224
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi iqtisodiy jihatdan rivojlangan
yirik industrial davlatlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. XX asr 90-yillaridan boshlab
respublika iqtisodiyotida muhim sifat o’zgarishlariga asos solindi. Bu Birinchi Prezident
I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti va bozor
munosabatlariga o’tishning o’ziga xos siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konseptsiyasi
hisoblanadi. Mazkur yo’l bugungi kunda haqli ravishda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
«o’zbek modeli» sifatida xalqaro iqtisodiy rivojlanish tarixiga kirdi. Mazkur rivojlanishlar
bugungi kunda ham oziga xos zamon talabi asosida amalga oshirilmoqda. Buning tasdig’i
sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilning 23
avgust kuni “Kimyo sanoati rivojlanishining 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Dasturi
to’g’risida”gi qarorining imzolanishi yaqqol misoldir.
O’zbekistonda siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar bosqichma-bosqich amalga
oshirilmoqda va u butun milliy iqtisodiyot qiyofasini o’zgartirish bilan bog’liqdir.
Iqtisodiy islohotlarning rivojlanish davri sifatida 2000 yildan keyingi davrni alohida
ajratib ko’rsatish mumkin. Bu davrda iqtisodiyotda sezilarli muvaffaqiyatlar qo’lga kiritildi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar samarasida tarmoqlarda texnik qayta qurishlar va
modernizatsiyalash, tabiiy va xom ashyo salohiyatidan to’la va samarali foydalanish, eksportga
yo’nalgan va import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarish tizimlari shakllandi.
Ayniqsa bu milliy iqtisodiyotning sanoat ishlab chiqarishi sektorida yaqqol ko’zga
tashlanadi. Mamlakat milliy iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishi muhim o’rin tutadi va
mustaqillik
yillarida
sanoatning o’zak tarmoqlarini (elektroenergetika,
metallurgiya,
mashinasozlik, kimyo, yengil va oziq-ovqat) rivojlantirishga ustivor yo’nalish sifatida
qaralmoqda. O’zbekistonda 100 dan ortiq sanoat tarmoqlari bo’lib, 12 ta yirik tarmoq va 6 ta
o’zak tarmoqlar mavjud. Asosiy fondlarning 40 foizi, YaIMning 24 foizi (2007 y.) mazkur
tarmoqqa to’g’ri keladi. Sanoat tarmoqlariga 1,2 mln. dan ortiq ishchi va xizmatchilar yoki jami
band aholining 13 foizi to’g’ri keladi.
O’zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi foydali qazilmalarni qazib chiqarish va unga qayta
ishlov berish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga asoslangan. Mamlakatda yirik
sanoat korxonalari tashkil qilingan bo’lib, amalda og’ir industriya, yengil va oziq-ovqat
tarmoqlari hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tizimlarini o’z ichiga oladi.
Sanoat maqsulotlari ishlab chiqarish bilan mingdan ortiq yirik va o’rta korxonalar, aktsionerlik
jamiyatlari, yirik assosiatsiya va birlashmalar, xolding kompaniyalari, moliya-sanoat guruhlari
va qo’shma korxonalar band.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy o’zgarishlarni chuqurlashtirish, modernizatsiyalash
jarayonlari xos bo’lgan bu davrda O’zbekiston sanoatida muhim tarkibiy o’zgarishlar yuz berdi.
Yangi yirik va o’rta korxonalar tashkillandi, ishlab chiqarishga zamonaviy texnik va texnologik
jarayonlar keng qo’llanildi. Natijada, sanoat ishlab chiqarishning o’rtacha yillik o’sish sur’atlari
2000 yilda 105,9 foizni, 2001 yilda 107,6 foizni, 2002 yilda 108,3, 2003 yilda 106,0, 2004 yilda
109,4, 2005 yilda 107,2, 2006 yilda 110,8, 2008 yilda 112,7, 2010 yilda 108,5 va 2012 yilda
107,7 2016 yilda 106,6 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari 2016 yilda mahalliy xomashyo
resurslarini bosqichma-bosqich chuqur qayta ishlash va tayyor is’temol mahsulotlar
nomenkulaturasini kengaytirish tarmoqlari evaziga kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa
buyumlari 129,7 foizga oshdi. (1-rasm).
Sanoatning tarmoq tarkibida esa yetakchi o’rinlarni o’rmon, yog’ochni qayta ishlash va
sellyuloza-qog’oz sanoati, kimyo va neft-kimyo, mashinasozlik va metallni qayta ishlash kabilar
egalladiki, bu mamlakat sanoat ishlab chiqarishida tub tarkibiy o’zgarishlar ro’y berganligini va
diversifikatsiya jarayonlari amalga oshirilganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: