Umumiy strategiya – bu uzoq muddatli istiqbolda tashkilot belgilangan asosiy maqsadlarga olib kelishi kerak bo‘lgan bosh yo‘nalishlarining oqibatlari va uning harakat tarzidir. Umumiy strategiya tashkilotning asosiy rivojlanish konsepsiyasida, strategik hududlardagi tadbirkorlik faoliyatining global maqsadlari va vazifalarida ifodalanadi. Bu alohida biznes yoki mahsulotni nima qilish kerakligi, tashkilot qanday qilib va qaysi yo‘nalishda rivojlanishi kerakligi, bozorda qanday o‘rin egallashi borasidagi qarorlardir. Umumiy strategiya tashkilotning yuqori darajasiga taalluqli, yuqori rahbarlar tomonidan ishlab chiqiladi va uning vazifalari hamda maqsadlarini amalga oshirish vositasi hisoblanadi.
Marketing faoliyati – bu ancha past darajadagi faoliyat, shu bois firmaning marketing xizmatiga nisbatan umumiy strategiyasi uning yutuqlarga erishish vositasi hisoblanadi. Aytish mumkinki, marketing strategiyasini ishlab chiqish firmaning umumiy strategiyasidan boshlanadi.
Umumiy strategiya – bu bozordagi shunday muomala tabiatiki, u tashkilotni uzoq muddatli istiqbolda turib, faoliyat yuritishini ta’minlashi kerak. Bu bozorning raqobatli muhitida xaridorlari barqaror bo‘ladigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni bildiradi. Bu mahsulotlar birinchidan, xaridorlar uchun shunchalik qiziqarliki, unga pulini berishga tayyor, ikkinchidan, xaridorlarga boshqa firmalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan o‘xshash mahsulotlarga nisbatan qiziqarli. Umumiy strategiya ana shunday mahsulot ishlab chiqilishini ko‘zda tutadi. Aynan u firmaga raqobat ustuvorligini ta’minlaydi.
Strategik boshqaruv sohasidagi yetakchi nazariyachi va mutaxassislardan biri M.Porter tashkilotning raqobat ustuvorligini ta’minlovchi tabiati bozordagi strategiyasining uch turini ajaratadi: xarajatlarni minimallashtirishda yetakchilik, differensiatsiya va jamlanish.
Xarajatlarda yetakchilik strategiyasi shu bilan bog‘liqki, bunda kompaniya ishlab chiqishda va o‘z mahsulotlarini realizatsiya qilishda eng kam xarajat qilishga erishadi. Natijada u mahsulotiga eng kam narx qo‘yib, bozorning katta qismi (ulushi)ni egallab olishi mumkin. Strategiyaning bunday turini realizatsiya qiladigan firmalar ishlab chiqarish, ta’minot va savdosini yaxshi tashkil qila olish texnologiyasi va injenerlik-konstruktorlik bazasi yaxshi bo‘lmog‘i zarur. Ushbu strategiyadagi marketing yuqori rivojlangan bo‘lishi shart emas.
Defferensiatsiyalash (ixtisoslash) strategiyasi firmaning noyob xossaga ega mahsulot yaratishini, bu mahsulotlar xaridorlarga yoqishini va ular pul to‘lashga tayyorligini bildiradi. Ushbu strategiya raqobatchilarnikiga o‘xshamagan mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Strategiyaning bu turini realizatsiya qiluvchi firmalar ITTKI o‘tkazish uchun mahsulotni yaxshi dizayni, yuqori sifatini, marketingning rivojlangan tizimini ta’minlashlari lozim.
Jamlanish strategiyasi diqqatni aniq iste’molchilar qiziqishiga qaratishni ko‘zda tutadi. Diqqatni bir joyga jamlab mahsulot yaratish yoki ma’lum guruh odamlarning noodatiy talablarini qondirish bilan bog‘liq yoki mahsulotga erishish imkonining o‘ziga xos tizimi yaratiladi. Ushbu turdagi strategiyani qo‘llab, firma bozorning ma’lum segmentini mahsulotning ma’lum turiga talabini sinchiklab ayniqlaydi, buning uchun esa jiddiy marketing kuchini taklif etadi.
Biznesni rivojlantirish strategiyasi umumiy strategiya hisoblanadi (ba’zisli yoki etalonli). Ular bevosita obyekt sifatida tashkilotning potensialiga (ishlab chiqarish turlari, faoliyat tarmog‘i, biznesning yo‘nalishiga) ega. Qulaylik uchun ularning turli-tumanligini uchta asosiy turga birlashtirish mumkin:
o‘sish strategiyalari
qisqartirish strategiyalari;
aralash (kombinatsiyalangan) strategiya.
O‘sish strategiyasi uchta turli xil guruhlarga ega. Birinchi guruhni konsentratsiyalashgan (jamlangan) o‘sish strategiyasi tashkil qiladi. Ba’zan ularni jadal – asta-sekin o‘sish strategiyasi, deb ham ataladi. Ushbu guruh strategiyalari firma hozirgi faoliyati ko‘lamida foydalana olishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni aniqlashni ko‘zda tutadi. Jamlangan o‘sish firma hozirgi tovarlari va bozorga kerakli imkoniyatlardan oxirigacha foydalanmagan hollarda oqlanadi. Ushbu o‘sishning imkoniyatlarini aniqlash uchun I.Ansoff firmaning bozordagi imkoniyatlarini kengaytirishning uch xil turini ko‘rsatuvchi va unga mos keluvchi jamlangan o‘sish strategiyasining uchta turli xilini o‘z ichiga oluvchi “tovar va bozorning rivojlanish turi”, deb nomlanuvchi metodikadan foydalanishni taklif qilgan. Bu strategiyalarni iqtisodchi marketologlar ishchanlik faoliyati matritsasi ko‘rinishida ifodalaydi.
Birinchi guruh strategiyalarining aniq turlari quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |