Sakrashlar
Tayanmay sakrashlar-tayanmay (oddiy) sakrashlar to‘rt bosqichdan iborat: yugurib kelish, bir yoki ikki oyoqda depsinish, uchi shva erga tushishdan iborat. Oyoq bilan depsinish erdan (poldan), yog‘och ko‘prikcha va tramplindan bajarilishi mumkin.
Sakrashning muhim qismlari yugurib kelish va oyoq bilan depsinishdan iborat.
21
Yugurib kelishda tezlik asta-sekin oshirib boriladi, shu orqali gavdaning gorizontal tezlanishi ta’minlanadi va depsinish bilan birgalikda sakrash uchun sharoit yaratiladi.
Tayanmay sakrashlarda yugurib kelish 7-9 yugurish qadamiga tengdir. Depsinish oyoq bilan ko‘prikcha yoki polga tegish vaqtidan boshlanadi. Yugurib kelib uzunlikka sakraganda oyoq tovondan boshlab uchiga qo‘yiladi va depsiniladi. Siltanuvchi oyoq va qo‘llar oldinga-yuqoriga shiddat bilan uzatiladi. Turgan joyda balandlikka va uzunlikka sakrashda depsinish ikkala oyoqda bajariladi. Uchish hamma sakrashlarda sakrovchining gavda holati muvaffaqiyatli erga kelib tushishi uchun saqlashni ta’minlashi kerak. Erga tushish to‘shakka yoki erga oyoqlar bilan tegish paytidan boshlanadi va zarbni mayinlashtirish hamda harakatning tezligini o‘z vaqtida kamaytirish bilan yakunlanadi.
Tanmay sakrash mashqlariga:
1.Turgan joydan balandlikka sakrash.
2.Yugurib kelib balandlikka sakrash.
3.Uzunlikka sakrash(turgan joydan va yugurib kelib).
4.Uzoq-balandlikka sakrash.
5.Uzun arg‘amchi bilan sakrashlar(sapchishlar).
Tayanib sakrashlar-mashqlarini bajarganda yana quyidagi bosqichlar qo‘shimcha tarzda ko‘zga tashlanadi: a) qo‘llar bilan tayanish oldidan uchish; b) qo‘llar bilan kuchli itarilib yuborish; shunga ko‘ra, sapchishda gavdaga qarama-qarshi harakat hosil bo‘ladi, qo‘llar bilan kuchli itarilib yuborish gavdaning keskin harakati bilan va tananing yuqoriga ko‘tarilishi bilan maslashuvi kerau; v) qo‘llar bilan kuchli itarilib yuborishdan keyingi uchsh; ijrochining holati bu erda sakrashning xiliga qarab belgilanadi. Ko‘pincha sakrashning sifati butunlay bu bosqichning qanday bajarilishiga bog‘liq bo‘ladi. Gavdaning aniq qabul qilgan holati qanchalik uzoq vaqt saqlansa, tayanib sakrashni baholash shuncha yaxshi bo‘ladi. Ko‘ndalang qo‘yilgan kozyoldan oyoqlarni bukib sakrash. Keskin yugurib kelib ko‘prikchaga depsiniladi. Bunda oyoqlar bilan depsinish, qo‘llarda kuchli itarilib yuborish bilan bir vaqtda bajarilishi kerak; kozyoldan depsinish vaqtida oyoqlarni tosson va tizza bo‘g‘inidan bukib, ko‘krakka yaqinlashtirish va tosni ko‘tarish darkor. Uchish vaqtida gavda bukilgan bo‘lishi kerak, so‘ngra chaqqonlik bilan kerishilib, qo‘llar yuqoriga tashqariga yoziladi, shu holat erga tushgunga qadar saqlanishi lozim.
Boshlanishida sakrash ko‘ndalangiga va uzunasiga qo‘yilgan ot ustida o‘rganiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |