12. Erkaklarning (ayniqsa, yosh yigitlarning) ayollar kiyimida yurishi va ayollar
pardoz vositalaridan foydalangan holda o„ziga oro berishi (ko„zi, labi, qoshi va sochlarini
bo„yashi).
44
http://holva.uz/2011/06/15/tatuirovkaning-kelib-chiqishi
45
Karimov I.A. O‗z yo‗limizning shart-sharoiti va zaminlari.
Yoshlarimiz bu kabi manfur illatga chalinmasliklari uchun kasb-hunar o‗rganishga jiddiy
kirishmoqliklari shart. Zero, ―Bizning mintaqamizda azal-azaldan hunarmandchilik rivojlangan.
To‗qimachilik, milliy poyabzal tikish, kulolchilik, amaliy san‘at, ganchkorlik, temirchilik,
o‗ymakorlik bilan shug‗ullanadigan kichik-kichik ustaxona va do‗konlar ko‗p bo‗lgan‖. Albatta,
barcha bezaklar buyumlarga berilgan. Inson tanasiga emas.
13. Umuman, chetdan kirib kelayotgan yoki o„zimizda paydo bo„layotgan va keng
tus olayotgan axloqqa zid bo„lgan xatti-harakatlarning barchasi. Jumladan:
dabdabali to‗ylar qilish,
serhasham uylar qurish,
ayollarning to‗ydan avvalgi va keyingi turli-tuman serchiqim yangicha tadbirlari,
yangi tug‗ilgan go‗dakni tug‗ruqxonadan dabdaba bilan olib chiqish,
to‗y kuni sanoqsiz va qimmatbaho xorij mashinalarida kelin-kuyovning sayrga chiqishi va
hokazo.
Yuqoridagi ro‗yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin.
B) ZO„RAVONLIK.
1. Insonga yetkaziladigan har qanday jismoniy, ma‟naviy, ruhiy, moddiy tazyiqlar.
Jumladan, o‗ziga nisbatan tazyiq o‗tkazish ham zo‗ravonlik sanaladi. Bunday holatlar ham keng
avj olib bormoqda. Masalan, to„da-to„da bo„lib bir kishini (yoki bir necha kishini)
do„pposlash. Bunday holatlar ko‗proq yoshlar orasida kuzatiladi. Yaqinda qo‗shni davlatlardan
biridagi qishloqdagi maktab o‗quvchilari uch kishi bo‗lib 1ta 7-sinf o‗quvchisi do‗pposlab mayib
qilganini va jabrlanuvchi 1 haftadan so‗ng vafot etganini aytishdi. O‗sha mamlakat hukumati esa
shu kabi voqealar ko‗payotganligidan xavotir bildirmoqda.
2. Xeppining (avvaldan rejalashtirilmagan, nogahonda uyushtiriladigan «keskin»
tomoshalar, masalan, royal, pianino yoki avtomobillarni urib abjag„ini chiqarish yoxud o„t
qo„yish orqali vahshiyona, ommaviy «ko„ngil ochish»lar uyushtirish). Bu kabi voqealar
bizning yurtimizda deyarli kuzatilmaydi. Lekin ―ommaviy madaniyat‖ mahsuli bo‗lgan film va
o‗yinlarning yurtimiz sarhadlaridan yashirinib, sezdirmay kirib kelishi va ularning yosh avlod
tomonidan qabul qilinishini bizning mamlakatimizda ham xeppining bo‗lishiga sababchi bo‗lishi
ehtimoldan holi emas. Bu kabi holatlar bizda hozircha juda kam.
3. Yo„q joydan janjal qo„zg„ab, vahshiyona urushlar uyushtirish.
4. O„zidan zaif bo„lgan kishilarga kuch ishlatib, ularni biror bir nojo„ya xatti-
harakatga undash yoki majburlash (yoki biror foydali xatti-harakat qilishdan qaytarib
qolish) va boshqalar. Bu kabi barcha xunrezliklar, zo‗ravonliklarning asosiy sababchilaridan
biri qonli sahnalarga boy kompyuter o‗yinlari bo‗lib, bunday o‗yinlarga mukkasidan ketgan
yoshlar hayotda ham o‗sha o‗yinni sinab ko‗rishi natijasida yuzaga kelmoqda.
V) INDIVIDUALIZM VA EGOTSENTRIZM (o‗z fikr-o‗ylari, manfaatlari doirasida
qotib qolgan insonning atrof-muhit va odamlarga oid o‗z bilimlari va o‗zgalarga munosabatini
o‗zgartira olmasligini bildiradi).
INDIVIDUALIZM (lot. ―individuum‖, ―individuus‖ – bo‗linmas, ajralmas) shaxsiy
manfaatlarni jamiyat manfaatlaridan yuqori qo‗yuvchi, yoki ayrim shaxsni jamiyatga qarama-
qarshi qo‗yuvchi nuqtai nazar. O‗zi yoki muayyan shaxsni jamoadan yuqori qo‗yuvchi.
EGOTSENTRIZM (lot. ―yego‖ – men, ―centrus‖ – markaz) manmanlik va xudbinlikning
uchiga chiqqan shakli: shaxsning faqat o‗z qiziqish doirasigagina bog‗lanib qolishi,
boshqalarning fikri bilan hisoblashmay, o‗z fikrlari va shaxsiyatini yuqori qo‗yish.
1. Jamiyat manfaatlarini mensimaslik. O„z manfaatlari yo„lida hech narsadan
qaytmaslik va boshqalar manfaatidan uni ustun qo„yish. Masalan, nikoh kuni mashinalar
karvonini uyushtirish odatini ana shunday illatlardan biri sifatida keltirish mumkin. Chunki
birgina kuyov va kelin o‗z manfaati, kayfu safosi deb butun shahar yo‗llarida harakatlanayotgan
yo‗lovchi avtoulovlarga xalaqit beradi. To‗ylardagi mashinalar karvoni kundan kunga kengayib
bormoqda. Bu esa o‗ziga yarasha noqulaylik va ayrim holatlarda fojealarni keltirib chiqarmoqda.
Jamiyat manfaatlarini mensimaslik illatiga yana ko‗plab misollar keltirish mumkin.
2. Nigilizm. ―Nigilizm‖ lotincha ―Nihil‖, ya‘ni ―hech nima‖, ―hech narsa‖ so‗zidan
olingan. Nigilizm – jamiyatning axloqiy, ma‘naviy norma va ustunlari, tarixiy hamda madaniy
qadriyatlarining inkor etilishi; umume‘tirof etilgan, obyektiv qadriyatlarga nisbatan mutlaqo
salbiy hamda o‗ta tanqidiy munosabatda bo‗lish; muayyan hodisaga nisbatan bir yoqlama,
kelishuvni rad etgan tarzda munosabat bildirish; buzg‗unchilik g‗oyalarini o‗zida ifodalash.
3. Skeptitsizm. Dunyo haqida ishonchli bilimlarga erishish mumkinligini shubha ostiga
oluvchi ta‘limotlardan biri. Skeptitsizm – bilimdan ko‗ra hissiy idrokni ustun qo‗yish va shu
asosda ish tutish. YA‘ni ular bilim va tajribalar asosida emas, balki o‗zlarining his-tuyg‗ulari
asosidagina ish ko‗rishni xohlovchilardir.
4. Sinizm. Beadablik, uyatsizlik, hayosizlik; surbetlik, orsizlik; qahri qattiqlik, bag‗ri
toshlik, shafqatsizlik, rahmsizlik berahmlik, zolimlik; takabburlik, manmanlik, dimog‗dorlik,
kibr-havo; beparvolik, e‘tiborsizlik, loqaydlik. Beadablik – asosiy maqsad emas, omadga
erishish vositasi, xolos. Zarurat tug‗ilganda o‗z prinsiplaridan chekinmaslik oqibatida inson bir
umr aziyat chekib, o‗z behayoligi evaziga qo‗lga kiritilgan erkidan shikoyat qilib o‗tishi
mumkin. Bunday beadabliklardan biri – yigit kishining o‗ziga bino qo‗yib, to‗ydan avval biror
qizning nomusini toptashi yoki qiz bolaning o‗z nomusini toptalishiga yo‗l ochib berishi.
5. Vandalizm – madaniy yodgorliklarni, qadriyatlarni vaxshiylarcha vayron, oyoq osti
qilish, yo‗qotish; madaniyatsizlik, jaholat, nodonlik.
6.
Boshqalarga biror xil ma‟lumot berish jarayonida ularning fikri bilan
hisoblashmaslik, ularni mensimaslik
.
―Zamonaviy informatsion xurujlarning mualliflarida
aynan shu kabi egotsentrizm kuzatiladi va ular o‗zlariga o‗xshash faqat o‗z manfaatinigina
ko‗zlaydigan avlod ongini qamrab olishga harakat qiladi‖
46
.
7. Har qanday vaziyatda o„zini hammadan ustun qo„yish, haddan ortiq
manmanlikka berilish. Bu illatni biz xalq orasidagi kazo-kazolarning serchiqim to‗y qilish va
serhasham uy qurishi jarayonida kuzatishimiz mumkin. To‗y qilishganda manmanliklari natijasi
o‗laroq, oddiy odamlar qilishi qiyin bo‗lgan yangi-yangi odatlar qilishadi, noo‗rin
―hotamitoylik‖lar qilishadi. Uy qurganda esa qo‗ni-qo‗shnilarning uyidan bir necha barobar
baland va xashamatli qilishadi. Bunday odatlarining bari milliy qadriyatlarmizga zid bo‗lib,
odamlar orasida turli kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi ham kuzatilmoqda.
8. Shuningdek, egotsentrizmning boshqa turlarini keltirish mumkin.
―Yosh avlodimizni turli ma‘naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat
xalqimizni ulug‗laydigan buyuk xususiyatlar ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta‘sir
ko‗rsatgan, eski zamonlardan qolib kelayotgan noma‘qul odatlar xaqida ham ochiq so‗z
yuritishimiz zarur.
Birinchi navbatda xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug‗chilik va mahalliychilik,
korrupsiya va manfaatparastlik, boshqalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatimizni butunlay
xalos etish to‗g‗risida o‗ylashimiz lozim‖
47
.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, yuqorida keltirib o‗tilgan illatlar bevosita ―ommaviy
madaniyat‖chilarning daromadlariga xizmat qilayotgan mahsulotlarning iste‘moli natijasidir.
YA‘ni biz keltirgan barcha tushunchalarning o‗zi bevosita ―ommaviy madaniyat‖ deyilmasa-da,
ammo ular ―ommaviy madaniyat‖ning mahsulotlari sanaladi.
Yoshlar dunyoqarashini buzishga qaratilgan taxdidlar mafku-raviy xurujning eng salbiy
oqibatlarga olib keladigan shakl-laridan biridir. Ma‘lumki, xalqimizning nisbatan ko‗pchiligi-ni
yoshlar tashkil qiladi. Shu sababli ular bizning oltin fondi-miz hisoblanadi. Afsuski, ba‘zida
yoshlarimiz dunyoqarashini buzishga qaratilgan xatti-harakatlar ko‗zga tashlanmoqda. YA‘ni
Vatanini yomon ko‗rsatish, o‗tmishga nisbatan bepisandlik ruhini qaror toptirish, davlat va
jamiyatga nisbatan ishonchsizlik uy-g‗otish kabilar. Yoshlarda bunday tahdidlarga qarshi
zamonaviy tafakkur va siyosiy faollikni shakllantirish lozim. Bunda yoshlarda siyosiy ong,
siyosiy qarash va siyosiy madaniyatni shakl-lantirish muhim o‗rin tutadi. Buning uchun oila,
46
http://fikr.uz/posts/your-articles/2896.html/
Sevara Musayeva. Axborot tahdidlarini baholash va xavfsizlikni
ta‘minlash imkoniyatlari.
47
Islom Karimov. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. T.: ―Ma‘naviyat‖, 2008 yil. 120-bet.
ta‘lim tizimi, mahalla va tashkilotlar orasida shunday mexanizm shakllanishi kerakki, har bir
yosh siyosiy voqelikni va ijtimoiy hayot jara-yonlarini to‗laroq idrok etsin. Bu jarayonda
yoshlarni milliy va umuminsoniy madaniyat uyg‗unligi asosida tarbiyalash nihoyatda muhim
ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ularni erkin va musta-qil fikrlashga, mushohada yuritishga,
oila va qavm-qarindosh-larni hurmat qilishga, dunyoda bo‗layotgan har bir voqelikka o‗z
munosabatini bildirishga o‗rgatishimiz kerak. Bunda, avvalo, xalq ruhiyatini ko‗taradigan, uning
ichki, botiniy qudratini namoyon etadigan tadbirlarni ko‗proq tashkil etish, shu ruhdagi adabiy-
badiiy asarlar, ilmiy-publitsistik tadqiqotlarni ko‗paytirish-ni rag‗batlantirish, ularni omma
ongiga singdirishga erishishga e‘tibor qaratish lozim. Mustaqillik davrida erishilgan mil-liy-
ma‘naviy yutuqlarimizning ahamiyati, salohiyati va jozi-basini ko‗rsatish, istiqlol, xalq erki,
milliy davlatchiligi-miz eng sharafli, eng muqaddas qadriyat ekanini yoshlar ongiga muntazam
singdirib borish bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarni qadimiy Buxoro, Xiva,
Samarqand, Qo‗qon, Shahrisabz kabi shaharlarga sayohatlar uyushtirish, ulug‗ insonlar hokini
ziyorat qilish, muzeylarga olib borib, o‗lmas tarixiy obidala-rimiz, ajdodlar madaniyati bilan
tanishtirish ham katta ahami-yatga ega.
4.“Mafkuraviy poligon” tushunchasi, uning namoyon bo„lish xususiyatlari.
Mafkuraviy poligon deganda, odamlar va xalqlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli
g‗oyalarning sinov maydonini ang-lamog‗imiz darkor. Odatda, «poligon» deganda qurol-aslaha
va texni-kani sinash, qo‗shinlarni harbiy tayyorgarlikdan o‗tkazish yoki harbiy sohada
tadqiqotlar olib borish uchun mo‗ljallangan maxsus maydon tushuniladi. Agar biz moziyga bir
nazar tashlasak, o‗zga hududlarni zabt etish maqsadida qo‗llanadigan jang, urush qurollarining
uzluk-siz takomillashib borganligini ko‗ramiz. Dastlab oddiygina tosh yoki tayoqdan iborat
bo‗lgan qurol nayzalardan tortib avtomat-u, pulemyot-largacha, palaxmon, manjanaq,
zambaraklardan yer yuzining har qan-day nuqtasiga bexato yetib boradigan qit‘alararo ballistik
raketa-largacha bo‗lgan uzoq takomil yo‗lini bosib o‗tdi. Bu qurollar bosib olinishi lozim
bo‗lgan hududlar aholisini jismonan yo‗q qilishga qaratilgan edi. Milodiy uchinchi mingyillik,
yanada aniqrog‗i, XXI asr ibtidosida esa o‗zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholi-sini
jisman mahv etish unchalik shart emas. Chunki turli g‗oyaviy, fikriy ta‘sirlar oqibatida ongi va
shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari «ma‘qul» yo‗nalishga o‗zgartirilgan mahalliy aholi
yorda-mida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin. Bu esa shu joy
aholisining ongi va qalbi yot, begona vayronkor, buz-g‗unchi g‗oyalar sinab ko‗riladigan
maydonga aylanganini bildiradi.
Ya‘ni, mafkuraviy poligon deb, odamlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan g‗oya
yoki mafkurani ham mablag‗, ham zamonaviy-texnikaviy vositalar bilan kuchaytirib, moddiy va
ma‘naviy qurollarni ishga solib, dunyodagi axborot va fikr oqimini о‗z manfaati yо‗lida
boshqarib turgan, muayyan niyatiga yetish uchun ishlatadigan va bu borada xilma-xil tarzda
namoyon bо‗ladigan harakatlarni amalga oshiradigan g‗oyaviy markazga aytiladi.
Bugungi kunda nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning
bosh maqsadidir. Shuning uchun ham Yer yuzi-ning turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi
turli goyalarni sinash maydoniga, mafkuraviy poligonga aylantirilmokda.
Ana shunday sharoitda xalqning barcha qatlamlariga berilayotgan bilimlar obyektiv,
voqelikni to‗liq va to‗g‗ri aks ettirishi, jamiyat tarakdiyotiga, Vatan va xalq manfaatlariga,
qadriyatlarni saqlashga xizmat qilishi lozim.
Bu boradagi bilimlar qanchalik obyektiv va chuqur bo‗lsa, uning zamirida yuzaga kelgan
qadriyatlar ham shunchalik ustuvor bo‗ladi. Ular-ni egallagan odam mafkuraviy tajovuzlarga
munosib zarba bera ola-di. Bunga erishish jarayoni nihoyatda serqirra bo‗lib, u o‗z mohiyatiga
ko‗ra, yot g‗oyalar kirib kelishining oldini olish va ularni yo‗qotishga qaratilgan chora-tadbirlar,
g‗oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ij-timoiy, ma‘naviy ishlar majmuini o‗z ichiga oladi.
Hozirgi davr dunyoda g‗oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura
poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‗lib borayotgan davrdir.
Dunyoning hududiy jihatdan turli mintaqa va qit‘alarga bo‗lini-shini jo‗g‗rofiya
darslaridan yaxshi bilamiz. Jahonning siyosiy xarita-siga qarab va mavjud davlatlarning
chegaralarini hisobga olgan holda ham Yer yuzining hududiy bo‗linishini bemalol tasavvur qila
olamiz.
Insoniyat XX ayer oxiriga kelib, qator chegara bilmaydigan muam-molarga duch keldi.
Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma‘naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi
muammolar ana shular jum-lasidandir. Shu bilan birga dunyoda globallashuv, axborot oqimining
tezlashuvi va intensivlashuvi, universal texnologiyalar bilan bog‗-liq umumbashariy jarayonlar
ham bormokda. Butun Yer yuzi odamzod uchun yagona makon ekanligi aniq. Bunga shak-
shubha yo‗q, albatta. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o‗zgartirish, muayyan hududlarni bosib
olish uchun son-sanoqsiz urushlar bo‗lgani ma‘lum. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam
takomillashib borganini bilamiz. Mazkur urushlar to XX asrgacha ko‗proq bir davlat ichida, ikki
davlat o‗rta-sida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bo‗lishi mumkin edi.
Shu bilan birga hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o‗z ta‘sir doirasini
kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va hara-katlar ham yo‗q emas. Tajovuzkor
millatchilik va shovinizm, neofashizm va kommunizm, irqchilik va diniy ekstremizm
mafkuralari shular jumlasidandir.
Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobo-ra kuchayib bormoqda.
Bu hol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy man-zarasini belgilab bermoqda.
Kishilik jamiyati tarixi insonda olijanob fazilatlarning shakl-lanishi va rivojlanishiga ham,
ayni paytda, g‗ayriinsoniylikning xilma-xil ko‗rinishlari ildiz otib, o‗zining mudhish qiyofasini
na-moyon qilishiga ham ko‗p bor guvoh bo‗lgan. Afsuski, insoniyatning butun tarixi davomida
bunday illatlar unga hamrohlik qilib keldi, turli davrlarda yangi shakl-shamoyil, xususiyat kasb
etdi. Bugungi kunda ularning eng yovuzlari Yer yuzidagi tinchlik va totuvlik, ham-korlik hamda
hamjihatlikka va oxir-oqibatda insoniyatning yagona birlik sifatida erkin taraqqiy qilishiga katta
xavf tug‗dirmoqda.
Bugun dunyoning mafkuraviy manzarasini o‗z maqsadlari yo‗lida o‗zgartirmoqchi
bo‗layotgan mafkura shakllari barqarorlik va taraqqi-yotga tahdid solmoqda. Ularning asosiy
shakl va yo‗nalishlari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «O‗zbekiston XXI asr
bo‗sag‗asida: xavf-sizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida
ko‗rsatib berilgan.
Mafkuraviy ta‘sir kо‗rsatish geosiyosatning eng ta‘sirchan vositasiga aylanmoqda.
Shuning uchun Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mafkura poligoni yadro poligonidan
kо‗ra kuchriloq deb alohida ta‘kidlaganlar. Chunki, mafkuraviy ta‘sirni kо‗z bilan kо‗rish, qо‗l
bilan ushlash juda mushkul. U insoniyat orasida juda tezlik bilan bilan, ammo sezilmagan tarzda
kirib keladi va о‗zining zararli oqibatlarini kо‗rsatadi.
Qaysi davlatning kuchi qanchaligi, armiyasining soni va yadro poligoni qayerda
joylashgani, uning quvvatini, qanday maqsadga yо‗nalganligini muayyan darajada aniq bilish
mumkin. Ammo, yovuz mafkuraviy maqsadlarning qaysi yо‗llar bilan insonlar qalbini egallab
olayotganligini osonlikcha bilib bо‗lmaydi.
Bugungi dunyoda turli hudud xalqlarini ma‘naviy-mafkuraviy jihatdan tobe etishga
intilish va shunday asosda bо‗lib olishga urinishlar davom etmoqda. Buning uchun ular
ommaviy axborot vositalari, turli xil markazlardan foydalanmoqdalar. Masalan, turli jangari
filmlar, bolalar uchun kompyuter programmalari, teleо‗yinlardan foydalanish hollari mavjud.
Ana shunday sharoitda milliy istiqlol g‗oyasini chuqur egallash, mustahkam e‘tiqod va
irodaga ega bо‗lish orqaligina bunday maqsadlarning asl mohiyatini tо‗g‗ri tushunish mumkin.
Masalan, keyingi paytda turli soxta diniy aqidaparastlar juda kо‗payib ketdi. Vahobiylik,
Hizbut-tahrir kabilar fikrimiz isbotidir. Ular birinchidan, dindan foydalanib dinga aloqasi
bо‗lmagan siyosiy va boshqa tajovuzlar va maqsadlarni amalga oshirishga intiladilar.
Ikkinchidan, dinni niqob qilib olib, turli siyosiy mojarolar, ziddiyatlarni keltirib chiqarishga
harakat qiladilar. Uchinchidan, inson, millatlarning о‗z taqdirini о‗zi belgilash huquqini emas,
balki dinning yashashga bо‗lgan huquqini e‘tirof etadilar. Tо„rtinchidan, dinni dunyoqarash
tafakkurining yagona vositasi deb hisoblab, о‗z maqsad va muddaolarini amalga oshirishga
intiladilar.
О‗z-о‗zidan ravshanki, bu hodisalar О‗zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, uning
xavfsizligini ta‘minlash zarurligi nuqtai nazaridan qaraganda butunlay zararli g‗oyalardir.
Iymon-e‘tiqodi mustahkam, keng bilimga ega bо‗lgan, dinning asl mohiyatini chuqur anglab
yetgan shaxslargina ularning nechog‗lik zararli ekanligini anglab, uning oldini olishga harakat
qiladilar.
5. Mafkuraviy profilaktikaning ijtimoiy siyosiy zaruriyati. Mafkuraviy immunitetni
shakllantirish omillari. Insoniyat tarixidan ma‘lumki, jamiyatdagi har bir ijtimo-iy kuch yoki
aholi qatlamlari o‗z maqsad va intilishlarini ifoda etuvchi g‗oyalar tizimini yaratgach,
boshqalarni ham shu g‗oyalar ta‘-siriga tortishga, o‗z tarafdorlari safini kengaytirishga hara-kat
qiladi. Bunda ushbu yo‗nalishdagi ma‘naviy-ma‘rifiy faoli-yat va ta‘lim-tarbiya jarayoni muhim
ahamiyat kasb etadi.
G‗oyalar adolatli va haqqoniy bo‗lib, ko‗pchilikning talab-ehti-yojlariga mos kelsa, bu
sohadagi tarbiya vositalari ta‘sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoyi bo‗lsa, g‗oyaviy tarbiyadan
ko‗zlan-gan maqsadga erishiladi. Jamiyat, xalq hali o‗z manfaatlarini anglab yetmagan, o‗z
mafkurasini shakllantirib, maqsadlari sari safarbar bo‗lmagan hollarda begona va zararli g‗oyalar
ta‘siriga tushish ehtimoli ortib boradi. Bu esa g‗oyaviy tarbiyani yo‗lga qo‗yish, sog‗lom
mafkura tamoyillarini aholi qalbi va ongiga muttasil singdirishni dolzarb vazifaga aylantiradi.
Shu ma‘noda, g‗oyaviy profilaktikaning asosiy vazifalari-dan biri komil insonni
shakllantirish va uni amalga oshirishga bo‗lgan intilishlar insoniyat sivilizatsiyasining ma‘no-
mazmu-nini tashkil qiladi. Tarixga nazar tashlasak, har qanday jami-yatda komillikning eng
asosiy ko‗rsatkichi insonning ezgulikka, ijtimoiy baxt-saodatga, gumanistik g‗oyalarga
munosabatida hamda ularga asoslangan amaliy faoliyatida namoyon bo‗ladi. YA‘ni ja-miyatning
umumiy rivojiga, insoniyat sivilizatsiyasiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatuvchi komillik mezoni insonni,
shaxsni barkamol qilish orqali jamiyatni baxtli, saodatli qilishdan iborat bo‗lib kelgan.
"Mafkuraviy prafilaktika" tushunchasi inson, ijti-moiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini
shakllantirishga, ularni muayyan g‗oya va maqsadlarni ifoda etadigan mafkuraviy bilimlar bilan
qurollantirishga yo‗naltirilgan jarayonni ang-latadi. Uzbekiston sharoitida bunday faoliyatning
asosiy vazi-fasi — xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish
yo‗lidagi asriy orzu-istaklari, maqsadlarini, mil-liy istiqlol g‗oyasining mohiyatini keng
jamoatchilikka tushun-tirish, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishdan iborat.
Bugungi kunda mafkuraviy profilaktika jamiyatda, avvalam-bor, oila, maktabgacha
yoshdagi bolalar muassasalari, maktablar, litsey, kollejlar, oliy o‗quv yurtlari, ommaviy axborot
vositalari, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyatini taqozo qiladi. Uzluksiz ta‘lim tizimi
mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bo‗gindir. Zero, mafkuraviy maqsadlarni kishilar,
ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish vazifasi, asosan, ta‘lim tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ma‘lumki, "profilaktika" atamasi tabiiy fanlarda, ay-niqsa, tibbiyotda ko‗proq
qo‗llanishiga o‗rganib qolganmiz. U maz-kur sohada kasallikning oldini olish va davolash
jarayonining tarkibiy qismi sifatida tushuniladi. G‗oyalar falsafasi nuq-tai nazaridan "mafkuraviy
profilaktika" ijtimoiy institut-lar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi goyaviy-
tarbiyaviy, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar majmui bo‗lib, butun g‗oyaviy tarbiya tizimini qamrab
oladigan faoliyatni ifodalash uchun qo‗llanadigan tushunchadir. Mafkuraviy profilaktika
g‗oyaviy bo‗shliqni tugatish, mafkuraviy parokandalikning oldi-ni olish yoki biror-bir hudud,
qatlam, guruhni yot va zararli g‗oyalar ta‘siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Bunda g‗oyaviy ta‘sirning xilma-xil usul va yo‗llaridan foyda-lanib, turli vositalar qo‗llanadi.
Mafkuraviy profilaktika tezkor va qisqa sur‘atlarda yoki asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga
oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora-tadbirlar qo‗llash lozim bo‗lsa, ikkinchi
holda doimiy va sobit-qadamlik bilan ish olib borish ko‗proq natija beradi. Jamiyat-ning xilma-
xil sohalari va aholining turli qatlamlari orasi-da mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda
ham maf-kuraviy profilaktikaning o‗rni katta. Zero, u mohiyatan, yot g‗oyalar kirib kelishining
oldini olish va ular ta‘sirini yo‗qo-tishga qaratilgan chora-tadbirlarga tayanadi.
Ta‘lim-tarbiya va targ‗ibot-tashviqot tizimi mafkuraviy pro-filaktikani amalga oshirishga
yordam beradi. Bunyodkor goyalarni xalq qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy
tu-zilmalar, oila, maktab, mahalla, davlat va jamoat tashkilotla-ri ham unda o‗z o‗rniga ega.
Shuningdek, Vatan, xalq manfaatlari-ni, do‗stlik va birodarlikni, o‗zaro hurmat va
bag‗rikenglikni targ‗ib-tashviq etuvchi ertaklaru dostonlar, qo‗shiqlaru raqslar, turli ko‗rinish va
mazmundagi ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlar maf-kuraviy profilaktikani amalga oshirish shakllaridir.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan
javoblarida yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalasini ko`tardi va «Mafkuraviy
immunitet» tushunchasining ijtimoiy-siyosiy mohiyati haqida shunday dedi: ―Ma`lumki, har
qanday kasallikni oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil
qilinadi. Biz ham Vatanga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog`lom munosabatni qaror
toptirishimiz, ta`bir joiz bo`lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Ana
shunda johil aqidaparastlikning «da`vati» ham, ahloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona
g`oyalar ham o`z ta`sirini o`tkaza olmaydi‖
48
.
Mafkuraviy tarbiya natijasida mafkuraviy immunitet shakl-lanadi. Mafkuraviy immunitet
(lot. — biror nar-sadan ozod etish) shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli
g‗oyaviy ta‘sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi' tizimdir. "Immunitet" so‗zi tibbiy tushuncha
bo‗lib, u organizm-ning doimiy ichki muayyanligini saqlashga, turli tashqi ta‘sir-lardan,
infeksiyalardan himoya qilishga qodir bo‗lgan reaksiya-lar majmuini ifodalaydi. Soddaroq qilib
aytganda, immunitet — organizmning o‗z-o‗zini turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyati.
Mafkuraviy immunitetning o‗ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagilarni aytish mumkin.
Birinchidan, insonning umumiy immunitet tizimi tug‗ma va biologik xususiyat bo‗lsa,
mafkuraviy immunitet ijtimoiy jarayonlarning mahsuli bo‗lib, muayyan ma‘naviy-ma‘rifiy
tadbirlar asosida shakllantirib boriladi. Ikkinchidan, u har bir davrning xususiyatlariga, mu-ayyan
avlod yashayotgan zamon va jamiyatning taraqqiyot qonunlari-ga bog‗liq bo‗ladi. Uchinchidan,
jamiyatda mustahkam g‗oyaviy immu-nitet tizimi shakllangandagina, shu jamiyatning
mafkuraviy daxlsizligi va barqarorligi ta‘minlanadi.
Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi ele-menti bilimdir. Ammo bilimning
ham turlari ko‗p. Masalan, buyuk davlatchilik shovinizmi yoki agressiv millatchilik mafku-rasi
tarafdorlari ham muayyan «bilim»larga tayanadi. Shunday ekan, mafkuraviy immunitet
tizimidagi bilimlar obyektiv bo‗lishi, voqelikni to‗g‗ri va to‗liq aks ettirishi, inson ma‘na-
viyatining boyishi, xalq va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Ular o‗z mohiyat-
e‘tiboriga ko‗ra, Vatan va millat man-faatlari bilan uzviy bog‗liq bo‗lmog‗i kerak.
Mafkuraviy immunitet tizimining ikkinchi asosiy elementi ana shunday ilg‗or bilimlar
zamirida shakllanadigan baholar, qad-riyatlar tizimidir. Zero, bilimlar qanchalik obyektiv va
chuqur bo‗lsa, uning zamirida yuzaga kelgan baholar, qadriyatlar ham shun-chalik mustahkam
bo‗ladi. Bir so‗z bilan aytganda, qadriyatlar ti-zimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini
belgilab bera-di va zararli g‗oyalar yo‗lida mustahkam qalqon bo‗lib xizmat qiladi. Ammo
bilimlar va qadriyatlar tizimining o‗zi mafkuraviy immu-nitetning mohiyatini to‗liq ifoda eta
olmaydi. Zero, bu ikki element mafkuraviy immunitetning uchinchi muhim elementi, ya‘ni
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma‘rifiy sohalardagi maqsadlar tizimi bilan bog‗liq
Bunday aniq maqsadlar tizimi bo‗lmas ekan, inson, millat yoki jamiyat, goh oshkora, goh
pinhona ko‗rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh berishi amrima-hol. Inson qalbi va ongini
egallashga bo‗lgan harakatlar to‗xtamas ekan, jamiyat muayyan sog‗lom mafkuraga ehtiyoj sezib
yashaydi. Jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadigan, odatda, uning tanazzuli, halokatiga
sabab bo‗ladigan fashizm, kommunizm, di-niy-ekstremizm kabi nosog‗lom mafkura shakllaridan
farqli o‗laroq, sog‗lom mafkura insoniyat taraqqiyotini tezlashtiradi, xalq farovonligi, Vatan
ravnaqiga imkon yaratadi.
48
Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. «fidokor» gazetasi muxbiri
savollariga javoblar-T; «O`zbekiston», 2000 yil, 40 bet
Jamiyatimiz va aholimizga xos mafkuraviy immunitetni iz-dan chiqarishga urinishlar
asosan quyidagi ko‗rinishlarda namoyon bo‗lmoqda:
bizga begona va yot g‗oyalarni targ‗ib qilish (kosmopolitizm, nigilizm, ekstremizm,
terrorizm, ommaviy madaniyat va shaf-qatsiz individualizm kabi xalqimizga yot g‗oyalar turli
vosita-lar bilan targ‗ib-tashviq qilinmoqda);
milliy mentalitetimizga xos bo‗lmagan odatlarni targ‗ib qilish (televideniye, radio va
Internet orqali xalqimiz turmush tarziga yot bo‗lgan turli odatlar targ‗ib-tashviq etilmoqda. Misol
uchun, oila qurish odatini olaylik. Emishki, oila qurish-da yoshlar obdon bir-birini sinashlari,
iloji bo‗lsa, ma‘lum muddat birga yashashlari lozim emish. Bu millatimiz mentalite-tiga xos
bo‗lmagan holatdan boshqa narsa emas);
yoshlar dunyoqarashini buzish, ularning tafakkur va tur-mush tarzini o‗zgartirishga intilish
(o‗z Vatanini yomon ko‗rsa-tish, o‗tmishga nisbatan bepisandlik ruhini qaror toptirish, davlat va
jamiyatga nisbatan ishonsizlik uyg‗otish. Buning aksi o‗laroq, o‗zga hayotni xuddi jannatdek
ko‗klarga ko‗tarib maqtash).
Yosh avlodda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ular o‗zlashtirayotgan bilimlar va
milliy mafkuramizning asosiy g‗oyalari yaxlit tizimni tashkil qiladi. Bunda nafaqat ijtimo-iy-
gumanitar fanlar, balki tabiiy-fundamental fanlarning ham o‗ziga xos uslublari ishlab
chiqilmoqda. Zamonaviy pedagogik tex-nologiyalar vositasida mafkuraviy profilaktika
ta‘sirchanli-gini oshirib borish mafkuraviy immunitetni shakllantirish va uni mustahkamlashning
asosiy vazifalardan biridir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yosh avlodni nafaqat
zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida tarbiyalash imkonini yaratadi, shu bilan bir-ga,
globallashuv jarayonida turli ko‗rinishdagi mafkuraviy ta-jovuzlar haqida tasavvurlarni ham
oshirib borishga yordam be-Radi. Yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiya-lash,
mustaqil fikrlashni shakllantirishda mafkuraviy proflaktika mohiyatida milliy qadriyatlar,
sharqona demokratiya elementlarini uzluksiz va uzviy tarzda singdirib borish kerak.
Ma‘lumki, tafakkur qulligi har qanday qaramlikdan ham dahshatli ekanini alohida
ta‘kidlash lozim. Hozirgi davrda maf-kura poligonlari yadro poligonlariga nisbatan ko‗proq
kuchga ega bo‗lib borayotgan bir paytda, insonlar, ayniqsa, yoshlar har xil yot mafkuralar
ta‘siriga berilmaslik uchun mafkuraviy jihat-dan qurollangan bo‗lmogi zarur. Bunda g‗oyaga
qarshi faqat g‗oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi faqat ma‘rifat bilan bahsga kirishish,
olishish mumkinligi mafkuraviy kurashning yangicha konsepsiyasidir.
Oila, mahalla va o‗quv muassasalarining mafkuraviy profi-laktika jarayonidagi o‗rni katta
bo‗lib, barkamol avlod tarbiya-si, jamiyatning istiqbolini ta‘minlashda muhim ahamiyat kasb
etadi. Bunday profilaktika murakkab, doimiy, tizimli yondashuv-larni o‗z ichiga olib, unda
jamiyatning har bir a‘zosi faol qat-nashadi, jamiyatning muhim bo‗g‗inlari hisoblangan oila,
mahalla va o‗quv muassasalarining doimiy hamkorlikdagi, mushtarak maq-sad yo‗lidagi
intilishlari uyg‗unlashishini talab qiladi. Bu ja-rayon umumiy manfaat va maqsadlar sari
jamiyatda tarbiyaning vorisiyligini ta‘minlovchi makonni vujudga keltiradi. Bu makon yosh
avlod, komil inson tarbiyasining ajralmas qismidir.
Shuningdek, g‗oyaviy profilaktikada fan, ta‘lim, adabiyot va san‘atning roli alohida bo‗lib,
sohada ularning imkoniyatlari-dan foydalanish asosiy vazifalaridan biridir. Yosh avlod fanni
o‗rganish bilan tabiat va jamiyat, tafakko‗rdagi o‗zgarishlar, taraqqiyot asoslari va tamoyillarini
o‗rganadi. Ayni paytda shu jarayonni milliy g‗oyaning mazmun-mohiyati bilan bog‗lash va uni
har bir shaxsning o‗z hayotida aks etishi oldimizga qo‗ygan maqsad-larga erishishda muhim
ahamiyatga ega. Mustaqillikni mustah-kamlashda va istiqlol imkoniyatlaridan samarali
foydalanish-da, shubhasiz mafkuraviy targ‗ibot vositalaridan bo‗lgan kitob-lar, darsliklarda
ifodalangan bilimlarning o‗rni katta. Chunki yosh avlod ongi va qalbiga milliy mafkuraning ezgu
qadriyatlari-ni jo qilishda aynan shu targ‗ibot vositalaridan oqilona foy-dalanish eng samarali
yo‗l hisoblanadi.
Milliy g‗oyaning shaxs, barkamol avlod tarbiyasidagi hamda bugungi mafkuraviy tarbiyani
takomillashtirishda o‗ziga xos turfalikni mujassam etgan san‘at asarlaridan ham o‗rinli
foydalanish lozim. San‘atning qaysi bir turini olib ko‗rmaylik, ularda bugungi voqelik, tariximiz,
ijtimoiy munosabatlar-ning turli ko‗rinishlari o‗z aksini topgan. Shuningdek, ushbu san‘-at
asarlarini targ‗ib qilishning samarali usuli sifatida ham ko‗rish mumkin. Bugungi kunda yoshlar
tarbiyasida uchrab turadigan ayrim illatlar mentalitetimizga salbiy ta‘sir ko‗rsatayotgan xorij
madaniyatining «san‘at asarlari» orqali kirib kelmoqsa. Uning salbiy oqibatlari yoshlarimizning
ayrim holatlarda nojo‗ya xatti-harakatlari, axloqida uchrayotgan qusurlar mafkuraviy
profilaktikani kuchaytirish masalasiga yanada chuqurroq e‘ti-bor qaratishni taqozo qiladi.
Mafkuraviy immunitetni shakllantirish jamiyat va mamla-katning mafkuraviy xavfsizligini
ta‘minlash omillaridan biri hisoblanadi. "Mafkuraviy xavfsizlik" shaxs, millat, jami-yat,
davlatning xilma-xil shakllarda namoyon bo‗ladigan mafku-raviy tajovuzlar, turli mafkuraviy
markazlarning buzg‗unchi-lik ta‘siridan himoyalanganlik darajasini tavsiflovchi tushuncha
ekanligi ma‘lum. Mazkur sohadagi profilaktikaning asosiy va-zifasi deganda, jamiyat ma‘naviy
hayotida bo‗shliq paydo bo‗li-shining oldini olish, o‗zining pirovard maqsadlariga mos va unga
xizmat qiladigan g‗oyalar tizimini shakllantirish, uni mutta-sil mustahkamlab borish, fuqarolarda
mafkuraviy immunitet-ni mustahkamlashdek jarayonlar nazarda tutiladi.
Ma‘lumki, har qanday mamlakatning mafkuraviy xavfsiz-ligiga tashqi va ichki omillar o‗z
ta‘sirini o‗tkazib turadi. Bu-gungi kunda turli xil mafkura markazlari va poligonlarining
O‗zbekistonda yangi jamiyat qurishga to‗sqinlik qilish uchun g‗arazli niyatlariga erishishda ba‘zi
fuqarolardan "qurol" sifatida foydalanishga intilishlarida mafkuraviy xavfsizlik uchun real tashqi
tahdidlar mavjudligini ko‗ramiz. Shuningdek, qo‗shni dav-latlardagi terrorizm, diniy ekstremizm
va mavjud siyosiy be-qarorlik ham mamlakatimiz mafkuraviy xavfsizligiga o‗z ta‘-sirini
o‗tkazishi mumkinligini doimo nazarda tutish lozim.
Mafkuraviy xavfsizlikni ta‘minlovchi ichki omil jamiyatning siyosiy-ijtimoiy, axloqiy va
ma‘naviy salohiyati hamda fuqarolarda mafkuraviy immunitetning shakllanganlik dara-jasidir.
Bundan tashqari, mafkuraviy xavfsizlik xalkning as-riy an‘analari, tili, dini, ma‘naviyatrg va
milliy rivojlani-shiga xizmat qiluvchi umuminsoniy qadriyatlarga asoslanishi lo-zim.
Shuningdek, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va uyushmalari, madaniy-ma‘rifiy muassasalar
tomonidan amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar, ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir-lar tizimi
mafkuraviy xavfsizlikni ta‘minlashning zaruriy shartidir. Mafkuraviy xavfsizlik ilmiy asoslangan
ijtimoiy siyosat, huquqiy madaniyat, jamiyatning ma‘naviy yetukligi va demokratiyalashuvi
bilan uzviy ravishda amalga oshiriladigan g‗oyaviy tarbiyaga tayanadi. Jamiyat, davlat va shaxs
mafkuraviy xavfsizligini ta‘minlash davlatimiz siyosatining tarkibiy qismi, mamlakatimiz
hayotining barqarorligini mustahkamlash omili hisoblanadi.
Mafkuraviy immunitetni fuqarolar ongiga singdirish, av-valambor, oiladan boshlanadi.
"Ona-Vatan", "Vatanga muhabbat", "Vatan tuyg‗usi" kabi ilk tushunchalar ham, avvalo, oila
muhi-tida shakllanadi. Bu jarayon bobolar o‗giti, ota ibrati, ona meh-ri orqali amalga oshadi. Bu
tushunchalarni yoshlar qalbi hamda ongiga singdirishda ta‘lim va tarbiyaning turli shakllari ham
muhim ahamiyat kasb etadi.
Mafkuraviy immuniteti mustahkam insongina hozirgi kunda o‗z g‗arazli va jirkanch
niyatlarini amalga oshirish maqsadida yurtimizga har xil yo‗llar bilan kirib kelayotgan, mustaqil
dunyo-qarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimizning qalbi va ongini qandaydir zararli va
buzg‗unchi g‗oyalar bilan egallashga harakat qilayotgan yovuzlarga qarshi kurasha oladi va o‗z
yurtini himoya qiladi. Mazkur vazifa bilan bog‗liq mafkuraviy immunitetni kamol toptirish
ko‗pgina ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, maf-kuraviy, tarbiyaviy omillar bilan bog‗liq Bu katta
mehnat ta-lab qiluvchi murakkab vazifadir. Barcha kasbdagi ziyolilar, tar-biyachilarning hozirgi
muhim vazifalaridan biri kishilarda, xususan, yoshlarda Vatanga sadoqat, Yurt tinchligi va Xalq
faro-vonligi g‗oyalarini amalga oshirish yo‗lidagi fidoyilik kabi fazilatlarni kamol toptirishdir.
Mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan g‗oyaviy tarbiyaning asosiy
maqsadlaridan biri aholining turli qatlam-lari uchun umumiy tamoyillarga ega bo‗lgan fuqarolik
mas‘uliya-ti va insoniylik burchi bilan bog‗liq tushunchalarni shakllanti-rishdan iborat. Bu
tushunchalar qadim zamonlardan buyon. ma‘lum. Ammo ular deyarli hamma vaqt kishining
milliy, sinfiy, irqiy, diniy, hududiy holatlariga qarab, turli cheklanishlar yoki im-tiyozlar bilan
bog‗liq bo‗lgan. Yer yuzidagi barcha inson zoti, irqi, dini, millati, jinsi, yashab turgan hududidan
qat‘i nazar, teng va teng bo‗lib yashashga haqli ekanligini, ularning huquqlari va erkinliklarini
ta‘minlash jamiyatning asosiy vazifasi bo‗lishi lozimligini mutafakkirlar allaqachon asoslab
berganlar. Shu bi-lan birga, dunyodagi har bir insonning ota-onasi, el-yurti, xalqi, farzandlari,
o‗tmish va kelajak oldida burchi va mas‘uliyati mav-judligi ham azaldan e‘tirof etib kelinadi.
Xullas, bugungi kunda jamiyat hayotida kechayotgan jarayonlar-ni chuqur tahlil qilish,
turli g‗oyaviy-mafkuraviy tahdidlardan ogoh bo‗lish, xorijdan kirib kelayotgan mamlakatimiz
manfaatla-ri, milliy an‘ana va qadriyatlarimizga yot g‗oya va qarashlar qan-day maqsadni
ko‗zlayotganini anglab yetish ham mafkuraviy profi-laktikaga yordam beradi. Bu borada
ommaviy axborot vositalari, radio, televideniye orqali aholi, ayniqsa, yoshlar o‗rtasida izchil
targ‗ibot va tashviqot ishlarini yo‗lga qo‗yish, ularning ta‘-sirchanligini oshirishga erishish ham
muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |