O’zbekistonda olimpiya harakatining rivojlanishi o’zbekistonda


O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasi (O’zMOQ)



Download 0,97 Mb.
bet4/6
Sana10.07.2022
Hajmi0,97 Mb.
#770393
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’ZBEKISTONDA OLIMPIYA HARAKATINING RIVOJLANISHI

O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasi (O’zMOQ) 1992 yil 21 yanvarda Toshkent shahrida chaqirilgan ta’sis konferensiyasi qarori bilan tashkil topgan. O'zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro sport hamjamiyatlariga a'zo bo'lib kirish maqsadida Milliy Olimpiya qo'mitasini tashkil etdi. XOQ Olimpiya xartiyasi asosida va jahon sport harakatining ilg'or tajribalariga tayanilgan holda MOQ nizomi ishlab chiqildi va qabul qilindi. 1993 yil sentyabrda bo’lib o’tgan XOQning 101-sessiyasida O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasi XOQ tomonidan tan olingan.
O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasi – bu muntazam faoliyat ko’rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotdir. O’zMOQ o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining Olimpiya xartiyasi hamda O’zMOQning Nizomi asosida amalga oshiradi. O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:

  • O’zbekistonda Olimpiya harakatini rivojlantirish, olimpizm g’oyalarini keng targ’ib etish;

  • Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, boshqa mamlakatlar milliy olimpiya qo’mitalari, Xalqaro sport federatsiyalari va uyushmalari bilan hamkorlik qilish, XOQning “Olimpiya birdamligi” dasturida ishtirok etish;

  • Mamlakat terma jamoalari va sport zaxiralarini tayyorlashda davlat, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga ko’maklashish;

  • Respublika aholisini jismoniy va ma’naviy tarbiyalashga, jismoniy tarbiya va sport, milliy sport turlarini, nogironlar o’rtasida sportni rivojlantirishni ta’minlash;

  • Yoshlarni boshqa mamlakatlar sportchilari bilan do’stlik va birodarlikni mustahkamlash, musobaqalarda halol kurashish, raqibiga olijanoblik bilan munosabatda bo’lish tamoyillari asosida tarbiyalash;

  • O’zbekiston sportchilari yutuqlarini keng targ’ib qilish;

  • Sport kadrlari o’rtasida tajriba almashish, ular malakalarini oshirish uchun anjumanlar tashkil etish.

O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi Milliy olimpiya qo’mitalari assotsiatsiyasi – ANOKning teng huquqli a’zosidir.
O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi tarkibi quyidagilardan iborat:

  • O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi prezidenti, bosh kotibi, vitse-prezidentlari va a’zolaridan;

  • Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilgan milliy sport federatsiyalari vakillaridan;

  • Sportning olimpiya turlari bo’lmagan hamda milliy sport federatsiyalari vakillaridan;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport tashkilotlari vakillaridan;

  • Olimpiya o’yinlari ishtirokchilari bo’lgan sportchilar vakillaridan hamda boshqa alohida shaxslardan iboratdir.

O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining rahbar organlari:

  • Bosh assambleya;

  • Ijroya qo’mita;

  • Ijroya qo’mita byurosi hisoblanidi.

Bosh assambleyalar oralig’ida O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi faoliyatiga Ijroya qo’mita rahbarlik qiladi.
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining quyidagi doimiy komissiyalari mavjud:

  • Atletlar komissiyasi;

  • Ayollar va sport komissiyasi;

  • Sport va atrof-muhit komissiyasi.

1993 yil 18 aprelda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi huzurida Olimpiya akademiyasi tashkil etilgan.
O'zbekiston Respublikasi MOQ prezidenti etib O.Nazirov saylandi. U bir vaqtda respublika Davlat sport qo'mitasining raisi ham edi. Bu XOQ xartiyasi va O'zbekiston Respublikasi MOQ nizomiga to'g'ri kelmas edi. Shunday bo'lsada, respub­lika sharoiti va moddiy-texnik hamda moliyaviy ta'minlashning ba'zi bir sabablariga ko'ra rahbarlik ishlari davom etdi.
Avval MOQ vitse-prezidenti bo'lgan S.Ro'ziyev keyinchalik (1994) MOQ Prezidenti etib saylandi. Bu esa xartiya va nizom talablariga to'la asoslandi. Nizomga ko'ra MOQ faoliyatini yurituvchi ijroqo'm, a'zolari, Olimpiya akademiyasi va boshqa tuzilmalar tashkil etildi.



Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish