15-mavzu .Ijtimoiy soha bo’yicha xalqaro tashkilotlar.
Reja:
Ijtimoiy sohada xalqaro, hukumat va nohukumat (NxT, NGO-nongovernmental organization) tashkilotlar.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo’yicha komissiyasi.
Ijtimoiy farovonlik bo’yicha xalqaro Kengash (ICSW).
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi (YUNISEF).
Ijtimoiy hamkorlik bo’yicha xalqaro markazlar.
Ijtimoiy xizmatchilarning Xalqaro Federatsiyasi (IXXF- IFSW).
“Bir halol odamni kaltaklashayotganda, boshqa halol odamlar, ham og’riq, ham g’azab, ham inson sha`ni toptalishidan azob his qilishlari kerak”.
L. N. Andreev
Xorijda qabul qilingan tasnifga ko’ra, ijtimoiy sohada xalqaro, hukumat va nohukumat (NxT, inglizcha variantida NGO-nongovernmental organization) tashkilotlar farqlanadi.
Evropa Kengashi, Evropa Ittifoqi (EI), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IxRT), Evropa xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (EXxT), Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va uning agentliklari (BMT rivojlanish dasturi, YUNESKO va YUNISEF), Jahon Banki va boshqalar ijtimoiy sohada eng yirik va ta`sir doirasi keng xalqaro tashkilotlar hisoblanadi. o’zining asosi va a`zolik miqyoslariga ko’ra, xalqaro tashkilotlar katta resurslar va texnik tajribaga ega. Xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik birgalikdagi jiddiy moliyalashtirish, professionalizm, qonuniylik, hukumat va homiylar tomonidan e`tirof etilishni ta`minlashi mumkin. Xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar axborotlar almashishi bo’yicha qimmatli natijalar berishi mumkin. Ulardan hujjatlar, texnik hisobotlar va loyiha rejalarini so’rab olish mumkin.
Nohukumat tashkilotlar bir-biridan o’zlarining vazifalari, mavqei, kelib chiqishi, tuzilmasi va moliyalashtirish tizimi bo’yicha farqlanishi mumkin. Xalqaro NxTlar ko’p mamlakatlarda bo’limlarga ega. Masalan, “Xalqaro amnistiya” (Amnesty International), Katolik yordam ko’rsatish xizmati ( Catholic Relief Servies), “Xalqaro haloskorlik komiteti” (International Rescue Committee), “CHegarasiz vrachlar” (Medicins Sans Frontieres), “Bolalarni qutqaring” (Save the Children) va boshqalar. Xalqaro NxTlarning ko’pchiligi xususiy gumanitar tashkilotlar bo’lib, ular qurolli nizolar, fuqarolik tartibsizliklari yoki tabiiy ofatlardan jabrlanganlarga tezkor yordam ko’rsatishadi. Ular shuningdek, kambag’al mamlakatlar yoki mintaqalarni tiklash, ularga yordam ko’rsatish tarkibiy qismi bo’lgan iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishadi. NxTlar xususiy tarzda boshqariladi, moliyaviy mablag’larning bir qismini hukumatlardan, xalqaro tashkilotlar va jamg’armalardan olishadi.
SHuningdek, umumiy hunar, kasb yoki sanoat sektori manfaatlarini himoya qilish uchun birlashgan odamlar guruhidan iborat kasbiy tashkilot va uyushmalarni ham ko’rsatish mumkin. o’qituvchilar, noshirlar, huquqshunoslar, ilmiy xodimlar, yozuvchilar, jurnalistlar, vrachlar, fermerlar, ijtimoiy xizmatchilar va boshqalarning uyushmalari bunga misol bo’la oladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo’yicha komissiyasi
Inson huquqlari bo’yicha komissiya 56 a`zo davlat vakillaridan iborat bo’lib, ular uch yil muddatga saylanadilar, komissiya sessiyalari har yili olti hafta davomida o’tkaziladi. Komissiya tadqiqotlar o’tkazadi, inson huquqlari bo’yicha xalqaro hujjatlar uchun tavsiyalar va loyihalar tayyorlaydi.
o’zining har yilgi sessiyalarida inson huquqlari bo’yicha Komissiya, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash va Bosh Assambleya inson huquqlarini qo’pol tarzda va muntazam buzishlar bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlar va amaliyotni muhokama qiladi. qandaydir muayyan mamlakatdagi ahvol yoki qandaydir aniq amaliyot alohida tashvish tug’dirsa, mazkur organlar mustaqil va ob`ektiv ekspertlar guruhi (ishchi guruh) yoki alohida shaxs (maxsus ma`ruzachi) tomonidan surishtiruv o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilishlari mumkin. Bu maxsus organlarga Komissiya va Bosh Assambleyaga ma`ruzalar taqdim qilish va tavsiyalar ishlab chiqishdan tashqari jamoaning, alohida shaxs yoki guruhning huquqlari buzilgan taqdirda chora ko’rish vakolati ham berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |