Reja;
Umumiy strategiya va marketing strategiyasi
Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari
Marketing strategiyalarini bozordagi real sharoit bilan taqqoslash tahlili
1.Umumiy strategiya va marketing strategiyasi
O‘tgan mavzulardan bizga ma’lum bo‘ldiki, «marketing» jamiyatda va korxona faoliyatida juda muhim. Endi esa korxona faoliyatiga marketingning ta’sirini o‘rganamiz. Buning uchun Dell kompyuterlarini misol qilib olamiz.
Michel Dell – kollej yotoq xonasida kompyuter olib sotar edi. Dillerlarning ustamasi baland bo‘lib, mijoz xohlagan konfiguratsiyada kompyuter tayyor bo‘lmasdi. Dell esa gazeta orqali e’lon berib mijozlardan buyurtma qabul qilib olar va uni tezlik bilan UPS orqali yuborardi. Michel Dell kompyuterlari arzon edi. Mijoz bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri vositachisiz ishlardi. Buyurtmaga asosan ishlab chiqarish ham narxni pasaytirardi. Mijoz bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash esa doimo u bilan aloqada bo‘lishni ta’minlardi. Agar muammo paydo bo‘lsa, darhol uni tuzatardi. Dell mijozining ishonchiga kirish uchun o‘z hisobidan mijozga kafolat berish xizmatini ham yo‘lga qo‘ydi hamda ishchilarini, mijozlarni ruhtlantirish uchun doimo mashg‘ulot darslari o‘tkazardi. Albatta hammani birdek qanoatlantirish juda qiyin!
Masalan, Dell “notebook”larining dizayni unchalik chiroyli bo‘lmagani uchun kompaniya foydasi keskin tushib ketdi. Lekin zukko marketologlar xatolarni o‘rganib, kamchiliklarni to‘g‘rilashdi, yana hammasi joyida edi. Sotish hajmi oshgach, Dell reklamaga ko‘proq pul tikdi. Uning marketing xizmati – Dell kompyuterlarini mijozlar uchun aynan ishlab chiqarilganligini targ‘ib qildi. Shuningdek, Dell hukumat va yirik kompaniyalar bilan uchrashib, o‘z kompyuterlarini taklif qildi. Super kompyuterlar (high power computers)ga talab tushdi. Darhol Dell ilmiy tadqiqot va tajriba-konstuktiv ishlari (ITTKI) uchun katta pul ajratdi, chunki mijozlar istagini bajarish kerak edi. Dell tashqi bozorga chiqishning kelajagi borligini ko‘rdi. Ko‘pchilik o‘z mahsulotini chetga eksport qilsa, Dell esa boshqa davlatlarda o‘z zavodlarini qurdi. Yiliga marketing uchun 80 mln. $ sarflab Dell kompyuterlarining samaraliligini targ‘ib qildi. Boshqa raqobatchilar Dellning mijozlar bilan to‘g‘ri ishlash mexanizmini ko‘chirishdi. Masalan, IBM o‘zining chakana sotuv bo‘limini ochdi. Lekin IBM dillerlari bundan xafa bo‘lishdi va IBM narx raqobatiga mag‘lub bo‘ldi. Chunki mijozga to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish IBM marketing dasturiga juda teskari edi. Keyinchalik Dell mijozga to‘g‘ridan to‘g‘ri sotishning boshqa yo‘lini topdi, ya’ni internet orqali sotuvni yo‘lga qo‘ydi va oyiga 1,5 mln. $ foyda olardi. Online sotuv xarajatlarini keskin tushirdi. Sotish xarajatlarini kamaytirib, tannarxni arzonlashtirdi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Dell kompanyasining biznesi ayni damda juda muvaffaqiyatli. Lekin kompaniya kelajakda mijozlarni qanoatlantirish uchun izlanish olib bormasa, o‘z marketing strategiyasini o‘zgartirib bormasa bozorda o‘z o‘rnini yo‘qotishi mumkin. Yuqorida biz Dell marketing menejerlarining kompaniya marketing strategiyasini rivojlantirish uchun amalga oshirilgan ba’zi bir qarorlarni ko‘rdik. Marketing qarorlarini qabul qilish oson emas va ba’zida marketing strategiyasini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Dell misolidan ko‘rinadiki, marketing qarorlari kompaniya muvaffaqiyati uchun juda muhim. Bugun tashkilotning yutuqlari uning faoliyati bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulotga iste’molchilarning talablari darajasi bilan belgilanadi. Shu bois firmaning uzoq istiqbolgacha bozordagi muvaffaqiyatini belgilovchi strategiyalari orasida marketing strategiyasi asosiy rol o‘ynaydi.
Marketing strategiyasini shakllantira borib, yuqori rahbariyat bir qator o‘ta muhim omillarni hisobga oladi:
tashkilotni boshqarishda marketingning o‘rnini;
tashkilot rivojlanishining umumiy strategiyasini;
bozordagi ahvoli va raqobat kurashlarining o‘ziga xos xu-susiyatlarini;
talabning holati, uni rivojlantirish tendensiyalari va tashqi marketing muhitining boshqa omillarini;
boshqaruv resurslari va firmaning o‘z imkoniyatlarini.
Bu va boshqa omillar marketing strategiyasining turlari va mazmunini belgilaydi.
O‘sishning dinamik (stabilligi)ligi va tashqi muhitning tashkilotga ta’sir darajasi boshqaruv konsepsiyalarini iste’molchilar talablariga yo‘naltirib, uning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bugun marketing firma faoliyatining hamma sohalariga yorib kirgan. Strategik boshqaruvda marketing biznesning falsafasi, firma strategiyalarini ishlab chiqish uchun axborotlar yig‘ish va ularga ishlov berish, shuningdek, firma strategiyalarini amalga oshirish vositalaridir. Marketing xizmati tomonidan ishlab chiqiladigan marketing strategiyasi firmaning umumiy strategiyasini realizatsiya qilish jarayoniga uning elementlaridan biri sifatida qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |