O’ZBEKISTONDA OLIMPIYA HARAKATINING RIVOJLANISHI
O’zbekistonda olimpiya harakatining rivojlanish davrlari. O’zbekiston sportchilarining sobiq ittifoq terma jamoasi tarkibida 1952-1992 yillarda o’tkazilgan Olimpiya o’yinlarida ishtiroki. Mustaqil O’zbekiston Respudlikasida olimpiya harakatining yangi bosqichi. O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasining (O’zMOQ) tashkil topishi (1992). O’zMOQ Nizomi Olimpiya xartiyasiga mos ravishda tuzilgan xujjat sifatida. O’zMOQning XOQ tomonidan tan olinishi. O’zMOQning maqsadi va vazifalari. O’zbekiston MOQning tarkibi va asosiy organlari. O’zMOQ prezidentlari. O’zbekiston Respublikasi Olimpiya Akademiyasi, unung maqsadi va vazifalari. O’zbekiston Olimpiya Shon-shuhrati muzeyi. O’zbekiston sportchilarining Olimpiya o’yinlari, Osiyo o’yinlari, Paralimpiya va Paraosiyo o’yinlari, Jahon Universiadalari, Jahon Yoshlar o’yinlaridagi ishtiroki va yutuqlari.
O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti mustaqillikka erishish va uning istiqbolida aholi salomatligining o'ta qimmatliligini va unga ega bo'lish yo'llarini katta ko'tarinkilik bilan izhor qilib bergan, ya'ni: «Bizning zaminimiz polvonlar va botirlarini mehr bilan tarbiyalab kelmoqda. Bugungi kunda hamma joyda sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda... o'zining salomatligi haqida shaxsan g'amxo'rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, maktab, mahalla, sog'liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko'magida singdirish kerak», - deb haqli ravishda aytgan.
Mustaqil O'zbekistonning jismoniy madaniyat va sportini yanada rivojlantirishga asos bo'luvchi eng muhim tadbirlar ko'rilmoqda.
O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonuni (1992 yil 14 yanvar) barcha aholining sog'lig'ini mustahkamlash, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlariga shart-sharoitlar yaratib berishni kafillikka oladi. Bu Qonun 2000 yil 26 mayda yangi tahrirda qayta qabul qilindi.
27-rasm. XOQ prezidenti Xuan Antoniyo Samaranj tomonidan birinchi prezidentimiz I.A. Karimovga berilgan oltin orden.
O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonunining Yangi tahriri 2015 yil 5 sentyabrda qabul qilindi. Mazkur Qonunning 17-moddasi “O’zbekiston olimpiya harakati. O’zbekiston olimpiya ko’mitasi”ga bag’ishlangan.
O’zbekiston olimpiya harakati Xalqaro olimpiya harakatining tarkibiy qismi bo’lib, uning maqsadi olimpiya harakati printsiplarini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga kumaklashish, sport sohasida halqaro hamkorlikni mustahkamlash, Olimpiya o’yinlarida hamda Xalqaro olimpiya qo’mitasi boshchiligida o’tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etishdan iboratdir.
O’zbekiston olimpiya harakati O’zbekiston olimpiya ko’mitasi – respublika nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan boshqariladi, ushbu qo’mita o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Xalqaro olimpiya ko’mitasining Olimpiya xartiyasiga hamda o’z ustaviga muvofiq amalga oshiradi. Davlat O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasiga o’z ustavida belgilangan maqsadlarini amalga oshirishiga har tomonlama ko’maklashgan holda O’zbekiston olimpiya harakatini tan oladi va qo’llab-quvvatlaydi (27-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |