O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent moliya instituti
“Moliya” kafedrasi
“Moliya” fanidan yakuniy nazorat
Bank ishi fakulteti BI50-guruh talabasi
Abdullayev Quvonchbekning
“Moliya” fanidan yakuniy nazorat ishi
2-variant
1.Moliyaviy tizimning tarkibi va tuzilishi.
2.Moliyaviy nazorat funktsiyalari
3. Davlat byudjeti daromadlarining klassifikatsiya qilinish mezonlari.
Moliyaviy tizimning tarkibi va tuzilishi.
Moliya tizimi - bu davlatning hamda korxonalarni pul mablag`larini shakllantirish, taqsimlash va ishlatish usullari majmuasidir. Moliya tizimining asosini xo`jalik yurituvchi subyeklar moliyasi tashkil etadi, chunki ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi va ular ishtirokida yalpi ichki maxsulot va milliy daromad yaratiladi. Xo`jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy - huquqiy shaklidan kelib chiqib ular moliyasining shakllanishi va undan foydalanish o`ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, ijtimoiy tashkilotlar, kasaba uyushmalari, yoshlar va faxriylar tashkilotlari ,ijodiy uyushmalar, sport jamiyatlari va shu kabilardan iborat bo`lib, ularning moliyaviy resurslari asosan tashkilot azolik badallari,tijorat faoliyatidan olingan daromadlar, xomiylar va xayriya mablag`lari hisobiga tashkil topadi va shu tashkilotlar nizomiga asosan foydalaniladi. Davlat budjeti moliya tizimining bosh bug`ini hisoblanadi. U yordamida davlat boshqaruv organlari funksiyalarini taminlash uchun markazlashgan pul fondlari shakllantiriladi va ishlatiladi.Davlat budjeti mamlakatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi va Oliy Majlis tomonidan qonun holida tasdiqlanadi. Davlat budjeti orqali davlat Xalq xujaligi tarakiyotini, ijtimoiy - madaniy tadbirlarni, mudofani,davlat xokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash moliyalashtiriladi.Budjetdan tashqari jamg`armalar, soliqlar kabi ma`lum maqsadga yo’naltirilgan ajratma va ushlovlardan tashkil topadi. Budjetdan tashqari jamg`armalar summasining asosiy qismi maxsulot (ish xizmat) lar tannarxiga kiritiladi va u asosan ish haqi fondiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Budjetdan tashqari maqsadli jamg`armalardan biri Pensiya jamg`armasi hisoblanadi.Budjetdan tashqari jamg`armalarning yana biri bo`lib, ish bilan ta`minlashga kumaklashish jamg`armasi. Ushbu jamg`arma «Axolini ish bilan taminlash to`g`risida » gi (1992 y 13 yanvar) qonuniga muvofiq Vazirlar Maxkamasining 1992 y 13 dekabrdagi 606-sonli «Ish bilan ta`minlashga kumaklashish Respublika jamg`armasining tashkil etish to`g`risida» gi qarori asosida tashkil etilgan.Jamg`arma mablag`lari qo`yidagi mablag`lar hisobiga shakllanadi:
- Mulkchilik shaklidan kat`iy nazar barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar xodimlariga hisoblangan ish xaqiga nisbatan majburiy ajratmalar . Ushbu ajratma 2007 yilga 0,3 foiz miqdorida belgilangan.
- Rezedent va norezedent yuridik shaxslar, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning ixtiyoriy badallari.
- Majburiy ajratmalar belgilangan muddatda tulanmaganligi uchun jarimalar.
- Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish jamg`armasining tijorat faoliyatidan daromad va boshqalar
Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish davlat jamg`armasining mablag`lari qo`yidagi maqsadlarga foydalaniladi.
-Axolini ish bilan ta`minlashning umumdavlat va mintaqaviy dasturini ishlab chiqishga
- Ishdan bo`shab qolgan xodimlarni va ish bilan band bo`lmagan axolini kasbga yo`naltirish, qayta o`qitish va qayta tayyorlashga doir ishlarga.
- Ishsizlik bo`yicha nafaqalar tulash.
-Nogironlar va axolining ijtimoiy jixatdan kam ta`minlangan tabaqalari mexnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ishchi o`rinlarini tashkil etish.
- Ish bilan ta`minlash organlarini saqlash, moddiy - texnikaviy ta`minotni amalga oshirish.
- Axborot ma`lumotlarini tuplash, reklama-nashr ishlarini amalga oshirish, bo`sh o`rinlar yarmarkalarini o`tkazish va boshqalar.
Maqsadli jamg`armalar tarkibida yetakchi o`rinlardan birini O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi xo`zuridagi Respublika yo`l jamg`armasi egallaydi.Ushbu jamg`arma O`zbekiston Respublikasi «Avtomobil yo`llari to`g`risida» gi qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 5-yildagi 334-sonli «O`zavtoyo`l davlat xissadorlik konserni» tarkibida tashkil qilingan. Ushbu jamg`armani tashkil qilishdan maqsad mamlakatimizda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini loyixalash,qo`rish,to`zatish va saqlashni mablag` bilan ta`minlash, shuningdek Respublika yo`l tarmoqlaridan samarali foydalashni ta`minlashdir.
Moliyaviy nazorat funktsiyalari
Moliyaviy nazorat — moliyaviy boshqaruv tizimining elementlaridan biri, barcha iqtisodiy sub’ektlaming (davlat, hududiy-ma’muriy bo'linmalar, korxona va tashkilotlar) moliyaviy faoliyati moliyaviy-xo'jalik qonunchiligiga rioya etilishi, amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqli, moliyaviy-xo'jalik operatsiyalari-ning iqtisodiy samaradorligi ustidan amalga oshiriladigan qiymatiy nazoratning alohida sohasidir.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga davlat va ijroiya hokimiyat boshlig'i sifatida katta vakolatlar berilgan. Respublika Konstitutsiyasi 93- moddasining 8-bandiga muvofiq Prezident ijroiya hokimiyat apparati va jumladan, davlat moliyaviy nazorati funksiyalarini amalga oshiruvchi organlar (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi va boshqalar)ni shakllantiradi. Davlat moliyaviy nazorati tizimida Hisob palatasiga katta rol ajratilgan. U mustaqil va ob’ektiv organ bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi.
moliyaning 2 ta funksiyasi bor:
1. Taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya ko`yidagilarda o`z aksini topadi.
- Yaratilgan yalpi ichki maxsulot dastlab korxonada,uni yaratishda ishtirok etgan xodimlarga, davlat budjetiga (soliq shaklida).
-Davlat moliyasi orqali har xil fondlarni shakllantirishga.
- Korxona va boshqalar o`z daromadlarining ma`lum qismini nodavlat va jamoa tashkilotlariga, ular tomonidan turli xayriya fondlarini tashkil etishga.
- Xayriya fondlaridan kam ta`minlangan oilalarni ijtimoiy ximoya etishga.
- Xonadonlar moliyasida –yaratilgan daromadni iste`mol va jamg`arma extiyojlariga taqsimlanishi.
2. Nazorat funksiyasi – Bu funksiya taqsimlash funksiyasi bilan o`zviy bog`lik bo`lib, u moliya munosabatlarining turli tarkibi orasida pul fondlarining shakllanishi va ishlatilishini nazorat qiladi.
Ushbu funksiyaning bosh maqsadi ijtimoiy ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish ,Xalq xujaligining barcha bug`inlari ishini yakunlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini to`g`ri tashkil etilishi va ulardan maqsadga muvofiq foydalanishni taminlashdan iborat.
Moliyaviy nazorat umudavlat, ichki xo`jalik ,jamoa va mustaqil nazoratlarga bo`linadi.
Umumdavlat nazorati Oliy Majlis, Moliya Vazirligi, Soliq ,kredit muassalari davlat qumitalari, vazirliklar, maxalliy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilib unda pul mablag`larini shakllanishi va sarflanishi nazorati olib boriladi.
Ichki xo`jalik nazorati korxona,tashkilot va muassasalarning moliyaviy xizmatlari (hisob,hisobot va rejalashtirish) bo`limlari tomonidan pul mablag`larining shakllanishi va harajatlar ustidan nazoratni ta`minlaydi.
Jamoa nazoratini aloxida jismoniy shaxslar, o`z-o`zini boshqarish organlari va boshqalar ixtiyoriy ravishda olib boradi.
Mustaqil nazoratni mustaqil auditorlik firmalari amalga oshiradi.Bunda barcha xo`jalik subyeklari faoliyati natijalarining qonuniyligi, amaldagi buxgalteriya hisobini yuritish bo`yicha va boshqalarga tegishli me`yoriy hujjatlarga mosligi, ularga amal qilinganligi nazoratdan o`tkaziladi.
Amalga oshirish muddatidan kelib chiqib moliyaviy nazorat birlamchi, joriy va yakuniy nazoratlarga ham bo`linadi.
Birlamchi moliyaviy nazorat korxonalar moliyaviy rejalarini budjet tashkilotlarini smetalarini, budjetlar loyihalarini va boshqalarni tuzish , ko`rib chiqish va tavsiflash bosqichlarida amalga oshiriladi.
Joriy moliyaviy nazorat rejalarni bajarilishi ,xo`jalik moliyaviy operatsiyalarini borishi jarayonida amalga oshirib, unda daromad va harajatlarni amalga oshirilishini to`g`riligi, o`z muddatidaligi tezkor va moslashuvchanlik asosida olib boriladi.
Yakuniy moliyaviy nazorat amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarning to`g`riligi ,qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini tekshirish, tahlil va audit qilish orqali amalga oshiriladi.
Shuning bilan birga ayrim mualliflar moliyaning funksiyalariga rag`batlantirish, iqtisodiy axborot berish va ijtimoiy ximoya funksiyalarini ham kiritishadi. Bizning fondimizcha rag`batlantirish va ijtimoiy ximoya funksiyalari moliyaning taqsimlash funksiyasi natijasiligini, iqtisodiy axborot berish esa korxona ,tashkilot va muassasalarni funksional vazifalari ekanligini hisobga olib ularni moliyaning aloxida funksiyalariga ajratilishi maqsadga muvofiq emas.
3. Davlat byudjeti daromadlarining klassifikatsiya qilinish mezonlari.
Davlat byudjeti daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli, ularni byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin.
Davlat byudjeti daromadlari o’z manbalariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
-soliq shaklidagi daromadlar;
-soliq bo’lmagan daromadlar;
-tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari.
Davlat byudjetining soliq shaklida oladigan daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
Soliq bo’lmagan daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
-davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);
-davlat byudjeti tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan to’lovli xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);
-fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash natijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, kompensatsiyalar va davlat sub’yekt-lariga etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar va majburiy undirilgan boshqa mablag’lar;
-moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (davlat byudjeti ssudalari va davlat byudjeti kreditlaridan tashqari);
-soliq xarakteriga ega bo’lmagan boshqa daromadlar.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida tushum-larning quyidagi ko’rinishlari ham hisobga olinishi mumkin:
-davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko’rinishda olinadigan mablag’lar;
-kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda davlat byudjeti mab- lag’larining qoldig’i bo’yicha foizlar ko’rinishida olinadigan mablag’lar;
-davlatga tegishli mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag’lar;
-qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti mablag’laridan foydalanganlik uchun haq;
-davlatga qisman tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari ustav kapitalining hissasiga yoki aktsiyalar bo’yicha dividendlarga to’g’ri keladigan foyda ko’rinishidagi daromadlar;
-davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);
-davlatga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa daromadlar.
Davlat byudjetiningdaromadlar qismini to’ldirishning manba- laridan biri davlat byudjeti tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi davlat byudjetining daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklan-maydigan shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham davlat byudjetiningshunday daromadlari tarkibiga kiradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Davlat byud-jetining daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda:
-soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
-davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
-meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
-yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
-rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssuda-larini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar;
-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllanti-rilmoqda:
-umumdavlat soliqlari, shu jumladan:
-yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
-yagona soliq to’lovi;
-jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
-qo’shilgan qiymat solig’i;
-aktsiz solig’i;
-yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
-bojxona bojlari;
-qo’shimcha foyda solig’i;
-mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo’yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi va boshqa daromadlar.
Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi to’lanishidan tushgan tushumlar, qonun huj-jatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’im-lar, tovon pullari, kompensatsiya to’lovlari jarima sank-tsiyalari va davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgi-langan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tkazilgan pul mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar, aktsiyalarning davlat ulushi (payi) bo’yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo’yicha dividendlar (daromadlar) mustasno, mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va qonun hujjat-lariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyat-lar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda:
-belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan:
-yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
-yagona soliq to’lovi;
-jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
-tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq;
-qo’shilgan qiymat solig’i;
-aktsiz solig’i;
-yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
-suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
-mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, shu jumladan:
-benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
-mol-mulk solig’i;
-yer solig’i;
-yagona yer solig’i;
-ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish uchun yig’im;
-yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
-bozorlardan tushadigan daromadlar va boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’imlar, tovon pullari va jarima sanktsiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo’yicha davlat ixtiyoriga o’tgan mol-mulkni, huquq bo’yicha davlat daromadiga o’tkazilishi lozim bo’lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo’yicha dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromad-lar, dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari hisoblanadi.
O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra davlat byudjeti daromadlari ikki guruhga bo’linishi mumkin:
1.xo’jalik yurituvchi sub’yektlardan olinadigan daro-madlar;
2.aholidan tushumlar.
Mulkchilik shakliga ko’ra davlat byudjeti daromadlari quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
-nodavlat sektordan olinadigan daromadlar;
-davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar;
-aholidan olinadigan mablag’lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |