1-rasm Navoiy intermodal xabi orqali amalga oshiriladigan yo’nalishlar.
Rasm
www.navoiy.uz
saytidan olingan [6]
(muallif tomonidan o’zbek tiliga o’grilgan).
Ushbu aeroportning afzalliklari shundan iboratki, uning Yevropa va Osiyoni
tutashtiradigan havo yo’llarining chorrahasida o’ta qulay mintaqada joylashgani (aeroportdan 2
ming km uzoqlikdagi yon atrofda 150 mln aholiga ega bo’lgan 40 ta shahar mavjud), unga juda
masofadan xalqaro avtomobil va temir yo’llar tarmoqlarining o’tishi qo’shni davlatlar,
shuningdek, Rossiya, Yevropa va Xitoy bilan zarur aloqalarni taminlaydi. Bularning barchasi
Navoiy aeroporti mintaqaviy va qit’alar aro tabiiy logistika markazi sifatida noyob mavqeyga
ega ekanidan dalolat beradi.[5. 58b]. Hozirgi kunda ushbu erkin iqtisodiy zona nafaqat
O’zbekstonning to’ng’ich balkim mamlakatimizning eng qudratli erkin iqtisodiy zonalaridan
biridir. Shunga qaramasdan, ushbu erkin iqtisodiy zonada ham bir qator kamchiliklar yo’lga
qoyilgan, bu esa yurtboshimiz tomonidan aniq faktlar bilan ko’rsatib o’tilgan.
Isbot tariqasida “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi bo’yicha ma’lumotlarni keltiraman.
O’tgan 8 yil mobaynida bu yerda atigi 24 ta loyiha amalga oshirilib, ularda to’g’ridan-to’g’ri
xorijiy investitsiyalar ulishi juda past va atigi 900 ta odam ishga joylashtirilgan. O’tgan yili esa
mahsulot ishlab chiqarish hajmi 24 foizga pasaygan [2. 261 b.].
217
Mamlakatimizda ikkinchi bo’lib tashkil qilingan erkin iqtisodiy zona Angren maxsus
industrial zonasidir. Toshkent vohasini Farg’ona vodiysi bilan bog’lovchi logistik markazli, bu
erkin iqtisodiy zona ham O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A Karimovning sayil
harakatlari bilan 2012 yilning sanasida Toshkent viloyatining Angren-Olmaliq sanoat rayonidagi
katta foydali qazilma boyliklarga ega, hamda Tojikiston va Qozoqiston Respublikari
sarhaddlariga ancha yaqin bo’lgan, iqtisodiy geografik o’rni jihatdan qulay hududda bunyod
qilingandir.
Toshkent viloyatida “Angren” maxsus industrial zonasini tashkil etganimiz nafaqat voha
rivojida, balki butun sharqiy mintaqalarimiz taraqqiyotida muhim ro’l o’ynamoqda. Bugungi
kunda ushbu maxsus industrial zonada xorijiy hamkorlarimiz bilan birgaliksa ko’pgina yirik
loyihalar amalga oshirilmoqda[4.162-163 b]. Toshkent viloyatida kimyo sanoat, qora va rangli
metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik va metalni qayta ishlash kabi sanoat tarnoqlari jadal
rivojlanmoqda va ularni rivojlantirish uchun katta miqdorda investitsiya kiritilmoqda.
Bu sohadagi eng yirik loyihalardan biri “Angren” erkin iqtisodiy zonasida 214 million
dollar investitsiya hisobidan yiliga 100 ming kvadrat metr konveyer lentasi va 3 million 200
ming dona avtomobil shinasi ishlab chiqarish loyihasidir. Loyihaning birinchi bosqichi 2018-yil
oxirida bitkazilib ishga tushiriladi.[1.413-414 b.].
2013 yil18 mart sanasida Jizzax viloyatida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti
I.A Karimov rahnamoligida “Jizzax” maxsus industrial zonasini tashkil qilindi. Mazkur maxsus
industrial zona umumiy maydoni 524 gektarli ikki hududdan iborat bo’lib, 416 gektarli asosiy
hududi Jizzax shahrida va 108 gektarli filiali Sirdaryo tumanida ( 2018 yildan Yangiyer kichik
sanoat zonasi bilan alohida Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasi) joylashgan edi.
“Jizzax” maxsus industrial zonasini Jizzax viloyati iqtisodiyoti rivojidagi katta siljishga
sabab bo’lmoqda. Ushbu iqtisodiy zonada qisqa muddat ichida zarur ishlab chiqarish tarmoqlari
va infratuzilmalari barpo etildi. Erkin zona hududida zamonaviy maishiy buyumlar, tikuv
mashinalari, quyosh energiyasi uskunalari, energiya tejaydigan lampalar, mobil telefonlar,
telekommunikatsiya tarmoqlari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilishi
kutilmoqda.Bunday imkoniyatlar “Jizzax” maxsus industrial zonasining 2018 yilgacha tarkibida
bo’lgan Sirdaryo hududida ham amalga oshirildi.
Viloyat sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishga
yuqori texnologiyalarni joriy etish va import o’rnini bosadigan, eksportbop mahsulotlar ishlab
chiqarish hajmi tobora ortib bormoqda. Ayniqsa Sirdaryoda “Jizzax” maxsus industrial
zonasining hududiy filiali tashkil etilgani, viloyat iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan o’zgarishiga
yangi qudratli turtki berdi, desak , mubolag’a bo’lmaydi.[4. 159 b.].
Dastlabki tashkil qilingan erkin iqtisodiy zonalar: Navoiy erkin industial iqtisodiy
zonasi, Angren maxsus industial zonasi va Jizzax maxsus industial zonalari nomini
birxillashtirish maqsadida O’zbekiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2016-yil 26-oktabrdagi
“Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo`shimcha chora-
tadbirlar to`g`risida”gi farmoniga asosan ularni “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy
zonalar deb atash to`g`risidagi taklifi qabul qilindi.
“Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish hisobidan
mahalliy va chet ellik investorlar bilan yo’lga qo’ygan hamkorliklar mamlakat iqtisodiyotining
ko’tarilishiga, ayniqsa sanoatning jadal rivojida o’zining yuksak samarasini bermoqda.
Masalan, 2017 yilda “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida “Mingyuan silu industriy” chet el
korxonasi tomonidan 110 million dollarlik loyihaning birinchi bosqichini yakunlash va yiliga 24
million kvadrat metr oyina ishlab chiqarish kozda tutilmoqda.[1.352b.]. Bunday yirik loyihalarni
mamlakatimiznig dastlabki tashkil qilingan “Navoiy” va “Angren” erkin iqtisodiy zonalarida
ham ko’rishimiz mumkin. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning yaqinda “Navoiy” erkin
iqtisodiy zonasiga tashrifi davomida ushbu erkin iqtisodiy zonani istiqboldagi rivojlanish chora
tadbirlarini belgilab berdi.
218
Do'stlaringiz bilan baham: |