1. Pul islohotini amalga oshirishning zarurligi. Pul islohoti turlari va ularni amalga oshirish usullari



Download 35,31 Kb.
bet1/5
Sana10.07.2022
Hajmi35,31 Kb.
#770259
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5262743880146622380

Reja:


1. Pul islohotini amalga oshirishning zarurligi.
2. Pul islohoti turlari va ularni amalga oshirish usullari.
3. Demonitizatsiya va nullifikatsiyani amalga oshirish tartibi.
4. O‘zbekiston Respublikasida mustaqil pul tizimining joriy qilinishi

1. Pul islohotini amalga oshirishning zarurligi.


Pul islohoti - pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o‘zgartirishga aytiladi. Pul islohoti metall pul muomalasi davrida, II Jahon urushidan keyin oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o‘tkazildi.
Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so’mning harid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur ehtiyojlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib borish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishning umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshib boradi. Bu yerda shuni ta’kidlab o’tish zarurki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so’mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag’batlantirib boriladi.
So’mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashilishi yetarli valyuta zaxirasi bo’lishiga bog’liq. Unga erishishda korxonalar va barcha sub’yektlarning, jahon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega.
So’mning barqarorligini ta’minlashda undan oqilona va tejab tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag’larning eng ko’p samara berishiga, olingan kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o’rin tutadi. Inflyatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish milliy valyutani mustahkamlashning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan qat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo’llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishida maqbul sur’atni tanlashga erishiladi.
Pul islohotlari - milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini toʻliq yoki qisman qayta tashkil etish. Pul islohotlari qogʻoz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi koʻpayib, yangisi (qogʻoz yoki metall) bilan almashtirish lozim boʻlganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi oʻzgarganda, pul tizimiga oʻzgartish kiritish zarur boʻlganda oʻtkaziladi. Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadr-sizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bogʻliq holda turli usullar-da: ortiqcha qogʻoz pullarni yoʻq qilish yoʻli bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya); eski pul belgilarini yoʻq qilib, yangi qogʻoz pul belgilarini zarur miqdorda chikarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qogʻoz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall qiymati yoki qogʻoz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Pul kuchli qadrsizlangan vaziyatda faqat pul islohotini o‘tkazish yo‘li bilan pul tizimini barqarorlashtirish mumkin. Pul islohoti, ya’ni nullifikatsiyada kuchli qadrsizlangan pul birligi bekor qilinadi va o‘rniga yangi pul birligi kiritiladi. Masalan, sobiq SSSRda 1924 yillarda sovznaklarning kuchli qadrsizlanishi natijasida 1 rubl 50 mlrd. sovznakga almashtirilgan. Urushdan keyingi Germaniyada giperinflyatsiya natijasida 1924 yilda muomalaga yangi nemis markalari kiritilgan. Eski reyxsmarkalar kuchli qadrsizlanishi natijasida muomalaga chiqarilgan yangi markalar 1 marka 1 trillion eski reyxsmarka nisbatida almashtirildi. Reyxsmarkalar muomalasi bekor qilindi.


Download 35,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish