2.2. Oilaviy ziddiyatlarni tadqiq etish natijalari
Turli hayot bosqichlarida oilaviy turmush tarzining o‘zgarishini inobatga olsak, oilaviy nizolar yoki ziddiyatlar shu ma’noda tibiiy bo‘lib, uni har bir normal oila boshdan kechiradi. SHu bois ham o‘zbekchilikda «ro‘zg‘or», «turmush» deyilib, momolarimiz «g‘or tub qo‘yibdi», «mush deb qo‘yibdi», Deya oilaviy hayotning o‘ziga xos murakkabliklari borligiga ishora qiladilar. Bunday ziddiyatlar oilaviy rollar ko‘payganda, farzand tug‘ilganda, qudalar bilan munosabatlar boshlanganda, ayriliq ro‘y bergan bosqichlarda ayniqsa, sezilarli bo‘ladi. Lekin ahil va mustahkam oilada bu ziddiyatlar deyarli asoratlarsiz, engillik bilan o‘tib ketadi. Muammoli oilalarda esa oilaning kattalari ularni engish malakasi va tajribasiga ega bo‘lmay, boshqalarga sezdirib qo‘yadi, ba’zan oilaning ichidagi gap-so‘zlar mahallaga, uzoq va yaqin qarindoshlargacha etib boradi. Tashqaridan bo‘lgan aralashuvlar ba’zan oilaning maromini tiklasa, ba’zan, aksincha, uning halovatini buzadi, muammolar chalkashib ketadi. Bu vertikal ziddiyatlar, ya’ni, oilaviy nizolarga tashqaridan ota-ona va boshqa qarindoshlarning aralashuvi tarzida kechadi. Ba’zan, kattalarning orzu-havaslari deb, yoshlar o‘zlariga ma’qul bo‘lmagan hayot tarzini boshdan kechirishga majbur qilinadilar ham. SHuni ham ta’kidlash joizki, ayrim hollarda ota-onaning yoshlar hayotiga aralashuvi shu qadar bevosita xarakterli bo‘ladiki, bu yoshlar bilan ota-onalar o‘rtasidagi nizolarga ham sabab bo‘ladi, qaynona va kelin, qaynota va kuyov o‘rtasidagi nizolar ham ana shunday aralashuvning ko‘pligidan kelib chiqadi.
Eng achinarlisi, ayrim yoshlar va ularning ota-onalari uchun «nikoh» va «ajrim» tushunchalari oddiy narsaday, ziddiyatsiz qabul qilinadi. Ular o‘z shaxsiy mas’uliyatini his etmaydilar. Sanoat rivojlangan mamlakatlarda 51 foizgacha bo‘lgan nikohlar muayyan muddatdan so‘ng barbod bo‘layotganligi oddiy holday qabul qilinadi. CHet el axborot vositalarining ba’zi taniqli shaxs, aktyor yoki millionerning har 3-4 yilda almashinib turiladigan nikohlari to‘g‘risida yozilayotgan maqolalari eng o‘qimishli, qiziqarli axborotday talqin etilmoqda. Tabiiyki, bu ularni o‘qiyotgan yoshlarning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ta’kidlash joizki, bunday holatlarda ajrimlarning tashabbuskorlari ko‘pincha ayollar bo‘lib, bu o‘z navbatida oila ajrimlari sonining ortib borishiga, farzandlarning aybsiz aybdorlarday noto‘liq oilalarda tarbiyalanishiga olib keladi.
Biz o‘z tadqiqotlarimizda oilali talaba yoshlarning turmush tarzini o‘rganish maqsadida «Oilangizda nizolar mavjudmi?» testini o‘tkazdik (Test ilova qilinadi). To‘qqizta savoldan iborat bo‘lgan testning har bir savolida ikkitadan javob variantlar berilgan bo‘lib, oilali talabalar o‘zlariga mos bo‘lgan variantlardan birini tanlashdi. Olingan natijalar quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
«Oilangizda nizolar mavjudmi?» testining variantlar bo‘yicha natijalari.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |