Ыщчыорова Фарангиз



Download 336 Kb.
bet10/14
Sana19.04.2022
Hajmi336 Kb.
#563431
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Qodirov Zuxriddin

T.R.

A

B

son

Foiz

son

Foiz

1

43

91,5

4

8,5

2

3

6,4

44

93,6

3

36

76,5

11

23,4

4

41

87,2

6

12,8

5

33

70,2

14

29,8

6

24

51,1

23

48,9

7

31

65,9

16

34,04

8

9

33,3

18

66,7

9

7

25,9

20

74,1

Jadvaldagi sonlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, oilali talabalarning aksariyati, 91,5 foizi nikohning o‘zi oilali kishi, deb hisoblash imkoniyatini beradi, deb hisoblaydi. Nikohga engiltaklik bilan qarab, uni kattalarning o‘yiniga o‘xshatadigan yoshlar 6,4 foizni tashkil etdi. Afsuski, oz miqdorda bo‘lsa ham bunday yoshlarning mavjudligi hozirgi kunda oilalar ajrimlariga sabab bo‘ladigan holatlarni paydo qilmoqda. Ular oilaning muqaddas qadriyat ekanligini va kelajak hayoti shu oilaning barqarorligiga bog‘liq ekanligini hali-xanuz tushunib etmagan yoshlardir.


Oilali talaba yoshlarning aksariyati, 76,5 foizi ota-onasiga moddiy bog‘langanligini ta’kidlashgan. CHunki, talabalik davrida vujudga kelgan oilalarning moddiy ta’minlanishi ota-onalar tomonidan amalga oshirilishi hech kimga sir emas. Ammo, talaba bo‘lishiga qaramasdan oilasi ehtiyojlarini qondirish uchun darsdan so‘ng ma’lum bir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lgan yoshlar sinaluvchilarning 23,4 foizini tashkil etdi. Bu albatta, ularning oila mas’uliyatini his qilish, uni mustahkamligini ta’minlash uchun harakat qilishidan dalolat beradi.
«Sizlarning nikoh va kutishlar borasidagi qarashlaringiz mos tushadimi?» degan savolga sinaluvchilarning 87,2 foizi «Ha», 12,8 foizi «Yo‘q» javoblarini tanlashgan.
«Oila, turmush tarzi, maishiy-xo‘jalik sohasi haqidagi tasavvurlaringiz turmush o‘rtog‘ingiz hamda boshqa oila a’zolaringiz bilan bir xilmi?» savoliga esa sinaluvchilarning 70,2 foizi «Ha», 29,8 foizi «Yo‘q» javoblarini tanlashgan.
«Munosabatlarni oydinlashtirishda nizo va kelishmovchiliklar tez-tez bo‘lib turadimi?» savoliga sinaluvchilarning 51,1 foizi «Ha», 48,9 foizi «Yo‘q» javoblarini tanlashgan.
«Sizlarning umumiy qiziqishlaringiz, qarashlaringiz, mashg‘ulotlaringiz mavjudmi?» savoliga esa sinaluvchilarning 65,9 foizi «Ha», 34,04 foizi «Yo‘q» javoblarini tanlashgan.
So‘rovnomada ishtirok etgan 47 nafar oilali talabalarning 27 nafari farzandli bo‘lib, 2 ta va undan ortiq farzandlilar 33,3 foizni, 2 tadan kam farzandlilar esa 66,7 foizni tashkil etdi.
Farzandli talabalar bolalarining tarbiyasini yuqori darajada baholaganlari 25,9 foizni, o‘rtacha yoki past baholaganlari 74,1 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich esa ularning ota-ona sifatida farzand tarbiyasi borasida hali etarli darajada tajribaga ega emasliklarini bildiradi.
Endi yig‘ilgan ballarning umumiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlilni amalga oshiramiz.

«Oilangizda nizolar mavjudmi?» testining umumiy natijalari.


3-jadval

Ballar

Son

Foiz

0-2

39

82,9

3-5

7

14,8

6-9

1

2,1

0 dan 2 gacha ball to‘plagan talabalar 82,9 foizni tashkil etib, ular oilasiga ajralish xavf solgani yo‘q. Ularning oilasida mustahkam oila qurish, qiyinchiliklarni engish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Oila a’zolari o‘rtasidagi oddiy tortishuvlar o‘zaro munosabatlariga ta’sir ko‘rsatmaydi.


3 dan 5 ballgacha yiqqan talabalar 14,8 foizdan iborat bo‘lib, ularning munosabatlari taranglik chegarasidadir. Ushbu oilalarning vakillari turmush o‘rtog‘idan doim mamnun emas. Ular doim ham o‘zlarini tuta bilmaydi, qo‘lga ololmaydilar. Bunday vaziyatlar ajralish uchun xavflidir. SHuning uchun bunday holatlardan uzoqlashishlari lozim. Ularning oilaviy hayoti ayrim hollarda zerikarli tuyulsa ham, undan qoniqadilar. Ular o‘zaro munosabatlarida muloqot madaniyatiga e’tibor berishlari, bir-birlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishlari va bir-birlariga yon bosishga o‘rganishlari lozim.
6 dan 9 gacha ball to‘plagan respondentlar 2,1 foizni tashkil etib, ularning oilasida ajralish vaziyati yuzaga kelgan. Oilaviy burchlarni taqsimlanishini haqiqat nuqtai-nazaridan ko‘rib chiqish, muammolarni bartaraf etish zarur. Ular oiladagi muloqot jarayonini o‘zgartirishga e’tibor berishlari, er va xotin hayotiy qoniqmaslik sababini, turmush o‘rtog‘ining hayotdan qoniqmaslik sabablarini, imkoniyatlarini o‘rganib chiqishlari zarur. Bunday oila vakillaridan bir-birlariga nazokatli, diqqat-e’tiborli, yumshoq, yaxshi niyat bilan murojaat qilish, o‘z navbatida bir-birlariga kamroq tanbeh berish talab etiladi. Er-xotinni bir-biri bilan bog‘laydigan, biriktiradigan xususiyatlarga ko‘proq intilishlari muhim sanaladi.
Professor V.M.Karimova barkamol avlod tarbiyasini oiladagi sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘lab, muammoga o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida ro‘y beradigan ruhiy holatlarni tahlil etish nuqtai nazaridan yondoshadi. Uning fikricha “Ma’lum bir sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladigan oilaviy mojarolar bolalar tarbiyasiga yomon ta’sir ko‘rsatadi, bunday ta’sir “bolalarni deb” saqlanib kelinayotgan oilalardagi ba’zi janjallar tufaylidir”9. Demak, oiladagi yomon ruhiy va ijtimoiy muhit bolalarda salbiy xulq-atvor paydo bo‘lishining jiddiy sabablaridan biridir. Oilada mutanosiblik buzilsa, o‘sha oiladagi sog‘lom avlod tarbiyasiga putur etadi, agar sog‘lom munosabat qaror topsa, oilada ham jamiyatda ham sog‘lom turmush tarzi yuzaga keladi. CHunki, oilada shaxsning ijtimoiylashuvi amalga oshadi. Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o‘ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkinchidan, har tomnlama etuk, aqlli, sog‘-salomat va barkamol shaxs bo‘lib etishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. SHu jihatdan ham, oila va uning sog‘lom ma’naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga, o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo‘lish, muomalada ahloq-odob normalariga bo‘ysunishga o‘rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi10.
YUrtboshimiz I.A.Karimovning fikricha, “Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar-yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir”11. Har bir oilaning mustahkamligi, oila a’zolarining tinch va farovon hayot kechirishi, o‘zaro hurmat va izzatda yashashi bu yoshlarni kelgusi hayotga tayyorlashda muhim omildir. Umuman oila insonning shaxs sifatida shakllanishiga ijobiy ta’sir qiladi, yoshlar ma’naviyatini takomillashtirishga yordam beradi, millat asosini tashkil etib, ikki avlodni birlashtiradi12.
Esini taniganidan boshlab ertaklar ruhida, badiiy filmlar, romanlar, afsona, rivoyatlar ruhida tarbiyalangan yoshlarimizda hamma vaqt ham oilaviy hayot haqida to‘g‘ri tasavvurlar shakllanaverishi mumkin emas. Ommaviy axborot vositalari orqali, teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar orqali yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida berilayotgan materiallarda, oilaviy hayotni bir yoqlama faqat ijobiy tomondan talqin qilish hollari ko‘p kuzatiladi. Bu kabi holatlar yoshlarda oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini noto‘g‘ri shakllanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Talaba yoshlarda oilaviy munosabatlar bo‘yicha bilimlarni muvofiqlashtirish maqsadida ular bilan trening o‘yinlarini tashkil etdik. Bular «Xushomad qilish», «Intervyu» va «Sud yig‘ilishi» o‘yinlari bo‘lib, trening mashulotlaridan maqsad talabalarni oilaviy munosabatlar jarayonida emotsional to‘siqlarni bartaraf etishga, o‘zgalar bilan samimiy munosabatda bo‘lishga o‘rgatish, oilaviy munosabatlar jarayonida muloqot malaka va ko‘nikmalarini hamda muomala madaniyatini shakllantirishdan iborat. «Xushomad qilish» treningi davomida talabalar o‘z xohishlari bilan qaynona, kelin, kuyov, qaynisingil kabi rollarga bo‘lindilar. So‘ng navbat bilan bir-birlariga samimiy tarzda, chiroyli so‘zlar bilan xushomad qildilar. Boshlovchi va qolgan guruh a’zolari ularning o‘zini tutishi, suhbatdosh bilan muomalasi, mimikasi, xatti-harakatlarini kuzatib turishdi. O‘yin so‘nggida kuzatuvchilar tomonidan ishtirokchilarning rollarni qanday bajarganliklari tahlil qilindi va kerakli maslahatlar berildi. Rollar o‘yin davomida almashilinib turildi.
«Intervyu» o‘yinida boshlovchi talabaga jurnalist sifatida turli oila a’zolaridan qaynona, qaynota, kuyov, kelin, ovsin, qaynoa, qaynisingil va hokazolardan intervyu olinishi kerakligini aytdi va o‘zi bir talabani shu rolga tavsiya etdi. Suhbat mavzusi kechki ovqatni tayyorlash, ro‘zg‘orga kerakli narsalarni harid qilish, mehmonga borish, tuilgan kunni nishonlash kabi holatlar bilan bog‘liq tarzda tanlandi. O‘yin tahlilida bajarilgan rollarga nisbatan kuzatuvchilarning fikrlari bildirildi.
«Sud yig‘ilishi» o‘yinida ziddiyatli sharoitlarda shaxslararo o‘zaro murosa yo‘llarini qidirishga o‘rgatildi. Talabalar sudya, advokat, jamoatchilik vakili, er, xotin, qaynona, qaynota kabi rollarga bo‘linib, turli vaziyatlarda ya’ni er-xotin o‘rtasidagi ziddiyatlardan chiqish yo‘llarini o‘rgandilar. O‘yin so‘nggida vaziyatdan chiqish uchun tanlangan yo‘l muhokama qilinib, kuzatuvchilar tomonidan berilgan versiyalar tahlil qilindi.
YUqoridagi kabi o‘yinlar talaba yoshlar ongida oilaviy munosabatlar bo‘yicha hayotiy bilimlarni shakllanishiga va oilaviy hayotning past-balandlari haqida to‘la-to‘kis ma’lumotlar olishga yordam beradi.
Oilada ota-ona, qaynona-kelin, qarindosh urug‘lar o‘rtasidagi munosabatlarning me’yori, ularning maqsadga muvofiqligi, munosabatlardagi samimiyat darajasi oilaviy ajrimlarning oldini olish bilan birga, yoshlarda sog‘lom fikrning, sharm-hayo, mehr-oqibat, iffat, ibo nazokat, lafz, mas’uliyat kabi ijobiy fazilatlar va intellektual sifatlarning namoyon bo‘lishiga zamin hozirlaydi. Xalqimizga xos ustivor fazilatlar asosan oilaviy muhitda, yaqin qarindoshlarning bevosita aralashuvida yuz beradi. Bu hol mehnatga to‘g‘ri munosabat, halollik, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni e’zozlash, ayash urf-odatlarini muqaddas bilish jarayonida amalga oshadi. Bunday sifatlarni o‘zlashtira olgan har bir o‘g‘il va qizda oilaparvarlik va yurtparvarlik xususiyatlari rivojlanishi muqarrar.
Bugungi kunda bu masala yanada dolzarblikni taqozo etmoqda va davlat siyosati darajasigacha ko‘tarildi. CHunki mustaqil davlatimizning taraqqiyoti kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarga, ularning dunyoqarashiga, oilaviy muhitning sog‘lomligiga, mustahkamligiga uzviy bog‘liqdir.
Oilada oila a’zolarining bir-biriga hamdard bo‘lishi, muammolarni o‘zinikiday qabul qilishi o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi. Ko‘pchilik oiladagi kelishmovchiliklar arzimagan narsadan boshlanadi. Bir-birini tushunmaslik natijasida oraga sovuqchilik tushadi, mehr-oqibat ko‘tariladi. Bu oila a’zolarida muomala madaniyati etishmaganidan darak beradi. Insonlar bir-birlaridan farq qilishadi, lekin oila a’zolari bir-birlarining xarakterini o‘zgartirishga emas, bir-birlariga moslashishiga harakat qilishsa nizolardan yiroqroq bo‘lib, ajrimlarning oldi olinadi.
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov oilaning jamiyat barqarorligidagi o‘rni haqida: «Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi », -deb ta’kidlashlari bejiz emas. Davlatimizning oila siyosati oilaning muammosi- jamiyatning muammosi ekanligi, oila mustahkamligi- jamiyat barqarorligining kafolatlaridan ekanligini isbotlaydi. SHu bois ham biror xalq, millat yoki jamiyat yo‘qki, u o‘zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarni inobatga olmagan bo‘lsa. Har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson uchun oila- bu umrning boshlanishi, muqaddimasidir. Qolaversa, har bir inson o‘z baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan bog‘laydi, ya’ni o‘z uyi, oilasida baxtli bo‘lgan insongina o‘zini to‘laqonli baxtiyor his etadi.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi holati oila oldiga o‘ziga xos yangi ijtimoiy vazifalarni qo‘ymoqda. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, odamlarning o‘zaro muloqat, munosabatlar doirasi inson ruhiyatida hissiy emotsional o‘zgarishlarni vujudga keltirmoqda va bular oilaviy hayot xarakteriga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
YOshlarning oilaviy hayotga biologik, ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy, axloqiy jihatdan etukliklari, shaxslararo munosabatlar psixologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganganliklari, emotsional hissiy munosabatlarning xususiyatlarini bilishlari oilaviy ajrimlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. CHunki, oilaning mustahkamligi ko‘p jihatdan oila qurayotgan yoshlarning oilaviy hayotga qay darajada tayyorligiga bog‘liq. SHuning uchun oilaviy hayot zaminida yuzaga keladigan nohush hodisalarning oldini olish, oilalar buzilishining oldini olish va noto‘liq oilalar miqdorini kamaytirish, ularda har tomonlama sog‘lom psixologik iqlimni yuzaga keltirish borasida amalga oshiriladigan ishlarning samaradorligi shu oilalarni yuzaga keltirayotgan yoshlarning shaxsiga, individual psixologik xususiyatlariga, ularning oilaviy hayotlarini maqsadga muvofiq ravishda tashkil etishga qay darajada tayyor ekanliklariga bog‘liqdir.
Oilali talabalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularni tibbiy va jismoniy, ruhiy salomatligini muhofaza qilish maqsadida oliy o‘quv yurtlari salomatlik markazlari va psixolog xizmatlari faoliyatini kengaytirish lozim. YOsh oila vakillarining bo‘sh vaqtlarini unumli rejalashtirish va o‘tkazishga o‘rgatish, yoshlarni ma’naviy va mafkuraviy o‘sishiga xizmat qiladigan tadbirlarda ularning faolligini oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bugungi kunda bu masala yanada dolzarblikni taqozo etmoqda va davlat siyosati darajasigacha ko‘tarildi. CHunki, mustaqil davlatimizning taraqqiyoti kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarga, ularning dunyoqarashiga, oilaviy muhitning sog‘lomligiga, mustahkamligiga uzviy bog‘liqdir.


Download 336 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish