2. G'arb mamlakatlarida ilk g'oyaviy qarashlar va ularning takomil bosqichlari.
Xuddi shuningdek, ijtimoiy zaruriyat taqozosiga ko'ra, falsafiy g'oyalar ham muayyan
tizimni shakllantirib, odamlarning e'tiqodi va dunyoqarashiga aylanadi. Olamning yaralishi,
mavjudlik xossalari, uning asosini
tashkil etuvchi birlamchi narsaning mohiyati
kabi
masalalarga
turlicha
yondashish
natijasida
monizm,
dualizm,
plyuralizm,
idealizm
va
materializm
singari
oqimlar
vujudga
kelgan.
Monizm – olamning asosi bitta deb tushuntiradi. Dualizm – olam xudo tomonidan yaratilgan,
lekin uning rivojlanishi o'zining moddiy xususiyatlariga ham bog'liq deb ta'lim beradi.
Plyuralizm – olam ko'p narsalarning birikishi natijasida vujudga kelganini yoqlaydi.
Idealizm – olam va odamning yaralishi, dunyoning yashashi va rivojlanish qonuniyatlari, borliq
hamda yo'qlik masalalarida ruhiy va ilohiylik tamoyillarini ustuvor deb biladi, ularni
mutlaqlashtiradi.
Materializm – olam va odamni ilohiy kuch yaratmagan, ular moddaning rivojlanib borishi
natijasida paydo bo'lgan, deb o'rgatadi. G'oyalarning tarixiy va ma'naviy asoslarini o'rganishda
butun jahon, xususan, G'arb mamlakatlari hamda xalqlari merosining ham o'rni bor. Uning ilk
taraqqiy davrlari Qadimgi Yunoniston va Rim davriga borib taqaladi. Yunonistonda dastlabki
ilmiy-falsafiy g'oyalar miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Milet maktabi vakillari ta'limotida o'z
ifodasini topdi. Ushbu maktabning ilk namoyondalaridan Geraklitning g'oyalari stixiyali
dialektikaga asoslangan va u olov — olamning asosi, deb bilgan. Uning fikricha, olamda hamma
narsa harakatda. Kurash — hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosi, degan edi u.
Suqrotning fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmog'i lozim. Jamiyatning
ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq-odobning ahvoliga bog'liq. Bu masalalar
Sharq falsafasida ham katta o'rin tutganligi bois xalqimiz Suqrotni hurmat bilan tilga olib, uning
axloq-odob haqidagi fikrlariga amal qilib kelgan.
Aflotun ―G'oyalar dunyosi va soyalar dunyosi‖ ta'limotining asoschisidir. Uningcha, g'oya
haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Haqiqiy o'zgarish va
taraqqiyot g'oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. G'oyalar
dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladiganlar nihoyatda kam
uchraydi, ular ulkan aql egasi bo'ladi. Aksariyat kishilar esa soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi.
Arastu asoslagan g'oyalarga ko'ra, olamdagi narsa va hodisalar to'rtta sababga ega. Bular moddiy
sabab, ya'ni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki
maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab harakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning
ulg'ayishi sababchisidir. Uningcha, davlat boshqaruvi jamiyatning erkin va farovon hayoti uchun
xizmat qilishi lozim.
Tarix shundan dalolat beradiki, markazlashgan yirik davlat va imperiyalarning paydo
bo'lish jarayonida g'oya hamda mafkuralarning ahamiyati yanada ortadi. Miloddan oldingi IV-I
asr va milodning boshlaridagi Rim tarixi bunga yaqqol misol bo'ladi. Ushbu shahar-davlatda
uning fuqarolari xudolar tomonidan oliy maqomga ega kishilar sifatida tan olingani to'g'risidagi
g'oya ustuvor edi. Bu, o'z navbatida, barcha rimliklarning o'zaro tengligi g'oyasi keng
shakllanishiga va shu asosdagi mafkuraning mustahkamlanishiga sabab bo'lgan. Ana shu
mafkuraga ko'ra, Rim aholisi rohat-farog'atda yashashi, asosan mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumni
saqlab turishi, ko'p ming sonli qullar esa mehnat qilishi lozim bo'lib, ushbu hol barcha
qonunlarda belgilab qo'yilgan edi.
Tarixdan ma'lum va mashhur bo'lgan Spartak boshchiligidagi qullar qo'zg'oloni ana shu
tartibga qarshi ko'tarilgan harakat ekanini yaxshi bilamiz. Qo'zg'olonchilar soni 100 mingga
etishiga qaramasdan, bu harakatning g'alaba qozona olmasligi muqarrar bo'lgan. Chunki o'sha
paytda rimliklar o'zlari uchun qonunga va yashash mezoniga aylangan g'oya asosida shakllangan
tartibni buzishga yo'l qo'ymas edi. Bu g'oya rimliklarning hayot-mamoti uchun jang borayotgan
bir sharoitda ularning orasidagi Spartak va uning tarafdorlariga qarshi bir necha yuz ming
askarni saralab olish imkonini bergan. Umuman olganda, qadimgi Rimdagi o'ziga xos ma'no-
mazmunga ega bo'lgan (ya'ni, ―qullar mehnati — fuqarolarning rohat-farog'ati‖ tamoyili
asosidagi) tenglik g'oyasi asta-sekin xalqni olomonga, imperiya uchun zarur bo'lgan askarlarga,
yuqoridagi tamoyilni so'zsiz himoya qilishga shay turgan armiyaga aylantirgan. Imperiyani
yaratadigan dunyoqarash hamda mafkura shu tariqa shakllangan. Bu esa, o'z navbatida, ana shu
armiyaning boshliqlari — Rim imperiyasining jahongir lashkarboshilari Yuliy Sezar, Oktavian
Avgust va boshqalarni tarix sahnasiga olib chiqqan. O'sha davrda Rimning yonginasida Afina
davlati ham gullab-yashnagan, uning asosiy hayot tamoyili erkinlik g'oyasiga tayangan edi. Rim
armiyasi madaniy taraqqiyot jihatidan ustun bo'lgan Afinani tez orada zabt etdi. Ammo o'z
hududida Afinadagidek erkinlik g'oyasini ustuvor tamoyilga aylantira olmadi. Chunki erkinlik
g'oyasi totalitarizm uchun eng asosiy ma'naviy xavf bo'lib hisoblanadi. Xayoti erkinlikka
asoslangan Afina insoniyat madaniyatining tamal tosh-laridan biri, yuksak ma'naviy qadriyatlar
ustuvor bo'lgan sivilizasiyani dunyoga keltirgan edi. Bu davrdagi fan va madaniyat taraqqiyoti
insoniyatni hozirgacha ham o'ziga maftun etib kelmoqsa. Rim esa fan va madaniyat bobida
Afinaga tenglasha olmadi, bu sohada undan ustunroq bo'lgan biror kashfiyot yoki yangilik yarata
olmadi. U bor-yo'g'i dunyoga dahshat solgan tajovuzkor va musta-bid imperiyani, urushqoq va
zo'rovon armiyani yarata oldi, xolos. Rimliklar o'sha davrda Afinani mahv etgan va uning
ustidan hukm-ronlik o'rnatgan bo'lsa-da, ammo afinaliklardan o'rganishdan or-nomus qilmagan.
Hatto, eng atoqli Rim zodagonlari ham o'z farzandlari uchun ustoz-o'qituvchilarni afinaliklar
orasidan tanlagan va bundan faxrlanib yurganlar. Mashhur fransuz faylasufi J. J. Russo bu
to'g'rida shunday deb yozgan: ―Siyosiy jihatdan tobe bo'lgan Afina g'oyaviy va ma'naviy jihatdan
Rimni beixtiyor tiz cho'kishga majbur qilgan edi. Rimliklar bu borada hech qachon
afinaliklarning qarshisida o'zlarini g'olib deb hisoblay olmaganlar‖. Fransuz adibi Andre Morua
bu jarayonni tahlil qilib, quyidagi fikrni bildirgan: ―Yevropa bu g'oya va yo'llar ning qaysi biri
to'g'ri ekanligini to'la-to'kis ajratib, o'z yo'lini ularning biri asosida tanlab ololmadi. Salib
yurishlari domiga tortilgan va o'rta asrlar so'ngida imperiyalarni yaratgan Yevropa qadimgi Rim
yo'lidan, Rimning halokatidan keyin mustaqillik va milliy davlatchilikni ixtiyor etgan Evropa esa
qadimgi Afina yo'lidan bordi. XX asrda fashizmni dunyoga keltirgan Yevropa birinchi yo'ldan,
shu yuz yillikning oxiriga kelib erkin taraqqiyot sari yuz tutgan Yevropa esa ikkinchi yo'ldan
bormoqda. Bir asrda, nisbatan qisqa davr orasida bunday holning yaqqol namoyon bo'lishi,
evropaliklarning qonida bu yo'llarning ikkalasi uchun ham umumiy genlar saqlanib qolganidan
dalolat beradi‖ . Ushbu misollar o'rganiladigan g'oya va mafkuralarning insoniyat tarixidagi
o'rni, davlat va jamiyat taqdiriga ta'siri qanday bo'lganini yaqqol ko'rsatadi.
3. Sharq va Markaziy Osiyoda g'oyalarning namoyon bo'lishi, ularning gumanistik
mohiyati. Markaziy Osiyodagi falsafiy g'oyalarni moniylik va mazdakiylik ta'limotida ham
ko'ramiz, ular jamiyatda adolat, erkinlik, teng huquqlilik tamoyillarini qaror toptirishga da'vat
etgan. Bu g'oyalar Vatan ozodligi uchun kurashgan Muqanna boshchiligidagi harakatning
ma'naviy manbalaridan biri bo'lib xizmat qilgan. Mamlakatimiz tarixi islom dini yurtimizga kirib
kelguniga qadar ham ming yillar mobaynida amal qilib kelgan turli g'oyalar tizimiga ega
bo'lganidan dalolat beradi. Arablar yurtimiz hududini bosib olganlaridan so'ng o'zlarining
g'oyalariga mos kelmaydigan juda ko'p ma'naviy boyliklarni ayovsiz yo'q qilishgan. Bu haqda
Abu Rayhon Beruniy ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ asarida yozganidek, ―Qutayba
Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o'rgangan va bilimini
boshqalarga o'rgatadigan kishilarni halok etib va butkul yo'q qilib yuborgan edi. Shuning uchun
u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin haqiqatni bilib bo'lmaydigan darajada yashirin
qoldi‖. Istiqlol tufayli ajdodlarimiz yaratgan boy va o'lmas madaniy merosni o'rganish, tarixiy
xotirani tiklash, xalqimiz qalbida haqiqiy vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga sodiqlik
tuyg'ularini shakllantirish imkoni tug'ildi.
Mintaqamizda ilk o'rta asrlarda vujudga kelgan g'oyalar o'sha davr madaniyatining bir
qismi bo'lib, u ulug' bobokalonlarimizning islom diniga, Sharq falsafasi va jahon sivilizasiyasiga
katta ta'sir ko'rsatgan ta'limotlarida ifodalangan. Ma'lumki, islomiy g'oyalar Qur'oni Karim va
hadislardagi ta'limotning asosi sifatida shakllanib, ular islom qonun-qoidalari, iymon-e'tiqod
talablari, huquqiy va axloqiy me'yorlarda o'z ifodasini topgan. Bunday g'oyalarni anglashda
Imom Buxoriyning Qur'oni karimdan keyingi asosiy kitoblardan biri sifatida tan olinadigan
―Sahihi Buxoriy‖ asari katta ahamiyat kasb etadi. Unda islom ta'limotining asosiy g'oyalari
sharhi o'z ifodasini topgan.
Ushbu ta'limotni o'rganish va uning turlicha talqin qilinishi ko'plab mazhablarni vujudga
keltirdi. Islom falsafasida mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni
o'rganishga ahd qilganlarning) falsafiy g'oyalari o'sha davr ma'naviyatining dunyoviy hamda
diniy masalalarda, jahon falsafiy tafakkurida ro'y berayotgan jarayonlarga nisbatan tashabbuskor
kuch ekanini ko'rsatib turibdi. Bu sohadagi asosiy g'oyalarga ko'ra, insoniyat istiqboli komil
insonni shakllantirish orqali yuzaga keladi, iymon-e'tiqod, axloq-odob esa inson tafakkurining
ajralmas tarkibiy qismidir. Mazkur yo'nalishdagi g'oyalar talqinida o'z o'rniga ega bo'lgan Xoja
Ahmad Yassaviy ta'limotida insonning o'z gunohlarini, jumladan, shaxsiyatparastlik, ta'magirlik,
boriga qanoat qilmaslik kabi illatlari ayovsiz ochib tashlanib, ulardan uzoqlashishga da'vat
qilinadi. Vatanparvarlik jasoratini ibrat tariqasida ko'rsatgan Najmiddin Kubro o'z tariqatining
mohiyatini o'nta usulda mujassamlagan. Bular - Tangriga o'z xohishi bilan yuzlashish, zuxd fi
dunyo - har qanday lazzatdan o'zini tiyish, tavakkul - Allohga e'tiqodi pokligi uchun barcha
narsalardan voz kechish, qanoat, uzlat - xilvatni ixtiyor qilish, mulozamat az-zikr - uzluksiz zikr,
tavajjuh - Haqqa muhabbat qo'yish, sabr - nafs balosidan ozod bo'lish, muroqaba - tafakkurga
g'arq bo'lish, rizo - Tangri xushnudligini qozonishdan iborat. Tasavvuf ta'limotiga ko'ra, ezgu
g'oyalarni insonlar qalbida shakllantirish bilan birga, farovon hayot kechirishning asosiy manbai
mehnat orqali kun kechirish ekanini targ'ib etishdir. Bahouddin Naqshband ta'limotining
mohiyati ―Dil ba yoru dast ba kor‖ g'oyasida yakqol ifodasini topgan. Inson Alloh inoyati natijasi
bo'lib, bu dunyoni unutib qo'ymasligi lozim, uning qalbi doimo Allohda, qo'li esa mehnatda
bo'lmog'i kerak. Uning ta'kidlashicha, qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi, bu esa ko'ngilni
poklab, ruhni ilohiy kuvvatdan bahramand qiladi. Abu Nasr Forobiy inson aql vositasida ilm-
fanni yaratadi, deydi. Fan tufayli hodisalar mohiyati ochib beriladi, har bir fan insonning
muayyan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Mutafakkir o'z asarlarida komil inson, fozil
fuqaro, odil hukmdor, baxt-saodat, unga erishish yo'llari, davlatning xususiyatlari, axloqiy va
aqliy tarbiya, ijtimoiy istiqbol to'g'risidagi ilg'or g'oyalarni ilgari surgan. Buyuk qomusiy alloma
Abu Rayhon Beruniyning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy g'oyalari asosida shakllandi. Beruniy
―Oddiy javharlar paydo bo'lish va yo'q bo'lishni bilmaydi‖, degan g'oyani ilgari surgan. Bunda
abadiylik birinchi sabab bilan bog'liq, chunki u yaratuvchi umrini anglatadi. Yana bir alloma
Abu Ali ibn Sino o'z asarlarida ilm va axloq-odob uyg'unligi, inson kamoloti, baxt-saodat,
ijtimoiy adolat, kishilarning o'zaro hamkorligi, hukmdorning burchi to'g'risida qiziqarli
g'oyalarni ilgari surgan. Uningcha, barchani bir xil ijtimoiy mavqega erishtirib bo'lmaydi. Aslida
ular uchun muayyan sharoit yaratib bermoq lozim.
Insoniyat tarixida shunday g'oyalar borki, ular buyuk ishlarga tayyor millatlarni o'zining
yo'lboshchilari yetakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qo'lga
kiritish mumkin bo'lgan natijalarga erishishga undaydi. Aynan bunday goyalarning amaliy
ifodasi insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning o'chmas nomini bitadi, jahon
madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga ulkan hissa bo'lib qo'shiladi.
Har bir xalqning tarixi shu xalqdan etishib chiqqan buyuk siymolar, mard qahramonlar va
fidoyi insonlar hayoti hamda faoliyati asosida bitiladi. Xalqimizning Shiroq va To'maris,
Spetamen, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Ulug'bek, Navoiy va Bobur
Mirzo kabi atoqli farzandlari bunyodkor g'oyalar sohiblaridir. Amir Temur va temuriylar
davridagi ana shunday yuksak g'oyalar xalqimizning milliy dahosini eng yuksak cho'qqiga
ko'tardi. Amir Temurning ―Kuch - adolatda‖ g'oyasi mamlakatdaga salbiy illatlarni yo'qotishda,
turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat va adolat o'rnatishda, insonparvarlik g'oyalarini
tarqatishda
asosiy
o'rin
egalladi.
Shu davrning mevasi - Alisher Navoiy ijodiy merosida insonparvarlik va komil inson
g'oyalari muhim o'rin egallaydi. Shoir o'z asarlari orqali ushbu g'oyalarni yoydi, turli millat va
elatlar o'rtasidagi do'stlikni ulug'ladi. Xalqni farovonlikka, baxt-saodatga eltuvchi, hamma teng,
zulm-istibdoddan xoli bo'lgan davlat tuzumini orzu qildi. Navoiyning yaxshilik, ezgulik,
muhabbat, do'stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik kabi umuminsoniy g'oyalari, ma'naviy-axloqiy
qadriyatlar to'g'risidagi qimmatli fikrlari respublikamiz istiqlolga erishganidan so'ng ham
barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz o'tmishida temuriylardan
keyingi ijtimoiy-falsafiy g'oyalar rivoji alohida o'ringa ega. Ma'lumki, temuriylar davlati asta-
sekin inqirozga yuz tutib, mayda davlat-larga bo'linib ketdi, mahalliy nizolar kuchayishiga olib
keldi. Bu iqtisod, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at ravnaqiga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Ayniqsa,
tabiiy-ilmiy fanlar rivoji zaiflashdi, dunyoviy bilimda tanazzul ro'y berdi. Shunga qaramasdan,
davr mohiyatini aks ettiradigan teran fikr va g'oyalar vujudga keldi. Masalan, Boborahim
Mashrab insof, adolat, diyonat, saxovat, aql-zakovat, ruhiy komillik, halol-lik, mehr-oqibat,
kamtarlik kabi ma'naviy-axlokiy fazilatlarni tahlil qilib, salbiy illatlarni qoraladi. Uningcha,
inson o'z millati boyligi bilan emas, balki odamiyligi, insonparvarligi. vijdoni bilan boshqalardan
afzal bo'la oladi. Shoir o'z ijodida Allohga muhabbat g'oyasini tasvirlaydi. U tasavvufning
qalandarlik tariqatini tanlaydi, xalqni ezgulikka, insof va diyonatga, to'g'rilikka chaqiradi. Inson
hirsu ochko'zlik, hayvoniy sifatlar, manmanlik, xudbinlik kabi xislatlardan poklanish uchun o'z
asli - ilohiy ishqqa yuz tutishi lozim. Aks holda, u insoniyligini yo'qotib, tubanlashib ketishi
muqarrar. Ogahiy o'z ijtimoiy qarashlarida insonparvarlik g'oyalarini ilgari surdi, odamlarni
yaxshilik va ezgulikka, xayrli ishlarga va ma'rifatparvarlikka da'vat etdi. Ahmad Donish esa o'z
asarlarida mamlakatni odilona boshqarish uchun islohot zarurligini uqtirdi. Uningcha, hukmdor
bilimdon, aqlli bo'lib, xalqning manfaatini himoya qilishi, o'z atrofidagilar bilan kengashib,
davlatni idora qilishi lozim. A.Donishning g'oyalari hamon o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
XX asr boshida vujudga kelgan jadidchilik harakatining taraqqiyparvar namoyondalari -
Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon, Munavvar qori, Abdulla Avloniylar ijodi va faoliyatida
ma'rifatparvarlik g'oyalari yanada kuchaydi. Ular yangi maktablar qurish, yosh avlodni ilmli
kilishga, ma'rifat va taraqqiyot uchun kurashga katta hissa qo'shgan mutafakkirlardir. Ularning
asarlarida millat va Vatan taqdiri, axloq va ta'lim-tarbiya kabi masalalar, xalqlarni birlashtirish,
butun o'lkaning ma'rifiy taraqqiyoti uchun kurash g'oyalari ilgari surilgan.
Shuningdek, xalqni asriy qoloqlikdan qutqarish yo'llari, iqtisod, tadbirkorlikni
rivojlantirish, mamlakatni xom ashyo qaram-ligidan xalos etish, ma'rifat va ma'naviyatni
yuksaltirish masalalari yoritilib, jaxon fani hamda texnikasi yutukdarini o'rganish kabi g'oyalar
ham jadidlar faoliyatining asosiy mezonlaridan biri edi. Ularning millatparvarlik va
vatanparvarlik ruxi bilan sug'o-rilgan g'oyalari hozir ham ma'naviyat hamda ma'rifatni ravnaq
toptirishda, xalqning o'zligini anglashida muhim ahamiyatga ega.
4. G'arb mamlakatlarida g'oyaviy qarashlarning takomil bosqichlari (ilk o'rta asrlar va
Renesans davri).
Ta'kidlash joizki, g'oyalar tarixini o'rganishda o'rta asrlar va yangi davr Yevropasida
vujudga kelgan g'oyalar ham e'tiborga loyiq, zero, Uyg'onish davri g'oyalari hayotning hamma
tarmog'ida ilg'or, muhim va inqilobiy o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Ma'naviy uyg'onayotgan millat
va hududda hech qachon aqidaparastlik o'z ta'sirini to'la-to'kis saqlab qola olmaydi. Yevropada
ham xuddi shunday bo'ldi. Ilm-fan sohasida chuqur o'zgarishlar ro'y berib, yangi g'oyalar ilgari
surila boshlandi. Uygonish davri Yevropa fani va falsafasi ham insoniyat tarixida eng buyuk
ko'tarilish davrlaridan biri bo'lib qoldi. Bu davrda Yevropada utopizm (yunoncha utopos-xayoliy,
mavjud bo'lmagan joy) g'oyalari shakllandi. Angliya qirolligining lord-kansleri, gumanist olim
Tomas Mor (1478-1535) ―Utopiya‖ asarining birinchi qismi Angliyada dehqonlar XVI asrda
ersiz qolib xonavayron bo'lish sabablari tahlil qilinadi. Utopizmni rivojlantirgan T. Mor va T.
Kompanelli qarashlari sosialistik va kommunistik ta'limotlarning g'oyaviy asoslaridan biridir. Bu
ta'limotlarning eng asosiy kamchiligi shundaki, farovon jamiyatning andozasi bir yoki bir necha
guruh kishilar tomonidan tayyorlanib, yuqoridan pastga tushiriladi, ya'ni xalq xohlaydimi-
yo'qmi, uni qabul qilishi shart qilib qo'yiladi. Bunday jamiyatda o'rnatilishi ko'zda tutilgan
tartiblar xalqning turmush tarziga, urf-odat va qadriyatlar tizimiga mos kelishi yo kelmasligi
mutlaqo e'tiborga olinmaydi. Tomas Morning fikricha, xususiy mulkning mavjudligi adolat va
ijtimoiy farovonlikka to'sqinlik qiladigan asosiy sababdir. Xususiy mulk yo'q qilingan
jamiyatdagina ijtimoiy adolat qaror topadi. U yangi jamiyat modelini ―Utopiya‖ deb atab, bu orol
davlatda mulk jamiyatniki bo'ladi. Davlatni boshqarish organlari asosan ishlab chiqarishni tashkil
qilish va etishtirilgan mahsulotlarni taqsimlash bilan shug'ullanadi. Bunday jamiyatning shiori
―Har kim qobiliyatiga yarasha, har kimga ehtiyojiga ko'ra‖ degan qarashda ifodalangan.
Italiyalik olim Tomazo Kompanellaning (1568—1639 yy.) ―Quyosh shahri‖ risolasida
ham ideal jamiyat g'oyasi ilgari surilgan. Muallifning fikricha, bu jamiyatda ham xususiy mulk
bo'lmaydi, jamiyatni ruhoniy boshqaradi. Uning uchta yordamchisi — Kuch-qudrat, Donolik va
Muhabbat bor. Birinchisi harbiy ishlar bilan shug'ullanadi. Ikkinchisi fan, san'at, ta'lim-tarbiya
bilan shug'ullanadi. Uchinchisi ozik-ovqat, kiyim-kechak va nasl masalalari uchun javobgar. Eng
oliy xukmdor Quyosh, ya'ni faylasuf (metafizik) yordamchilarining ishini boshqarib, nazorat
qilib turadi. Kompanellaning xususiy mulkka nafrat: oilaga ham taalluqli bo'lib, uning Quyosh
shahrida oila bo'lmaydi. Ayol-lar vaerkaklar o'rtasidagi munosabatlar qisqa muddatli va
almashinib turadi, asosiy maqsad sog'lom nasl olishga qaratiladi. Fuqarolar bir-birini emas, faqat
jamoani sevishi kerak. Quyosh shahri fuqarolarining diniy e'tiqodi ham xristianlikdan o'zgacha
ko'rinishda. Biroq Kompanellaning bu asarida ijtimoiy adolat insonlarni haq-huquq va
erkinliklaridan mahrum qilish evaziga o'rnatiladi. Bu davrda yashagan Nikolay Kopernik fanda
tub o'zgarish yasagan geliosentrizm g'oyalari bilan mashhur. U bizning planetamiz markazi Er
emas, quyoshligini isbotladi. Uning bu kashfiyoti dunyoga teologik qarashga zarba berib,
tabiatshunoslikda to'ntarish yasadi. Uning g'oyalari Jordano Bruno tomonidan rivojlantirildi. U
haqiqiy g'oya ilmiy tajribaga suyanishi kerak, sxolastika ni tugatishi kerak, deya ta'kidlagan edi.
Uningcha, koinot yagona, moddiy, cheksiz va abadiy, juda ko'p planetalar kuyosh sistemasidan
tashqarida ham mavjud.
5. XV-XVII asrlardagi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar va XVIII va XIX asrlardagi yangi
zamon g'oyalarining shakllanishi.
Yangi davr mutafakkiri Fransis Bekon fikricha, tabiatni bilishda bir necha ―idollar‖
insonga halaqit beradi. Ular asosan to'rtta. Birinchisi — urug' idollari, bular inson zotiga, butun
odamlarga xos. Ikkinchisi — g'or idollari. Bu har bir odamning o'ziga xos xususiyatlari
natijasida yanglishishi. Uchinchisi — maydon idollari bo'lib, u ma'lum bo'lgan tasavvurlarga —
tayanish odati, noto'g'ri yoki noaniq terminologiyalarga tanqidiy yondashmaslik oqibatida
vujudga keladi. To'rtinchisi — teatr idollari: ular avtoritetlar fikriga ko'r-ko'rona ergashib,
qadimgilarning g'oyalarini davom ettiraveradi.
Rene Dekart ijodida dualizm g'oyalari asosiy o'rin tutadi. Uning ―Men fikr qilayapman, demak,
men mavjudman‖, degan g'oyasi mashhur. Faylasuf Jon Lokk Rene Dekartning ―tug'ma
g'oyalar‖ to'g'risidagi qarashlariga qarshi chiqadi. Uning fikricha, bilish tabiat va inson
o'rtasidagi munosabatlardan iborat bo'lib, haqiqatlar esa kishilarning bu jarayonda hosil qilgan
tushunchalari, g'oyalari olamga mos kelishidan iborat. Lametri va Gelvesiy, Didro va Golbaxlar
ijodida milliy davlatchilik, inson erkinligi va haq-huquqlariga oid g'oyalar alohida o'rin tutadi.
Ular tomonidan yaratilgan 35 jildlik ―Ensiklopediya‖ asari o'sha zamonning ma'naviy
muammolarini ma'rifatli yo'l bilan hal qilishning usul va imkoniyatlarini ko'rsatib, ―Yevropa
qomusi‖ darajasiga ko'tarilgan edi.
Nemis mumtoz falsafasining asoschisi Immanuil Kantning tabiiy-ilmiy g'oyalari tabiat
hodisalarini metafizik ruhda tushuntiruvchi ta'limotlarga zarba berdi. I.Kantning inson irqlarining
tabiiy kelib chiqishi haqidagi nazariyasi ham muhim ahamiyatga ega. U tomonidan fanga
kiritilgan ―Narsa o'zida‖ g'oyasiga ko'ra, sezgi a'zolarimizga ta'sir natijasida sezgilar xaosi
vujudga keladi. Bu xaos bizning aqlimiz quvvati bilan tartibga solinadi va bir butunga
aylantiriladi. Biz tabiat qonunlari deb bilgan narsalar aslida aql tomonidan hodisalar dunyosiga
kiritilgan aloqadir. I.Kant ta'limoti bo'yicha, makon va zamon g'oyalari insonga uning
tasavvurlaridan oldin ma'lum. Makon va zamon real emas, balki faqat tushunchada, g'oyalarda.
Nemis faylasufi Gegel o'z g'oyalarida I.Kantning ―narsa o'zida‖ haqidagi ta'limotiga qarshi
chiqadi. Borliqning asosida ―dunyoviy aql‖, ―mutlaq g'oya‖ yoki ―dunyo ruhi‖ yotadi. Gegelning
falsafiy g'oyalar tizimi kamchilik va ichki qarama-qarshiliklardan holi bo'lmay, u bilimning
ob'ektiv asosi mutlaq ruhdir, maqsadi esa shu mutlaq ruhning o'z-o'zini anglashidir. Gegelning
falsafiy g'oyalari mana shu masalani amalga oshirishga qaratilgan edi. G'arb mamlakatlarida
Gegel o'rtaga tashlagan falsafiy g'oyalardan ta'sirlangan turli falsafiy maktablar va oqimlar
vujudga keldi.
G'arbda shovinizm, kosmopolitizm va nigilizm kabi mafkuralar ham yuzaga kelgan.
Shovinizm – muayyan shaxs, davlat yoki millatni boshqa shaxs, davlat yoki millatdan ustun
qo'yishga undaydi.
Kosmopolitizm – ko'proq vatansizlikni yoqlaydigan, milliy qadriyat va an'analarni tan
olmaydigan qarash va yashash tarzidir.
Nigilizm – ko'proq ba'zi ma'naviy mezonlarni tan olmaslikka, ularning ayrimlarini rad etishga
undaydigan ta'limot.
Yuqoridagi falsafiy oqimlarga doimo ham mafkura shakllari sifatida qaralmaydi. Ammo
gohida ularga asoslangan ta'limotlar paydo bo'ladi va bu ta'limotlarda muayyan g'oyaning
mutlaqlashtirilishi turli mafkuraviy xatolarga sabab bo'lishi ham mumkin. Ana shu sababdan bu
oqimlarning mazmun-mohiyatini bilib qo'ygan ma'qul. Ba'zi mafkuralar, muayyan ijtimoiy shart-
sharoit taqozosiga ko'ra, davlat mafkurasiga aylanadi. Ayrimlari davr o'tishi bilan o'zining
mavqeyini yo'qotsa-da, umumbashariy qadriyatlar manbayi sifatida tarixiy ahamiyatga ega
bo'ladi. Turli-tuman mafkuralar o'rtasidagi bahs-munozaraga sabab bo'luvchi yoki ularni
uyg'unlashtiruvchi g'oyalar ham qadim zamonlardan buyon mavjud va bu jarayon insoniyatning
tafakkur rivojiga ta'sir etib kelmoqda. Shuningdek, bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi bo'lgan
g'oyaviy tizim va mafkuralar tortishuvi ham uzoq tarixga ega. Bunga ilohiy kuch, ya'ni xudoni
butunlay rad etuvchi ateizm –dahriylik bilan xudo va ilohiylikni mutlaqlashtiruvchi teizm –
xudojo'ylik o'rtasida azaliy bahs-munozara yorqin misol bo'la oladi. Bu an'anaviy tortishuv,
shunchalik ilm-fan taraqqiyotiga qaramay, bugungi kunda ham muayyan darajada davom
etmoqda.
Fransiyada imperator Napoleon shaxsiga sig'inish natijasida paydo bo'lgan shovinizm
g'oyalari XIX asrning 30-yillarida keng tarqalgan. Keyinchalik u bir xalqni boshqasidan afzal
deb biladigan zararli oqimga aylangan. ―Buyuk millatchilik shovinizmi‖, ―buyuk davlatchilik
shovinizmi‖, ―irqiy shovinizm‖ kabi tushunchalar aynan shuning natijasida paydo bo'lgan.
Ko'hna tarix tajribalari, bugungi taraqqiyot saboqlaridan ayon bo'lmoqdaki, dunyodagi g'oya va
mafkuralar qanday shaklda bo'lmasin, ular avvalo inson qalbidagi ikki tuyg'u – bunyodkorlik va
buzg'unchilik intilishlaridan kuch oladi. Xullas, g'oyaviy nuqtayi nazardan olganda, insoniyat
tarixi xilma-xil g'oya va mafkuralarning vujudga kelishi, amaliyoti, bir-biri bilan munosabatidan
iborat uzluksiz jarayondir. Bu jarayonda turli g'oyalar maqsad va vazifalari, kimning
manfaatlarini ifoda etishiga qarab bir-biridan farq qiladi.
Ayrim davlatlarning zo'ravonlik vasvasasiga berilib, o'z ehtiyojlarini boshqa xalqlar
hisobiga qondirish istagi talonchilik va bosqinchilik, buyuk davlatchilik va tajovuzkor
millatchilik, fashizm va ekstremizm g'oyalarini yuzaga keltirgan. Ular butun insoniyatga ko'plab
kulfat keltirib, uning taraqqiyotini orqaga surgan. Ezgu maqsad-muddaolarga xizmat qiladigan
mafkuralarga bunyodkor g'oyalar asos bo'ladi. Vayronkor g'oyalar asosida shakllangan
mafkuralar esa xalqlar va davlatlarni tanazzulga boshlaydi, insonni asoratga soladi, hayotni
qabohatga aylantiradi. Shu ma'noda, yuksak g'oyalar odamlarni oliyjanob maqsadlar sari
etaklaydi. G'oyasi etuk, e'tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini
ko'rsata oladi. Jahon tarixidan, jumladan, xalqimizning o'tmishidan ham, qaysi sohada bo'lmasin,
mardlik va jasorat ko'rsatish uchun insonga ulug'vor g'oya madad ekaniga ko'plab misollar
topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |