220
yaratilgan sharoitlatning yuqori darajada qulaylashtirish, bu borada juda muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Bu sohadagi yutuqlarni birgina kichik sanoat
zonalarini tashkil qilish, hamda ular
faoliyatini yo’lga qo’yish jarayonida amalga oshirilgan ishlarni ko’rsatib o’tish orqali qanchalik
ildam harakatlanyotganini ta’kidlashimiz mumkin.
2017-yilning birinchi choragida 52 ta kichik sanoat zonalari ro’yhatga olingan bo’lsa,
2017 yilning sentabr oyiga kelib ularning soni 96 taga yetishi, 2018 yilining dastlabki choragida
ularning sonining 100dan oshib ketganligi ushbu sohada ijobiy ishlar olib borilayotganidan
dalolat beradi. Shu bilan birga kichik sanoat zonalarining tarqalish geografiyasi
mamlakatimizning deyarli barcha mintaqalariga yoyilganligi sanoat rivojining butun yurtimiz
bo’ylab jadal o’sishiga turtki bo’ladi.
1-rasm. O’zbekistondagi KSZlarining hidudlar bo’yicha taqsimlanishi.
Rasm mualliflar tomonidan statistik ma’lumotlar asosida tayyorlandi.
Kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va rivojlantirish borasda yurtboshimiz Shavkat
Mirziyoyev boshchiligida hukumatimiz tomonidan keng ko’lamli ishlar amalga oshitilmoqda.
Tarkibiy o’zgartirishlarini chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:
… -iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatdosh muhitni shakllantirish hamda
mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;
- printsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o’zlashtirish,
shu asosida
ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash;
-ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish hamda,
eng avvalo,iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importning o’rnini bosish, tarmoqlararo
sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
-iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya
tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unimdorligini oshirish;
-faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari
samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish… .[3. 137-138 b].
Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi mintaqalarida keng ko’lamli ishlarolib
borilmoqda va bu borada yuqori amaliy
natijalarga erishilmoqda, ayniqsa, foydalanilmayotgan
hamda qurilishi tugallanmagan davlat mulki ob'ektlari, bo'sh yer uchastkalari negizida kichik
221
sanoat zonalari tashkil qilinmoqda.Ular mahalliy iste’molchilarga zarur bo’lgan va xorijga
eksport qilish uchun mo’jallangan raqobatdosh sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish
ko'lamining oshishiga va yangi ish o'rinlari yaratilishiga muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston
Respublikasi
P
rezidenti
Shavkat
Mirziyoyevning
mamlakatimiz
mintaqalarida, jumladan, Toshkent shahri tumanlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va
viloyatlarda bo‘sh turgan yoki samarasiz ish yuritayotgan ishlab chiqarish binolaridan unumli
foydalanish
maqsadida, ulardan yanada samarali foydalanish, yangi korxonalar tashkil etishni
rag‘batlantirish orqali ushbu binolar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etish taklifini
berganligi va bu borada yuqori natijalarga erishilayotganligi diqqatga sazavordir.
Kichik sanoat zonalarini shakllantirishda dastlab, Toshkent viloyatiga birlamchi e’tibor
berildi va uning hududida 17 ta kichik sanoat zonasi tashkil qilindi. Viloyatning Chirchiq-
Yangiyo’l, Angren-Olmaliq va Janubiy sanoat rayonlaridagi boy tabiiy-iqtisodiy hamda mineral-
xomashyo havzalaridan unumli foydalanish, shuningdek Toshkent shahri va mintaqaninig
boshqa yirik shaharlari ilmiy-texnik va mehnat salohiyatidan to'liq foydalangan holda,
sanoat
korxonalari hamda kichik xususiy korxonalarda modernizatsiya va diversifikatsiya ishlarni
rivojini ta’minlash orqali yangi raqobatbardosh mahsulotlari ishlab chiqarishini qo'llab-
quvvatlash va rag'batlanitirish, shu asosda yangi ish o'rinlarini yaratish va aholi daromadlarini
oshirish amalga oshirildi.
Toshkent viloyatida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish borasida hali ishga
solinmagan katta salohiyat mavjud.Viloyatda bu borada 180 yirik konlar mavjud. Shuning
uchun, umumiy qiymati 207 million dollar bo’lgan 188 ta loyihani amalga oshirish
mo’jallanmoqda. Jumladan, Ohangaron tumanida yiliga 500 ming tonna sement, Piskent
tumanida sopol buyumlar, Angren shahrida santexnika ashyolari ishlab chiqarish bo’yicha yirik
loyihalar amalga oshiriladi.
Bundan
tashqari, Qibray, O’rta Chirchiq, Chinoz va quyi Chirchiq tumanlarida keng
turdagi qurulish materiallari ishlab chiqaradigan 20 dan ortiq korxonalar tashkil qilinadi.
Ohangaron tumanida qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat
zonasini tashkil qilish rejalashtirilmoqda.[1. 419-420 b].
2017 yilda mamlakatimizning Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida, hamda
Toshkent shahrida kichik sanoat zonalari tashkil qilish borasida katta siljishlar ko’zga tashlandi,
shuningdek Namamgan, Fargona va Qashqadaryo viloyatlarida ham sezilarli natijalarga erishildi.
2018 yilga kelib bunday ijobiy natijalar Samarqand, Surxondaryo,
Xorazm viloyatlari va
Qoraqalpog’iston Respublikasida kuzatilmoqda, aynan ushbu ma’muriy birliklarda qisqa
muddatda 40 taga yaqin kichik sanoat zonalari tashkil qilindi.
Birgina 2017 yiling sentabr oyigacha bo’lgan muddatda mamlakatimizdagi 96 ta kichik
sanoat zonalari hududlarda umumiy qiymati 535 milliard so‘mga teng 1021 loyiha amalga
oshirildi. Yangi korxonalar ishga tushishi tufayli 9,6 mingdan ziyod ish o‘rni yaratildi.Ularda
mamlakatimiz ichki bozoriga import o’rni bosuvchi hamda tashqi bozorga eksportbop ham
xaridorgir bo‘lgan yengil sanoat, kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, elektr texnikasi buyumlari,
zamonaviy qurilish materiallari, mebel va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda
.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash,
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga xorijiy, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni
faol jalb qilish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, viloyat, tuman va shaharlarni kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ko‘plab vazifalar belgilangan.