O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI TA’LIM IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI “IQTISODIYOT VA MENEJMENT” KAFEDRASI IQTISODIYOT(TARMOQLAR VA SOHALAR BO’YICHA) TA’LIM YO’NALISHI 5-BOSQICH 418-GURUH TALABASI O’ROQOV JUMANAZARNING “GLOBAL IQTISODIYOT” FANIDAN TAYYORLAGAN
Topshirdi: ____________________ Qabul qildi;____________________
TERMIZ – 2022 Mavzu:Jahon iqtisodiyotining globallashuvi to’g’risida ilmiy konsepsiyalar asosiy yo’nalishlari.
Kirish I.Bob. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi asosiy mexanzmlari 1.1 Iqtisodiyotni globallashuvi
1.2 Jahon iqtisodiyoti globallashuvining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari
II.Bob. Global hudud va uning belgilari 2.1 Global hudud va uning belgilari
2.2 Jahon iqtisodiyoti globallashuvi va geoiqtisodiy modellar
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Kurs ishining dolzarbligi: Ushbu kurs ishinining asosiy vazifasi hozirgi iqtisodiy globallashuv jarayonini savdo erkinligi, kapital harakatchanligi va to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalardagi asosiy elementlarini o'rganishdir. Bu elementlarning natijasi mahalliy hukumat asosan dunyodagi eng qoloq davlatlar hukumatlari qanday qilib globallashuvga yondashishsi kerakligi haqidagi taklif va tanqidlar berilishiga yo'l ochadi.Bu kurs ishining vazifasi empirik tarzda globallashuvning jamiyat uchun yaxshi va yomon taraflarini o'rganib, global integrallashuv jarayoniga to'g'ri yondashuvchi yo'lni topishda xizmat qilishdir. Iqtisodiy globallashuv yangi hodisa emas 1870-1914-yillarda hozirgi ekspertlar globallashuv deb atovchi jarayonga start berilgan edi. Bu jarayon tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish vositalari eksport-importining yuqorilashi bilan birgalikda transport texnologiyalari yuksalishi bilan xarakterlanadi va iqtisodiy rivojlanishning yoyilishi va milliy iqtisodiy tizimlarning bir-biriga integratsiyalashuvi orqali xalqaro narxlarning va ish haqqining ko'tarilshiga zamin yaratdi. XIX asr globallashuv jarayoni kapitaliszm rivojiga hissa qo’shgan lekin, Ikkinchi Jahon urishi natijasida buning natijalari yo’qolgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan keyin va asosan oxirgi yigirma yillikda globallashuv bozor iqtisodiyoti va boy davlatlarning institutsional tarmoqlari tufayli yanada kuchaydi.