Zich saf-shug‘ullanuvchilarning qatorda bir-biridan kaft kengligida (tirsaklar o‘rtasi) oralig‘ida yoki kalonnalarda bir-biridan oldinga uzatilgan qo‘l kengligida masofada joylanishidan iborat safdir. Orasi ochiq



Download 0,8 Mb.
bet9/12
Sana04.04.2022
Hajmi0,8 Mb.
#527437
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Sport mahoratini oshirish KURS ISHI

33-rasm 34-rasm
13

Turnikda bajariladigan mashqlar
Sport gimnastikasida turnik shunday snaryadki, unda faqat tebranma siltanma mashqlar ijro etiladi. Shuning uchun gimnastikachining mahorati muskul quvvatini kam sarf qilib, inertsiya kuchidan oqilona foydalanishdan iborat bo‘ladi.
Osilish. Baland turnikdagi bu holat beistisno hamma mashqlarni boshlash uchun dastlabki holatdir. Osilish harakatida tebranish (35-rasm)-birin-ketin oldinga va orqaga bajariladigan tebranishlardan iborat. To‘g‘ri tebrana olish baland turnikda gimnastika umumiy kursi mashqlarini muvaffaqiyatli o‘rgatishning asosidir. To‘g‘ri tebranishda quyidagi holatlar navbatlanish kerak:
a) orqaga tebranishning oxirgi holatida-tana to‘la to‘g‘rilangan yoki bir oz bukilgan bo‘ladi. Kontrol uchun eng oqilona uslubiy usul-shug‘ullanuvchiga o‘z oyoq uchlarini ko‘rishni tavsiya qilishdir;
b) vertikal holatda-tananing to‘g‘rilangan (osilish holatidek) holati;
v) oldinga tebranishning oxirgi holatida gavda bir oz bukilgan bo‘ladi (gimnastikachi oyoq uchlarini ko‘rib turishi kerak).

35-rasm
Gavdani yozib ko‘tarilish (tebranishdan keyin). Orqaga tebranishdan keyin, vertikal xolatni o‘tayotib, tos-son bo‘g‘inidan keskin to‘g‘rilanish va shu bilan birga qo‘llarni bosh orqasiga uzatish kerak. To‘g‘rilangan holatdan to‘xtamasdan tos-son elka bo‘g‘inlaridan keskin bukilib, boldir o‘rtasini turnikka olib kelinadi (barcha harakatlar bukilib osilish holatidan orqaga tebranish boshlanishidan oldin tugashi zarur). Orqaga tebranish boshlanishi bilan elka bo‘g‘inidan bukilishni davom ettirib, tos-son bo‘g‘inidan to‘g‘rilanish kerak. Bu harakatlar natijasida tos turnika yaqinlashadi va o‘q atrofida butun tana aylanishini burchak tezligi oshadi,
14
2.5. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarda snaryadlardan foydalanish shuning hisobiga u tayanish holatiga keladi. O‘rgatish (o‘rta turnikda) (36-rasm)

36-rasm
Yoysimon siltanish. Tayanish holatidan oyoqlarni oldinga, turnik ostiga yo‘naltirib, tos-son bo‘g‘inidan bir oz bukilish zarur va boshni ko‘krakka engashtirib, tayanib orqaga aylanish uchun harakatni boshlash kerak. Orqaga aylanishdan farqli o‘laroq bu mashqda, mashq boshlanishidan oyoq uchlarini ko‘rib turish kerak. Bosh pastki holatga kelgandan keyin qo‘llar orqaga, bosh orqasiga ohista yo‘naltiriladi va qomat bir oz bukilgan holatda saqlanadi. (37-rasm)

37-rasm
Bruslarda bajariladigan mashqlar.Erkaklar bruslarida ko‘proq tayanib sakrash mashqlari ijro etiladi. Osilish mashqlari yuqori razryadlarda qo‘llaniladi.Bruslarni ushlashning quyidagi usullari bor: Osilishda: a) tashqaridan-kaftning orqa tomoni va katta barmoq yog‘ochlarning tashqari tomonida joylashadi (masalan, bruslarning uchidan kuch bilan ko‘tarilganda, shuningdek yuqori razryadlarda ijro etiladigan murakkab
15
ko‘tarilishlarda); b)ichkaridan-kaftlarning tashqari tomoni va katta barmoqlar bruslar ichkarisida bir-biriga qaratilgan bo‘ladi.
Tayanishda: a) oddiy ushlash, bu tayanishda bajariladigan mashqlarda qo‘llaniladi. Gimnastika umumiy kursi dasturi uchun xosdir; teskari ushlash (kaftlardan birining orqa tomoni bruslar ichkarisiga qaratiladi).Tayanib turib tebranish. Orqaga tebranganda qomat to‘g‘ri, ammo bir oz bukilgan holda tutiladi. Qo‘llarda tayanib turib tebranish. Pastki vertikal holatda orqaga tebranish va shuningdek, asosiy holatda oldinga tebranish umuman tebranishlarga o‘xshash bo‘ladi.Oldinga siltanib sakrab tushish (o‘ng tomonga). Tayanib orqaga tebranish holatidan pastga tushishda tushish tezligini kuch bilan sekinlatib, gavdani to‘g‘ri tutib vertikal holatga o‘tiladi.Oldinga siltanib (o‘ng tomonga) orqaga (chapga) burilib sakrab tushish. Dastlabki barcha harakatlar bundan oldindagi sakrab tushish harakatlariga o‘xshash bo‘ladi. O‘ng qo‘l bilan o‘ng yog‘ochdan itarib yuborish bir oz oldinroq bajariladi, chap qo‘l bilan itarish esa shunday ijro etilishi kerakki, u butun tanani uzunasiga joylashgan o‘q atrofida chapga aylanishga yordamlashsin. So‘ngra tayanchsiz holatda uzunasiga joylashgan o‘q atrofida chapga aylanish sodir bo‘ladi. Uning so‘ngida(tayanchsiz holat qisqa vaqt davom etsin uchun imkoniyati boricha ertaroq) o‘ng qo‘li bilan o‘ng yog‘ochdan ushlash zarur. Shu yog‘ochdan ushlagancha sakrab tushiladi.Qo‘llarni tayanish holatidan gavdani yozib ko‘tarilish, Oldinga tebranganda ko‘tarilishi, orqaga tebranishning oxirgi holatini, vertikal holatini o‘tgandan so‘ng tos-son bo‘g‘inidan engilgina bukilib, shu holatda tovonlarni yog‘ochlar bilan tenglashtirish kerak. Tos-son bo‘g‘inidan tez to‘g‘rilanib, tosni yuqoriga yo‘naltirish lozim. So‘ngra shu asnoda tez bukilish kerak. Bu so‘nggi harakat tananing o‘rta qismlari(son, tos, bel) olgan tezlanishini tovonlar va elkalarga qayta taqsimlashga va tosni ozroq pastga tushishi hisobiga sportchining tayanish holatiga o‘tishiga imkon beradi.(38-rasm)

38-rasm


16
Orqaga tebranganda ko‘tarilish. Qo‘llarda bukilib tayanish holatidan tos-son bo‘g‘inidan to‘g‘rilanib tovonlarni oldinga-yuqoriga yo‘naltirish kerak. Rostlanish bilan birga qo‘llarni tirsak bo‘g‘inidan bukkancha elkalarni qo‘l ushlagan joyga yaqinlashtirish lozim.(39-rasm)

39-rasm
Oyoqlarni kerib o‘tirish holatidan elkada tik turish. Qo‘llarni sonlarga yaqinroq ushlash, elkalarni oldinga engashtirish va qo‘llarni bukib kuch bilan gavdani yog‘ochlardan ko‘tarish kerak. Gavda vertikal holatini qabul qilgandan keyin elkalarni yog‘ochlar tekisligida tushirib, tirsaklar yon tomonlarga uzatiladi. Tos-son bo‘g‘inidan to‘g‘rilanib, oyoqlar juftlashtiriladi. Siltanib elkada tik turish. Bu mashqni ijro etish uchun orqaga elkalardan balandroq siltana olish kerak. Shu balandlikda tebrangandan so‘ng, qo‘llarni ohista buka boshlash lozim. Elkalar bruslar tengligiga etishi bilanoq tirsaklarni yon tomonga yozish zarur.(40-rasm)

40-rasm
Halqada bajariladigan mashqlar. Halqalar boshqa gimnastika snaryadlaridan farqli o‘laroq qimirlab turadi. Halqada tebranish mashqlari bajarilganda gimnastikachining og‘irlik markazi halqalarning osma nuqtasidan
17
o‘tadigan vertikal yuzalik bo‘yicha siljishga harakat qiladi.
Halqada bajariladigan asosiy mashqlar: Tebranish. Halqada o‘rgatishni tebranishdan boshlash tavsiya qilinadi, chunki to‘g‘ri tebrana olish halqada ijro etiladigan ko‘pchilik mashqlarning muhim texnik qismidir. Tebranish bilan bir vaqtda bukilib osilish, kerishib osilish kabi holatlar ham o‘rgatiladi. Bir darsning o‘zida past halqada tayanish holatida mashq qilishga ham ozroq vaqt ajratish lozim, o‘quvchilarga quyidagi mashqlarni bajarish mumkin:
Sakrab chiqib, tayanib oyoqlarni oldinga va orqaga siltash.Sakrab chiqib tayanib, burchak hosil qilish (o‘quvchilarning burchak hosil qilishni oldin boshqa asboblarda bajarganliklari nazarda tutiladi).
Tayanish holatida tebranib, oldinga siltanib orqaga tashlanib, bukilib osilish. Burchak hosil qilib tayanish holatidan oldinga bukilib osilish holatiga tushish.Oldinga elkada aylanib bukilib osilish (41-rasm).

41-rasm
Elkalarda orqaga aylanib sakrab tushish. Bu mashqni o‘rgatishga kirishishdan oldin shug‘ullanuvchilar to‘shaklarda elkadan orqaga kerilib dumbaloq oshishni bilib olishlari lozim.
Kuch bilan ko‘tarilish. Shug‘ullanuvchilar halqalarda tayanish malakasini o‘zlashtirganlaridan so‘ng «chuqur» ushlab kuch bilan ko‘tarilishni o‘rgatishga kirishiladi. Bu vaqtga kelib gimnastikachilar turnikda, halqada bir necha marta tortilishni bajara oladigan bo‘lib qoladilar.
Dastakli otda bajariladigan mashqlar Dastakli ot mashqlari (siltanish va aylantirish uchun) haqqoniy ravishda erkaklar gimnastika ko‘p kurashining eng murakkab turlaridan biri hisoblanadi. Dastakli otda bajariladigan mashqlarni xususiyatlari
18
quyidagilardan iborat:
1)dastakli otda bajariladigan barcha mashqlar tayanib ijro etiladi, bu esa elka bo‘g‘ini va tananing yuqori qismlaridan katta kuch sarflashni talab qiladi;
2) dastakli otda bajariladigan mashqlar bir qo‘lda tayanish va ikki qo‘lda tayanish fazalarining navbatma-navbat almashinishi bilan bog‘liq;
3) dastakli otda siltanishlarda asosiy harakatlar frontal yuzalikda sodir bo‘ladi. Tayanish holatidan bir tomonlama ichkariga va orqaga siltanib o‘tish( o‘ng oyoq bilan o‘ng tomonga)(42-rasm)

42-rasm
Past-baland bruslarda bajariladigan mashqlar Snaryadlarning tuzilishi asosiy va sport gimnastikasining turli-tuman mashqlarini ijro etish imkonini beradi.Hozirgi zamon sport gimnastikasining baland-past bruslardagi mashqlari asosan tebranish mashqlaridan tashkil topgan dinamik kombinatsiyalardan iborat.
Pastki yog‘ochda cho‘qqayib osilish holatidan yuqorigi yog‘ochga ko‘tarilib tayanish. Cho‘qqayib osilish holatidan oyoqlarni dadil to‘g‘rilab, elka bo‘g‘inlaridan to‘lig‘icha cho‘zilgan holatni saqlagancha gavda bilan pastga-orqaga cho‘zilish kerak. Oyoqlar to‘g‘rilanishi bilan yuqorigi yog‘ochga to‘g‘ri qo‘llar bilan oldinga-pastga keskin bosgancha oyoqlar bilan depsinib tayanish holatiga chiqiladi.(43-rasm)


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish