43-rasm
19
Yuqorigi yog‘ochga tayanish holatidan oldinga tushib pastki yog‘ochga yotib osilish. Yuqorigi yog‘ochda tayanish holatidan boshni oldinga engashtirib, qo‘llar bukiladi, so‘ngra gavdani oldinga engashtiriladi. Tos-son bo‘g‘inidan bukila borib, oldinga tushishni davom ettirib, sonlarning orqa muskullarini taranglashtirilgan holda oyoqlarni tizzalargacha yog‘ochdan sirpantirib tushirish va kerishish kerak. Keyin qo‘llarni to‘g‘rilab, gavdani ham to‘g‘rilab, oyoqlarni tushirib pastki yog‘ochga yotib osilish holatiga kelish va kerilish kerak.(44-rasm)
44-rasm
Yakkacho‘pda bajariladigan mashqlar. Yakkacho‘pda bajariladigan mashqlar kishining muvozanat funktsiyasiga samaraliroq va har tomonlama ta’sir ko‘rsatadigan muvozanat mashq turlaridan biridir. Yakkacho‘pda o‘tiladigan mashg‘ulotlar shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishiga va harakat qobilyatlarini takomillashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qomatning shakllanishiga ko‘maklashadi, fazoda mo‘ljal olish xissini yaxshilaydi, qat’iylik va dadillikni tarbiyalaydi. Sakrab chiqib cho‘qqayib tayanish (45-rasm). Ikki-uch qadam yugurib kelib, qo‘llar yakkacho‘pga qo‘yiladi. Oyoqlar bilan depsinib va elkalarni oldinga yo‘naltirgancha belni ko‘tarib, oyoqlarni bukib ko‘krakka yaqinlashtiriladi. Yakkacho‘pga sakrab chiqib, elkani orqaga tashlamasdan, qo‘llar bilan ushlab turish zarur. Bir va ikkala tizzaga tayanish holatiga sakrab chiqish to‘g‘ridan yugurib kelib, ikki oyoq bilan depsinib bajariladi. Sakrab cho‘qqayib tayanish ham to‘g‘ridan yugurib kelib bajariladi (46-rasm).
45-rasm 46-rasm
20
Erkin mashqlar.
Erkin mashqlar - bu gavda va uning qismlari bilan bajariladigan turli-tuman harakatlar kombinatsiyasidir. Sport gimnastikasidagi ko‘p kurashning bir turi sifatida erkin mashqlar maxsus gilamda ijro etiladi hamda akrobatika elementlari va brikmalari, sakrashlar, muvozanat saqlashlar, burilishlar, oyoqlar bilan siltanib tushib o‘tishlar, xoreografik shakldagi harakatlarni o‘z ichiga oladi. Gimnastikachilarni boshlang‘ich tayyorlashda erkin mashqlarni o‘rgatish harakat «ta’limini» va ayrim murakkabroq elementlarni, shuningdek, o‘quv va sport kombinitsiyalarini o‘zlashtirishdan iborat. Harakatlar izchilligining muayyan qonuniyatlarini ifodalovchi va shuningdek shug‘ullanuvchilarda ularning turli-tuman bo‘lishi to‘g‘risida tasavvur hosil qildiruvchi o‘quv kombinatsiyalari tuzish tavsiya qilinadi. Misol uchun, oddiy harakatlarni navbatlantirish murakkablikning oshib boorish qonunining ifodalanishini ko‘rsatish mumkin: d.h.-cho‘qqayib tayanish. 1. Qo‘llar yon tomonga, 2. D.h. 3. Tik turib, qo‘llar yon tomonga. 4. D.h. 5. Tik turib, qo‘llar yuqoriga. 6.Qo‘llar pastga.7. Sakrab, qo‘llar yuqoriga. 8.A.t.(asosiy turish).Harakat ko‘lami va ular tezligini muntazam oshib borishi kompozitsiya shu qonuniyatning ifodasidir. Bir-biriga zid harakatlar tanlanishi samarali bo‘ladi. Shu qonuniyat hisobga olinsa, hatto eng oddiy harakatlar ham jozibaliroq ko‘rinadi. Masalan, d.h.-a.t. 1-2. Qo‘llarni tashqariga yoy shaklida asta ko‘tarish. 3. Tez cho‘qqayib tayanish. 4. Cho‘qqayib tayanish holatida sakrab o‘ng tomonga burilish, bosh oldinga engashtiriladi. 5-6. Tez bir oyoqni bukib oldinga shahdam qAdam tashlash qo‘llarni asta oldinga va yon tomonga uzatish. 7. Chapga burilib, oyoqlarni kerib tik turish, qo‘llar yon tomonga. 8. Sakrab cho‘qqayib tayanish.
Kontrastlik qonuniyati tez va sekin harakatlar, yuqoriga, pastga, o‘ngga, chapga siljishlar va hokozolarning navbatlanishiga asoslangan. Oddiy o‘quv kombinatsiyalarini mashg‘ulotning tayyorgarlik qismida o‘zlashtirish maqsadga muvofiqdir. Dastavval kombinatsiyaga kiruvchi alohida harakatlar badan qizdirish maqsadida ko‘p marta takrorlanadi. Shundan keyin trener shu harakatlarda tashkil topgan 4,8,16 hisobdan iborat erkin mashqlar brikmalarini tavsiya qilidi.
Do'stlaringiz bilan baham: |