1. 1893-yilda…..
A) Qrimdagi Bog’chasaroyda I-jadid maktabi ochildi
B) I.Gaspirali “Rahbari muallimin yoki muallimlarga
yo’ldosh” asarini chop qildirdi
C) Buxoro amirligida I-yangi usul maktabi ochildi
D) Qo’qon shahrida Salohiddin domla II-jadid
makltabini ochdi
2. 1910-yilda O’rta Osiyolik jadid
ma’rifatparvarlarining eng kichigi kim edi?
A) Cho’lpon 13 yoshda B) Cho’lpon 12 yoshda
C) Behbudiy 12 yoshda D) Behbudiy 36 yoshda
3. 1910-yilda O’rta Osiyolik jadid
ma’rifatparvarlarining eng kattasi kim edi?
A) Cho’lpon 13 yoshda B) Cho’lpon 12 yoshda
C) Behbudiy 12 yoshda D) Behbudiy 36 yoshda
4. O’rta Osiyoda taraqqiyparvarlik harakatining
rivojlanishi necha bosqichda bo’ldi?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
5. O’rta Osiyo jadidchilik harakati qaysi yilga kelib
o’zining II-bosqichi siyosiy ko’rinishdagi harakatga
aylandi?
A) 1916 B) 1917 C) 1918 D) 1919
6. O’rta Osiyodagi milliya taraqqiyparvarlik harakati
hududiy xususiyatlarga ko’ra qanday turlarga
bo’linadi?
A) Turkiston, Xiva,Buxoro jadidlari
B) Turkiston, Toshkent, Samarqand jadidlari
C) Toshkent, Farg’ona, Buxoro
D) Farg’ona, Buxoro, Jizzax
7. O’rta Osiyo taraqqiyparvarlik kuchlari qachon
shakllangan?
A) XIX asr boshlari B) XIX asr o’rtalari
C) XIX asr oxiri D) XX asr boshlari
8. Turkiston jadidchiligining asosiy tarkibini kimlar
tashkil qilishgan?
A) dehqonlar B) hunarmandlar
C) mulkdorlar D) ziyolilar
9. Buxoro jadidchiligining asosiy tarkibi kimlardan
iborat edi?
1. ziyolilar 2. mayda do’kondorlar 3. o’qituvchilar
4. hunarmandlar 5. savdogarlar 6. katta mulkdorlar
7. dehqonlar 8.chorvadorlar 9. mardikorlar
A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,5,7,9
C) 2,4,6,8,9 D) 4,5,6,7,8,9
10. O’rta Osiyodagi qaysi jadidchilik ayrim mutaasib
mullalar, yangilik va islohotlarni xush ko’rmaydigan
qadimchilar oqimi qarshiligiga uchradi?
A) Turkiston B) Buxoro C) Xiva D) Samarqand
11. Qachondan boshlab Buxoro jadidchilik harakati
tashkiliy tus olib, siyosiy tashkilot sifatida shakllana
boshladi?
A) 1909 B) 1910 C) 1911 D) 1912
12. Qachondan Buxoro taraqqiyparvarlari vaziyatga
tanqidiy yondashib, ichki boshqaruv tizimi zamon
talablariga javob bermasligini, mehnatkash xalqning
turmush darajasi nihoyatda past ekanligini chuqur
anglay boshladilar?
A) XIX asr boshlari B) XIX asr o’rtalari
C) XIX asr oxiri D) XX asr boshlari
13. Xiva xonligida jadidchilik necha oqimga bo’lingan?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
14. Xivada jadidchilikning o’ng oqimiga kim rahbarlik
qilgan?
A) bosh vazir Islomxo’ja
B) qozikalon Bobooxun Salimov
C) qushbegi Islomxo’ja
D) mehtar Bobooxun Salimov
15. Xivada jadidchilikning so’l oqimiga kim rahbarlik
qilgan?
A) bosh vazir Islomxo’ja
B) qozikalon Bobooxun Salimov
C) qushbegi Islomxo’ja
D) mehtar Bobooxun Salimov
16. Xivadagi jadidlarning o’ng oqimi o’z oldiga qanday
g’oyalarni maqsad qilib qo’ydi?
A) mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda
islohotlar o’tkazilishini
B) yangi usul maktablarini tashkil qilish orqali xalq
ommasining siyosiy faolligiga erishish
C) mamlakatda xon hokimiyatini tugatish
D) mamlakatdagi barcha madrasalarda diniy
bilimlarni o’qitishni kuchaytirish
17. Xivadagi jadidlarning so’l oqimi o’z oldiga qanday
g’oyalarni maqsad qilib qo’ydi?
A) mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda
islohotlar o’tkazilishini
B) yangi usul maktablarini tashkil qilish orqali xalq
ommasining siyosiy faolligiga erishish
C) mamlakatda xon hokimiyatini tugatish
D) mamlakatdagi barcha madrasalarda diniy
bilimlarni o’qitishni kuchaytirish
18. 1898-yilda…..
A) Qrimdagi Bog’chasaroyda I-jadid maktabi ochildi
B) I.Gaspirali “Rahbari muallimin yoki muallimlarga
yo’ldosh” asarini chop qildirdi
C) Buxoro amirligida I-yangi usul maktabi ochildi
D) Qo’qon shahrida Salohiddin domla II-jadid
makltabini ochdi
19. 1899-yilda Andijonda kim jadid maktabini ochdi?
A) Salohiddin domla B) Shamsiddin domla
C) Mannon qori D) M.Behbudiy
20. 1899-yilda Toshkentda kim jadid maktabini ochdi?
A) Salohiddin domla B) Shamsiddin domla
C) Mannon qori D) M.Behbudiy
21. XIX asrning II-yarmidan kimlar Turkiston xalqi
orasida ilg’or g’oyalarni tarqatishda maorif tizimini
asosiy vosita deb bildilar?
A) ziyolilar B) dehqonlar
C) savdogarlar D) ruhoniylar
22. Qachondan boshlab Turkistonda ma’rifatparvarlik
harakati vujudga keldi?
A) XIX asrning II-yarmi
B) XIX asrning I-yarmi
C) XIX asrning boshlaridan
D) XIX asrning oxirlaridan
23. XIX asrning II-yarmidan mustamlaka zulmi
ostidagi …..lar o’z xalqlarini ma’rifatli qilish va
ularning taraqqiyot darajasini ko’tarishga qaratilgan
harakatlarni boshladilar?
A) ziyolilar B) dehqonlar
C) savdogarlar D) ruhoniylar
24. XIX asrning II-yarmida Rossiya imperiyasi
tarkibiga kirgan qaysi hududlarda o’z xalqini ma’rifatli
qilish g’oyalari tarqala boshlandi?
1.Qrim 2.Kavkazorti 3.Turkiston 4.Xiva
5.Buxoro 6.Qozoqlar yeri 7.Dog’iston
8.Boshqirdiston 9.Checheniston 10.Asetiya
11.Yoqutiston
A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,5,7,9
C) 2,4,6,8,10 D) 6,7,8,910
25. Butun turkiy xalqlar o’rtasida yoyilgan jadidchilik
harakatining asoschisini aniqlang.
A) M.Behbudiy B) Ismoil Gaspirali
C) Cho’lpon D) U.Xo’jayev
26. Ismoil Gaspirali yashagan yillarni aniqlang.
A) 1850-1913 B) 1851-1914
C) 1852-1915 D) 1853-1916
27. Ismoil Gaspirali qachon va qayerda I-jadid
maktabiga asos soldi?
A) 1884-Qrimdagi Bog’chasaroyda
B) 1884-Qrimdagi Bog’chadarvozada
C) 1884-Qrimdagi Muyelida
D) 1885-Qrimdagi Kavkazdarvozasida
28. I.Gaspirali o’zi tuzgan dastur asosida 40 kun ichida
qancha o’quvchining savodini chiqardi?
A) 12 ta B) 10 ta C) 14 ta D) 16 ta
29. « «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh »
asarining muallifi kim ?
A) M.Behbudiy B) Ismoil Gaspirali
C) Cho’lpon D) U.Xo’jayev
30. 1888-yilda …..
A) Qrimdagi Bog’chasaroyda I-jadid maktabi ochildi
B) I.Gaspirali “Rahbari muallimin yoki muallimlarga
yo’ldosh” asarini chop qildirdi
C) Buxoro amirligida I-yangi usul maktabi ochildi
D) Qo’qon shahrida Salohiddin domla II-jadid
makltabini ochdi
31. I.Gaspiralining xat-savod chiqarish usuli qanday
ataladi?
A) “usuli savtiya” B) “harf tovushi usuli”
C) “usuli jadid” D) barcha javoblar to’g’ri
32. I.Gaspiralining “Rahbari muallimin yoki
muallimlarga yo’ldosh” asarida bayon bayon etilgan
ta’lim tizimini ko’rsating.
1.ta’lim tizimi 2.dars o’tish 3.darsning tashkil
qilinishi 4.zamonaviy ta’lim metodlari
5.o’quv xonalarining jihozlanishi 6.maktablarda
o’tkaziladigan har xil tadbirlar7.dars jadvali
8.ta’tillar 9.kundalik daftar 10.imtihonlar
A) 1,2,3,5,7,8,10 B) 1,2,3,4,6 C) 1,2,4,6,9 D)4,5,6,9
33. Jadid so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni
anglatadi?
A) arabcha-sifatli B) forscha-yangi
C) arabcha-yangi D) turkcha-ta’lim
34. Jadidlar musulmon xalqlarining maktab va
madrasalarida yoshlarga o’qitilishi zarur deb topilgan
fanlar xato berilgan javobni aniqlang.
A) diniy ta’lim, arab tili B) fors va rus tillari
C) tibbiyot va kimyo D) fiqh, falakiyot
35. Turkiston o’lkasida millat istiqbolini o’ylovchi
taraqqiyparvar kuchlar xalqning qaysi tabaqalarida
mavjud edi?
A) hunarmand va dehqonlar
B) savdogarlar va mulkdorlar
C) ulamolar D) barcha javoblar to’g’ri
36. Jadidchilik g’oyalarining yoyilishida qaysi gazeta
katta o’rin tutgan?
A) “Tarjimon” B) “Sharq”
C) “Oyna” D) “Millat ko’zgusi”
37. O’rta Osiyodagi I-jadid maktabi qachon va qayerda
ochildi?
A) 1893-Buxoro B) 1898-Qo’qon
C) 1899-Andijon D) 1899-Toshkent
38. O’rta Osiyodagi II-jadid maktabi qachon va
qayerda ochildi?
A) 1893-Buxoro B) 1898-Qo’qon
C) 1899-Andijon D) 1899-Toshkent
39. Andijon va Toshkentda qachon jadid maktabiga
asos solindi?
A) 1884 B) 1893 C) 1898 D) 1899
40. O’rta Osiyoda jadid maktablariga asos solgan
shaxslar xato berilgan javobni aniqlang.
A) I.Gaspirali B) Salohiddin domla
C) Shamsiddin domla D) Mannon qori
41. Qaysi hududda milliy ziyolilarning harakati
Turkiston o’lkasiga nisbatan og’ir ijtimoiy sharoitda
yuzaga keldi?
A) Buxoro B) Xiva C) Toshkent D) Samarqand
42. Insonlarning bilimi va tafakkurini oshirishga
qaratilgan ta’lim-tarbiya bu….
A) muxolifot B) maorifC) ma’rifat D) ma’naviyat
Do'stlaringiz bilan baham: |