226
tabiiy, albatta. Lekin bu holat yuqori foyda orqasidan quvayotgan yirik korporatsiyalar hamda
moliya muassasalarining majburiyatlari bilan nizom mablag’lari o’rtasidagi muvozanatni
sezilarli darajada izdan chiqardi.
Ikkinchidan
, 2006 yilning ikkinchi yarimidan boshlangan ipoteka bozoridagi talabning
keskin pasayishi natijasida tizimdagi deyarli barcha tuzilmalar o’z faoliyatini zarar bilan
yakunladilar. Bu holat 2007 yilda ham to’xtovsiz davom etib, yilning 3-choragiga kelib, AQSH
ipoteka bozoridagi tahlikali vaziyat Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Avstraliya, Kanada va boshqa
qator rivojlangan mamlakatlarga ham tarqaldi. Jahon moliya tizimida likvidlik defitsiti, ya’ni
to’lovga layoqatlilik darajasining pasayishi keng kuzatila boshlandi. Bunga javoban mazkur
mamlakatlar markaziy banklari pul bozori stavkalarini pasaytirish tadbirlarini amalga oshirdi.
2007 yil sentyabrida AQSH Federal zahira tizimi (FZT) qayta moliyalashtirish stavkasini 5,25
foizdan birdaniga 4,75 foizga yoki 9,5 foizga pasaytirdi. Banklardan pul oqimlarining chiqib
ketishi kuchaya boshladi. Buni Angliya Markaziy banki tomonidan “Northern Rock” ipoteka
bankini qo’llab-quvvatlash uchun ajratgan 20,0 mlrd. yevro hajmidagi moliyaviy ko’magining
amalda omonotchilar bilan hisob-kitob uchun sarflanganligi, deyarli kuniga 4,0 mlrd. yevroning
chiqib ketishiga olib kelganligida kuzatish mumkin.[1]
2008 yilning kuziga qadar bo’lgan davrda kattaligi bo’yicha AQSHda 5-o’rinda
hisoblanib kelingan “Bear Stearns” va “Sitigroup” tarkibiga kiruvchi “Sitibank” nemis bankining
savdoga qo’yilishi, AQSHdagi eng yirik ipoteka institutlari – Federal milliy ipoteka
assotsiatsiyasi (“Fanni Mae”) va Uy-joyni ipoteka kridetlash federal korporatsiyasi (“Freddie
Mac”) boshqaruvining mamlakat moliya vazirligi tassarufiga o’tkazilishi va nihoyat 15 sentyabr
kuni ipoteka bozorida ko’rilgan zararlar tufayli “Lehman Brothers” investitsion banki
bankrotligining e’lon qilinishi fond bozorlarida talvasali vaziyatni keltirib chiqardi.
Iste’molchilar bozordan chiqa boshladilar.[1]
Ayni paytda 2008 yilda AQSHda boshlanib, butun dunyoga keng tarqalgan global
moliyaviy-iqtisodiy inqirozning O’zbekiston iqtisodiyotini chetlab o’tmasligini ham anglatadi.
Buni mamlakat Prezidenti o’zining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asarida “... tobora chuqurlashib borayotgan
jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko’rsatmaydi, bizni chetlab o’tadi, degan xulosa
chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o’ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib
bo’lmas xato bo’lur edi.
Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim – O’zbekiston bugun xalqaro
hamjamiyatning global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi”, -
deya ta’kidlab o’tadi. [2, 11-b.]
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O’zbekistonga, jumladan, milliy kimyo sanoati
majmuasiga ta’siri ayniqsa quyidagi yo’nalishlarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunonchi,
Do'stlaringiz bilan baham: