O‘ZBEKISTON TARIXI Bugun yurtimizda 1,5 mingga yaqin muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardagi eksponat va kolleksiyalarni boyitish, asrab-avaylash, chuqur va puxta o‘rganish, targ‘ib etish, muzeylar faoliyatini davr talabi darajasida tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotir. Xususan, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qabul qilingan “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun ushbu ma’naviyat maskanlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, takomillashtirish, ulardagi nodir ashyolar, osori-atiqalarni saqlash, o‘rganish, mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ham yurtimizning ilmiy va madaniy-ma’rifiy markazi hisoblanadi. Muzey O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib keladi. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-apreldagi 203-son qaroriga muvofiq mustaqil ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida qayta tashkil etilib, 1994-yil 5-avgustdagi 402-sonli qarorga binoan unga davlat muzeyi maqomi berildi. Muzeydagi ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yo‘nalishi muzey buyumlari, kolleksiyalar to‘plash va o‘rganish, hujjatlashtirish, ilmiy asoslangan konsepsiyalar, statsionar ekspozitsiya, ko‘rgazmalar tizimi va rejalarini ishlab chiqish, shuningdek, arxeologik va etnografik yo‘nalishlarda izlanishlar olib borishdan iborat. O‘zining ko‘p yillik faoliyati davomida muzey keng qamrovli ilmiy ishlar, arxeologik qazishmalar, etnografik ekspeditsiyalar olib bordi. Olimlar tomonidan topshirilgan kolleksiyalar hamda aholidan muzey fondlari uchun sotib olingan osori-atiqalar muzey fondini yanada boyitdi va bugungi kunda eksponatlar soni 267 mingdan ortdi. Eksponatlardan 60 mingtasi arxeologiyaga, 100 mingdan ziyodi numizmatikaga va 16 mingi etnografiyaga oid. Muzey ma’muriyati ma’lumotlariga qaraganda, hozirgacha muzey arxivida 35 mingda ortiq negativ, fotosurat va hujjatlar mavjud. O‘zbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi - Toshkent shahridagi O‘zbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi 1996-yilning 2-sentabridan boshlab faoliyat yuritib keladi.
- Uzoqdan quyoshning zarrin nurlariga burkangan mahobatli inshoot atrofi turli-tuman manzarali daraxtlar bilan o‘ralgan. Sekin-asta u tomon yurib borarkanman, oqayotgan suvning maftunnavo ohangiyu, betakror me’moriy echim, zamonaviylik va milliylik ruhi singdirilgan go‘zal arxitektura namunasi bo‘lgan bino aqlimni shoshirdi. Bu inshoot O‘zbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyidir.
- Darhaqiqat, muzey qimmatbaho eksponatlari, betakrorligi hamda so‘lim joyda joylashganligi bilan ajralib turadi. Xalqaro sport tashkilotlarining yorliqlari, sportchilarimizning Olimpiya o‘yinlari va nufuzli musobaqalarda qo‘lga kiritgan kuboklari, medallari, esdalik sovg‘alari hamda Sidney, Afina, Pekin olimpiadalari mash’alalari kabi eksponatlar joy olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |