4. Milliy g„oya va mafkurani targ„ib tashviq qilishda mutaxassislar roli va
ma‟suliyati. Kadrlarning salohiyatini oshirishda “O„zbekiston Respublikasi Ta‟lim
to„g„risidagi Qonuni” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da belgilangan vazifalarni
amaliyotga tadbiq etishning ahamiyati. Rahbar va mutaxasislarlar faoliyatida milliy
g‗oyaning asosiy maqsadini fuqarolarning, keng jamoatchilikning maqsad va yo‗nalishlari bilan
O‗zbekistonning taraqqiyot yo‗lining ma‘no va mazmunini hisobga olgan holda ularda ishonch
uyg‗otish, adolatli, demokratik fuqarolik jamiyati qurilishi maqsadlarini amalga oshirishni
uyushtirishda, ma‘naviy-ruhiy rag‗batlantirishda namoyon bo‗ladi. Rahbar va mutaxasislarlar
milliy g‗oya orqali fuqarolarni g‗oyaviy jihatdan tarbiyalaydi hamda g‗oya bilan g‗oyaning, fikr
bilan fikrning, jaholatdan ma‘rifatning farqini anglatishga, ma‘rifatga ishonch va e‘tiqodni
mustahkamlashga xizmat qiladi. Fuqarolarni milliy g‗oyaga "zid" bo‗lgan yot zararli g‗oyalardan
saqlab, ularda fikrga qarshi fikr, g‗oyaga qarshi g‗oya, jaholatga qarshi ma‘rifat bilan javob
berishga nisbatan doimo tayyor bo‗la olish "immunitetini" shakllantiradi. Rahbar va
mutaxasislarlar faoliyatida milliy g‗oyani mamlakatning oldida turgan ulug‗ bunyodkorlik
ishlaridan ko‗zlangan asosiy maqsad insonlarni erkin va farovon hayotga erishish, ozod va obod
Vatan qurish yo‗lida har bir kishining faol bo‗lishiga qaratadi. Rahbar va mutaxasislar fao-
liyatida milliy g‗oya hech qachon kishilarning ongi va dunyoqarashini "boshqarish"ni, ularni
yana allaqanday "qolipga", "yagona andozaga" solishga qaratilmasligi, u fikrlar, g‗oyalar xilma-
xilligiga asoslanishi, erkin fikrni uyg‗otish va fikr erkinligini kafolatlab berish, o‗zgalar fikrini
tinglash, eshitish va aytishga imkoniyat yaratishi muhim. Demak, milliy istiqlol g‗oyasi "yagona
g‗oya"ga intilishdan mutlaqo begona bo‗lganligi bilan ham boshqa nosog‗lom g‗oyalardan farq
qiladi. Shunda milliy g‗oya rahbar va mutaxasislarlar faoliyati orqali voqea-hodisalarni bilish,
tahlil etish, unga baho berish kabi ilmiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalarni bajaradi.
Rahbar va mutaxasislarlar faoliyati orqali milliy g‗oya:
—
jamoada mustaqil dunyoqarash va erkin fikrlashni shakllantiradi;
mehnat jamoalarida milliy totuvlik, hamjihatlikni mustahkamlaydi, nosog‗lom
mahalliychilik, urug‗-aymoqchilik illatlaridan holi etadi;
mustaqil hayotga endi qadam qo‗yayotgan yosh avlodning dunyoqarashiga yangicha
ma‘no va mazmun baxsh etish orqali unda faol hayotiy pozitsiyani, milliy g‗oyaga ishonch va
e‘tiqodni mustahkamlaydi;
—
jamiyatimizda
sog‗lom
ijtimoiy
muhitni
yaratish,
kishilar
ongiga
Vatan
takdiri
uchun
mas‘ullik,
yagona
Vatan
tuyg‗usini
mustah
kamlaydi;
—
istibdod davri oqibatlarini, qullik va mutelik kayfiyatlarining ongimizda,
tafakkurimizda saklanib qolayotgan asoratlarini taxlil etish, ularni bartaraf qilish yo‗llarini topish
zarurati bilan bog‗liq vazifalarni hal etadi. Demak, rahbar va mutaxasislarlar faoliyatida milliy
g‗oyaga asoslanib, yangicha fikrlaydigan, mutelik tuyg‗usidan holi bo‗lgan, o‗zligini anglagan,
avlod-ajdodlarning madaniy merosini yaxshi bilgan ma‘naviy barkamol avlodni tarbiyalash
muhim vazifa hisoblanadi.
Diqqat qilinsa, ta‘limning milliy modelida ilgari surilgan maqsadlarning mohiyati aynan
milliy g‗oya va mafkuradagi asosiy tamoyillar bilan uyg‗unligini anglab olish qiyin emas.
Qadrlar tayyorlash milliy modelida belgilangan maqsad va vazifalarning to‗la amalga
oshishi mamlakatimizdagi ijtimoiysiyosiy muhitning yanada yaxshilanishiga olib keladi,
jamiyatda yangi shaxs - komil insonlar vujudga keladi. Ular hayotga tamomila boshqacha
yondashadilar va boshqacha nigoh bilan qaraydilar.
Ikkinchidan, milliy model tadbiqi kishining jamiyatda o‗z o‗rnini topish jarayonini
tezlashtiradi. «Ta‘limning yangi modeli ishga tushgach, – deb ko‗rsatgan edi I.A.Karimov, -
insonning hayotdan o‗z o‗rnini topish jarayoni tezlashadi. Har qanday odam ham o‗smirlik
chog‗ida, endigina voyaga yetib kelayotgan davrda jamiyatdan munosib o‗rin topishi kerak»
81
.
Milliy modelning takomillashuvi jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsning shakllanishiga
olib keladi. Bunday shaxslarning ko‗payishi jamiyatda ongli hayot kechirish tizimini vujudga
keltiradi. Ya‘ni, odamlar olamon bo‗lib yashashdan bosh tortadilar, har bir kishi o‗z aqli, o‗z
mehnati, o‗z xulosasi bilan yashay boshlaydi. Eng muhimi, bunday kishilarga chetdan hech
qanday nopok kuch, buzuq g‗oyalar, quruq shiorlar, chaqiriqlar bilan ta‘sir etib bo‗lmaydi.
Bunday odamlarni o‗zi tanlagan yo‘llari, maqsadlaridan hech qanday kuch toydira olmaydi.
Yuksak g‗oyalar odamlarni olijanob maqsadlar sari yetaklaydi. g‗oyasi yetuk, e‘tiqodi butun,
qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini ko‗rsata oladi
82
.
Shunday ekan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan ta‘limning milliy
modeli masalasi, avvalo, jamiyatimiz hayotining o‗ziga xos mazmuniga aylangan, xalq
tayanadigan kuch bo‗lmish milliy g‗oyadagi asosiy tamoyillarni ham o‗zida aks ettirgan.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov yozganidek «Xalqni buyuk kelajak va ulug‗vor
maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati tili va dinidan qat‘iy nazar, har
bir fuqaroning yagona Vatan baxtsaodati uchun doimo mas‘uliyat sezib yashashiga chorlash,
ajdodlarimiz bebaho merosi, milliy qadriyat va an‘analarimizga munosib bo‗lishga erishish,
yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da‘vat qilish, shu
muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish – milliy mafkuraning bosh
maqsadidir»
83
.
81
Barkamоl avlоd оrzusi. –T., 1999, -B. 179.
82
G'оya va mafkura. –T. , 2002 yil, «Ijod dunyosi» nashriyoti. 25-bеt.
83
Bоbоеv Х. va bоshqalar. Milliy istiqlоl mafkurasi va taraqqiyot. -T.:Yangi asr avlоdi, 2001. –B. 3.
Bizning ezgu maqsadimiz esa ta‘lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish asosida g‗oya va
mafkuramizni e‘tiqod qilinadigan muqaddas tuyg‗uga aylantirishdir. Chunki, e‘tiqodga
aylanmagan g‗oyani g‗oya, milliy mafkurani mafkura deb bo‗lmaydi
84
.
Shuning uchun ham «Ta‘lim to‗g‗risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturida,
davlat, jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladigan, butun ta‘lim tizimini
tubdan isloh qilishga qaratilgan muhim hayotiy masalalar ilgari surilgan. Unga ko‗ra, o‗quv-
tarbiya jarayoni sifatini jahon standartlari darajasiga ko‗tarish, ta‘lim jarayoniga zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usullarini joriy etish;
-o‗quv yurtlari tuzilmalarini takomillashtirish..., yoshlarga milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni idrok etish mafkurasi asosida, Vatanga mehr-muhabbat, mustaqillik g‗oyalariga,
sadoqat ruhida ta‘lim-tarbiya berish;
-yoshlar bilan muntazam ravishda tinimsiz ishlash, iqtidorli bolalarni qidirib topish,
ularning eng yaxshi xorijiy o‗quv markazlarida professional ta‘lim olishi uchun sharoit yaratish;
-O‗zbekistonning iqtisodiy va ma‘naviy ehtiyojiga mos keladigan, yuksak malakali xorijiy
mutaxassislar bilan raqobat qila oladigan kadrlar salohiyatini yuzaga chiqarish va uni
rivojlantirish;
-ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yangi o‗quv adabiyotlari, zamonaviy
jihozlar va kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash va h. k.
Binobarin, ta‘lim sohasida belgilangan bu vazifalar, milliy g‗oya va mafkuraning asosiy
tamoyillari, uning maqsadi va mohiyati bilan ham uzviy bog‗liqdir.
Fikrimizni asoslash uchun milliy mafkuraning mazmuniga e‘tibor beraylik:
- iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, madaniy-ma‘naviy hayotning barcha sohalariga singib ketgan
sobiq Ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qolgan yaramas merosni uzil-kesil tugatishdan;
-
mustaqillikning
ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy,
siyosiy-huquqiy
zaminlarini
mustahkamlashdan;
- O‗zbekistonning o‗ziga xos va o‗ziga mos taraqqiyot yo‘lini asoslashdan;
- fan-texnika yutuqlarini rivojlantirib, jamiki zamonaviy yangiliklarni chuqur o‗rganib,
ularni hayotga, ishlab chiqarishga ijodiy, oqilona joriy etish va O‗zbekistonni jahon bozori
talablariga mos keladigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan mamlakatga aylantirish;
- yoshlarni imon-ye‘tiqodli, milliy g‗oyaga sadoqat, bir-birlariga mehr oqibatni, o‗z
Vataniga, millati, dini, tili, tarixi, madaniyati urf-odatlariga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi
kun talabidir.
Zero, fuqarolarni yangicha tafakkur asosida tarbiyalash orqali milliy g‗oya va mafkuraning
hayotbaxsh insonparvarlik tomoyillariga, umumbashariy qadriyatlarga mos keladigan xulq-
atvorni shakllantirish va kamolga yetkazish, ya‘ni jamiyatda mehr-muruvvat madaniyatini qaror
toptirish mumkin.
Yurtimizda har bir yilning muayyan ijtimoiy masalaga bag‗ishlanishida ham chuqur
ramziy ma‘no bor edi. Zotan, har bir narsaga, inson qalbidagi oliy tuyg‗u mehr bilan
yondashilmasa kutilgan natijaga erishib bo‗lmaydi. Shu bois milliy g‗oya va mafkuraga ham
ixlos bilan munosabatda bo‗lish, uning tarixiy, falsafiy, diniy, ahloqiy ildizlarini muntazam
o‗rganib borish, ajdodlarimiz merosini ta‘limning har bir bo‗g‗inida yoshlarimiz ongi tafakkuriga
singdirish muhimdir.
O‗z navbatida, yillarda belgilangan maxsus vazifalar bir martalik harakat ham, «tadbirlar
kompleksi» ham emas, balki dunyoqarash va fe‘l-atvordir, inson ichki ma‘naviyatining tarkibiy
qismi jamiyat madaniyatining alomatidir. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, milliy g‗oya va mafkura
shakllanishida ta‘lim tarbiya tizimidagi o‗rni nimadan iborat degan masalaga oydinlik kiritish
zarur, deb o‗ylaymiz.
Fikrimizcha, har bir yilda ustuvor vazifani belgilab olish milliy mustaqillik g‗oyasining
insonparvarlik tomoyillaridan ko‗zlangan asosiy maqsaddir. Shuning uchun ham tarbiya
jarayonida xuddi shu konkret maqsaddan kelib chiqqan vazifalarga jiddiy e‘tibor berish zarur.
84
A.Bеgmatоv. Ma‘naviyat falsafasi yoхud Islоm Karimоv asarlarida yangi falsafiy tizimning yaratilishi. -T.: 2000.
–B. 21.
Ta‘lim-tarbiya barcha davrlarda ham insoniyat oldida hal etilishi zarur bo‗lgan eng muhim
dolzarb vazifa bo‗lib turgan. Shuningdek, u odamlarning amal qilib kelayotgan tajribalari,
yutuqlari, urf-odatlari va an‘analari asosida tashkil qilingan. YA‘ni, ta‘lim-tarbiyaga doir
shakllangan urf-odatlarimiz, boqiy an‘analarimiz ko‗p. Bugungi kunda ham ulardan yoshlarni
tarbiyalashda keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Binobarin, Birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimov ta‘kidlab ko‗rsatganidek «Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday
tarbiya topishiga, qanday ma‘naviy fazilatlar egasi bo‗lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning
hayotga nechog‗li faol munosabatda bo‗lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga
bog‗liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak»
85
. Bilimlar va axborotlar hajmining ko‗payishi
odamlar dunyoqarashining kengayishi va ma‘naviyatining yuksalishiga turtki bo‗lishi shubhasiz.
Ayni paytda, tinimsiz va tizimsiz kelayotgan xabarlar ichidan haqqoniy, obyektiv va foydali
ma‘lumotlarni ajrata olish qobiliyatini shakllantirish juda muhim vazifa bo‗lib boradi.
Respublikamizda ta‘lim-tarbiya tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
xuddi mana shu maqsadga yo‘naltirilgan. Zero, ushbu masala g‗oyaviy nuqtai nazardan
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta‟lim to„g„risida»gi Qonun prinsiplariga to‗la
muvofiq keladi.
Ta‘lim-tarbiyaga oid milliy merosimizni o‗rganishning dolzarbligi nazariy jihatdan
asoslidir. Xususan, kadrlar tayyorlash milliy dasturida zikr etilgan uzluksiz ta‘limning milliy
modeli tamoyillari mohiyatan ta‘limning milliy-ma‘rifiy, milliy tarix, xalq an‘analari, milliy
merosimiz bilan uyg‗unlikda olib borilishini anglatadi. Shuning uchun «Ta‘lim to‗g‗risida»gi
Qonunning 4-bobida, ma‘naviy-axloqiy tarbiya va ma‘rifiy ishlarni takomillashtirish, uning
zamonaviy tarbiyaviy shakl va vositalarini ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etish, milliy tarixiy
an‘analar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanish muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd
etilgan. Umuman ta‘lim-tarbiyaning milliy modeliga ko‗ra, ta‘lim tizimini yangilash – tabiiy
ravishda milliy merosimizni o‗rganish va uni pedagogik tafakkur iste‘moliga olib kirish
zaruriyatini vujudga keltirmoqda.
Qadrlar tayyorlash milliy modelining birinchi komponenti shaxsdir. Chin ma‘nodagi shaxs
o‗zinio‗zi qayta tarbiyalash salohiyatiga ega bo‗ladi. O‗zi va millat uchun befoyda, zararli
odatlaridan voz kechadi. Millat manfaatlarini o‗z manfaati, o‗z manfaatini esa millat manfaatiga
erishish sharti deb tushunadi. O‗z vazifasini millatning kuniga yarash, og‗irini yengil qilishda
ko‗radi. Shu sababli u o‗z shaxsiy qobig‗idan chiqib ko‗tariladi va millat manfaati uchun, millat
farovonligi orqali o‗zini kamolotga erishtirish uchun boshqalardan ko‗proq, samaraliroq mehnat
qiladi. Umummilliy g‗oya, maqsadga ishonadi, uni himoya qiladi. Talabada bu fazilatlar
birdaniga paydo bo‗lib qolmaydi. U, avvalo, oilada Ota-ona, oiladan tashqarida qarindoshurug‗,
qo‗shnimahalladoshlar orasidagi tarbiyaviy muhitni rag‗batlantirib borish, so‗ngra oliy o‗quv
yurtida - mafkuraviy bilimlarni egallash orqali tarbiyalanadi. Shu sababli bu jarayonga ijtimoiy
pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarash lozim.
Bu bejiz emas, albatta. Chunki, milliy merosimizning g‗oyaviy negizi – shaxs tarbiyasi,
uning ma‘naviy ehtiyojlariga da‘vogar bo‗lgan omillarni o‗rganishdan iborat bo‗lib kelgan,
ushbu muammo hozirda ham jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatda eng muhim
masalalardan biri sifatida namoyon bo‗lmoqda.
Ta‘lim jarayoni dunyo bo‗yicha turli mamlakatlarning yaqinlashuvi, tom ma‘noda global,
insoniyat tsivilizatsiyasi taqdiri uchun hal etuvchi ahamiyatga ega bo‗lgan ko‗plab omillar bilan
belgilanadi. Bu omillar orasida yuzaga kelgan umumiy va milliy o‗ziga xosliklar alohida
ahamiyatga ega.
Ta‘limning noyob imkoniyatlari hozir nafaqat inson aqlini yangi tezkor imkoniyatlar bilan
qurollantirish, balki uning ongini qayta qurish bilan bog‗liq. Insoniyat tsivilizatsiyasi rivojining
yangi bosqichi insonning shakllanish jarayoni, shaxsiy fazilatlar, hayotiy maqsadlar va
qadriyatlar haqidagi tasavvurlarini o‗zgartiradi. O‗sib kelayotgan yosh avlod uchun ta‘lim tizimi
sifat jihatdan yangicha talablar qo‗yadi.
85
Mulоqоt jurnali, 1999 yil. № 4. 21-bеt.
Adabiyotlar.
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T.: Sharq, 1997.
2. Ta‘lim to‗g‗risida. O‗zbekiston Respublikasining Qonuni. – T.: O‗zbekiston, 1997.
3. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga k‘otaramiz. 1-jild, - Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2017. -592 b.
4. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild,
- Toshkent –―O‗zbekiston‖ NMIU, 2018.
5. Karimov I. Yuksak ma‘naviyat – yyengilmas kuch. –T.:Ma‘naviyat, 2008.
6. Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1. – T.: O‗zbekiston, 1996.
7. Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. - Toshkent: Ma‘naviyat, 2008.
8. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimovning O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining qo‗shma majlisidagi ma‘ruza. 12 noyabr. – Toshkent: O‗zbekiston, 2010.
9. Karimov I.A. O‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: O‗zbekiston, 2011.
10. Milliy istiqlol g‗oyasi (O‗zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim bakalavriat bosqichi uchun
darslik). Ershashev I tahriri ostida. –T.: Akademiya, 2005.
11. Ma‘naviyat:
asosiy
tushunchalar
izohli
lug‗ati.
Nazarov
Q.
tahriri
ostida. -T.: Ma‘naviyat, 2009.
Do'stlaringiz bilan baham: |