Ыщчыорова Фарангиз


Talaba yoshlarning oilaviy hayot haqidagi fikrlari



Download 336 Kb.
bet8/14
Sana19.04.2022
Hajmi336 Kb.
#563431
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Qodirov Zuxriddin

Talaba yoshlarning oilaviy hayot haqidagi fikrlari
1-jadval




1

2

3

4

5

6

7

Son

foiz

son

foiz

son

foiz

son

foiz

son

foiz

son

foiz

son

foiz

A







11

32,3

2

5,8

29

85,3

5

14,7

5

14,7

5

14,7

B







7

20,6

3

8,8







16

47,1

16

47,1

15

44,1

V

34

100

16

47,1

29

85,3

5

14,7







13

38,2

14

41,2

G

























8

23,5













D

























5

14,7













Jadvalda keltirilgan sonlarni tahlil qiladigan bo‘lsak talabalar nikoh, oila qurish borasida 21-22 yoshni tanlaganlar. YOshlarimiz mustaqil davlatda, qonun ustivor bo‘lgan jamiyatda yashayotganligini anglaganlari sari o‘z mustaqilligini ya’ni muayyan kasbni egallab, so‘ng oila qurish va oilani moddiy va ma’naviy ta’minlash imkoniyatini ko‘zlab o‘z munosabatlarini bildirmoqdalar. CHunki farzand ko‘rish va uni tarbiyalashga tayyorlik, shaxslararo munosabatlar madaniyatini egallash har bir oila uchun muhimdir. Bu davrda har xolda yoshlar ongida shaxsiy sifatlar haqidagi, oila haqidagi tasavvurlar etarli darajada adekvat shakllangan bo‘ladi.


Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov ularning aslida oilaviy hayotga unchalik tayyor emasligini ko‘rsatadi. Ulardan “O‘zingizni oilaviy hayotga tayyorman deb hisoblaysizmi?” deb bergan savolimizga javoblarini tahlil etsak, “ha” javobini berganlar 32,3 foizni, “bilmadim” degan javobni 20,6 foiz va “tayyor emasman” deganlar 47,1 foizni tashkil etdi.
Oila mustahkamligini respondentlarning 85,3 foizi ma’naviy, axloqiy va psixologik etuklik bilan bilan bog‘lashdi.
Oila qurishdagi muhim omil sifatida 85,3 foiz yoshlarning fikrlari sevgi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Bu ko‘rsatkichni ushbu davrda romantik tuyg‘ularning ustunligi bilan izohlash to‘g‘riroq bo‘ladi. Lekin talabalarimiz orasida oz bo‘lsada (14,7 foiz) sovchilik tufayli oila qurishni xohlovchilar borligi bizni quvontirdi. Oila qurishdagi milliy urf-odat, an’analarimiz qadriyat sifatida saqlanib qolishligida yoshi ulug‘larimiz, otaxon-onaxonlarimizning o‘gitlari, pand-nasihatlari bugungi kunda yanada ta’sirchan vosita ekanligini ko‘rsatadi.
Respondentlarga «Hozirgi kunda oilalarda qanday nizolar ko‘proq uchraydi?» degan savol bilan murojaat qilinganda so‘ralganlarning 14,7 foizi er-xotin o‘rtasidagi nizolar, 47,1 foizi «qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar», 23,5 foizi «ovsinlar o‘rtasidagi nizolar», 14,7 foiz «ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar» bilan bog‘lashdi. Oilada er-xotin o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatli holatlar oilaning mustahkamliliga putur etkazishi hech kimga sir emas.
Oilaviy hayot psixologiyasi borasida yoshlarimizda qanday bilimlar etishmaydi degan savolga talabalarning 47,1 foizi “yoshlarning o‘z oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlari” deb javob qaytarishdi. Haqiqatan ham biz talaba yoshlar o‘rtasida oilaviy hayotga tayyorlik bilan bog‘liq tarbiyani keng yo‘lga qo‘yishimiz lozim, chunki, bugungi kunda aksariyat oilalardagi kelishmovchiliklar aynan shu borada yoshlarimizning oz ilmiy bilimga ega ekanligidan kelib chiqmoqda.
Ajrimlarning sababi bilan bog‘liq fikrlarida respondentlarning ko‘pchiligi (44,1%) qaynona-kelin munosabatidagi kelishmovchilikni keltirishgan. Lekin so‘ralganlar orasida turmush sharoitidagi noqulaylikni sabab qilib keltirganlar 41,2 foizni tashkil qildi. Rashk va xiyonat esa 14,7 foiz respondent tomonidan belgilangan.
Nikohga etuklik tushunchasi o‘z navbatida o‘ta murakkab va nisbiy tushunchadir. CHunki odam doimo rivojlanib, takomillashib boruvchi, kasb-hunar faoliyatida va ma’naviy, axloqiy rivojlanishida muntazam yangidan-yangi cho‘qqilarga erishib boruvchi mavjudotdir. Agar odamni u yoki bu faoliyatiga «To‘la etukligi» haqida gapiradigan bo‘lsak, demak bu uning ma’lum bir chegaraga erishgani va undan ortiq rivojlanish mumkin emasligini bildiradi. SHuning uchun odamning nikohiga yoki biror bir faoliyatiga etukligi haqida gapirilganda «etuklik» tushunchasi tom ma’noda o‘rinli bo‘la olmaydi. SHu nuqtai-nazardan olganda «etuklik»-rivojlanishning ma’lum bir bosqichi, fazasi, chegarasiga etilganlikning sifatiy va miqdoriy tavsifini ma’lum bir aniqlikda belgilab beruvchi ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Odamning nikohga, oilaviy hayotga etukligi masalasi esa o‘ta murakkab biror bir qat’iy me’yor bilan o‘lchab bo‘lmaydigan individual xarakterga ega bo‘lgan ko‘rsatkichdir.
Nikoholdi omillari qatoriga shu oila qurayotgan yoshlarning oilaviy hayotga etukligi; ularning oila qurish motivlari; ularning oila qurishlariga qadar bir-birlarini tanish muddati (qancha vaqt bir-birini tanishi ) shartlari va sharoitlari; ularni o‘zlarini bo‘lg‘usi oilaviy hayotlari haqidagi tasavvurlari kabilarni kiritish mumkin.
Masalan, nikohga etuklik deyilganda, oila quruvchi yoshlarning jismoniy, jinsiy, xuquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik kabi etuklik jihatlarini farqlash mumkin. Ularning orasida huquqiy, jinsiy etuklik ko‘rsatkichlari etarlicha aniq alomatlarga, belgilarga ega bo‘lgan va bular haqida tegishli xuquqiy, tibbiy, psixologik adabiyotlarda ko‘plab ma’lumotlar belgilangan jihatlar bo‘lsa, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik jihatlar bir oz murakkabroq, qat’iy bir ko‘rsatkich, chegaraga ega emasligi bilan ajralib turadi.
Oilaviy hayotda jinsiy hayot psixologiyasi haqidagi bilimlarga ega bo‘lish o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir. Turli mutaxassislar tomonidan berilgan ma’lumotlarni kompleks tahlil qilingan holda aytish mumkinki, har bir to‘rtinchi ajralishgan er-xotinlarda (ajralishlarning 29% ida) jinsiy munosiblikning u yoki bu tarzda bo‘lishi (er-xotinning nomutanosibligi) sabab bo‘lmoqda.
Albatta, o‘zaro sevgi, ishonch va hurmat hislari, qiziqishlari va niyatlarning umumiyligi hislari qisqa vaqt oralig‘ida yuzaga kelgan.
SHunga ko‘ra shoshilinch oila qurgan juftlarga jinsiy hayot psixologiyasi borasidagi bilimlar o‘z-o‘zidan yordam bera olmasligi mumkin.
SHunday qilib, jinsiy etuklik odam anatomiyasi va fiziologiyasi nuqtai nazaridan etarlicha aniq va ravshan bo‘lgan xodisadir. YOshlarning nikohga jinsiy etuklik masalasidan tashqari yuqorida keltirib o‘tilganidek, yana bir nechta ijtimoiy etuklik turlarini farqlash mumkin. Bular: fuqarolik, kasb-hunar, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy va psixologik etukliklardir.
Fuqarolik xuquqiy etuklik va odamning xuquqiy jihatidan balog‘atga etish yoshi bilan, u xuquqiy jihatdan oila qurish, farzand ko‘rish xuquqiga ega bo‘lgan shaxs bo‘lib hisoblanishi bilan belgilanadi.
Kasb-hunar etukligi bu ham ancha murakkab tushunchadir. Uning murakkabligi shundaki, bir tomondan u qandaydir bir bilim yurtini, o‘quv kurslarini bitirish, ya’ni ma’lum bir ish turini bajarish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilimlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi.
SHaxsning etukligining yana bir jihati ijtimoiy-iqtisodiy etuklikdir. Bunda odamning o‘zini va o‘z oilasini moddiy jihatdan mustaqil ta’minlay ola bilishi nazarda tutiladi. YOshlarni oila qurishlarida, ularning iqtisodiy mustaqilligi alohida ahamiyatga ega.
Gap shaxsning psixologik etukligi haqida borgudek bo‘lsa, bundan dastavval uning turli hayotiy vaziyatlar va sharoitlarini hushyor baholay olishi nazarda tutiladi. Bu hushyorlik, amaliylik, voqelikni to‘g‘ri baholay olish, shaxsda o‘zining yutuq va kamchiliklarini, bilim, malaka va qobiliyatini etarlicha ob’ektiv baholay olishda ham namoyon bo‘lishi kerak. Afsuski, ko‘pincha yoshlar o‘z qobiliyatlarini orttirib baholab, o‘z oldilariga erishib bo‘lmaydigan maqsadlarni qo‘yib olish hollariga duch kelinadi. Ayniqsa, oilaviy hayotni tasavvur qilish, unda o‘z o‘rnini baholash masalasida yoshlarimiz ko‘proq xatoga o‘zlarni orttirib baholashga, oilaviy hayotdan mumkin bo‘lganidan ko‘proq narsani kutishga yo‘l qo‘yish hollari ko‘proq kuzatiladi. Psixologik etuklik, shaxs huquqini turli yashash sharoitlariga moslashuvchanligida ifodalanadi. Psixologik etuklik shaxsning boshqa odamlarga nisbatan bo‘lgan ijobiy munosabatlari: hamdardlik, hamfikrlik, g‘am-tashvishga sherik bo‘la olish, o‘zaro yordam kabilar tarzida namoyon bo‘la oladigan ma’naviy sifatlarning tarkibiy jihatlarini o‘ziga biriktiradi. Psixologik etuklikning muhim mehzonlaridan biri shaxsning oilaviy muammolarini adolatli xal etishga xizmat qiluvchi o‘z mustaqil fikri, qarashiga ega bo‘lishi, zarur bo‘lganda oila manfaatida o‘z qarashlarini ota-onalarini oldida himoya qila olishidir.
Demografik nuqtai nazardan olinganda, oila qurish deganda ma’lum bir kishilarni emas, balki butun bir avlodning oila qurishi nazarda tutiladi. Bu o‘rinda to‘liq ishonch bilan aytish mumkinki, avlod yosh jihatidan qanchalik katta bo‘lsa, u biz ko‘rib chiqayotgan jihatlarning har biri bo‘yicha ko‘proq etuk bo‘ladi. 20-24 yoshdagi guruh, 20 yoshdan kichik bo‘lgan avlodga qaraganda ko‘proq hayotiy tajribaga ega bo‘ladilar. 1-avlod vakillaridan ijtimoiy - iqtisodiy etuklik darajasi yuqoriroq bo‘ladi, chunki aynan shu yoshda ko‘pchilik yoshlar o‘rta yoki oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan, u yoki bu kasb - hunarni egallagan bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasi «Oila kodeksi»da erkak va ayollar uchun turmush qurishdagi minimal yosh sifatida 18 yosh ko‘rsatilgan. Bu yoshni mahalliy qarorga ko‘ra, alohida istisnoli holatlarni hisobga olib, ayollar uchun bir yoshga qisqartirish mumkin. Turli mamlakatlarda urf-odatlar va milliy an’analarga bog‘lik ravishda erkak va ayollarning turlicha minimal nikoh yoshi belgilangan. Masalan, erkaklar uchun 14 yoshdan (Irlandiya, Ispaniya va Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlarda ) - 21 yoshgacha (Polsha, Avstraliya, Germaniya va ayrim Skandinaviya davlatlarida ) bo‘lgan davr orasiga to‘g‘ri keladi.
Ko‘pincha katta avlod vakillari, yoshlarni etuk emaslikda ayblaydilar. Lekin ayni paytda bunday etilmaslikning ob’ektiv sabalari va shart-sharoitlari e’tibordan chetda qoladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, ilmiy va texnikaviy jarayonlarning kechishi yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy va kasb-hunar, texnik etuklikning kechikib ketishiga olib kelmoqda.
Masalaning ikkinchi tomoni, yoshlarni ijtimoiy etilishi bosqichlari va fazalarida ob’ektiv qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi va ularni oilaviy hayotga tayyorlash borasidagi ishlarni amalga oshirishda bu hayotiy xaqiqatni doimo nazarda tutish lozimligidir. Akseleratsiya jarayoni va boshqa omillar tufayli bolalarda jinsiy balog‘atga etish ularning bundan 70-100 yil oldingi tengdoshlariga qaraganda 2 yilga erta ro‘y bermoqda. SHu bilan bir vaqtda maxsus ta’lim olish, kasb-hunar egallash va iqtisodiy mustaqillikka erishish kamida 22-25 yoshga va undan keyinga surilib kelyapti.
YOshlarning jinsiy balog‘atga etishishi va ularning to‘la iqtisodiy mustaqillikka erishishi vaqti o‘rtasida kamida 5 yildan 10 yilgacha uzilish yuzaga kelib qolmoqda. Bu holat, oldingi avlodlarda kutilmagan bir qator murakkabliklarni va ularga bog‘liq ravishda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan noxushliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Nikoh oldi omillaridan yana biri shu nikoh qurilishiga asos bo‘lgan nikoh motivlaridir. «Motiv» iborasi psixologiyada ma’lum bir xulq, faoliyatning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan kuch, turtki, manba, asosni bildiradi. Psixologik adabiyotlarda bir necha o‘nlab nikoh motivlari farqlanadi. Lekin ular umumlashtirgan holda uchta tasnifga farqlanadi. Bular: sevgi tufayli oila qurish, ya’ni yoshlar oila qurishida avval bir-birlarini sevib, ma’lum bir muddat sevib-sevilib yurganlaridan so‘ng shu o‘zaro sevgining maxsuli sifatida bir-birlarining visoliga etishib oila quradilar.
Motivlarning ikkinchi tasnifi moddiy yoki o‘zga manfaatdorlik tufayli oila qurish. Bunda yoshlar oila qurar ekanlar, nimanidir hisobga olgan holda ma’lum bir maqsadni ko‘zlab, masalan, boylikni, mansabni moddiy yoki ijtimoiy manfaatdorlikni ko‘zlagan holda, oila qurishlari mumkin. Nikoh motivlari tasnifidan yana biri-stereotip bo‘yicha oila qurish deb ataladi. Bu toifa yoshlarda oldingi motivlarning ikkalasi ham kuzatilmasligi mumkin. Ular oila qurar ekanlar, stereotiplarga qaraydilar.
SHu sanab o‘tilgan uchchala motiv: sevgi, moddiy yoki o‘zga manfaatdorlik tufayli, stereotip bo‘yicha qurilgan oilalarning qay biri mustaqkamroq bo‘ladi, yoki qaysi motiv nikoh oila mustahkamligini kuchliroq ta’minlaydi?
Albatta, bu savolga yoshlarning aksariyati, birinchi motivni, ya’ni sevgi motivini tanlab javob berishadi. CHunki ular sevgi tufayli oila qurish nikoh mustahkamligini ta’minlovchi eng ishonchli, mustahkam poydevor deb hisoblaydilar. Freyd ta’kidlaganidek: «sevgi-bu insoniyatni hayvonot olamidan suurib olgan kuchdir». Inson yaratgan buyuk mo‘jizalarning barchasi sevgi tufaylidir.
Albatta, sevishib turmush qurgan juftlarning aksariyati eng baxtli oilaviy hayot kechiradilar. Lekin, statistik ma’lumotlarga qaraganda, oilalar ajralishining ko‘pchilik qismini xuddi shu sevishib, oila qurgan juftlarga to‘g‘ri kelar ekan. Sevgi, agarda u haqiqiy bo‘lsa, sevishganlar bir-birlarini hurmat qilib, tushunib, bir-birlarini e’zozlab, avaylab, kerak bo‘lsa biri ikkinchisining baxti, shodligi, quvonchi, manfaati uchun o‘z manfaatidan kechib, o‘ta nozik bo‘lgan tuyg‘u-sevgini har kuni, har doim parvarish qilib yashasalar, unda sevgi ularning munosobatlarini yanada yaqinlashishiga, ularning oilaviy hayotining mustahkamlanishiga va birgalikda hayotlarida eng oliy zavq-shavqlarni his qilishlariga asos bo‘lishi mumkin.
SHuni ta’kidlash lozimki, har bir davrda bo‘lgani kabi hozir ham yoshlarning o‘z ixtiyori bilan, bir-birlarini yoqtirib qolishlari oqibatida paydo bo‘lgan oilalar mavjud. YOshlarning ayrimlari o‘z ixtiyori bilan qalliq tanlashni, yoqtirib, sevib turmush qurishni oldindan niyat qiladi. SHunisi borki, o‘z ixtiyori bilan turmush o‘rtog‘i tanlashda ota-ona va oilasi manfaatlari, ularning istak-xohishlari deyarli inobatga olinmaydi. Odatda bu kabi yoshlar nikoh oldidan ota-onasining roziligini olmaydi, shu sababli, ko‘pincha, bunday nikoh engil-elpi qarorlar oqibati bo‘lib, uzoqqa bormasligi mumkin. Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi 2003 yilda tadqiqot natijalariga ko‘ra ajralishib ketgan oilalarning 90 foizidan ortig‘i nikoh motivi sababi sifatida «sevish-sevilish»ni ko‘rsatganlar.6
Navbatdagi motiv moddiy yoki o‘zga manfaat tufayli oila qurishdir. Bu motivning oila mustahkamligiga ta’siri uning keyinchalik qay darajada amalga oshirilishiga bog‘liq. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yuridik jihatdan eng mustahkam turg‘un oilalar stereotip bo‘yicha oila qurgan juftlarga to‘g‘ri kelar ekan. Bunday oilalarda ajralishlar miqdori oldingi ikki motiv asosida qurilgan oilalarga qaraganda, kam ko‘rsatkichni tashkil qiladi. CHunki ular hamma qatori oila qurishgan. Oilaviy hayotdagi zavq-shavqlar esa o‘z-o‘zidan, g‘oyibdan berilmaydi. Buning uchun kurashish, intilish sevgining «qaxraton qish-u», «jazirama yozlariga» azob-uqubatlarga bardosh berish, uning sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tish va uni belgilangan umrning oxirigacha parvarish qilib, saqlab qolishga va umrning yakunida uni farzandlariga, kelajak avlodga eng muqaddas meros qilib qoldirishga harakat qilishi kerak.
Oila qurishdan oldin bo‘lajak er-xotinlar bir-birlarini ma’lum bir muddat bo‘lajak er yoki xotin sifatida bilib yursalar, bir-birlarining shaxsiy xususiyatlari, individual sifatlari, qiziqishlari, dunyoqarashlari, shaxsiy yo‘nalganliklari haqida adekvatroq tasavvur va ma’lumotlarga ega bo‘lsalar bu tasavvur va ma’lumotlar ularga birgalikda hayotlarida bir-birlarini tushunib bir-birlariga moslashib ketishlariga yordam berishi mumkin.
Hozirgi yoshlarimizga juda yaxshi ma’lumki, oila kodeksiga binoan nikohdan o‘tish uchun ariza berganlaridan so‘ng bir oy (aniqroi 33 kun) muhlat beriladi. Mabodo shu fursat mobaynida ular o‘z niyatlaridan qaytib qolgudek bo‘lsalar, ularning talabi qondirilib, ko‘zda tutilganidek, nikoh qayd qilinmaydi.
Bu erda biror bir buyumni, texnika yoki kompyuterni emas, balki odamni bilish haqida gap ketyapti. Psixologlarning ta’kidlashicha, odam bu eng murakkab bilish ob’ektidir. Uni hech qachon va hech kim mutloq va batafsil bila olmaydi. CHunki u har kuni rivojlanishda, shakllanishda, o‘sishda, o‘zgarishda bo‘lgan murakkab biologik, fiziologik, psixologik, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy jarayonlar, holatlar, xususiyatlar majmuini o‘zida mujjasamlashtirgan eng oliy va shu bilan birga eng murakkab mavjudotdir. Uning sir-sinoatlari, koinot sir-asrorlaridan ortiq bo‘lsa ortiqki, aslo kam emas.
Psixologlarning o‘tkazgan tadqiqotlariga ko‘ra, oila qurgunga qadar bir-birlarini bir oy va undan kam bilgan er-xotinlar miqdori ajrashib ketgan er-xotinlar orasida ko‘pchilikni tashkil qilishni ko‘rsatadi.
Psixologik adabiyotlarda bo‘lajak er-xotin sifatida bir-birlarini yarim yildan bir yilgacha bilish eng maqbul muddat deb ko‘rsatiladi. Bu vaqtda yigit-qizlar bir-birlari haqida nisbatan bilishi mumkin bo‘lgan bilimlar, ma’lumotlarga ega bo‘lishga ulgurishlari mumkin.
Ma’lumki, sevishganlar nafaqat bir-birlariga, hatto olamga ham «rangin ko‘zgu» orqali qaraydilar. Sevgilisining hatto kamchiliklarini, nuqsonlarini ham fazilat deb qabul qiladilar. To‘ydan keyin esa hatto ayrim fazilatlar ham kamchilikdek ko‘rinadi. SHuning uchun yoshlarimiz bir-birlariga (ayniqsa kamchiliklariga) to‘ydan oldin ikkala ko‘zlari bilan to‘ydan keyin esa yarimta ko‘z bilan qarashlari lozim.
Nikoholdi omillarning xarakterlaridan yana biri yoshlarning tanishish shartlaridir. Ular ham o‘z navbatida turli-tumanlikka ega. Kimdir o‘qish, ish joyida, kimdir o‘zi kimdir o‘rtog‘i, dugonasi, qarindoshi, kimdir sovchilar yordamida, kimdir ko‘chada jamoatchilik joylarida, transportda, turli marosimlarda, to‘ylar, kechalar, o‘tirishlar va hokazo shart-sharoitlarda tanishishlari mumkin.
O‘zbek oilasining etnik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yosh oilaning yuzaga kelishi shartlari orasida keng tarqalganlaridan biri sovchilik tufayli oilalarning yuzaga kelishidir. CHunki bizda deyarli barcha oilalarning yuzaga kelishi yigit tomonidan kelinnikiga sovchilar borishi bilan boshlanadi.
Agar yoshlar o‘zlari sovchilar yordamisiz bir-birlari bilan tanishgan, bir-birlarini topishgan bo‘lsalar, bunda ular birinchi navbatda, tanlangan odamning o‘zlarining ko‘ngliga, diliga, idealiga mos kelish yoki kelmasligiga e’tibor beradilar. Xalqimizning etnik xususiyatlariga xos bo‘lgan nikohning yuzaga kelish shartlaridan biri-sovchilikdir. Sovchilik azal-azaldan shakllanib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biridir. Uning o‘ziga yarasha talablari, shartlari, mas’uliyati mavjud. Sovchilikka borilganda sovchilar bo‘lajak er-xotinlar qudalarni har tomonlama o‘rganib, ularning bir-birlariga qay darajada mos kelish jihatlarini puxta o‘rganib chiqishga harakat qiladilar. Umuman sovchilikning milliy, etnik an’anaviy amallarga, talablarga rioya qilishi nikoh mustahkamligining muhim shartlaridan hisoblanadi.
Biroq hozirgi vaqtda sovchilik talablariga amal qilmaslik, uni qo‘pol buzish hollari ham tez-tez uchrab turibdi. Hozirgi vaqtda sovchilikka borilar ekan, tanlanajak kelinning, bo‘lajak qaynonaga yoki sovchi bo‘lib borgan odamning didiga qay darajada mos tushishi, uning ota-onasi, har ikkala oilaning moddiy-ijtimoiy holati, mavqei kabilarga ko‘proq e’tibor berilib, bu jarayonlarning bosh sababchilari, bo‘lajak kelin yoki kuyovning manfaatlari, ularning bir-birlariga mos kelishi yoki kelmasligi jihatlari unutilib qo‘yayotganlik holatlarini kuzatishimiz mumkin.
Oila mustahkamligiga hal qiluvchi ta’sir etuvchi nikoholdi omillaridan yana biri-yoshlarning o‘z oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlaridir. Ularning qanchalik reallikka yaqin bo‘lishi, shu oila mustahkamligini bosh garovi hisoblanadi. Afsuski hamma vaqt ham yoshlarimizning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari reallikka mos kelavermaydi, balki u aksariyat hollarda reallikdan farq qiladi.
Professor V.M.Karimova7 yosh oiladagi muammoli holatlarga vaqt taqchilligi, bo‘sh vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, moddiy etishmovchilik kabilarni ajratadi. YOsh oiladagi vaqt taqchilligi muammosida yoshlar aynan kuchga to‘lgan, bilim va malakalarini oshirishga chanqoq paytida ro‘zg‘or bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga ham majbur bo‘lishlari rol o‘ynaydi. O‘z ustida ishlash uchun eng maqbul bu davrda oila yumushlarini hal qilish zarurati bo‘sh vaqtning deyarli yo‘qligi, uning taqchilligini keltirib chiqaradi. Buning ustiga aynan yoshlik paytida yoshlar o‘ynab-kulgisi, do‘stlar davrasida ko‘proq bo‘lish, kinoteatr kabi madaniyat o‘choqlariga borishni ham xohlashadi. Bu masalni muvaffaqiyatli echa olgan oila a’zolari salomatliklariga ham zarar etkazmay, barcha yumushlarga ulgurishi mumkin, lekin buning aksi ularda ruhiy tangliklarni keltirib chiqarishi, yoshlar salga jizzakilik qilib janjallashib qolishlari ham mumkin. SHuning uchun vaqtdan oqilona foydalanish borasida ham yoshlar muayyan to‘g‘ri tasavvurlarga ega bo‘lishlari oilaviy hayotga tayyorlikning bir yo‘nalishi sifatida qaralishi lozim.
YUqoridagilardan kelib chiqadigan navbatdagi muammo – bo‘sh vaqtni to‘g‘ri taqsimlash bilan bog‘liq. Uni oqilona tashkil etish, dam olish, bayram kunlarini to‘g‘ri o‘tkazish, ota-onalar, qarindosh-urug‘lar bilan munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish oila mustahkamligida katta rol o‘ynaydi.
YOsh oilada uchraydigan muammolardan yana biri-bu moddiy etishmovchilikdir. YOsh oila a’zolari shuni doimo esda tutishlari lozimki, har qanday oila mustaqil oila bo‘lib, oyoqqa turib olishida moddiy, iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. Bu bir tomondan yoshlar ehtiyojlarining uzluksiz ravishda ortib borishi, yoshlik davrini mukammal o‘tkazishga intilishlari bilan tushuntirilsa, ikkinchi tomondan, professional kamolotga xali etmaganliklari, er yoki xotinning, ba’zan ikkalasining ham ota-onaga tobeligi, ta’lim muassasasidagi ma’lumotiga ham to‘la erishmaganligi bilan izohlanadi. “Oila” markazi o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, yosh oila vakillarining salkam 10 foizi –bu talabalardir. Talabalar oilasi o‘ziga xos ijtimoiy guruh sifatida muayyan ruhiy o‘zgarishlar, talabalik hayotiga monand munosabatlar, er va xotin roliga xos mas’uliyat, o‘ziga xos ijtimoiy mavqe doirasida bo‘lib, unda boshqacha qadriyatlar tizimi, ota-onalik, turmush o‘rtoqlik haqidagi tasavvurlar kuzatiladi. Binobarin, yangi vazifalarning muqarrarligi, yangi ijtimoiy mavqe va obro‘ga mos ravishda faol hayotiy maqomni shakllantirish, hayotiy yo‘nalishlarni to‘g‘ri tanlay bilish, er va xotin rollarini o‘zlashtirish jarayonini ta’lim olish va mutaxassislik sirlarini egallash bilan uyg‘unlashtirish talabalar oilasiga xos psixologik muammolardir. YA’ni nikohga kirgan talaba muayyan psixologik to‘siqlarni bartaraf etish va intellektual salohiyati bois ularni engib o‘tish sharoitlarini boshdan kechiradi.
Er-xotin talaba bo‘lgan oilada odatda tengdosh bo‘lgan, ijtimoiy va ma’lumotlilik jihatdan bir-biriga mos bo‘lgan shaxslar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar kechadi. Talaba kelin-kuyovlarning ijtimoiy kelib chiqishining bir-biriga mos tushishi, ulardagi qiziqish, odatlar, qadriyatlar tizimi, hayotiy mo‘ljallardagi o‘zaro moslik aslida yoshlarni birlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo bu oilalarning barqarorligi va mustahkamligiga to‘sqinlik qiluvchi omil sifatida yoshlarning shaxsiy sifatlar haqidagi tasavvurlarning etarli darajada shakllanmaganligi, umr yo‘ldosh tanlashda ko‘proq romantik tuyg‘ularga berilish, sherigining tashqi ko‘rinishiga ko‘proq e’tibor berish, hamisha ota-onalarning ko‘magi va moddiy hamda ma’naviy yordamlarini suiste’mol qilish odatlarining mavjudligi, turli rollar ziddiyati sharoitida yosh oilaning mustahkam bo‘lishiga tahdid solishi mumkinligi holatlarining mavjudligi aniqlangan.
Bunday ijtimoiy psixologik vaziyat yigit va qiz o‘rtasida turli ziddiyatlar, mojarolarning paydo bo‘lishi va ajrimlarning kelib chiqishiga zamin yaratadi. Psixolog olimlarning tadqiqot ishlari (G‘.SHoumarov, V.Karimova, E.Sattorov, N.Sog‘inov, F.Akramova, E.Usmonov, X.Karimov, N.Lutfullaeva va boshqalar) shuni ko‘rsatadiki, oilaning shakllanishi, munosabatlarning barqarorlashuvi, turli ziddiyatlar davri 18-34 yoshlarga to‘g‘ri kelar ekan. Binobarin, ajralish muammosi oiladagi shaxslararo munosabatlarning buzilishi sababli ro‘y berishini inobatga oladigan bo‘lsak, oila haqidagi tasavvurlarning adekvat shakllanishi, farzand ko‘rish va uni tarbiyalashga tayyorlik, talaba bo‘la turib, o‘qituvchi murabbiylardan tashqari, qaynona-qaynota va boshqa yaqin qarindoshlar bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnata olish, talabalik mas’uliyati bilan kelin-kuyovlik mas’uliyatini teng idrok etish madaniyati har qanday oila uchun muhimdir.
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida talaba yoshlarning turmush o‘rtog‘lariga nisbatan ijtimoiy ustanovkalari shaxsdagi kuchli fazilatlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, ikkala tomonda ham sherigidan faqat ijobiy sifatlarni kutish psixologiyasi bor. N.Lutfullaevaning fikricha8, turmush qurgan oilali talabalardagi bunday ustanovkalarga ota-onalarning ta’siri ham bor, chunki oliy ma’lumot olishga da’vogar bo‘lgan, istiqbolda malakali mutaxassis bo‘lib etishishga intilayotgan yoshlarga nisbatan yaqinlari o‘ziga xos munosabatda bo‘ladi. Bu holat, ayniqsa, ota-onaning rahyi-xohishi bilan qurilgan yosh talabalar oilasiga xos bo‘lib, kattalar, ayniqsa, yigitlarning oliy ma’lumot olayotganligi va kelajakda o‘z oilasini o‘zi boshqara oladigan inson sifatida shakllanishiga umid bildirib, ulardan shunga mos ijobiy sifatlarni kutadi, bunday munosabat kelin-kuyovlarning o‘zlariga nisbatan va bir-biriga nisbatan kutishlarida aks etadi.
Taqiqot davomida talaba yoshlarning oilaviy hayotga ijtimoiy psixologik jihatdan tayyorliklari har bir oila a’zosining yoshi, jinsi, shaxsiy va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqadigan universal sifatlarga bog‘liq ekanligi va ular turli jins vakillari ijtimoiy tasavvurlarida turlicha namoyon bo‘lishi o‘zining empirik tasdig‘ini topgan.
Oilaviy hayotga talaba yoshlarning ijtimoiy psixologik tayyorliklari shaxsiy xususiyat bo‘lib qolmay, balki oila-nikoh munosabatlarining shakllanishiga imkon beruvchi qadriyatlar tizimining ular tomonidan adekvat baholanishi va shu xususdagi bilimlarning o‘zlashtirilib, ijtimoiy xulqqa aylantirilishidan kelib chiqadi.

Download 336 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish