Mafkuraviy faoliyatda milliy g„oyani aholi ongiga singdirish. Milliy g‗oyaning xalq
ishonchi va e‘tiqodiga aylanishini ularning ijtimoiy faoliyat yo‗nalishlariga mos ravishda
turkumlashtirish mumkin. Ya‘ni: birinchidan milliy g‗oyaning ishonch va e‘tiqodga aylanishi,
oilaviy munosabat madaniyatida namoyon bo‗ladi. Xususan o‗zbek xalqining oilaviy
munosabatlari nisbatan barqarorligi, bolajonligi, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, umuman
mehr-muruvvatning ko‗rsatish xususiyatlari bilan bog‗liqdir. Bu sifatlarning ko‗proq oilada
namoyon bo‗lishi - millatning mentalitetini, tarixiy an‘analarga sodiqligini ko‗rsatuvchi
mezonlardir.
Mahalla milliy ijtimoiy fenomen sifatida milliy va umuminsoniy g‗oyalarning xalq
ishonchi e‘tiqodiga aylanishida muhim institutlardan biri hisoblanadi. Negaki, insonlarning
yashash muhiti ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy muhiti barqarorligi milliy g‗oyani xalq
ishonch e‘tiqodiga aylantirishda muhim ahamiyatga egaligi bilan alohida boshqa ijtimoiy
institutlardan ajralib turadi. Mahalla birinchi Prezidentimiz iborasi bilan aytganda «demokratiya
darsxona»si funksiyasi sifatida milliy g‗oyani xalq ishonchi e‘tiqodiga aylantirishda, bir
tomondan, imkoniyat, vosita rolini bajarsa, ikkinchi tomondan, milliy istiqlol g‗oyasining xalq
e‘tiqodiga, ishonchiga aylanish darajasini ko‗rsatuvchi dastlabki ijtimoiy makon hisoblanadi.
Ana shu makonni vujudga keltirishda – «…uni shakllantirish uchun har qaysi millatning eng
ilg‗or vakillari, kerak bo‗lsa, mutafakkirlarni, xalq va Vatan ravnaqi uchun hayotini
bag‗ishlaydigan fidoyi ziyolilari mehnat qilishi lozim»
1
.
Milliy istiqlol g‗oyasining xalq ishonchi, e‘tiqodiga aylanishida mehnat jamoalari, ta‘lim-
tarbiya tizimi o‗ziga xos faoliyat mezoni ekanligini qayd qilish lozim. Zero, mehnat jamoalari
yoki ta‘lim tarbiya muassasalari kishilarining muayyan faoliyatlari, ehtiyojlari, manfaatlari
umumiyligi asosida tashkil topganligidan ma‘lum g‗oyaga nisbatan munosabatini
muvofiqlashtirish imkoniyati katta. Shu bilan birgalikda bu omillar ularni uyushtirish va safarbar
qilish imkoniyatini kengaytiradi. Boshqacha qilib aytganda, milliy g‗oyani xalq ishonchi va
e‘tiqodiga aylantirishning tashkillashtirish funksiyalariga katta imkoniyat tug‗diradi. Shu bilan
birgalikda, ularning barchasi uchun xos bo‗lgan umumiy qonuniyatlar, talablar ham mavjud.
Ya‘ni:
- Jamiyat ma‘naviy-madaniyatini rivojlantirishning ustuvor maqsadlarini, vazifalarini
amalga oshirib, uning istiqbollarini, shaxs barkamolligini ta‘minlaydigan milliy va umuminsoniy
manfaatlar birligi;
- Insonlarning millatidan, irqidan, diniy e‘tiqodidan, iqtisodiy ahvolidan, siyosiy
partiyalarga mansubligidan, madaniy saviyasi darajasidan qat‘iy nazar, huquqi va ijtimoiy
faoliyat erkinliklarining ustuvorligi;
- Umuminsoniyat sivilizatsiyasining ahloqiy, huquqiy, siyosiy, ma‘naviy qadriyatlar va
tarixiy meroslariga tayanishi hamda milliy an‘analarini rivojlantirishi;
- Millat tarixiy taraqqiyot qonuniyatlariga, mentalitet xususiyatlariga mos tarzda madaniy
sohani erkinlashtirish imkoniyatlari va sharoitlarining o‗zgarishi;
1
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.8. -T.: «O‗zbekiston», 2000.
501-b.
- Mavjud tuzumning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabatlarida keskin
ziddiyatga bormaslik, g‗oyaviy-mafkuraviy murosa xususiyatlari;
- g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish - jamiyat ma‘naviy-madaniy
hayotining dinamik o‗zgarishlarini demokratik tamoyillarga, umuminsoniy axloqiy normalarga
muvofiqlashtirib, bosqichma-bosqich amalga oshiradigan siyosiy kuch va imkoniyatlarni topish
jarayonlariga ham xosdir.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan jamiyatda g‗oyaviy-mafkuraviy
munosabatlarni erkinlashtirishning muhim demokratik tamoyillaridan biri fikrlar va mafkuralar
xilma-xilligini ta‘minlashdir. Zero, demokratik jamiyat fikr, so‗z, matbuot, e‘tiqod sohalarida
amaliy faoliyat erkinligi uchun shart-sharoit hamda imkoniyat yaratadi. Shu nuqtai nazardan,
ma‘naviy-madaniy sohani erkinlashtirishning demokratik tamoyillari: bir tomondan, inson
huquqlari va erkinliklari ustuvorligini e‘tirof etishi; ikkinchi tomondan, millatning tarixiy
shakllangan ma‘naviy-ahloqiy meyorlari va qadriyatlariga asoslanishi, milliy g‗oyani xalq
ishonchi va e‘tiqodiga aylantirishi bilan umuminsoniy mohiyatini namoyon qiladi.
Jamiyat rivojlanishi bilan barcha sohalarni mutanosib erkinlashtirishning ijtimoiy makon
hamda tarixiy zamondagi xususiyatlari o‗zgarib, ularning maqsadlarida va vazifalarida ichki
birlik vujudga kelayotir. Xususan, respublikamizda bozor iqtisodiyoti munosabatlariga
o‗tishning hozirgi bosqichida, ijtimoiy-siyosiy sohani erkinlashtirish mazmunidagi o‗zgarishlar -
g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarga umuminsoniy demokratik tamoyillar va andozalarni
kengroq qo‗llash bilan xarakterlanadi. Bu jarayonning samaradorligi, davlat tizimidagi
«qonunchilik, ijro va sud tarmoqlarining o‗zaro muvozanati va mutanosibligini, shu bilan birga,
ularning mustaqilligini ta‘minlash, har qaysi tarmoq o‗z vazifa va burchini bajarish uchun amaliy
mexanizmlarni hayotda tashkil qilib berish»
1
bilan bog‗liq.
Hozirgi davrda ma‘naviy-madaniy sohani erkinlashtirishning g‗oyaviy-mafkuraviy asoslari
va tamoyillari, uning an‘anaviy shakllangan tarixiy qadriyatlaridan kelib chiqqan bo‗lib,
demokratik huquqiy davlatning tub siyosiy maqsadlarini ifodalaydi. Ya‘ni, shaxs va jamiyat
erkinliklarini kengaytirish; davlatning markaziy va yuqori boshqaruv organlari vaqolatlarini
bosqichma-bosqich quyi tizimlarga, mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish tuzilmalariga o‗tkazish;
nodavlat, jamoat tashkilotlari – fuqarolik institutlarining g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni
boshqaruvchilik rolini oshirishdan iborat.
Jamiyat ma‘naviy-madaniy taraqqiyotini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning
demokratik xususiyatlari, milliy g‗oya va jamiyat mafkurasini xalq ishonchi, e‘tiqodiga
aylantirish davlat siyosiy funksiyalarini qanday usullar, vositalar bilan amalga oshirishiga
bog‗liq bo‗ladi. Shu nuqtai nazardan, «davlatning kuch qudrati – avvalo, demokratik
institutlarning mustaqil faoliyat ko‗rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, fuqarolar va jamiyatning
barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini ro‗yobga chiqarish, tadbirkorlik va iqtisodiy tashabbuslar
erkinligi uchun imkoniyatlarni tashkil etib berish qobiliyati bilan o‗lchanadi»
2
. Zero, jamiyatning
g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarini qayta qurishda davlatning bosh islohotchilik roli aynan
shu vazifalarni qanday uddalashi bilan belgilanadi.
O‗zbekistonda milliy g‗oyani xalq ishonchi va e‘tiqodiga aylantirishning asoslarini
yaratishda, davlatning bosh islohotchilik roli quyidagi xususiyatlarida namoyon bo‗lmoqda:
- Ma‘naviy-madaniy hayotni, g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni tashkillashtirish,
boshqarish, va nazorat qilishning siyosiy instito‗tlari tizimini, mukammal mexanizmlarini,
vositalarini vujudga keltirib, uzluksiz takomillashtirmoqda;
- Demokratik konstitutsionalizmga asoslangan amaldagi qonuniy-huquqiy asoslarining
umuman ma‘naviy-madaniy hayotni, xususan milliy g‗oyani rivojlanlashtirish manfaatlariga mos
kelishi, islohotchilik roli samaradorligini belgilaydigan mezon mezonlardan biri bo‗lib
hisoblanadi;
1
Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoº kerak. T.10. –T.: «¡zbekiston», 2002, 322-b.
2
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard mag‗oyasadimiz. –T.: «O‗zbekiston» 2000,
13-b.
- Davlatning xalqaro ma‘naviy-madaniy, g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni
erkinlashtirish siyosati milliy manfaatlarga va umuminsoniy demokratik tamoyillarga,
tendensiyalarga mos kelmoqda;
- g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish milliy davlatchilikning mavjudligi
va demokratik rivojlanishini ta‘minlaydigan omilligi anglanib, siyosiy faoliyatga asos
bo‗lmoqda. Lekin, shuni ham alohida ta‘kidlash kerakki, ma‘naviy-madaniy sohani, g‗oyaviy-
mafkuraviy munosabatlarni erkinlashtirish jarayoniga keng xalq ommasini jalb qilish, uning
intellektual salohiyatini, siyosiy ongi va faolligini oshirish bilan, davlat funksiyalari ustidan
nazorat qilishni kuchaytirish mumkinligini, xalqaro miqyosda erishilgan amaliy tajribalar
ko‗rsatib bermoqda. Chunki, «har qanday davlat tizimi, uning apparati va ma‘muriy organlari
demokratik andozalarga qanchalik javob bermasin - baribir o‗z kuchini, qolaversa o‗z
zo‗ravonligini o‗tkazishga harakat qiladigan tizim bo‗lib qolaveradi»
1
.
Xulosa qilib aytganda, umuman ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimiga, xususan
g‗oyaviy-mafkuraviy sohaga davlat aralashuvini cheklashda demokratik tamoyillarning qaror
topishi:
-
jamiyatning g‗oyaviy-mafkuraviy ziddiyatlarini
keskinlashtiruvchi
inqilobiy
o‗zgarishlardan, siyosiy qarashlardagi radikalizmdan voz kechish va umuminsoniyat manfaatlari
ustuvorligini e‘tirof qilish orqali;
- g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni demokratiyalashtirish, bu sohada inson huquq va
erkinliklari hamda qonun ustuvorligi tamoyiliga amal qilishni ta‘minlash, xalqaro insonparvar
huquq meyorlariga qat‘iy rioya etish tufayli;
-
millatlararo ma‘naviy-madaniy g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlar erkinligi,
madaniyatlararo tolerantlik, jamiyat mafkurasi taraqqiyoti uchun har bir shaxs, ijtimoiy guruhlar
va millatlarning mas‘uliyat va imkoniyatlari tengligini ta‘minlash natijasida;
-g‗oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni boshqarishni erkinlashtirishga doir muqobil
g‗oyalarning mavqelarini e‘tirof etish va hurmat qilish, xalqaro munosabatlarda siyosiy
plyuralizm, milliylik va umuminsoniylik uyg‗unligi tamoyillariga amal qilishda namoyon
bo‗ladi.
O‗zbekistonda bozor munosabatlariga o‗tish davrida bu vazifalarning izchil amalga
oshirilishi tarixiy taraqqiyotning taqozosi bo‗lib, ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi
islohotlar samarasini va jamiyatni erkinlashtirishning mazmunini belgilaydi. Zero, insonning,
jamiyatning ma‘naviy erkinligi, ishonch va e‘tiqod erkinligi milliy istiqlol g‗oyasi uning
demokratik tamoyillarga asoslanganligini ko‗rsatuvchi mezondir.
Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g„oyalarining namoyon bo„lishi. Har
qanday tarixiy davrda, har bir mamlakatda: yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g‗oyasi
jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy rivojlanish darajasini belgilashda
mushtaraklashgan universal mezon hisoblanib, millat, elat va xalqlarning tarixiy shakllangan
mentalitetiga, manfaatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq
faravonligi g‗oyasi bilan bevosita bog‗liq va uning mazmunini ifodalaydigan ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy, ma‘naviy-madaniy hodisalar rivojlanishining obyektiv shart-sharoitlarini, subyektiv
omillarini, chuqur o‗rganish hamda nazariy-konseptual asoslarini ishlab chiqish g‗oyat dolzarb
ilmiy muammodir.
O‗zbekiston xalqining milliy g‗oyasi va mustaqillik falsafasining asoschisi Birinchi
Prezidentimiz Islom Karimovdir. Xususan, ilmiy-konsetstual jihatdan mamlakatimiz milliy
taraqqiyot yo‗lini, ozod va obod yurt tinchligining istiqbollari strategiyasi hamda taktikasini
asoslab berish, mustaqillik yillarida qo‗lga kiritilgan katta muvaffaqiyatlarning amaliy tajribalari
bevosita Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog‗liq bo‗lib, Vatan va millat
oldidagi buyuk xizmatlaridir.
Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‗oyasi mamlakatimizning har bir fuqarosi
taqdirida o‗z ifodasini topmoqda. Kelajak avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish masuliyati
1
Karimov. I.A. Yangilanish va o‗zgarishlar jarayoni ortga qaytmaydi. Ikkinchi chaqiriq O‗zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasidagi ma‘ruzasi. Ishonch. 2002 yil 5 aprel..
esa, hammaga birdek majburiyat yuklaydi. Uni anglash esa, inson barkamolligining muhim
mezonidir. Zero, bu g‗oya «har bir yurtdoshimizni o‗zining ma‘naviy kamoloti uchun yuksak
mas‘uliyatini his etishga, o‗z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg‗unlashtirib
yashashga da‘vat etadi».
42
Insoniyat tarixining har qanday bosqichida, har bir sof vijdonli kishi o‗z vatani ravnaqini
oliy maqsad deb bilgan va o‗zicha tasavvur qilgan. Masalan, jazirama sahroda yashovchi
ko‗chmanchi badaviy, abadiy muzliklar bilan qoplangan yurtlardagi evenklar, inson o‗tib
bo‗lmaydigan tuqaylarda yashayotgan aborigenlar va boshqa xalqlar uchun ajdodlari o‗tgan
hamda o‗zlari yashayotgan tabiiy muhit, ijtimoiy makon Vatan hisoblanadi. Uning ravnaqini o‗z
o‗tovi, chaylasi, yerto‗lasida yashayotgan oilasi, qondosh urug‗lari, xalqi hayot tarzi, e‘tiqodi,
orzu-umidlari timsolida tasavvur qiladi. Bu tasavvurlardagi umumiylik ma‘naviyatdagi
umuminsoniylikning namoyon bo‗lishidir. Biroq, o‗z vatani ravnaqini mutlaqlashtirib, boshqa
mamlakatlar manfaatlariga qarama-qarshi qo‗yish, hech qachon tom ma‘nodagi yurt tinchligi,
Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‗oyasining mazmunini ifodalamaydi. Agar biz, ularni oliy baxt
deb hisoblaydigan bo‗lsak, buyuk faylasuflardan biri aytganidek, «birovlarning ko‗z yoshlari
evaziga erishilgan baxt - eng buyuk baxtsizlikdir».
Umumlashtirib aytadigan bo‗lsak, erkin bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi
sharoitda, jamiyatning umuminsoniy demokratik tamoyillarga asosan ijtimoiy tabaqalanishi
jarayonida, nafaqat iqtisodiy nuqtai nazardan, balki ma‘naviy-ma‘rifiy, psixologik-ruhiy
jihatlardan ham qatlamlashish hodisasi sodir bo‗lmoqda. Har bir ijtimoiy guruhning siyosiy
qiyofasi, eng avvalo uning mafkurasida namoyon bo‗ladi. Chunki, mafkura - yagona Vatan
hududida yashayotgan millatga, xalqqa mansub bo‘lgan ijtimoiy guruhlar g‘oyasi va falsafiy
dunyoqarashlari, orzu-istaklarining siyosiy jihatdan manfaatlashgan hamda ularni amalga
oshirish usullari va vositalarining mushtaraklashgan shaklidir. Shuning uchun ham
jamiyatning turli ijtimoiy tabaqalarga ajralishi murakkab mafkuraviy tizimni vujudga keltirishi
bilan birgalikda, ular tarixiy zaruriyatga ko‗ra, har bir millat, elat, ijtimoiy qatlamning yurti
tinchligi, Vatani ravnaqi, xalqi farovonligi g‗oyasi doirasida tutashadi va mamlakatimizda
yashayotgan barcha fuqarolar hamda ijtimoiy tabaqalar uchun umummilliy g‗oya sifatida e‘tirof
etiladi.
Jamiyatning ma‘naviy-mafkuraviy rivojlanish xususiyatlari va darajasi yurt tinchligi,
Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‗oyasida namoyon bo‗lib, mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy
barqaror taraqqiyotining zaruriy sharti hamda kafolatidir.
Bu vazifani bajarish mamlakatimizda ma‘naviy-mafkuraviy sohani rivojlantirishning
muhim omili bo‗lgan milliy ta‘lim-tarbiya tizimini isloh qilishning tarixiy zaruriyatini va amaliy
yo‗nalishlarini belgilab berdi. Shunga ko‗ra, mamlakatimiz aholisining yurt tinchligi, Vatan
ravnaqi, xalq farovonligi yo‗lida ijtimoiy-siyosiy mas‘uliyatini va faolligini oshirish maqsadida
yuksak ma‘naviyatli va ma‘rifatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur egallagan,
demokratik tamoyillar va fuqarolik jamiyati asoslarini har tomonlama o‗zlashtirgan, shaxsiy va
umummilliy manfaatlarni o‗zaro uyg‗unlashtiradigan erkin shaxs va komil inson tarbiyasidagi
ma‘naviy-ma‘rifiy islohotlarni davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‗nalishi, deb belgilanishi
tasodifiy emas.
Adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga k‘otaramiz. 1-jild, - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2017. -592 b.
2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild,
- Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2018.
3. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T.10. –T.: «O‗zbekiston»,
2002.
42
Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuacha va tamoyillar. — T.: O‗zbekiston, 2001. –B. 51-52.
4. Karimov. I.A. Yangilanish va o‗zgarishlar jarayoni ortga qaytmaydi. Ikkinchi chaqiriq
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasidagi ma‘ruzasi. Ishonch.
2002 yil 5 aprel..
5. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Milliy g‗oya targ‗iboti va ma‘naviy-ma‘rifiy
ishlar samaradorligini oshirish to‗g‗risida‖gi Qarori.-«Xalq so‗zi». 2006 yil, 26 avgust.
6. G‗oyalar falsafasi. Mas‘ul muharrir Q.Nazarov. T., ―Akademiya‖, 2011.
7. Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. — T.: O‗zbekiston, 2001.
7- Мa‟ruza. Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitetni shaklantirish vazifalari
Reja:
1. Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi.
2. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari.
3. ―Ommaviy madaniyat‖ning oqibatlariga nisbatan immunitetni shakllantirishning zaruriyati.
4. ―Mafkuraviy poligon‖ tushunchasi, uning namoyon bo‗lish xususiyatlari.
5. Mafkuraviy profilaktikaning ijtimoiy siyosiy zaruriyati. Mafkuraviy immunitetni
shakllantirish omillari.
Tayanch so‘zlar
Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi. Mafkuraviy munosabatlarning
texnologik va intellektual asoslari. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari.
“Mafkuraviy poligon” tushunchasi, uning namoyon bo„lish xususiyatlari. Mafkuraviy
poligonlarning zahirasi, ta‟sir ko„rsatish usullari va vositalari. Mafkuraviy poligon va
mafkuraviy profilaktikaning ijtimoiy siyosiy zaruriyati. Mafkuraviy jarayonlarning millat
mentalitetiga, siyosiy ongiga, diniy e‟tiqodiga, ijtimoiy ruhiyatiga ma‟naviy-madaniy saviyasiga
ta‟siri.
1.Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi. Dunyoning mafkuraviy manzarasi
deganda, odamlarning ongi va qalbini egallash uchun olib borilayotgan kurash qayerda, qanday
kechayotgani, bu yо‗lda qaysi joyda qanday usul va vositalar qо‗llanilayotganini, qaysi
hududning qanday g‗oya va mafkuraviy poligon ta‘sirida ekanligi tushuniladi.
Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasida inson qalbi va ongiga ta‘sir о‗tkazuvchi
turli xil vositalar bilan kurash olib boruvchi mafkuraviy poligonlar faoliyati tobora yaqqolroq
kо‗zga tashlanmoqda. Bunday mafkuraviy poligonlar jangovor qurollar bilan emas, balki,
avvalo, inson qalbi va ongiga ta‘sir о‗tkazuvchi g‗oyaviy qurollar bilan kurashish jarayoni
kuchayib ketishi natijasida paydo bо‗lmoqda.
XXI asrning barqarorligiga xavf solayotgan, XX asrdan keraksiz meros bо‗lib qolgan
muammolardan biri – eng murakkabi va serqirralisi bu mafkuraviy kurashdir.
Ma‘lumki, har qanday kurashdan, u qanday bо‗lmasin, ma‘lum bir mafkura kо‗zda
tutiladi. Mafkuraviy kurashdan kо‗zlangan asosiy maqsad – insonlarning avvalambor,
yoshlarning qalbini va ongini egallash, zabt etish, muayyan mamlakat yoki mintaqadagi biror
millatning milliy tuyg‗ulariga ta‘sir о‗tkazish, uni о‗z dunyoqarashiga tortish va tobe qilishdir.
Fikr qaramligi, tafakkur qulligi esa har qanday iqtisodiy yoki siyosiy qaramlikdan ham
dahshatliroqdir.
Axborot asri, elektronika asri deb atalgan XX asrning nihoyasida mafkuraviy ta‘sirlar
nihoyatda kuchayib ketdi. Shuningdek, globallashuv jarayonlari, axborot oqimining tezlashuvi
ham bir talay muammolarni yuzaga keltirmoqda.
Dunyo miqyosida kishilarni doimo ogoh bо‗lishga undashning ahamiyatli jihati shundaki,
agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bо‗lsa, buni kо‗rish, sezish, oldini olish mumkin, ammo
mafkuraviy tazyiqni tezda ilg‗ab olish qiyin. Turli mintaqaviy, diniy-etnik, tajovuzkor
millatchilik va shovinistik asosdagi mojarolar, ekologik falokatlar, ma‘naviy tanazzul,
giyohvandlik, terrorchilik kabi chegara bilmas muammolarning yuzaga kelishining asosiy
sabablari ham mafkuraviy ta‘sirlarni tezlikda ilg‗ab olish mumkin emasligidadir.
Birinchi Prezidentimiz aytganidek, «bugungi kunda odamzot ma‘lum bir davlatlar va
siyosiy kuchlarning manfaatlarigagina xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan,
turli ma‘no mazmundagi mafkuraviy kuchlarning ta‘sirini doimo sezib yashamoqda». XXI asr
boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o`rtasidagi o`zaro ta`sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu
jarayondan to`la chegaralanib olgan birorta ham davlat yo`q, deb to`la ishonch bilan aytish
mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a`zo bo`lishni
istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday
jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta`siriga ko`proq uchrab qolishi
mumkin. Bunday g`ayri ixtiyoriy ta`sir esa ko`pincha salbiy bo`ladi.
Globallashuvning turli mamlakatlarga o`tkazayotgan ta`siri ham turlicha. Bu hol dunyo
mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma`naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan
bog`liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o`tkazayotgan
salbiy ta`sirini kamaytirish va ijobiy ta`sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini
chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o`rganish lozim. Bu hodisani chuqur o`rganmay turib
unga moslashish, kerak bo`lganda, uning yo`nalishini tegishli tarzda o`zgartirish mumkin emas.
Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o`rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi,
taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma`naviyatini
tog`dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo`yish bilan
baravar bo`ladi.
O`rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma`naviyati ham Sharq va G`arbni tutashtirgan karvon
yo`llarida joylashgani sababli ham Sharq, ham G`arb madaniyatidan bahramand bo`lgan.
Muhimi shundaki, xalqimiz G`arb va Sharq ma`naviyatidan bahramand bo`lib ularning ijobiy
tomonlarini o`zlashtiribgina qolmay, ularga ijodiy yondashib yangi cho`qqilarga ko`tarildi.
Globallashuv jarayoni va mafkura maydonidagi kurashlarning yangilanib, takomillashib
borishi imkoniyatlarining ortib borayotganligi – haqida gapirganda, globallashuv fenomeni
bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma‘noni anglatishini hamda
yangilanib, takomillashib borayotganligini ta‘kidlash lozim. Umumiy nuqtai-nazardan
qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma‘no-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-
biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy
muammolarning jahon miqiyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.
Globallashuv jarayonida mafkura maydonidagi kurashlarning yangi ko‘rinishlari, uning
vositalari va mexanizmlari ham o‘zgarib borishi tabiiy holdir. Albatta, globallashtirishning
boshlang‘ich ildizlari davrida mafkura maydonlaridagi kurashlar uncha sezilarli bo‘lmagan
bo‘lsada, lekin insoniyat taraqqiyotining bu jarayoni qaysi davrlardan boshlanadi degan savolga
aniq javob izlash va uni boshqa ijtimoiy-falsafiy, iqtisodiy fenomen sifatida bosqichlarga ajratish
borasidagi barcha izlanishlarda ma‘lum bir nisbiylik, aniq bir ilmiy haqiqat hali topilganicha
yo‘q. Shuning uchun ham bo‘lsa kerakki, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan
tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir davrni o‘z boshidan kechirmoqda.
Keyingi vaqtlarda globallashuv jarayonida mafkura maydonidagi kurashlarning yangi
ko‘rinishlari sifatida bir qator fikrlar ham bildirilmoqda. Ulardan,
Birinchisi, globallashuv jarayonida ana shu kurashlarning asosiy maqsadi inson va uning
qadriyatlariga turli – xil yondashuvlarning vujudga kelishi bilan xarakterlanadi.
Ikkinchidan, globallashtirish jarayonlari jamiyat va inson faoliyatining barcha tomonini
qamrab oladigan harakterga ega bo‘lgani uchun, uni turli xil ilm sohalari vakillari o‘rganaveradi.
Axborot olamidagi globallashuvning shiddatli kuchi, uni hech narsa bilan qoplab
bo‘lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkinligini – axborot va texnologiya inqilobi tufayli
dunyo ilgarigiga qaraganda yanada jips va mushtarak bo‘lib bormoqda. Shu ma‘noda
globallashuv – bu avvalo hayot sur‘atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |