Ыщчыорова Фарангиз


Kurs ish mavzusining dolzarbligi



Download 336 Kb.
bet2/14
Sana19.04.2022
Hajmi336 Kb.
#563431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Qodirov Zuxriddin

Kurs ish mavzusining dolzarbligi.
Mustaqil davlatimizda oilalarning axloqiy, ma’naviy va ruhiy barkamolligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan say’i-harakatlar kun sayin ortib bormoqda. Davlatimizning oila mustahkamligini ta’minlash, uning ijtimoiy funksiyalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oilaning farzandlar tarbiyalashdagi nufuzini oshirishga ko‘maklashish hamda yosh er-xotinlarning moddiy hamda maishiy shart-sharoitlarini yaxshilash borasidagi aniq dasturiy tadbirlari mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarining qadriyat sifatida e’tirof etilishini ta’minlamoqda.
Dunyo hamjamiyati bilan turli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish, jamiyatimizni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan takomillashtirish orqali xalqimiz farovonligini ta’minlash, fuqarolarimizning, oila va kelajak avlodning har tomonlama barkamol, dono, ilg‘or fikrli va zakovatli bo‘lishiga intilmoqdamiz. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun esa, avvalo, oilaning turmush tarzi sog‘lom bo‘lishiga erishish lozim.
Afsuski, ko‘pincha yoshlarning o‘z qobiliyatlarini orttirib baholab, o‘z oldilariga erishib bo‘lmaydigan maqsadlarni qo‘yish xollariga duch kelinadi. Ayniqsa, oilaviy hayotni tasavvur qilish, unda o‘z o‘rnini baholash masalasida yoshlarimizning o‘zlarini orttirib baholashi, oilaviy hayotdan mumkin bo‘lganidan ko‘proq narsani talab qilish tufayli ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yish xollari kuzatiladi. SHaxsni oilaviy muammolarni adolatli hal etishga xizmat qiluvchi o‘z mustaqil fikri, qarashi, pozitsiyasini bilishi, zarur bo‘lganda oila borasida o‘z qarashlarini himoya qila olmasligi asosida oilalarning mustahkamligiga putur etmoqda.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi holati oila oldiga o‘ziga xos yangi ijtimoiy vazifalarni qo‘ymoqda. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, odamlarning o‘zaro muloqot, munosabatlar doirasi inson ruhiyatida hissiy emotsional o‘zgarishlarni vujudga keltirmoqda va bular oilaviy hayot xarakteriga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Oilani qadriyat sifatida tavsiflash va uning jamiyat hayotidagi nufuzini ta’kidlash bilan birgalikda uni mustahkamlovchi omillarning rolini o‘rganish, ayniqsa, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularda kelajakka ishonch, o‘z xalqi va yurti taqdiriga nisbatan mas’uliyat hislarini shakllantirish katta ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masaladir. CHunki, O‘zbekiston yildan yilga rasmiy nikohlar oshib borayotgan mamlakatlardan biri bo‘lib, unda nikoh ajrimlarini kamaytirish yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa yoshlarda oila va nikoh, istiqboldagi hayotga nisbatan to‘g‘ri tasavvurlarning shakllanganligiga, ularning optimizm ruhida tarbiyalanganligiga bevosita bog‘liqdir. Afsuski, amalga oshirilayotgan say’i-harakatlarga qaramay, yoshlarning oilaviy hayotga psixologik jihatdan tayyor bo‘lmaganligi, oilaning sog‘lom ma’naviy muhiti to‘g‘risida aniq tasavvurlarga ega bo‘lmaganligi tufayli yosh oilalar o‘rtasida nikoh ajrimlari hamon qayd etilmoqda. Respublikamizda yiliga o‘rtacha 13-15 mingga yaqin nikoh ajrimlari qayd etiladi. Ularning aksariyatida yosh farzandlar bo‘lib, ular taqdir taqozosi bilan faqat onalari, bobo va buvilari qaromog‘ida qolmoqdalar.
Oilada faqat bir ota yoki ona bo‘lsa, bunday oila noto‘liq oila deb ataladi. Noto‘liq oila haqida gapirilganda shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, noto‘liq oilalar turlicha yuzaga keladi. Oilada er-xotinlardan birining vafot etganligi tufayli yoki ularning ajralishi tufayli oila noto‘liq bo‘lib qolishi mumkin. Albatta, oilada ota yoki onaning vafot etishi bu ulkan fojea, lekin bunday oilalarda marhumning ruhi hurmati, unga nisbatan, uning sha’niga ijobiy munosabatlar saqlanib qoladi. Biroq er-xotinning ajralishi sababli yuzaga kelgan noto‘liq oilalarda «tirik etim» bolalar qoladi. «Tirik etimlik» jamoatchilik o‘rtasida, ayniqsa, bolalar jamoalarida (bog‘chada, maktabda, tengdoshlar davrasida) nisbatan kuchliroq qoralanadi. Ajralish faqatgina ajralgan er-xotinlarga emas, balki ajralish oqibatida otasiz yashayotgan farzandlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, ajralish otasiz yashayotgan qiz bolaning his-tuyg‘ulariga, onasiga bo‘lgan mehriga, qiz bolada shakillanadigan ota obraziga va otasiz o‘sayotgan qizning ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi.
Ko‘pincha ajralishayotganlardan ajralish sababi so‘ralsa, ular qandaydir hamma uchun, birdek bo‘lib qolgan sabablarni ko‘rsatishga harakat qilishadi. Masalan, «xarakterimiz mos tushmadi», «o‘zga shaxsning aralashuvi», «qo‘pollik», «moddiy qiyinchilik», «ichkilikbozlikka berilish», «yashash sharoitining noqulayligi», «ota-onalarning noo‘rin aralashuvi» kabilar. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, oiladagi ma’naviy-ruhiy iqlim qanchalik mustahkam va er-xotinlar bir-birlarini qanchalik yaxshi tushunsalar bu «sabablar» oilaning inqiroziga asosiy sabab bo‘la olmaydi. Aksincha, vaziyatlarda esa jamiyat uchun - noto‘liq oilalar soni ko‘payadi, oilalararo yoki qarindoshlararo adovat yuzaga keladi, bir jinsning ikkinchi jinsga nisbatan nafrati paydo bo‘ladi, fohishabozlik ortadi, teri-tanosil kasalliklarining ortishi kuzatiladi, shaxsning ijtimoiy faoliyati susayadi. Erkaklarda yolg‘izlik hissining ortishi, giyohvandlik va ichkilikbozlikka berilishni va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayollarda yolg‘izlik hissining ortishi, qayta oila qurish imkoniyati cheklanganligi, nevrozlar, stresslar, turli hastaliklar, o‘z joniga qasd qilish kabilarga olib kelishi mumkin.
SHunday qilib, oilaning jamiyat ma’naviy hayoti, uning barqarorligidagi o‘rni va nufuzi yuqoridir. Davlatimiz rahbari I.A.Karimovning ta’kidlashicha, «har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. CHunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi»5. Bu jarayonlarning dastlabki onlari uchun mas’ul bo‘lgan oila va uning xususiyatlarini bilish, yoshlarda oilaviy hayot to‘g‘risidagi tasavvurlarini adekvat shakllantirish davrning dolzarb masalalaridandir.

Download 336 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish