Nazorat savollari 4
XVII-XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida Movarounnahrda qanday ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar yuz bеrdi? gapiring.
Jahon otin Uvaysiyning maktabdorlik faoliyati haqida gapiring.
Jahon otinning qizlar maktabida ta'lim mazmuni. Mеtod va usuli haqida gapiring.
1.XVIII asr boshlarida Qо‘qon xonligi vujudga keladi. Bu davrda Turkiston xalqlari madaniyati asosan shu uch xududda rivojlandi. XIX asrning birinchi yarmiga kelib, xonliklarda ma’lum madaniy siljishlar rо‘y berdi, madaniyatimiz tarixiga muhim hissa qо‘shgan adib, san’atkor, olimlar yetishib chiqdi.Qо‘qon xonligining XVIII—XIX asrning birinchi yarmida kechgan madaniy xayotida tarixnavislik sezilarli ravishda о‘sib borganini kо‘ramiz.Qо‘qon xonligi tarixi Mulla Olim Maxdumxoji («Tarixi Turkiston»), Muxammad Xakimxontо‘ra («Muntaxab at-tavorix»), Fazliy Namangoniy («Shoxnoma»), Mushrif Isfarangiy («Shoxnomai Umarxon»), Avazmuxammad («Tarixi jaxonnomayi»), Niyoz Muxammad Xukandiy («Tarixi Shoxruxiy», «Tarixi sayyidi Xudoyorxon»), Muxammad Solixо‘ja Qoraxо‘ja о‘g‘li («Tarixi jadidi Toshkand») asarlarida keng yoritilgan.XIX asr adabiy xayotining kо‘zga kо‘ringan namoyandalari: Mujrim Obid, Shavqiy, Hiromiy, Hoziq, Ahmad Donish singari shoir va adiblar о‘z davri adabiy jarayoniga salmoqli hissa qо‘shdilar.XVI-X1X asrlar Buxoro xonligi (amirlik) ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayotini о‘rganishda tarixnavislar: Fazlullox ibn Ruzbexonning «Mehmonnomai Buxoro», Xofiz Tanish Buxoriyning «Sharafnomai shoxiy» (kо‘proq «Abdullanoma» nomi bilan mashhur), Zaynuddin Vosifiyning «Badoye’ ul-vaqoye’», Muxammad Vafo Karmanagiyning «Tuxfat ul-xoniy», Mirza Muxammad Xaydarning «Tarixi Rashidiy», Muxammad Yusuf Munshiyning «Tarixi Muqimxoniy», Muxammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma», Abdurahmon Tolening «Tarixi Abulfayzxon», Muxammadsharifning «Tarixi Amir Xaydar», YAqub Buxoriyning «Gulshan ul-muluk», Mir- olim Buxoriyning «Fatxnomayi sultoniy», Mirza Abdul Abduazim Somiyning «Mang‘it sulolalari tarixi» singari asarlari muhim о‘rin tutadi.Xiva honligida bu davrda ananaviy lirika bilan tazkiranavislik rivoj topdi.Abulg‘ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» va «Shajarai tarokima» asarlari an’anaviy Sharq, nashrining gо‘zal namunalari bо‘ldi.XVII—XIX asrlarda Xorazmda XV asrda erishilgan ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, ma’rifiy-tarbiyaviy fikrlarni davom ettirib, ijtimoiy hayotiy masalalarni chuqur badiiy bayon etishga urinish va targ‘ib etishga intilish kо‘zga tashlanadi. Chunonchi, bu davrlarda yashagan Muhammad Xoksor, Muhammadniyoz Nishotiy, Vafoiy, Roqim, Paxlavonquli Ravnaq, Nurmuhammad Andalib, Berdaq, Munis, Ogahiy kabi adib va mutafakkirlarning asrlarida ilgari surilgan yoshlarni ma’rifatli qilish, ularda ilm-fanga muxabbat uyg‘otish, ma’naviy-axloqiy kamolotga erishishga da’vat, ustoz-shogird munosabat- lariga oid fikrlar Horazmda ma’rifiy-tarbiyaviy qarashlarning rivojlanishida muhim rol о‘ynadi. Shuni ham aytib о‘tish kerakki, Ogahiyning katta tarihiy xizmatlari tufayli Sharq daholari bо‘lmish Nizomiy, Sheroziy, Jomiy, Xiloliy singari adiblarning shox asarlari fors tilidan о‘zbek tiliga tarjima qilindi. Hiva xoni Muhammad Raximhon II Feruz Ogahiyning iste’dodli shogardlaridan bо‘lgan.Quqon honi Umarhon davrida (1810-1822 yillar) shakllangan va rivojlangan Kuqon adabiy muhiti honlikning madaniy hayotida katta о‘rin tutdi. Umarhonning о‘zi «Amiriy», о‘g‘li Muhammad Alixon «Xon», rafiqasi Mohlaroyim esa «Nodirabegim» taxalluslari bilan tanilgan shoirlar edi.Fazliy Namanganiy tuzgan «Majmuai shoiron» tazkirasida Qо‘qonda yashab ijod etgan 63 shoir haqida ma’lumot beriladi.Qо‘qonda hajviyotning rivojida Gulhaniyning «Zarbulmasal», Mahmurning xajviy she’rlarining alohida о‘rni bor.Bu davr adabiyotining muhim xususiyatlaridan biri Nodira, Uvaysiy, Mahzuna, Dilshod Otin kabi shoiralarning adabiyot maydoniga chiqishidir. Ular faqat g‘azalchilik bilan cheklanmasdan, risola va dostonlar ham yozganlar.Xar uch xonlikda badiiy ijodning
Do'stlaringiz bilan baham: |