Zokirjon saidboboyev


 O‘zbekistonning aholi geografiyasi



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/159
Sana22.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#505525
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   159
Bog'liq
fayl 192 20210327

3. O‘zbekistonning aholi geografiyasi
(XX asrning 20-80-yiIlari)
0 ‘rta Osiyoda milliy — hududiy chegaralanish o'tkazilgandan 
so‘ng ham respublika ko£p millatli edi: 0 ‘rta Osiyoda jami 8131062 
kishi istiqomat qilgan bo‘lsa, bu aholining 3963285 tasi 0 ‘zbekiston 
SSRga o‘tdi. Ulardan 
о ‘zbeklar 3381579
kishini, ya’ni respublika 
aholisining 3/4 qismini tashkil etgan. Haqiqatda, 0 ‘rta Osiyo 
hududida yashovchi barcha o ‘zbeklarning qariyb 90 foizi 
0 ‘zbekiston SSR hududida edi.
1926 
yilda respublika aholisining umumiy soni 4 million 621 
ming kishiga etib, ularning 1 million 12 mingi shaharlarda, 3 
million 657 mingi esa qishloq joylarida istiqomat qilgan. Umumiy 
aholiga nisbatan shahar aholisi 21,9 foizni, qishloq aholisi esa
78,1 foizni tashkil etgan. 0 ‘zbekiston hududida ko‘pgina millat- 
laming vakillari 
yig‘noq guruhlar
sifatida istiqomat qilishardi. 1926 
yilgi aholi ro‘yxatiga binoan bu yerda 490 ming 
tojik,
130 ming 
qozoq,
81 ming 
qirg‘iz
, 72 ming 
arab,
36 ming 
uyg‘ur
mavjud edi 
va hokazo.
1930 yillarda 0 ‘zbekiston aholisining umumiy soni 4 million 
926 ming kishini tashkil etib, ularning 1 million 12 mingi 
shaharlarda, 3 million 847 mingi esa qishloq joylarida istiqomat 
qilgan.
0 ‘tgan asrning 40-yillariga kelib esa respublika aholisining 
umumiy soni 6 million 551 ming kishini tashkil etib, ularning
1 million 606 mingi shaharlarda, 4 million 945 mingi esa qishloq 
joylarida istiqomat qilgan. Shahar aholisi 25 foizni, qishloq aholisi 
esa 75 foizni tashkil etgan.
Stalin boshliq markaziy hokimiyat amalga oshirgan milliy 
siyosatning zarari, adolatsizligi odamlaming qattiq qatag‘on 
qilinishi bilan chegaralanib qolmadi. Uning mudhish ekanligi yana 
shundaki, ko‘plab xalqlarning milliy davlatchiligi buzildi, 
respublikalar va muxtor viloyatlarning haq-huquqlari poymol 
qilindi.
171


1937-1938 yillarda m ustabid tuzum zo ‘ravonlik bilan 
Rossiyaning Uzoq Sharq o‘lkasidan 74500 koreys aholisini 
majburiy ravishda ko'chirilib, 0 ‘zbekiston hududiga olib kelindi. 
Uzoq Sharq o ‘lkasidan koreys aholisi majburiy ravishda 
ko‘chirilishiga asosiy sabab SSSR bilan Yaponiya o‘rtasidagi 
munosabatlarning keskinlashuvi edi. Chunki bu davrda Koreya 
yarim orolining bir qismi Yaponiya tomonidan bosib olingan bo‘lib, 
bu yerdagi koreys aholisi bilan Uzoq Sharq koreyslarining etnik 
kelib chiqishibir edi. Shu sababdan mustabid Sovet davlati 1937 
yil 21 avgustda qabul qilgan „Uzoq Sharq o‘lkasi chegara 
rayonlaridan koreys aholisining ko‘chirish to‘g‘risida“gi qaroriga 
binoan 170 ming koreyslar 0 ‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududiga 
majburan ko‘chirib olib kelingan edi. Bu davrda 0 ‘zbekiston 
SSRning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari shunchalik ko‘p 
miqdordagi koreys aholisini qabul qilish va joylashtirishga qurbi 
etmasdi. Lekin shunga qaramasdan o‘zbek xalqi koreys aholisiga 
nisbatan markaziy hukumatning ,,munosabatidan“ qat’i nazar 
ularga o‘zining millliy mehmondo‘stligini, bag‘rikengligini ko‘rsatdi. 
Ulami uy-joy, ish bilan imkon darajasida ta’minladi, madaniy 
o‘choqlar yaratdi, bolalarining o‘qishi, ta ’lim olishi uchun 
maktablar qurib berdi.
0 ‘tgan asming 40-yillari o‘rtalarida Volganing quyi oqimi va 
Kaspiy dengizi qirg‘oqlarida yashovchi 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish