O
„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
FUQAROLIK JAMIYATI KAFEDRASI
«MILLIY G„OYA: ASOSIY TUSHUNCHA
VA TAMOYILLAR» FANI BO„YICHA
MA'RUZA UCHUN MATERIALLAR
Bilim sohalari: 100 000 – Gumanitar
400 000 – Qishloq va suv xo‗jaligi
600 000 – Xizmatlar sohasi
Ta‘lim sohasi 110 000 – Pedagogika
140 000 – Tabiiy fanlar
410 000 – Qishloq, o‗rmon va baliq xo‗jaligi
630 000 – Atrof-muhit muhofazasi
Bakalavr yo‗nalishlari: 5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingiliz tili)
5140600 – Geografiya
5140100 – Biologiya
5141000 – Tuproqshunoslik
5411000 – Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
5630100 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (fan va ta‘lim )
Тermiz – 2019
Mazkur o‗quv uslubiy majmuani tayyorlashda O‗zbekiston Respublikasi Oliy
va o‗rta maxsus ta‘lim vazirining 2017 yil 1 martdagi 107-sonli buyrug‗i asosida
qabul qilingan yangi o‗quv uslubiy majmualarni tayyorlash bo‗yicha uslubiy
ko‗rsatma talablari asosida yaratildi.Mazkur o‗quv-uslubiy majmua O‗zbekiston
Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta'lim vazirligining 2011-yil 17-sentabridagi
392-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan, BD -1.09 raqami bilan 2011-yil 8-noyabrda
ro‗yxatga olingan ―Milliy g‗oya: asosiy tushuncha va tamoyillar‖ fanidan
namunaviy dastur asosida tayyorlandi. Majmuada talabalarga ―Milliy g‗oya: asosiy
tushuncha va tamoyillar‖ fanining mazmun-mohiyatini to‗liq va mukammal
o‗rgatish nazarda tutilgan.
Tuzuvchilar:
Xoliyorov T.Ch. - ―Fuqarolik jamiyati‖ kafеdrasi katta o‘qituvchisi
Eshqurbonov S.B.- "Fuqarolik jamiyati" kafеdrasi o‗qituvchisi
Taqrizchi:
Tursunov N.N. - ―Fuqarolik jamiyati‖ kafеdrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi.
O‘quv-uslubiy majmua Termiz davlat universiteti ilmiy kengashining 2019-
yil _____________dagi ___- sonli qarori bilan tasdiqqa tavsiya qilingan.
MA'RUZA UCHUN MATERIALLAR
1-Мa‟ruza. Milliy g‟oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining predmeti, maqsad
va vazifalari
reja:
1 .“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar‖ fanining predmeti: g‘oya – insoniyat
taraqqiyotining harakatlantiruvchi omili, hayotiy maqsadlar ifodasi.
2. Mafkura tushunchasining mazmuni, mafkuraning funksiyalari va shakllari.
3. Milliy g‘oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari.
4. Jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta‘sirida g‘oyalarning differensiallashuvi.
Oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga
oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan
milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur. O‘tmishga berilgan
baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy
qarashlardan xoli bo‘lishi zarur!
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
murojaatnomasidan (2018 yil 28-dekabr)
“Milliy g‟oya asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti: g‟oya - insoniyat
taraqqiyotining harakatlantiruvchi omili, hayotiy maqsadlar ifodasi. Bunyodkor va vayronkor.
Mafkura tushunchasining mazmuni. Mafkuraning shakllari: anarxiya, monarxiya,
totalitarizm, liberalizm, demokratiya. Liberal va totalitar mafkuralarning ziddiyati.
Demokratiyaga asoslangan mafkuraning ustivorligi.
Milliy g‟oya tushunchasi, uning tuzilishi va namoyon bo‟lish xususiyatlari. “Ozod va
obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish” - milliy mafkuraning bosh g‟oyasi. Uni amalga
oshirishning asosiy g‟oyalari: yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, komil inson,
ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‟rikenglik. Bosh va asosiy g‟oyalar
o‟rtasidagi o‟zaro aloqadorlik.
Milliy taraqqiyot g‟oyalarining individual va ijtimoiy ko‟rinishlari. Mafkuraviy
jarayonlarni nazariy bilish va amaliy o‟zgartirish muammolari.
G‟oya, mafkura va milliy g‟oya tushunchalarining ijtimoiy-siyosiy mohiyati, ularning
umumiyligi va farqlari.
1. “Milliy g‟oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining predmeti: g‟oya –
insoniyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi omili, hayotiy maqsadlar ifodasi.
2017-yil 28-iyulda ―Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani
rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
PQ-3160-son
Qarori
1
qabul
qilindi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning 2019 yil uchun mo‗ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy
Majlisga murojaatnomasida 2019 yil – ―Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili‖da
ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun bir qancha vazifalarni belgilab berdi. Unda,
oldimizga qo‗ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai
bo‗ladigan milliy g‗oyani rivojlantirishimiz zarurligini alohida ta‘kidlab o‗tdi
2
. 2019-yil 8-
aprelda ―O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish
konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining F-5465-sonli farmoyishi qabul qilindi.
1
Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston! O‘z R mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlangan uslubiy qo‘llanma, T.,
―Paradigma‖, 2017, 55-bet
2
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. T., 2018-yil 28-dekabr
2019-yil 3-may kuni ―Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4307-son
qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq ―Uzluksiz ma‘naviy tarbiya konsepsiyasi‖ loyihasi
matbuotda e‘lon qilindi
3
. Unda 18 yoshli yigit-qizlar mustaqil hayotga ―O‘zbekiston
taraqqiyotining yangi bosqichida Milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi bilan‖(ijtimoiy
buyurtma) belgilangan fazilatlar: Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy
immunitet, mehr-oqibatlilik, mas‘uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash,
mehnatsevarlik kabi tayanch kompetensiyalar bilan kirib boradilar deb belgilangan. Respublika
Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori,
professor Muhammadjon Quronov fikricha, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Milliy
g‘oyamizning bosh g‘oyasi ―Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari‖ bo‘ladi. ―Biz kecha milliy
tiklanishga intilgan bo‘lsak, endi milliy yuksalish fazasiga kirdik. Yuksalish tiklanishdan ko‘ra
ko‘p kuch, energiyani talab qiladi. Chunki yuksalish intensiv harakat‖
4
.
Davlatimiz rahbari ―Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari‖ degan tamoyilga
asoslangan holda, milliy g‘oya va uning mafkuraviy negizlarini puxta ishlab chiqish, yosh
avlodni bolalikdan milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarbahamiyatga ega
ekanini 2019-yil 23-avgust kuni xalq ta‘limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va
jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma‘naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan
videoselektor yig‘ilishida ta‘kidlab o‘tdilar
5
. Maktablardagi ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni yangicha
asosda tashkil etish, ―Milliy g‘oya‖, ―Odobnoma‖, ―Dinlar tarixi‖, ―Vatan tuyg‘usi‖ kabi fanlarni
birlashtirgan holda, yagona ―Tarbiya‖ fanini joriy qilish zarurligi qayd etildi.
Bu haqda shuningdek Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi
mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga ba‘g‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida quyidagi
fikrlarni keltirib o‘tdilar:
Bugun O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yanga bosqichiga dadil qadam qo‘ymoqda.
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligini
ta‘minlash asosida O‘zbekistonning yangi, demokratik qiyofasi yaratilmoqda. Bu borada
Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan
ustuvor g‘oya biz uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Milliy yuksalish deganda, biz mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi
va turmush sifatini har tomonlama yuqori bosqichga ko‟tarishni tushunamiz.
Davlatimiz, el-yurtimizning salohiyati va kuch-qudratiga tayanib, tabiiy boyliklarimizdan
oqilona foydalanib, biz o‘z oldimizga qo‘ygan ana shunday maqsadlar sari izchil qadam
qo‘ymoqdamiz
6
.
Fanni o‟rganish zaruriyati. Insoniyat tarixiy taraqqiyotining sivilizatsiyalashgan davri
biron-bir jamiyatning ezgu g‘oyalar va mafkurasiz rivojlana olmasligini tasdiqlab kelmoqda.
O‘zbekiston o‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritgach o‘zbek xalqi o‘z oldiga ozod va obod
Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish kabi maqsadlarni qo‘ydi. Ana shu maqsadni amalga
oshirish, yurtimizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyatni barpo etish ehtiyoji tug‘ildi.
Buning uchun bizga yot va begona g‘oya tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama
barkamol, komil insonlarni voyaga etkazish, bu yo‘lda g‘oyaviy, mafkuraviy bo‘shliq bo‘lishiga
yo‘l qo‘ymaslik, mamlakatimizning yuksak taraqqiyotini ta‘minlash uchun milliy mafkurani
shakllantirishni taqozo etdi.
Mustaqillikning ilk yilidanoq mustabid «kommunistik g‘oya»dan voz kechildi.
O‘zbekiston xalqi o‘z milliy g‘oyasi negizlariga tayangan holda rivojlanish yo‘lini tanladi.
Buning o‘ziga xos sabablari mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha izohlash mumkin:
1. Mustaqillik tufayli mamlakatimiz xalqi o‘ziga xos yo‘lni tanlash huquqiga ega bo‘ldi.
Bu xalqimizning ma‘naviy merosi, qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatini berdi.
3
https://regulation.gov.uz (25.07.2019)
4
Yoshlar ovozi gazetasi. 15.11.2018
5
https://president.uz/oz/lists/view/28
6
https://uza.uz/oz/politics/president-shavkat-mirziyoyevning-nutqi-31.08.2019.
2. «Mustabid» totalitar tuzum «kommunistik g‘oya»si o‘zbek xalqini ma‘naviy merosi, urf-
odatlari, qadriyatlari, ma‘naviyatidan begonalashtirish siyosatini olib bordi. Endilikda ana shu
asoratlardan xalos bo‘lish ehtiyoji paydo bo‘ldi.
3. Har qanday davlat, jamiyat, xalq maqsadsiz yashay olmaydi. U rivojlanish uchun
ma‘naviy asoslarni belgilab olishi zarur. Bu maqsad xalqning milliy-ma‘naviy g‘oyalarida aks
etgan bo‘lib, milliy g‘oyani o‘rganish zaruriyatga aylandi.
4. Jamiyat taraqqiyotida turli xil g‘oyalar hukmronlik qilib kelgan bo‘lib, g‘oyaviy
maqsadlar tufayli har xil salbiy oqibatlarni yuzaga keltirgan. Ana shu g‘oya bilan g‘oyaning,
maqsad bilan maqsadning, fikr bilan fikrning farqini bilish uchun milliy g‘oyani o‘rganish lozim.
5. Shaxs, inson, ijtimoiy guruh, qatlam, xalq, millat, davlat maqsadi, orzu intilishi,
qarashlari bir-biridan farq qilganidek, uning qanday maqsad va g‘oya ekanligiga qarab baho
beriladi.
6. Ayrim g‘oyalar ma‘lum bir millat, xalqning maqsad, intilishlarini hisobga olmasdan o‘z
g‘oyalarini «singdirishga» urinadi, bunday yot yoki yovuz g‘oyalardan ogoh bo‘lish uchun milliy
g‘oyani o‘rganmoq kerak.
7. Bugungi kunda dunyoda mafkuraviy kurash, inson ongi va qalbi uchun kurash ketar
ekan, ayrim yot g‘oyalar yoshlarni o‘ziga rom qilib o‘z shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishga
harakat qilayotganliklari boisdan ham milliy g‘oyani o‘rganish zaruriyatga aylandi.
Milliy g‟oyaning mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Tarixiy xotirani uyg‘otish, o‘tmishdan saboq chiqarish, o‘zlikni anglash mezoni.
2. Xalq maqsadlarini ifoda etib, jamiyat a‘zolarini birlashtiruvchi g‘oyaviy vazifani
bajaradi.
3. Millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch e‘tiborining manbaidir.
4. O‘zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam vakillariga birday
taalluqlidir.
5. Millat aholisi ongi va qalbida «O‘zbekiston - yagona Vatan» degan tushunchani
shakllantirishga xizmat qiladi.
6. Turli millat, qatlam, uning vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan
ustun turadigan yuksak fenomen - ijtimoiy hodisa mazmuniga egadir.
7. Biron-bir dunyoqarashni mutloqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki guruh
qo‘lida siyosiy qurolga aylanmaslik.
8. Har qanday ilg‘or g‘oyani singdirish va har qanday yovuz g‘oyaga qarshi javob bera
olish.
9. Sub‘ektivizm, valyuntarizm kabi illatlardan xoli va jamiyatimizning xolis fikriga
tayanuvchi ob‘ektiv mafkura bo‘lish.
10. So‘z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish
7
.
11. Davr o‘zgarishlariga qarab, o‘zi ifodalaydigan g‘oya, manfaat, muddaolarni amalga
oshirishning yangi-yangi vositalaridan ijodiy foydalanish.
Milliy g‘oya ana shu qayd etilgan sifatlarga javob bergan taqdirdagina kutilayotgan
maqsadlarga erishish mumkin. Ammo, milliy g‘oya o‘z-o‘zidan inson ongiga, tafakkuriga singib,
ishonch va e‘tiqodiga aylanib qolmaydi. Bunga har bir inson o‘z hayoti davomida erishib boradi.
Milliy g‘oyaning mazmun-mohiyatini tushunchalari, shakllanish qonuniyatlari, namoyon
bo‘lish xususiyatlari, uni xalqimiz qalbiga singdirish yo‘llari va usullari ushbu fanning
mohiyatini belgilaydi. Uning tushuncha va kategoriyalari bir butun, yaxlit tizim shaklida
namoyon bo‘ladi. Milliy g‘oyaning fan sifatida e‘tirof etilishi uning o‘ziga xos predmeti,
ob‟ekti, maqsad va vazifalari mavjudligini anglatadi.
Birinchidan, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar qatori ―Milliy g‘oya» fanining ham
muayyan bilimlar tizimi, o‘ziga xos mavzulari, tushunchalari, qonun va kategoriyalari mavjud.
Ikkinchidan, uning boshqa fanlar qatori o‘z predmeti, ob‘ekti, maqsad va vazifalari bor.
7
Ergashev I. va boshq. Milliy istiqlol g‘oyasi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim bakalavriat bosqichi uchun
darslik. -T.: Akademiya, 2005. 8-11-betlar.
Milliy g‟oyaning predmeti – Milliy g‟oyaning shakllanishi, keng jamoatchilikning
ishonchi va e‟tiqodiga aylanishi, uning madaniy negizlarini ijtimoiy hayot, mehnat faoliyatida
namoyon bo‟lish shart-sharoitlari, omillari, qonuniyatlarining ilmiy-nazariy asoslarini
o‟rganadigan fanlar.
Milliy g‘oya – mustaqillikni qo‘lga kiritish, uni mustahkamlash, O‘zbekistonning dunyo
hamjamiyatida o‘ziga xos nufuzga ega bo‘lishi uchun imkon yaratadigan xalqni, millatni
jipslashtirib turadigan maqsadlar, manfaatlar majmuidir. Milliy g‘oya fanining predmetini faqat
«g‘oya va mafkura» tushunchalaridan iborat deb o‘ylamaslik kerak. Bu fanning predmetini
hozirgi zamondagi mafkuraviy jarayonlar, uning ma‘no-mazmunidagi o‘ziga xos xususiyatlari,
ta‘sir etish qonuniyatlari, ma‘lum bir makonda va davrda namoyon bo‘lish xususiyatlari, uni
ko‘p millatli davlatimiz fuqarolarining ongi va qalbiga singdirish yo‘llari hamda uslublarini
aniqlash ham tashkil etadi.
Bu jarayon, birinchidan, milliy g‘oyaning fan talablari asosida, bilim va tajriba tizimi
orqali kishilarning ongi va tafakkuri, dunyoqarashi, maqsad va intilishlari milliy-ma‘naviy
merosga munosabatning jamiyat hayotida namoyon bo‘lish xususiyatlari bilan bog‘liq.
Ikkinchidan, milliy istiqlol g‘oyasi faoliyatida hamda o‘zaro munosabatlarida ishonch va
e‘tiqodga aylanishi.
Milliy g‟oyaning ob‟ekti sifatida O‘zbekistonning o‘ziga xos tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy milliy-madaniy rivojlanish xususiyatlarini, qadriyatlarini e‘tirof etish mumkin.
Shuningdek,
xalqning
madaniyati,
milliy-madaniy
merosini,
odamlarning
ijtimoiy
munosabatlarini qator toptirish bilan bog‘liq maqsadlarini jamiyat hayotida namoyon bo‘lishini
tahlil etish ham muhimdir. Shuningdek, fanning ob‟ekti - O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘li
va ijtimoiy rivojlanishning milliy-ma‘naviy negizlari, umumbashariy tamoyillarini tashkil etadi.
Ilmiy adabiyotlarda g‘oya, mafkura, ideya va ideologiya tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya
va ideologiya ko‘proq G‘arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi
yunon tilidagi idea so‘zidan olingan, ideologiya uchun o‘zak bo‘lib hisoblanadi va tushuncha
yoxud fikr ma‘nosini anglatadi.
Milliy g’oyaning asosiy tushunchalari. Milliy g‘oya muayyan tushunchalarga
asoslanadi. Milliy goya, asosiy tushuncha va tamoyillar fanining kategoriyalar
8
(tushunchalar)ini
umumiy, substansional va funksional kategoriyalarga ajratish mumkin. Bunda:
1) umumiy kategoriyalarga - goya, mafkura, bunyodkor goyalar, vay-ronkor g'oyalar,
milliy goyalar, umuminsoniy goyalar, dunyoviy goyalar, diniy goyalar, falsafiy goyalar, ijtimoiy-
siyosiy goyalar;
2) substansional kategoriyalarga - milliy istiqlol mafkurasi, mafkura evolyusiyasi,
mafkura yakkahokimligi, mafkuraviy vaziyat, mafkuraviy poligon, mafkuraviy maqsad,
mafkuraviy siyosat, mafkuraviy xavfsizlik, mafkuraviy immunitet, mafkuraviy profilaktika,
mafkuraviy tarbiya, g'oyaviy mustaqillik, g'oyaviy ziddiyat, g'oyaviy bo'shliq, g'oyaviy zaiflik,
g'oyaviy savodsizlik, g'oyaviy qaramlik, g'oyaviy mutaassiblik, g'oyaviy parokandalik;
3) funksional kategoriyalarga - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish,
Vatan ravnaqi, Yurt tinchligi, Xalq farovonligi, Komil inson, Ijtimoiy hamkorlik, Millatlararo
totuvlik, Dinlararo bagrikenglik kabi tushunchalarni kiritish mumkin.
G‟oya tushunchasi: G‟oya – inson tafakkuri mahsuli bo‟lib, muayyan maqsadni
amalga oshirish uchun narsa va hodisalar to‟g‟risida ilgari surilgan izchil fikrlar shakli.
G‟oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga
kuchli ta‘sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari
etaklaydigan kuchli, teran fikr. Inson ongining mahsuli sifatida g‘oyalar tushuncha va fikrlar
yordamida ifoda etiladi.
G‟oya – bu yoki bu ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy hayotdagi voqea-hodisalarni yo
qo‘llab-quvvatlaydi, himoya qiladi yoki rad etib unga qarshi kurashishga da‘vat qiladi.
8
―Kategoriya‖ grekcha so'z bo'lib, ―guvoh‖, ―ta'rif‖, ―ifodalovchi‖, degan ma'noni bildiradi.
G‟oya - inson tafakkuri mahsuli, milliy g‟oya esa millat tafakkurining mahsulidir.
g‘oya - ob‘ektiv voqelik hodisalarining inson tafakkurida aks etishidir. g‘oyalar dunyoni
o‘rganishga va amaliy o‘zgaruviga xizmat qiladi.
Har qanday tushuncha, fikr va qarash ham milliy g‘oya bo‘la olmaydi. Chunki shaxsiy fikr
- o‘ziga xos bir qarashdir, ijtimoiy fikr esa - voqelikka nisbatan o‘zgarish yoki harakatni taqozo
etadigan faol munosabatni ifodalaydi. g‘oya ana shu munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat
tug‘ilganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi.
Muayyan bir g‘oya dastlab biron-bir shaxsning ongida paydo bo‘ladi. Ayni paytda u
yuksak ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgani, jamiyatning taraqqiyot yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks
ettirgani bois umuminsoniy haqiqatga aylanadi. Masalan, o‘rta asrlarda jaholat va inkvizitsiya
shaxsning orzu-intilishlari, erkinligi va tashabbuskorligi yo‘lida to‘siq bo‘lib turgan paytda
polyak olimi Nikolay Kopernik Yerning Quyosh atrofida aylanishiga doir geliotsentrizm
nazariyasini olg‘a surdi. Bu g‘oya ham, avvalo, bir jasoratli shaxs qalbidagi intilishlar ifodasi
sifatida paydo bo‘lgan, keyinchalik esa butun dunyoda e‘tirof etilib, ilmiy tafakkurning tarkibiy
qismiga aylangan.
G‟oya - mafkura - ijtimoiy ong formalaridan biri bo‟lib, u har qanday jamiyatning
ustqurmasida o‟z ifodasini topadi. G‘oya - mafkura falsafiy tushuncha bo‘lib, ma‘lum
maqsadga qaratilgan inson aql-zakovatini ifoda etuvchi g‘oyalar va qarashlar yig‘indisidir.
Ammo, har qanday fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. G‘oya inson ongida paydo bo‘lsada
inson va jamiyat ruhiyatiga singib boradi. U odamning ichki dunyosiga kirib borib, uni harakatga
keltiruvchi, etaklovchi kuchga aylanadi.
Inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham g‘oyalar muhim o‘rin tutadi. Shu ma‘noda,
insoniyat tarixi - g’oyalar tarixidir.
Xo‘sh, g‟oya nima, nega unga bu qadar katta e‘tibor va ahamiyat beriladi? Ma‘lumki, har
qanday millat va xalq, har qanday ijtimoiy tuzum va davlat muayyan bir tamoyillar va
qadriyatlar asosida hayot kechiradi hamda o‘z manfaatlari, maqsad-muddaolari, orzu-
intilishlarini ko‘zlab harakat qiladi. Binobarin, ular hayotdagi ma‘lum bir mafkuraga tayanadi.
Umuman, g‟oya - bu tadqiqot maqsadini, uning yo‘nalishi va mohiyatini ifodalaydigan
ilmiy bilish shaklidir. g‘oya o‘z tabiatiga ko‘ra biror fikrdir, u tadqiqotchi miyasida uning amaliy
va nazariy faoliyati asosida paydo bo‘lib, borliqning to‘g‘ri yoki xato in‘ikosidir.
Ilmiy bilishda g‘oya muhim rol o‘ynaydi. G‘oyalar tabiatiga ko‘ra: a) ilmiy g‘oyalar; b)
badiiy g‘oyalarga bo‘linadi. G‘oyalar xarakteriga ko‘ra: a) borliqning to‘g‘ri, real in‘ikosidan
iborat g‘oyalar, b) borliqning xato yoki fantastik in‘ikosidan iborat g‘oyalar. Shuningdek,
g‘oyalar: a) progressiv va b) reaktsion g‘oyalarga ham bo‘linadi. Progressiv g‘oyalar ilmiy
bilishni rivojlantirishga xizmat qilsa, reaktsion g‘oyalar unga to‘sqinlik qiladi.
Ma‘lumki, inson o‘zining aql-zakovati, iymon-e‘tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa
barcha tirik jonzotlardan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |