41
Jumayev R., Ubaydullayev U., Xo‗janov B. Konfliktologiya asoslari. –T.:Akademiya, 2000, 17-bet.
Adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga
k‘otaramiz. 1-jild, - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2017. -592 b.
2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild, -
Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2018.
3. Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. T., ―Ma‘naviyat‖, 2008.
4. Muminov A. O‗zbekiston: axborotlashgan jamiyat sari. T., ―Turon zamin‖, 2013.
5. Otamurodov S. Globallashuv va milliy – ma‘naviy xavfsizlik. T.,‖O‗zbekiston‖, 2015.
6. Milliy g‗oya va rahbar mas‘uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., ― G‗afur
G‗ulom‖ NMIU, 2007.
7. Ma‘naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‗ati. Q.Nazarov mas‘ul muharrir. T., ―G‗afur
G‗ulom‖ NMIU, 2013.
8. Falsafa qomusiy lug‗at. Mas‘ul muharrir Q.Nazarov. T., ―Sharq‖ NMAK, 2004.
9. O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi. 4-jild. T., 2002.
10. Azroyans E. Globalizatsiya: katastrofa ili put k razvitiyu? —M., "Noviy vek", 2002.
11. Kalmikov A.A., Koxanova L.A. Internet-jurnalistika. M.: YUNITI–DANA, 2005.
12. Starobinskiy YE. Samouchitel po reklame.- M., 2002.
13. htpp:// www.wikipedia.org; Hornby A.S. ―Oxford Advanced Learner's Dictionary of Current
English‖.
6- Мa‟ruza. Mafkuraviy faoliyat - milliy g„oyani amalga oshirish vositasi
Reja:
1. ―Mafkuraviy faoliyat‖ tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va namoyon bo‗lish
xususiyatlari.
2. Mafkuraviy faoliyat maqsadli va mo‗ljalli harakat sifatida.
3. Mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usullari va yo‗llari. Mafkuraviy faoliyatni amalga
oshirishning zamonaviy texnologiyalari.
4. Mafkuraviy faoliyatda milliy g‗oyani aholi ongiga singdirish
5. Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‗oyalarining namoyon bo‗lishi.
Tayanch so‘zlar
“Mafkuraviy munosabatlar” tushunchasi, uning mazmun –mohiyati va namoyon bo„lish
xususiyatlari. Milliy g„oyaning ijtimoiy subyektlar orasidagi hamkorlik va hamjihatlikni
mustahkamlashdagi ahamiyati.
Mafkuraviy faoliyat” tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va namoyon bo„lish
xususiyatlari. “Har qanday mafkuraviy faoliyat-muayyan g„oyani amalga oshirish jarayonidir”
tamoyili – ideologik aksioma. Mafkuraviy faoliyat tizimi, uning elementlari. Mafkuraviy
faoliyatni tashkil qilishning usullari va yo„llari. G„oyadan mafkuraga, undan amaliy faoliyatga
tomon borish dialektikasi. Mafkuraviy faoliyat maqsadli va mo„ljalli harakat sifatida.
Mafkuraviy faoliyatda individualizm va ijtimoiylikning namoyon bo„lishi. Formalizm,
kompaniyabozlik, qog„ozbozlik kabilarning ma‟naviy-mafkuraviy oqibatlari.
Bunyodkor g„oyalarni amalga oshirishga qaratilgan mafkuraviy faoliyat tamoyillari:
yaratuvchanlik, gumanizm, plyuralizm, tolerantlik, ezgulik tomon harakat. Vayronkor g„oyalar
asosidagi buzg„unchilik, aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga moyillik kabi mafkuraviy
faoliyat tamoyillariga qarshi kurashning zarurligi.
Mafkuraviy faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari. Ommaviy axborot
vositalari, internet va boshqa axborot vositalarining mafkuraviy faoliyatdagi o„rni.
Mafkuraviy faoliyatda milliy g„oyani aholi ongiga singdirish, Yurt tinchligi, Vatan
ravnaqi, xalq farovonligi g„oyalarining namoyon bo„lishi.
“Mafkuraviy munosabat” va “mafkurafiy faoliyat” tushunchalari, uning mazmun-
mohiyati va namoyon bo„lish xususiyatlari.
―Mafkuraviy munosabatlar‖ – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, elat, millat, xalq jamiyat,
davlat ehtiyoj va manfaatlari, orzu-istak, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma'naviy tamoyillarini
ifoda etadigan g'oyalar sub'ektlari o'rtasida ma'lum vaqt ichida o'zligini bunyodkorlik yoki
vayronkorlik xususiyatlari orqali namoyon qiladigan aloqalar, ularni amalga oshirish usul va
vositalari tizimiga aytiladi.
Mafkuraviy munosabatlar ob‘yektlariga quyidagilar kiradi:
1. Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va unda yuz berayotgan narsa va hodisalar (mulkka bo‘lgan
munosabat);
2. Jamiyat siyosiy-huquqiy hayoti va unda yuz berayotgan jarayonlar. (demokratiya va qonun
ustuvorligi);
3. Jamiyat madaniy-ma‘naviy hayoti va unda yuz berayotgan hodisalar. (insonning oliy qadriyat
ekanligi). Inson va inson, inson va jamiyat o‘rtasidagi mafkuraviy munosabatlarni
Sh.M. Mirziyoyev ko‘rsatib berganidek: “Inson har narsadan ulug‟, degan ezgu g‟oya”viy
dunyoqarash tamoyiliga mos ravishda o‘rnatish zarur.
Milliy g‘oyada ―Mafkuraviy faoliyat‖ tushunchasi va uning o‗ziga xos xususiyatlarini
o‗rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, har qanday g‗oya ham o‗z-o‗zidan tarqalib,
kishilar ongiga avtomatik tarzda singib boravermaydi. Muayyan g‗oyaviy tamoyillar va
ta‘limotlar ishlab chiqilishining o‗zi ularning kishilar faoliyatini belgilab beruvchi, unga ta‘sir
ko‗rsatuvchi ijtimoiy hodisaga aylanishi uchun yetarli emas. Buning uchun ular kishilar orasida
tarqalishi, odamlar ana shu g‗oyalar ruhida tar-biyalanishi lozim. Aks holda, har qanday g‗oya va
mafkura qancha-lik to‗g‗ri, jozibador bo‗lmasin, muayyan hodisa sifatida tarix sahifasida qolib
ketaveradi. Ayni paytda, har qanday g‗oya va qarashlar tarqalishi uchun, eng avvalo, ular ishlab
chiqilishi bilan birga, targ‗ib va tashviq etilishi zarur. Mafkuraviy faoliyat esa hamisha
shakllangan g‗oyaviy qarashlar, baholar va maq-sadlar tizimini odamlarga yetkazish, ularning
ongiga singdirish borasidagi ishlarni amalga oshirish jarayonini anglatadi.
Shu ma‘noda, "Mafkuraviy faoliyat" tushunchasi biron-bir g‗oyani amalga oshirish, uni
aholi ongi va qalbiga singdirish, muayyan g‗oyaviy qarashlar tizimini shakllantirish, uning
amaliyotini ta‘minlash, yot va begona mafkuralarga qarshi kurash bi-lan bog‗liq chora-tadbirlar
majmuini ifodalaydi. Ayni paytda, u g‗oyaviy qarashlar — bilimlar, baholar, maqsadlarni
shakllantirish hamda ularni tarqatish, g‗oyaviy tarbiyani amalga oshirish, mafkuraviy
profilaktika va immunitetni shakllantirish jarayonini ham anglatadi. Xar qanday ijtimoiy faoliyat
shakli kabi mafkuraviy ishlarning mazmuni va maqsad-muddaolari ham har bir davrning
g‗oyaviy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma‘rifiy xususiyatlariga chambarchas bog‗liq holda
shakllanadi.
Mafkuraviy faoliyat jarayonida keng ommani ezgu g‗oyalar asosida tarbiyalash, ularning
umumiy siyosiy va ma‘naviy saviyasi-ni yuksaltirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bo‗sh
vaqtlarini samarali o‗tkazishga ko‗mak beruvchi tadbirlarni amal-ga oshirish nihoyatda muhim.
"Mafkuraviy faoliyat" tushunchasi keng ma‘noda o‗quv muassasalari, ta‘lim-tarbiya maskanlari,
klublar, axborot-resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog‗lari faoliyatini ham muayyan
darajada qamrab oladi. Bunda muzey, kinoteatr, teatr va boshqa madaniy-ma‘rifiy muassasa-lar,
shuningdek, OAV (gazeta-jurnallar, Internet, radio, TV) muhim o‗rin tutadi.
Mafkuraviy ishlar muassasalarining keng tarmog‗ining tashkil etilishi, ularning o‗sishi va
takomillashu-vi bilan unga rahbarlik qilish jarayoni ham mukammallashib borgan. Inson
dunyoqarashini shakllantirish, ma‘naviy-axloqiy tarbiya, g‗oyalar targ‗iboti, iqtisodiy
bilimlarning ilmiy-texnikaviy targ‗ibot-tashviqoti, estetik va jismoniy tarbiya, badiiy
havaskorlik, madaniy dam olishni tashkil etish, yosh iste‘dodlarni har tomonlama qo‗llab-
quvvatlash mafkuraviy ishlar-ning turli yo‗nalishlaridir. Ezgulik va mehr-oqibat, ulug‗vorlik va
go‗zallik, vijdoniylik va mehr-shafqat, boshqalarga hurmat hamda tabiat bilan uyg‗unlikni
saqlash kabi xislatlar har bir kishiga asta-sekin, tadrijiy ravishda singdirib boriladi.
Mafkuraviy faoliyat jarayonida klub va o‗quv muassasalarida an‘anaviy shakllar (suhbat,
muloqot, ma‘ruza, spektakl, konsertlar, she‘rxonlik) bilan birga mavzuli kechalar, kitobxonlar
konferensiyalari va boshqa tadbirlar uyushtiriladi. Bu sohadagi mutaxassislar universitet va
institutlarda tayyorlanadi.
Istiqlol yillarida zamon, hayot talabiga binoan ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni yangi, davr talabi
va manfaatlariga mos ta-komillashgan tizimi shakllantirildi. Bunda ta‘lim tizimi, muzeylar,
madaniyat uylari va saroylari, axborot resurs mar-kazlari, madaniyat va istirohat bog‗lari
ommaviy muassasalar sifatida millionlab aholiga ma‘naviy-ma‘rifiy xizmat ko‗rsatmoqda.
Respublika «Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi» (1994) tashkil etildi va uning viloyatlar, tumanlar
va shaharlardagi bo‗limlari ishga tushirildi. Markazga Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat
kengashi rahbarlik qila boshladi. O‗zbekiston Respub-likasi Prezidentining 2006 yil 25
avgustdagi «Milliy g‗oya targ‗iboti va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish
to‗g‗risida»gi qaroriga binoan Respublika Ma‘naviyat va ma‘ri-fat kengashi faoliyati hamda
tarkibiy tuzilishi qayta ko‗rib chiqildi. Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashining il-miy-
amaliy yo‗nalishda faoliyat olib boradigan va davlat byud-jeti hisobidan moliyalashtiriladigan
"Milliy g‗oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi" tashkil etildi. Respublika Ma‘naviyat va
ma‘rifat kengashining amaliy targ‗ibot yo‗nalishida faoliyat olib boradigan Respublika
Ma‘naviyat targ‗ibot markazi shakllantirildi. Barcha viloyatlarda hokimlarning ma‘naviy-
ma‘rifiy ishlar bo‗yicha yordamchilari faoliyati yo‗lga qo‗yildi. Res-publikamizdagi mahalla
oqsoqollari va fuqarolar yig‗inlari raislarining ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‗yicha maslahatchila-ri
tizimi shakllantirildi.
O‗zbekiston respublikasi Prezidentning 2017-yil 28-iyuldagi PQ–3160-son qarori asosida
Ma‘naviyat targ‗ibot markazi hamda Milliy g‗oya va mafkura ilmiy-amaliy markazini
birlashtirish yo‗li bilan Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi qayta tashkil etildi. Ushbu
Qarorga binoan Prezident Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat kengashining raisi hisoblanadi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda
tumanlar (shaharlar) hokimlari tegishli ravishda hududiy kengashlarga boshchilik qiladi.
Markaz zimmasiga quyidagi asosiy vaziflar yuklatildi:
amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari,
davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini targ‗ibot ishlarini tizimli va izchil amalga
oshirish, ―Ma‘rifat‖ targ‗ibotchilar jamiyatini tashkil etish;
dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‗oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning
mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm,
aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, ―ommaviy madaniyat‖, narkobiznes va boshqa
tahdidlarga qarshi samarali g‗oyaviy kurash olib borish;
jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‗sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt
taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‗-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar
tarbiyasiga e‘tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar
tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
milliy g‗oyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari
o‗rtasida keng targ‗ib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish,
ertangi kunga ishonch tuyg‗ularini kuchaytirish;
targ‗ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga
olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish;
ma‘naviy-ma‘rifiy targ‗ibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini
ta‘minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‗tkazishni muntazam yo‗lga qo‗yish;
yoshlarda sog‗lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko‗nikmasini shakllantirish,
internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini
oshirish, ularda g‗oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni
kuchaytirish;
mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy
faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‗lga qo‗yish;
xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an‘analarini asrab-avaylash,
keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‗rtasida dinlararo bag‗rikenglik, millatlararo
totuvlik va o‗zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo‗yicha chora-tadbirlar ishlab
chiqish va joriy etish.
Bu sohadagi ishlar samaradorligini kuchaytirish borasida bir qator ijobiy chora-tadbirlar
amalga oshirildi. Respublikaning barcha viloyatlari, yirik shahar va tumanlarida faoliyat
yuri-tayotgan ma‘naviy-ma‘rifiy muassasalar ishtirokida katta xalq sayillari, hosil
bayramlari, «Mustaqillik», «Navro‗z», «Mehrjon» bayramlari, «Sharq taronalari» xalqaro
festivali, xo-nandalar, raqqosalar, eng yaxshi kasb ustalarining, «O‗zbekiston - Vatanim
manim», «Eng ulug‗, eng aziz», «Kelajak ovozi» va bosh-qa ko‗rik-tanlovlari
o‗tkazilmoqda. Yurtimizda ma‘naviy-ma‘-rifiy muhitni yanada yaxshilash, ming yillar
mobaynida uning bag‗rida sayqallanib kelayotgan ibratli an‘ana va qadriyatlarni targ‗ib-
tashviq etish borasida ko‗plab tadbirlar tashkil etil-moqda. Shu mavzuda ilmiy-ommabop,
publitsistik asarlar, huj-jatli filmlar va teleko‗rsatuvlar yaratilib, turli ko‗rgaz-malar tashkil
qilinmoqda. Bu sohadagi mafkuraviy faoliyat yo‗na-lishi har bir kishi ongi va qalbiga
milliy g‗oyani singdirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ma‘naviyatning milliy-etnik
asoslari va zamonaviylikni uyg‗unlashtirishga qaratilgan.
Mafkuraviy faoliyat maqsadli va mo„ljalli harakat sifatida. Mafkuraviy faoliyat
hamisha konkret tarixiy mazmunga, maqsad-muddao-ga ega bo‗ladi. Bu, eng avvalo, inson
bilimlari, shu jumladan, mafkuraning mazmun-mohiyati haqidagi bilimlarning rivojlan-ganlik
darajasi bilan belgilanadi. Mafkura tizimidagi bilim-lar to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri, progressiv yoki
reaksion mazmunga ega bo‗lishi mumkin. Mazkur bilimlar o‗z navbatida ular asosida
shakllanadigan baholarning to‗g‗ri yoki noto‗g‗riligiga zamin yara-tadi. Shakllanadigan
baholarda esa real yoki kutilayotgan hodisa, jarayonlarga mavjud ehtiyojlar, manfaatlardan kelib
chiqib, o‗ziga xos munosabat ifodalanadi. Bilimlar qanchalik chuqur bo‗lsa, hosil qilingan
baholarga ishonch shunchalik yuqori bo‗ladi. Shu ma‘noda, baholar — qadriyatlar kishilarda
ishonch, e‘tiqodning shakllanishiga xizmat qiladi. Ba‘zida erishilgan bilimlar, ularga asoslangan
baholarning mutlaq to‗g‗riligiga ishonch dogma-tizmga aylanib ketishini, bu mafkuraviy
turg‗unlikni yuzaga kel-tirishini ham unutmaslik zarur.
Mafkuraviy faoliyat va g‗oyaviy qarashlar doirasida belgilab olingan maqsadlarni bayon
etishda istiqbolga, ertangi kunga ishonch tuyg‗usini shakllantirish ham ko‗zlanadi. Albatta,
bunday ishonch o‗z mohiyatiga ko‗ra, sarob bo‗lishi ham mumkin. Ammo u chuqur ilmiy asos
va gumanistik mohiyatga ega bo‗lganda hamda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari bilan
hamohanglik kasb etganda kishilar xulqi va faoliyatining muhim regulyatori bo‗lib xizmat qiladi.
Zero, bun-day paytda ishonch kishilar qarashlaridagi barqarorlikni belgi-lovchi xalqa sifatida
namoyon bo‗ladi. Ayni paytda, mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan qiyinchiliklardan
cho‗chimaslikka, ular-ga qarshi tura olish va bartaraf etishning oqilona yo‗llarini iz-lashga
xizmat qiladi, shu tufayli xulqdagi sobitlik, izchillik va amaliyotdagi faollikni ta‘minlashga yo‗l
ochadi.
Mafkuraviy faoliyat g‗oyaviy qarashlarni tarqatish va unga mos tarbiyani amalga
oshirishni ham ifodalaydi. Unga ko‗ra, mafkuraviy qarashlarni tarqatish tizimi, mexanizmlari,
usul va vositalari doimo takomillashib boradi, har bir davrda konk-ret xarakter kasb etadi.
"Odamzod baxti uchun hamma narsadan voz kechishga o‗rgatadigan ezgu g‗oyalarni kishilarga
singdirish buyuk san‘atdir", deb yozgan edi fransuz yozuvchisi Stendal. Shu nuqtai nazardan
qaraganda, mafkuraviy faoliyat g‗oyaviy tarbiyani o‗zga-ruvchan voqelik va ijtimoiy guruhlarga
xos xususiyatlarni hisobga olgan holda doimiy takomillashtirib borishni anglatadi.
Shu bilan birga, mafkuraviy faoliyatni tashkil etishda tex-nika va texnologiyalar, targ‗ibot
va tashviqot olib borish usul-larining rivojlanganlik darajasi ham o‗ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Xususan, bugungi kundagi va XX asr boshidagi mafkuraviy faoliyat o‗rtasida keskin farq borligi
shubhasiz. Hozirgi davr-da OAV mafkuraviy faoliyatni amalga oshirishning muhim bo‗g‗i-ni
hisoblanadi. Yaqin istiqbolda texnika va texnologiya rivoji odamlar ongiga ta‘sir o‗tkazish, ya‘ni
mafkuraviy faoliyatni tashkil etishning yangidan-yangi mexanizmlarini topishiga ham shubha
qilmasa bo‗ladi. Ayni paytda, fanlar rivoji mafkuraviy faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish uchun
zamin yaratgani-ni ham unutmaslik lozim.
Yuqorida
qayd
etilgan
mulohazalar,
mafkuraviy
faoliyatning
ijtimoiy-tarixiy
belgilanganini ko‗rsatish barobarida uning o‗zgaruvchan xarakterga ega ekanini ham bildiradi.
Ijtimoiy ja-rayonlarda mavjud voqea, hodisa, jarayonlar mohiyati, rivojla-nish qonuniyatlarini
anglab yetmaslik, ularning nazoratdan tash-qarida bo‗lishi va oxir oqibatda kutilmagan
natijalarni kelti-rib chikarishi bilan xarakterlanuvchi va stixiyalilik deb atali-shi mumkin bo‗lgan
holatlar ko‗plab kuzatiladi. Mafkuraviy faoliyat ham o‗z mohiyatiga ko‗ra ijtimoiy hodisa
bo‗lsa-da, unga nis-batan "stixiyalilik" tushunchasini ishlatish birmuncha qiyin. Zero,
mafkuraviy faoliyat aniq ongli xarakterga ega bo‗ladi. G‗oyaviy qarashlarni tarqatish,
mafkuraviy tarbiyani amalga oshirish esa aksariyat hollarda tizimli va tadrijiy tarzda amalga
oshiriladi. Onglilik deganda, kishilarning ijtimoiy qonuniyatlarni tu-shungan, anglagan va unga
asoslangan holda o‗z faoliyatini tashkil etishi tushunilishini inobatga oladigan bo‗lsak, bugungi
kunda mafkuraviy faoliyat tobora ongli va aniq maqsadlarga qaratil-gan holda amalga
oshirilayotganini qayd qilish zarur.
Mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usullari va yo„llari. Mafkuraviy faoliyatni
amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari. Mafkuraviy faoliyatda targ‗ibot va tashviqot
muhim o‗rin egallaydi. "Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot" biron-bir shaxs, guruh, millat,
jamiyat, hudud xalqlarining ongi va qalbiga mu-ayyan g‗oya va mafkuraning mazmun-mohiyati,
maqsad-muddaolari, amaliyoti to‗g‗risidagi bilimlarni, ularga doir tushuncha va ta-moyillarni
singdirishga qaratilgan tizimli faoliyat hamda u bilan bog‗liq chora-tadbirlarni amalga oshirish
jarayonini ifo-dalaydigan tushunchadir. Shu bilan birga, bugungi kunda bu tu-shuncha
yurtimizdagi turli millat, ijtimoiy toifa, kasbu kor-ga mansub bo‗lgan kishilarni ma‘naviy
tajovuzlardan ogohlikka chorlash, mavjud xavf va taxdidlarning mohiyatini anglab yetish, ular
haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish, eng muhimi, milliy g‗oya asosida xalqni birlashtirish,
jipslashtirish, yosh avlod ongi va qalbida ezgu g‗oyalarga sadoqat tuyg‗ularini tarbiya-lashga
qaratilgan usul va amaliy harakatlar majmuini ham anglatadi. Odamlar qalbi va ongida ana
shunday insoniy tuyg‗ular qaror topishi, jamiyatda olijanob fazilatlar ustuvor bo‗li-shida
mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot muhim ahamiyatga ega.
Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot aslida ta‘lim-tarbiyaning muhim ko‗rinishidir.
"Targ‗ibot" atamasining o‗zagini "rag‗bat" so‗zi tashkil etgani bois, u insonni biror harakatga
rag‗batlantirishni nazarda tutadi. "Tashviqot" tushunchasining o‗zagi esa "shavq" so‗zidan
olingan bo‗lib, u kishida biror narsaga shavq, ishonch tuyg‗ularini uyg‗otishga yo‗naltirilgan.
Demak, targ‗ibot-tashviqotdan ko‗zlan-gan asosiy maqsad nafaqat bilim orttirish, balki kishyni
biror-bir xatti-harakatga undashdan iborat.
Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqotning ikki an‘anaviy yo‗li mavjud. Birinchisi — insoniy
fazilatlarni ulug‗lash, yuksaq ma‘naviyatli kishilar hayoti va faoliyatini ta‘riflash, ular-ni ibrat,
namuna qilib ko‗rsatish orqali kechadi. Ikkinchi yo‗l esa illatlarni qoralash, ulardan xalos
bo‗lishga da‘vat, tar-g‗ib-tashviq orqali amalga oshadi. Bu vosita birinchisiga nisba-tan
samaraliroq. Shu sababdan ham erishilgan yutuqlarni xoliso-na e‘tirof etib, yo‗l qo‗yilgan
kamchiliklar tanqidiy nuqtai nazardan baholanishi lozim.
Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqotda ulug‗ ajdodlarimizning hayot yo‗li, qoldirgan
merosini bir yoqlamalikka berilmay, to‗g‗ri va haqqoniy aks ettirmog‗imiz darkor. Lekin, bunda
faqat o‗tmish-dagi siymolar bilan cheklanib qolmay, bugungi kun qahramonlari, ilg‗or
zamondoshlarimizdan o‗rnak olish ham muhim ahamiyatga ega. Toki, ular yoshlar uchun tom
ma‘noda ibrat namunasi bo‗lsin. Chun-ki, targ‗ibot-tashviqotda faqat o‗tmishdan misol keltirish
bilan cheklanib qolinsa, bu — kechagi kun bilan yashash bo‗ladi. Targ‗ibot-tashviqot borasida
eski davrdan qolgan quruq, siyqasi chiqqan va‘z-xonlikdan voz kechib, yurt bugun boshidan
kechirayotgan murakkab va mashakqatli hayot haqiqatiga tayanib, jamoatchilik fikrini shakl-
lantirishning eng zamonaviy, ta‘sirchan usul-uslublaridan foydalangan holda ish olib borishni
hayotning o‗zi talab qilmoqsa.
Shu sababdan ham targ‗ibotchilar, ijtimoiy soha mutaxassis-lari, ilg‗or fikrli ziyolilar
milliy g‗oyaning asosiy maqsadla-rini xalqqa sodda, haqqoniy, tushunarli tarzda ifodalab be-
rishlari muhim ahamiyatga ega. Buning uchun nima, qanday targ‗ib qilishni aniq va puxta
tasavvur etmoq, ma‘naviy oziq nimadan iborat bo‗lishini, uni odamlar ongiga qay tariqa
yetkazish usul-larini ishlab chiqmoq darkor. Ma‘naviy oziqning mezoni haqiqat va faqat haqiqat
bo‗lishi zarur. Ya‘ni, xalqqa bor haqiqatni ochiq aytib, shunga ko‗ndirish, ishonchini qozonish
va shu asosda uni yangi marralarga intilishga rag‗batlantiriladi.
Har qanday tarbiyada, hatto yuksak rivojlangan demokratik tarbiya tizimida ham ozmi-
ko‗pmi bajarilishi shart bo‗lgan bel-gilar mavjud. Masalan, bola go‗dakligidan biror ezgu
fazilatga o‗rgatilmasa, majbur qilinmasa, yuz-qo‗lini yuvmaslik, kattalar gapini bo‗lish singari
qusurlar unga odat bo‗lib qoladi. Xalqimizga azaldan xos bo‗lib kelgan andisha, ota-onaga
hurmat, ilm-ma‘rifatga intilish kabi olijanob fazilatlar ham o‗z-o‗zidan shakllanib qolmaydi.
Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot ishla-rida har bir ixtisos, har bir yo‗nalish bo‗yicha
mutaxassislar-dan foydalanish kerak. Shundagina har bir ko‗rsatuv, eshitti-rish, ma‘ruza,
ma‘rifiy tadbirlar mazmun-mohiyati bilan odam-lar qalbi va ongiga yetib boradi.
Mafkuraviy targ‗ibot o‗tkinchi, mavsumiy holga aylanib qol-masligi lozim. Bugungi
murakkab ma‘naviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ular-
ning ustuvor yo‗nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratil-ganligini aniqlash, aholi turli
qatlamlariga ta‘sirini o‗rga-nish, ma‘naviy tajovuzlar mohiyatini ochib berish alohida ahamiyat
kasb etmoqsa. Faqat ana shunday asosda aholi, ayniqsa, yoshlarni o‗z fikriga ega, ma‘naviy
tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir, irodali, fidoyi, vatanparvar insonlar etib
tarbiyalashga erishish mumkin. Targ‗ibot ishlarining ta‘sirchan-ligini ta‘minlaydigan zamonaviy
informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, jamiyat ma‘naviy immuni-tetini
kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ish-lab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari
hamda targ‗ibotchi-tashviqotchilar uchun tegishli tavsiya va qo‗llanmalarni tayyor-lash bu
boradagi muhim vazifalar tarkibiga kiradi. Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqotda keng
qamrovlilik, uzluksizlik, bosqichma-bosqichlik, meyoriylik, shaxsiy ibrat singari tashkiliy
tamoyillarga amal qilingan taqdirdagina ko‗zlangan samaraga erishish mumkin.
"Mafkuraviy faoliyat samaradorligi" tushunchasi joylarda amalga oshirilayotgan ta‘lim va
tarbiyaviy ishlardan qanday na-tijalarga erishilganini va shu soha xodimlarining faoliyati hamda
tarbiyaviy salohiyatidan foydalanish darajasini ifodalaydi. Bu maqsadga erishish uchun
tadbirlarni ta‘lim jarayoni bilan uyg‗unlashtirish va ulardan samarali foydalanish muhim
ahamiyatga ega. Ta‘lim-tarbiya jarayonida aholiga ta‘sir o‗tka-zuvchi omillarning harakat qilish
mexanizmlari va xususiyatla-rini aniqlash, ulardan unumli foydalanish, ma‘naviy-ma‘ri-fiy
tadbirlar orqali yoshlarni milliy va umumbashariy qadri-yatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash
g‗oyat muhim ahamiyat kasb eta-di. Mafkuraviy faoliyat samaradorligi yuqori bo‗lishi uchun
ular-ni tayyorlash va o‗tkazish jarayonida yoshlarda tarbiya va o‗zini o‗zi tarbiyalash hissini
shakllantirish hamda rivojlantirish tashkilotchining diqqat markazida bo‗lishi lozim. Ta‘lim tizi-
midagi ma‘ruza, amaliy mashg‗ulotni ma‘naviy-ma‘rifiy tad-birlar bilan uyg‗unlashtirish, bir
tomondan, ta‘lim samara-dorligini oshirsa, ikkinchi tomondan, ta‘lim va tarbiyaning uz-viyligini
ta‘minlashga xizmat qiladi.
Mafkuraviy tadbirlarni tayyorlash hamda o‗tkazishga yoshlar-ni keng jalb qilish ularda
tuyg‗udoshlik va daxldoshlik xissini uyg‗otadi, bu holat o‗tkazilgan tadbirning tarbiyaviy
samaradorli-gini yanada oshiradi. Bunday tadbirlardan ma‘naviy-axloqiy tar-biyada samarali
foydalanishning muhim sharti shuki, bunda har bir kishining xususiyatlari, muayyan voqea-
hodisaga nisbatan fikri qay darajada shakllanganini hisobga olish lozim. Ta‘lim muassasalarida
tadbirlarni rejalashtirish, tashkil qilish, tayyorlash va o‗tkazishga talaba-yoshlarni keng jalb
qilish, ay-niqsa, mavzu tanlash, reja tuzish, ssenariy tayyorlash, tadbir o‗tkaziladigan xonalarni
jihozlash kabi yumushlarni ularning o‗zlariga topshirish lozim.
Mafkuraviy faoliyat samaradorligining oshishi o‗quv yurtlarida o‗tkaziladigan ma‘naviy-
ma‘rifiy tadbirlarning reja va ssenariylari professor-o‗qituvchilar yoki o‗quv yurti xodim-lari
tomonidan tuzilgan taqdirda ularni talabalar muhokama-sidan o‗tkazish va muhokama
jarayonida bildirilgan fikrlar-ning inobatga olinishiga ham bog‗liq. Mafkuraviy targ‗ibot va
tashviqot samaradorligini oshirish maqsadida o‗quv yurtlarining ma‘naviy-ma‘rifiy muassasalar
bilan hamkorligini mustah-kamlashning ahamiyati katta. Bunday hamkorlik, bir tomondan,
madaniy-ma‘rifiy muassasalarni auditoriya, tomoshabin bilan ta‘minlashga, ikkinchi tomondan,
ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir-larning ta‘sirchanligi va samaradorligini oshirishga ko‗makla-shadi.
Qolaversa, mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot samarador-ligi tadbirlarning mazmunan milliy
ma‘naviy-axloqiy qadri-yatlarimiz, milliy g‗oya va madaniyatimiz, ma‘naviy merosimiz bilan
uyg‗un holda hamda zamonaviy shakllar va interaktiv us-lublar asosida tashkil etilishiga bog‗liq
Mafkuraviy targ‗ibot va tashviqot samaradorligini shu so-haning faollari, targ‗ibotchi va
tashviqotchilarisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. "Mafkura targ‗ibotchisi" shu sohadagi yangiliklar va
axborotlarni tarqatuvchi, kishilarni muayyan g‗oya va g‗oyalar ti-zimiga xos maqsad-
muddaolarga yetishish, ideallarga erishishga da‘vat etuvchi, hayotning barcha sohalaridagi ilg‗or
jarayon va vo-qealarni muntazam ravishda tahlil etib, bu boradagi dolzarb muammolar yechimini
topish bo‗yicha xabar, ma‘lumot, taklif-larni ommaga tarqatuvchi shaxsni ifodalaydigan
tushunchadir. Mafkura targ‗ibotchisi, keng ma‘noda, ijtimoiy faoliyatning alohida turi, ya‘ni
g‗oya va mafkura masalalari bilan shug‗ulla-nadi, ijtimoiy-siyosiy, g‗oyaviy, axloqiy
qadriyatlarni targ‗ib qiladi. Tor ma‘noda esa, u faoliyati ma‘naviyat, mafkura va siyosatni targ‗ib
etishga qaratilgan shaxsni anglatadi.
Mafkura targ‗ibotchisi ilmiylik, konkretlik, obyektivlik, ijtimoiy hayot bilan chambarchas
bog‗liqlik tamoyillariga asos-lanishi, ilmiy, nazariy, amaliy-tashkiliy jihatdan yetuk kishi
bo‗lishi lozim. U shaxs, jamiyat va davlat ehtiyojlaridan kelib chiqib, ular manfaatlarini ifoda
etib, adolatli jamiyat qurish haqidagi bunyodkor g‗oyalarni omma orasida yoyish, kishilarga
ma‘-naviy, g‗oyaviy-siyosiy ta‘sir ko‗rsatish subyektidir. Mafkura targ‗ibotchisi o‗zi anglagan,
o‗rgangan, yuragidan o‗tkazgan, to‗g‗ri-ligiga ishongan ma‘lumotlarning serqirraligi, yangiligi
bilan aholini ma‘naviy, g‗oyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy jara-yonlarda faollikka chorlaydi.
Hozirgi davrda ham har bir ma‘rifatli, vijdonli inson buzg‗unchi g‗oyalar ta‘siriga qarshi
kurashishi, aholiga bor haqiqatni tushuntirib berishi, odamlar ruhini, ongu tafakku-rini, umuman,
ma‘naviyatini himoya qilishi zarur. Elga ezgu g‗oyalarga asoslangan tushunchalarni targ‗ib
qiladigan, aholiga tar-biya beradigan, tinchlik-osoyishtalikni saqlash, ma‘rifatni tar-qatish kabi
savobli va xayrli ishlarni amalga oshirishga da‘vat etadigan mo‗tabar joy — maktablar va ularda
ishlaydiganlar ham mafkura targ‗ibotchilaridir. Yuksak ma‘naviyat yoshlar ongi va qalbiga
singishi, davlat va jamiyat maqsad-muddaolarini ja-moatchilik qo‗llab-quvvatlashiga erishmoq
uchun targ‗ibot-tashvi-qot uzluksiz bo‗lmog‗i lozim.
Shu ma‘noda, mafkura targ‗ibotchisi yangiliklarni anglashga qodir, haqiqat va xalq
manfaati yo‗lida kurashlarga hamisha tayyor, mard, fidoyi bo‗lishi lozim. Bunday xususiyatlar
esa, tarixdan, ajdodlar tajribasidan ma‘lumki, jamoa, jumladan, mahalla sharoitida shakllanadi.
Mahalla — jamiyatimizda alohida ma‘-naviy tarbiyaviy ahamiyatga molik bo‗lgan o‗ziga xos
demokratiya maktabi. Bu noyob tajriba — aholining mahalla bo‗lib yashash tar-zi jahonning
boshqa mamlakatlarida kam uchraydi. Shuning uchun ham insonni jamiyat bilan birga yashashga
o‗rgatadigan, uning ma‘-naviyatini tarbiyalaydigan birlamchi makon mahalladir.
Milliy urf-odatlar, marosimlar targ‗iboti chog‗ida ham butun insoniyat, Vatan va millat
manfaatlarini, shaxs erkinligi, mil-liy qadriyatlar majmuining yaxlit uyg‗unligini yodda tutmoq
lo-zim. G‗oya va mafkura tamoyillari shu sohadagi har bir inson, jumladan, targ‗ibotchining
har bir xatti-harakatida o‗z ifodasini topadi. Uning yashash tarzi, qilgan ishlari, yaratgan asarlari,
mehnatining natijalari, atrof voqelikka munosabati — barcha-barchasi g‗oyalarga sadoqatning
ko‗zgusidir. Olimning kashfiyoti, musavvirning kartinasi, yozuvchining romani, shoirning she‘ri,
o‗qituvchining, voizning ma‘ruzasi, bastakorning musiqasi o‗ziga xos targ‗ibotdir. Bunday
targ‗ibotda ko‗p kitob o‗qiydigan, ma‘lu-motli ziyolilarga mo‗ljallangan bir oz murakkabroq
axborotlar bilan tadbirkorlar kayfiyatiga ta‘sir etib bo‗lmaydi. Shuningdek, g‗oyalarga sadoqat
tuyg‗ularini singdirishda talabalarga ham, fermerlarga ham bir xil munosabatda bo‗lish, bir xil
usullar-dan foydalanish kutilgan samarani bermaydi. Chunki, turli ij-timoiy guruh vakillarining
dunyoqarashi, manfaatlari va qadri-yatlari bir-biridan farq qiladi. Mafkura targ‗ibotchisi tomoni-
dan har bir guruh, tabaqa, toifa xususiyatlarini hisobga olish ko‗proq samara berishi mumkin.
Mafkura targ‗ibotchilarining o‗zlari ham el-yurt orasida obro‗-e‘tibor qozongan, yuksak saviyali,
ko‗pni ko‗rgan, jonkuyar, otashin, eng muhimi, odamlarning yuragiga haqqoniy so‗zi, yorqin
fikri bilan yo‗l topadigan halol insonlar, ya‘ni bunga ma‘naviy huquqi bor kishi bo‗lishi lozim.
Demak, mafkura targ‗ibotchisi "Avesto"dagi "ezgu niyat, ezgu so‗z, ezgu amal" tamoyiliga
mos shaxs bo‗lmog‗i zarur. Mafkuraviy targ‗ibotda hissiyotlarga kuchli ta‘sir qilish, jozibalilik,
no-an‘anaviy usullarni qo‗llash, oshkoralik, milliy qadriyatlar doirasidan chiqmaslik, ommabop
va tushunarli ifodalash ko‗proq samara beradi. Bugungi g‗oyat murakkab, tahlikali dunyoda
yoshlar ma‘naviyatini yanada yuksaltirish, ularni milliy an‘ana va qad-riyatlarga yot bo‗lgan
buzg‗unchi g‗oyalar, zararli oqimlar ta‘siri-dan asrash vazifasi mafkuraviy targ‗ibot faollari bilan
bir-ga, bu sohada faoliyat yuritadigan turli tashkilot va muassasa-lar zimmasiga ulkan mas‘uliyat
yuklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |