Zokirjon saidboboyev



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/159
Sana22.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#505525
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   159
Bog'liq
fayl 192 20210327

xiroj
va 
jiz ’ya
soliqlarini olmaslikka qaror qiladi. 
Shubhasiz, bu aholini tinchlantirishga qaratilgan vaqtinchalik 
tadbir edi. Shunga qaramasdan u o‘z samarasini berdi. Zodagon 
dehqonlarning ko‘pi o‘z 
chokarlari
va 
kadivarlari
bilan islonmi 
qaytadan qabul qilib, arablar tomoniga o‘tadilar. Shu tariqa 
Sug‘dda arablar o‘z mavqelarini bir muncha mustahkamlab 
oladilar. Biroq bu bilan xalifalikning sharqida vaziyat bo‘shash- 
maydi. 736-737 yillarda Toxariston va Sug'dda yana qo‘zg‘olon 
ko‘tariladi.
Arablar, ayniqsa, 737 yilda tang ahvolda qoladilar. Xuroson 
va Movarounnahming noibi va amirlari bir necha bor o‘zgar- 
tiriladi. Xurosonning yangi noibi Nasr ibn Sayyor mamlakatda 
o‘z mavqeini mustahkamlab olish maqsadida moliya islohoti 
o‘tkazadi. lslomni qabul qigan kishilar jiz’yadan ozod etilib, barcha 
musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi. Yer egasining 
e’tiqodidan qat’i nazar xiroj to'lashi shart qilib qo‘yiladi.
VIII 
asrning 70-80-yillarida Movarounnahrda juda ulkan 
xalq qo‘zg‘oloni ko'tarildi. Qo‘zg‘olonchilar oq rangdagi kiyim 
kiyganligi uchun tarixda u „oq kiyimlilar“ qo‘zg‘oloni deb ham 
shuhrat qozonadi. Bu qo‘zg‘olonning rahbari 
Muqanna 
(boshi 
va yuziga yoping‘ich tashlab yurgani uchun unga shunday nom 
berilgan) edi.
Qo‘zg‘olon 776 yili boshlanadi. Muqanna o‘zning 36 ta muridi 
bilan Amudaryodan o‘tib, Kesh viloyatiga yo‘l oladi. Buxorxudot 
Tug‘shoda uni qo‘llab-quvvatlay boshlaydi. Muqanna Kesh 
yaqinidagi Som qal’asini o‘ziga qarorgoh qilib oladi. Butun 
Qashqadaryo vohasi qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o‘tadi. Muqanna 
ta’limoti umumiy mulkiy tenglik va arablarni 0 ‘rta Osiyodan 
haydab chiqarish g‘oyalarini targ‘ib etar edi.
Muqanna ta’limoti Sug‘d, Iloq (Ohangaron), Shoshda ham 
yoyila boshladi. Q o‘zg‘olonda turli ijtimoiy guruhlar vakillari 
qatnashib, ularni bir fikr istilochilarni mamlakatdan haydab
107


chiqarish, mustaqil davlat barpo qilish g'oyasi bilrlashtirib 
turar edi.
Qo‘zg‘olonga zarba berish uchun xalifa Abu Ja’far 776 yilda 
Jabroil ibn Yahyo boshliq katta harbiy kuchni Movarounnahrga 
yuboradi. Biroq Jabroil qo‘zg‘olonchilardan yengiladi. U katta 
talofatlar berib, bazo‘r Samarqandga etib keladi. 10000 askar bilan 
Jabroilga yordamga yuborilgan Uqba ibn Salim Kesh va Sa­
marqand oralig‘ida, 14000 kishilik qo'shin Termiz yaqinida qo‘z- 
g‘olonchilar tomonidan tor-mor keltiriladi. Natijada Chag'oniyon 
qo‘zg‘olonchilar qo‘liga o'tadi.
Qo‘zg‘olon markazi Narshaxda, Buxoro atrofida joylashadi. 
Shu yili Narshax yaqinida Buxoro hokimi Husayn ibn Muvoz 
va Samarqand noibi Jabroilning birlashgan qo'shini o‘rtasida to‘rt 
oy jang bo‘ladi. ,,Oq kiyimlilar“ bu jangda qo‘llari awal ustun 
keladi, keyinchalik son jihatdan ko‘p bo‘lgan arablar Narshax 
qal’asi devori ostidan uzunligi 50 gazli chuqur qazib, uni qulatib 
qal’aga kiradilar. Narshax qal’asi arablar tomonidan egallanadi. 
Kesh va Samarqand endilikda qo‘zg‘olonning asosiy markazlariga 
aylanib qoladi.
Kurashning oxirgi bosqichi Kesh vohasi (Qashqadaryo) da 
juda avj oladi. Muqanna qarorgohi bo‘lgan Som qal’asini qamal 
qilish Xaroshiyga topshiriladi. Uzoq vaqt qamaldan so‘ng 
muqannachilar taslim bo‘ladilar (VIII asrning 80-yillari bosh- 
larida).
0 ‘z davrining eng qudratli davlati bo‘lgan xalifalikni larzaga 
solgan Muqanna boshchiligidagi qo‘zg‘olon shu tariqa tugaydi.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish