xizmatlari evaziga biror viloyatning noibi qilib tayinlangan. Bu
esa mahalliy zodagonlami davlat boshqaruv ishlarida qatnashishi
uchun imkon beradi. Xuddi shunday jarayonlar vaqtida
Xurosonda mahalliy aholi vakillaridan bo‘lgan Tohir ibn Husayn
Xuroson noibligiga o'tiradi. Bu voqea 821 yilda yuz berib, Tohir
xalifa Ma’munni taxtga chiqishiga yordam bergan edi. Tohir tez
orada xalifa nomini xutbadan chiqartirib tashlaydi va bu uning
mustaqillikni e’lon qilishini bildirar edi. Bu yangi sulola 873 yil-
gacha davom etib, mazkur yilda yana bir mahalliy sulola salforiylar
tomonidan tor-mor qilinadi.
IX
asrning ikkinchi
yarmida Movarounnahrda
somoniylar
sulolasi
paydo bo‘ldi. Bu sulola asoschisi Somon boiib, uning
xalifalik oldidagi xizmatlari evaziga nabiralariga Movarounnahrning
turli viloyatlari noiblik sifatida beriladi. Nuhga
Samarqand',
Ahmadga
Farg‘ona\
Yahyoga
Shosh
va
Ustrushona;
Ilyosga
Hirot
beriladi. Somoniylar sulolasi noiblariga
dastlab Ahmad, 864 yilda
uning vafotidan so'ng esa o‘g‘li Nasr boshchilik qildi. 873 yilda
Buxoro aholisining taklifiga binoan bu hudud ham somoniylar
boshqaruviga o ‘tib, unga Nasrning
ukasi Ismoil noib qilib
tayinianadi. Ismoil Nasrga bo‘ysunmay mustaqil siyosat yurgiza
boshlaydi. 886 yilda Nasr va Ismoil o'rtasida jang bo‘lib, Ismoil
yengiladi. Lekin ikki yildan so‘ng bo‘lib o‘tgan keyingi to'qnashuvda
Ismoil g‘alaba qozonadi va 892 yilgacha, ya’ni akasining vafotigacha
rasmiy ravishda somoniylar hukmdori sifatida e’lon qilinmaydi.
Ismoil taxtga o‘tirgach,
mamlakatda harbiy, davlat boshqaruvi
sohalarida islohotlar o‘tkaziladi. Ismoil Somoniy 900 yilda Buxoro
yaqinida safforiylar qo'shinini mag‘lubiyatga uchratadi va Xuroson
ham somoniylar davlati tarkibiga kiradi.
Somoniylar davlati ikki ulkan mamlakatni — Movarounnahr
va Xurosonni o‘z ichiga olgan. Movarounnahrga Amudaryo
shimolidagi yerlar kirgan.
Shulardan Buxoro, Samarqand Sug‘di
Istaravshan, Choch, Iloq, Farg'ona, Kesh, Nasaf viloyatlari siyosiy
va madaniy, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan edi. Daryolarning
yuqori oqimi viloyatlaridan Chag'oniyon, Xuttalon, Qubodiyon,
109
Ahorun, Shumon, Vashgird, Rasht, Kumed,
Badaxshon, Karon,
Shikinon, Vaxon, Ro'shon qisman somoniylarga tobe’ edilar.
Xuroson Amudaryoningjanubida joylashgan Balx, G ‘uzg‘onon,
Garjiston, Marv, Hirot viloyatlarini o‘z ichiga olgan.
Somoniylar xalifalikdagidek hukmronlik tizimini o'rnatdilar.
Davlat tepasida amir turgan. Amirlikning m a’muriy tizimi
quyidagicha bo‘lgan:
Do'stlaringiz bilan baham: