushning obodligi ko‘ngilning obodligidan boshlanadi». Oilaviy muhit sog‘lom, mustahkam bo‘lsa, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarning dunyoqarashi keng va intellektual salohiyati yanada yuqori bo‘ladi. Oilaning jamiyat ma’naviyatining poklanishidagi ahamiyati buyuk bo‘lib, u asosiy tarbiya o‘choqlaridan hisoblanadi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov aytganlaridek «Oila sog‘lom ekan jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan- mamlakat barqarordir»2.
Oila, uning asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan muqaddas an’analari orqali yoshlarda Vatanga muhabbat, iymon, e’tiqod, mas’uliyat, vatanparvarlik, insonparvarlik, ilmga ishtiyoq va madaniyat ko‘nikmalari shakllanadi. YOshlar ongida oilaning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi haqidagi bilimlarni shakllantirish, ularni mukammal inson bo‘lib etishida muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bois O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘n to‘rtinchi bobi to‘liq oilaga bag‘ishlangani bejiz emas. Unda, jumladan, oila davlat tomonidan muhofaza etilishi, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar mazmun-mohiyati, voyaga etmaganlar davlat va jamiyat himoyasida ekanligi ta’kidlanadi. Konstitutsiyaning 65-moddasida e’tirof etilganidek, bizda «Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza etiladi». Demak, O‘zbekistonda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, ularning har tomonlama kamol topishi va farovonligi uchun shart-sharoitlar yaratish davlat tomonidan kafolatlanadi. Davlat tomonidan oila siyosati, uning bazasini mustahkamlash siyosatining olib borilmasligi ushbu noyob ijtimoiy institutning boshqa ijtimoiy institutlar qatoridan munosib o‘rin ololmasligiga olib kelishi va buning oqibati sifatida oila va nikoh munosabatlari buxronga uchrashi, insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga zarba berilishi, turli muammolar ko‘payib, yosh avlod tarbiyasining dastlabki o‘chog‘ida ma’naviy inqirozlar kuzatilishi mumkin. SHuning uchun muttasil taraqqiyot va xalq farovonligiga erishish yo‘lidan sobit qadamlik bilan boradigan jamiyat va undagi davlat tizimlari oilaning mustahkam va barqaror bo‘lishidan, avlodlararo vorislik yo‘qolib ketmasligidan manfaatdordir. Ushbu konstitutsiyaviy me’yorlar 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan Oila Kodeksida har tomonlama aks ettirilgan va xuquqiy jihatdan mustahkamlangan.
“Nikohga yoki yaqin qarindoshlikka asoslangan maishiy xizmat, o‘zaro yordam va axloqiy mas’uliyat umumiyligi bilan bog‘langan kichik guruh oilani tashkil etadi”3. Oila jamiyatning dastlabki muhim bo‘g‘ini sifatida mustahkam qurilishi, nikohga kiruvchilar kuyov yoki kelin bo‘lishning, ota yoki ona bo‘lishning yuksak mas’uliyat ekanligini anglashlari va so‘ngra oila qurishni rejalashtirishlari lozim. CHunki, oilaning farovonligi-bu jamiyat farovonligi va ravnaqini ta’minlaydi. Oilaning farovonligi esa oila quruvchilarning o‘zaro hamjihatligiga, ro‘zg‘or va farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatni birday his qilishlariga bevosita bog‘liqdir. «Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllar qanday inson bo‘lib etishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i ekanini tan olishimiz darkor»4.

Download 336 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish