SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI ARXEOLLOGIYA YO’NALISHI 104-GURUH TALABASI ASHUROV SHAVKATNING “ARXEOLOGIYAGA KIRISH” FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Paleolit davrida tosh qurollarining yasalishi va shakllanish bosqichlari.
Reja:
1. Ilk paleolit davrida toshdan mehnat qurollarining yasalish usullari.
2. O`rta paleolitda toshdan mehnat va ov qurollarining yasalish borish tartibi.
3. So`ngi paleolit davrida kesuvchi va arralovchi usullarning paydo bo`lishi.
Tosh davri insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan zamon bo’lib, moddiy manbalar va arxeologik yodgorliklar topilgan joylar nomiga qarab, alohida bosqichlar va madaniyatlarga bo’linadi. Qadimgi tosh davri – paleolit tarixi bilan antropogenez – odamning paydo bo’lishi va rivojlanishi muammosi bog’lanadi.
Paleolit (yunoncha, “palayos” – qadimgi, “litos” – tosh) – insoniyat tarixining eng qadimgi davri bo’lib, uning boshlanish sanasi dunyo tarixida taxminan bundan 3 mln. yil ilgarigi davr bilan belgilanadi. Insoniyat minglab yillar davomida toshga ishlov berish texnikasini takomillashtirib va rivrojlantirib borgan, turmush tarzi hamda yashash sharoitini yaxshilashga harakat qilgan. Paleolit davri arexologik nuqtai nazaridan uch bosqichga: ilk, o’rta va so’nggi bosqichlarga bo’linib o’rganiladi. Ular arxeologik davrlashtirishga mansub bo’lib, ibtidoiy jamiyatdagi qurollar yasash xom–ashyosiga va uni ishlash texnikasi o’zgarishini belgilariga ko’ra ajratilgani ma’lum
Insoniyatning eng qadimgi avlodi bo’lmish avstralopiteklarning makonlaridan topilgan sodda uncha o’tkir bo’lmagan chaqmoq toshlarning topilishi, paleontropolog Jeyn Gudokni primatlar toshlarni bir biriga otib dastlabki sodda qurollarni yasashni bilishganini xulosa qiladi. Ilk paleolitning olduvay davrida kelib (mil. avv. avv. 2.6 mln. yillarda) homo habilis (ishbilar odam) odamlar endilikda daryo chaqmoq toshlarni ongli ravishda bir biriga urib tosh qurollar yasay boshlaydi. Bu tosh qurol arxeologiya fanida chopperlar deb nom olgan. “Chopper” (ing. – kesuvchi) bir tomondan urib-uchirish asosida yasalgan bo’lib, xom go’sht va o’simlik mahsulotlarini kesish va chopish maqsadlarida foydalanilgan. Ularning o’lchami 7,5—10 sm tashkil qilgan.
Chopperlar
Nukleuslar
Ashel davrining ilk bosqichlari qo’lbolta tosh qurollarining paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Qo’lbolta – ashel davriga xos bo’lgan ibtidoiy davrning makrolit tosh quroli. Qo’l bolta olduvayning so’ngi davrida kashf qilingan. Uning eng qadimgi namunalari Sharqiy Afrika hududidan topilgan. (1,5—1,0 mln. y). Ashell davri kelib, qo’l bolta homo erectus odamlarining asosiy quroliga aylangan. Qo’lbolta ibtidoiy odamlarning qo’l davomiyligini ta’minlab, uchli, qirrali, qattiq bo’lib, go’sht va o’simlik mahsulotlarini maydalash maqsadida foydalanilgan.
Qo`lboltalar
Ashel davriga so’ngi bosqichlariga kelib, tosh qurollardan yana piri qirg’ichlar paydo bo’ladi. Ayrim arxeologlar tosh pichoqlar ham deb atashadi. Qirg’ich (sreblo) kremen, obsidian, kvartsit va boshqa turdagi toshlardan ishlangan retushlangan ibtidoiy tosh quroli. O’tkir tig’li, asosan pichoq vazifasini o’tagan. Ba’zi qirg’ichlar teri oshlashda ham qo’llanilgan
Qirg`ichlar
So’ngi paleolitda mehnat qurollardan tosh bolta va teshalar ham ixtiro qilindi.Tosh bolta va teshalar asosan daryo toshlaridan yasalib, ularga taxtadan dastalar yasashgan. Bu davrning ixtiro qilingan muhim ov qurollardan biri nayzadir. Nayzalar o’tkir tig’ga ega bo’lib, uzun novda cho’piga biriktirilgan. Bu nayzalar ov jarayonida o’ta qulay bo’lgan
Nayza uchlari
E`tiboringiz uchun raxmat!!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |