476,3
620,1
802,2
Tatarlar
444,8
573,7
648,8
656,6
Qirg‘izlar
92,7
110,7
142,2
174,9
Koreyslar
138,5
147,5
163,1
183,1
Turkmanlar
54,8
71,0
92,3
121,1
Ukrainlar
87,9
111,7
113,8
153,2
Armanlar
27,4
34,2
42,4
50,5
Ozarbayjonlar
40.5
38,9
59,8
44,4
Beloruslar
9,5
16,9
19,1
29,4
Boshqa millatlar
265,8
341,4
360,6
452,7
(Итоги Всесоюзной переписи населения 1959 г.
-
М., 1962; Итоги Всесоюзной переписи населения
1970 г. Ч. 1. Кн. 2. — М., 1972; Итоги Всесоюзной
переписи населения 1979 г. — Т., 1972;
Итоги Всесоюзной переписи населения
.
Населения Республики Узбекистан
1989 г. - Т., 1992)
180
VIII BOB.
0 ‘ZBEK IST0N RESPUBLIKASI TARIXIY
GEOGRAFIYASI
1.
0 ‘zbekistonning tabiiy-geografik tavsifi
0 ‘zbekiston Turkistonning markaziy qismida joylashgan.
Uning hududining asosiy qismi Amudaryo bilan Sirdaryo orasida
bo‘lib, mo‘’tadil va subtropik iqlim mintaqalarida o‘rnashgan.
0 ‘zbekistonning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining shimoli-
sharqida, Orol dengizi qirg‘og‘ida bo‘lib, 45°31’ shimoliy
kenglikdadir. Eng janubiy nuqtasi esa Termiz shahri yonida,
Amudaryo qirg‘og‘ida bo‘lib, 37° 11’ shimoliy kenglikka to‘g‘ri
keladi. Respublikaning eng g‘arbiy nuqtasi Ustyurt platosida 56°00’
sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi esa 0 ‘zbekiston bilan
Qirg‘iziston chegarasida, 0 ‘zgan shahri yaqinida bo‘lib, 37° 10’
sharqiy uzoqlikdadir. 0 ‘zbekistonning eng shimoliy nuqtasi bilan
eng janubiy nuqtalari orasidagi masofa 925 km, eng g‘arbiy nuqtasi
bilan eng sharqiy nuqtalari orasidagi masofa esa 1400 km
0 ‘zbekiston janubi-sharqda Tojikiston bilan, sharqda Qirg‘iziston
bilan, shimol va shimoli-g‘arbda Qozog‘iston bilan, janubi-g‘arbda
esa Turkmaniston bilan chegaradosh. Janubda 0 ‘zbekiston torgina
Surxon-Sherobod vodiysida Afg‘oniston bilan chegaradosh. Bu
yerda Afg‘oniston bilan 0 ‘zbekiston chegarasi Amudaryo orqali
o‘tadi.
Respublikamiz hududi 448,9 ming kv. km ni tashkil etib,
Norvegiya, Finlyandiya, Buyuk Britaniya va Italiya kabi davlatlar
hududidan katta. 0 ‘zbekistonning maydoni Belgiya, Gollandiya
va Daniya kabi davlatlarning yer m aydonlarini qo‘shib
hisoblaganda ham ulardan 4 marta kattadir. Respublika hududi
Shveysariya davlati hududidan esa 10 marta ziyoddir.
181
0 ‘zbekiston geografik o‘miga ko‘ra juda qulay. Chunki uning
hududi Turkistonning markazidagi tabiiy sharoiti qulay va tabiiy
boyliklarga serob bo‘lgan yerlami o‘z ichiga oladi. 0 ‘zbekistonning
ko‘p qismining tekislikdan iborat bo'lishi hamda serunum
vohalarning — Chirchiq-Ohangaron, Farg‘ona, Zarafshon,
Qashqadaryo, Surxondaryo, Quyi Amudaryoning mavjudligi
mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga qulay sharoit yaratib
bergan.
0 ‘zbekiston hududi janubi-sharqdan shimoli-g‘arbga cho‘zilib,
o‘sha tomonga qarab pasayib boradi. Respublika yer usti tuzilishi
jihatidan Tojikiston va Qirg‘izistondan keskin farq qiladi.
0 ‘zbekiston hududining 71 foizini dehqonchilik uchun qulay
vodiylar, tekisliklar va tog* oldi tekisliklari tashkil etadi.
0 ‘zbekiston tabiiy sharoiti xilma-xil bo‘lib, yozda ham qor va
muzlar bilan qoplangan. Balandligi 4688 metrga yetuvchi Hazrati
Sulton cho'qqisi bilan birga dengiz sathidan 12 metr chuqurlikda
Mingbuloq botig‘i bor.
0 ‘zbekiston hududi o‘zining geologik taraqqiyoti mobaynida
murakkab jarayonlami boshidan kechirgan. Shuning uchun uning
relefi xilma-xildir.
Respublikaning sharqiy va janubi-sharqiy qismini 0 ‘rta
Osiyoning eng baland tog‘lari Tyanshan va Pom ir-Oloy
tizmalarining tarmoqlari qoplab olgan. Bu tog‘lar g‘arb va shimoli-
g‘arb tomon pasayib boradi, sharq va janubi-sharqda esa ularning
balandligi dengiz sathidan 7495 metrga etadi. 0 ‘zbekistonning
shimoli-g‘arbiy qismi esa Turon tekisligining markaziy qismi bilan
band. Shunday qilib, 0 ‘zbekiston hududi yer usti tuzilishi
jihatidan ikkita katta qismga, ya’ni tog‘li va tekisliklarga bo‘linadi.
Bu qismlar o‘z maydonlarining katta-kichikligi bilan bir-biridan
farq qiladi. 0 ‘zbekiston hududining 70% ga yaqini tekislik, qolgan
30% qismini esa tog‘lar egallaydi. Bu qismlaming chegaralari
nihoyatda egri-bugri bo‘lib, tog‘laming ba’zi bir tizmalari tekislik
qismining ichkarisiga surilib kirgan, ayrim joylarda tekislik ham
tog‘ tizmalari orasiga qo‘ltiq shaklida kirib qolgan.
182
0 ‘zbekiston okean va dengizlardan uzoqda, Yevrosiyo ma-
terigining ichki qismida joylashganligi tufayli
Do'stlaringiz bilan baham: |