Sovetlar hokmiiyatming o‘tgan asming 20-30-yШarida amalga
oshirgan ma’muriy-buyruqbozlik va zo‘ravonlik siyosatining
yorqin ifodasi qishloqda o‘tkazilgan jamoalashtirish jarayonida
namoyon bo‘ldi.
1929 yilning ikkinchi yarmi va 1930 yil boshlarida bu jarayon
0 ‘zbekistonda ham boshlanib ketdi. 0 ‘zbekiston
partiya va
hukumatining 1930 yil 17 fevraldagi „Jamoalashtirish va quloq
xo‘jaliklarini tugatish to‘g‘risida“gi qarorida respublikaning 17 ta
tumanida yoppasiga jamoalashtirishni amalga oshirish vazifasi
belgilangan edi. 1929 yil oktyabriga qadar respublikadagi dehqon
xo'jaliklarining 3,4 foizi kolxozlarga kirgani holda, 1930 yil martiga
kelib dehqon xo‘jaliklarining 47 foizi kolxozlashtirilgan edi.
Ma’muriy tazyiq, oshkora zo‘ravonlik, iqtisodiy terror usullari
va shu kabi ta’sir choralarini uzluksiz qo‘llanilishi natijasida kolxoz
qurilishi sezilarli sur’atlarda rivojlantirib borildi. 1932 yil oxiriga
kehb umuman 0 ‘zbekistondajamoalashtirilganxo‘jaliklarbarcha
dehqon xo‘jaliklarining 81,7 foizini birlashtirgan edi. 800 ming
dehqon xo‘jaliklari negizida 9734 ta kolxoz va 94 ta sovxoz
tashkil
etilgan edi.
Bu davrga kelib paxtachilik tumanlarida jamoalashtirish asosan
tugallangan, ularning ekin maydonlari 1927 yildagi 530 ming
gektardan 1932 yilga kelib 928 ming gektarga ko‘paygan edi. Shu
tariqa paxta maydonlari kengayib bordi. Masalan, 1935 yilda
0 ‘zbekistonda 1 million tonna paxta tayyorlangan bo‘lsa, bu
ko‘rsatkich 1939 yilda 1,5
million tonnani, 1941 yilga kelib esa
1,6 million tonnadan ko£proqni tashkil etdi. Bu sobiq Ittifoq
bo‘yicha tayyorlangan paxtaning 60 foizdan ziyodrog‘ini tashkil
qiladi.
30-yillar davomida respublika qishloq xo‘jaligi tizimida paxta
yakkahokimligi mustahkam o‘rin egallab bordi. Jumladan, agar
1933 yilda paxta mahsuloti respublika yetishtirib tayyorlab
beradigan qishloq xo‘jaliklari mahsulotlari umumiy hajmining 81,5
foizini tashkil etgan bo‘lsa, 1937 yilga kelib bu ko‘rsatkich 93,4
foizga yetdi. Ikkinchi Jahon urushi yillarida 0 ‘zbekiston
175
paxtakorlari davlatga 4 million 806 ming tonna paxta xom ashyosi
yetkazib berdilar. Qishloqni jamoalashtirish jarayoni ham o‘zining
yakunlovchi pallasiga kirib bordi.
Chunonchi, 1937 yilda dehqon
xo‘jaliklarinig jamoalashtirish darajasi 95 foizga etgan bo‘lsa, 1939
yilda u 99,2 foizni tashkil etdi.
1956 yilda sobiq Ittifoq hukumatining Mirzacho‘ldagi qo‘riq
yerlami o‘zlashtirish to‘g‘risidagi qaroriga asosan bu yerda 1956-
65 yillar davomida 84 ming gektar yangi yer o‘zlashtirildi. 1957
yilda Yangiyer va 1961 yilda Guliston shaharlari vujudga keldi
hamda 1963 yil 16 fevralida 0 ‘zbekiston tarkibida markazi
Guliston shahri bo‘lgan Sirdaryo viloyati tashkil etildi.
Jizzax cho‘lida 70 ming gektardan
ziyod yangi yerlar
o‘zlashtirilib, bu yerlarda
Do'stlaringiz bilan baham: