1-chizma. Soliq stavkasi turlari.
Soliq stavkalari turlaridan biri – bu proportsional soliq stavkalari bo’lib, bu soliq stavkalarini asosiy mohiyati shundan iboratki, soliq to’lovchi ega bo’lgan foyda (daromad), divedend, oborot yoki mol-mulk qiymatini hajmi (summasi) qancha bo’lishidan qat’iy nazar bir xil tartibda, ya’ni bir xil foizda soliq stavkasi qo’llaniladi. Masalan, divedend uchun barcha soliq to’lovchilari uchun soliq stavkasi 10 foiz qilib belgilangan. Bundan tashqari, qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi ham bugungi kunda proportsional soliq stavkasi hisoblanadi. Har qaysi soliq to’lovchi qancha oborot (realizatsiya)ga ega bo’lishidan qat’iy nazar 20 foiz stavka bo’yicha soliq to’laydi. SHuningdek, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i bo’yicha ham proportsional soliq stavkasi qo’llaniladi. Respublikamiz soliq tizimida amal qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliq uning ob’ekti 500 ming so’m bo’lganida ham 800 ming so’m bo’lganida ham soliq stavkasi o’zgarmay qolaveradi, ya’ni soliq ob’ektining o’zgarishi soliq stavkasining o’zgarishiga ta’sir qilmaydi.
Proportsional soliq stavkasi o’zgarmas soliq stavkasi bo’lib, uning miqdori (foizi) soliq ob’ektining hajmiga bog’liq bo’lmaydi. Bu bir tomondan yuqori daromadga (oborotga) ega bo’lgan soliq to’lovchilar uchun qulay soliq stavkalari hisoblansada, ayrim soliq to’lovchilar uchun noqulaylik tug’dirishi mumkin, ya’ni ushbu soliq stavkasi soliqlarning rag’batlantiruvchilik rolini bajarmaydi.
Soliq stavkalarining keyingi turi progressiv soliq stavkasi hisoblanadi. Progressiv soliq stavkasi mohiyati jihatidan proportsional soliq stavkasiga nisbatan teskari holatda amal qilib, unga muvofiq soliq to’lovchilarning daromadlari, foydasi yoki oboroti ortib, o’sib borishiga muvofiq tarzda soliq stavkasining ham ortib borishi tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida buni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i misolida ko’rish mumkin. Bunga muvofiq, jismoniy shaxslarning olgan daromadi oshib borishi bilan birga belgilangan shkala asosida soliq stavkasi oshib boradi. Masalan, jismoniy shaxsning umumiy olgan daromadi eng kam ish haqiningbir baravarigacha miqdoridan “0” foiz stavkada, eng kam ish haqining besh baravarigacha 7,5 % foiz stavkada,besh barobaridan o’n baravarigacha bo’lgan qismidan 16,5 foiz stavkada, eng kam ish haqining o’n baravaridan ortgan qismidan esa 23 foiz stavkada soliq undirilishi belgilangan (2018 yil uchun).
Demak, bundan ko’rinadiki, progressiv soliq stavkasida soliq ob’ektining oshib borishiga mutanosib ravishda soliq stavkasi ham oshib boradi. Qayd etish lozimki, ko’pgina iqtisodiy adabiyotlarda progressiv soliq stavkasi deganda faqat jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha stavkalar keltiriladi. Bundan tashqari, progressiv soliq stavkalaridan davlat tartibga soluvchi vosita sifatida ham keng foydalanadi, masalan, respublika soliq qonunchiligiga muvofiq me’yoriy muddatlarda o’rnatilmagan yuridik shaxslarning mol-mulkiga belgilangan stavkaning ikki baravari miqdorida soliq undirish belgilangan bo’lib, 2019 yildan yuridik shaxslar mol-mulk solig’i stavkasi 2 foiz bo’lgani holda, ularning me’yoriy muddatlarda o’rnatilmagan mol-mulkidan 4 foiz miqdorida soliq undiriladi.
Progressiv soliq stavkasining ikki turi mavjud: oddiy progressiya va murakkab progressiya. Oddiy progressiyada soliqning orttirilgan stavkasi soliqqa tortiladigan barcha ob’ektga nisbatan qo’llaniladi, murakkab progressiyada esa soliqqa tortish ob’ekti qismlarga bo’linadi, ularning har biri o’z stavkasi bo’yicha soliqqa tortiladi, ya’ni orttirilgan stavkalar butun ob’ektga nisbatan emas, balki bundan oldingi bosqichdan ortgan qismiga nisbatan qo’llaniladi. Jismoniy shaxslarning daromadiga soliq stavkalari murakkab progressiya hisoblanadi.
Progressiv soliq stavkasining kamchiligi shundaki, bu soliq stavkalari soliq to’lovchilarning daromad olish manfaatdorligini rag’batlantirmaydi, shuning uchun progressiv soliq stavkalarini qo’llaganda muayyan chegaraga qadar soliq stavkasini oshib borishini ta’minlagan holda so’ngra regressiv soliq stavkalarini joriy etish soliq to’lovchilar manfaatlariga mos keladi. Shuning bilan birgalikda ta’kidlash lozimki, progressiv soliq stavkalari davlat tomonidan iqtisodiyotni soliqlar vositasida tartibga solishda alohida ahamiyatga ega.
Soliq stavkalari haqida gapirganda, proportsional soliq stavkasi uchun neytral holat xarakterli bo’lsa, progressiv soliq stavkasi soliqlarning fiskallik xususiyatini xarakterlaydi, ya’ni progressiv soliq stavkalarida byudjet manfaati ko’proq yuzaga chiqadi. Shu jihatdan soliqlardan adolatlilik tamoyilining amal qilishini ta’minlash maqsadida regressiv soliq stavkalaridan foydalaniladi.
Regressiv soliq stavkasida soliq to’lovchining soliqqa tortiladigan daromadi, oboroti, mol-mulk qiymati kabi soliq ob’ektining ortib borishi bilan soliq stavkasining kamayib borishi ifodalanadi. Bundan ko’rinadiki, regressiv soliq stavkasi progressiv soliq stavkasiga nisbatan teskari, hodisani ifodalaydi.
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida regressiv soliq stavkasi asosan soliqlarning rag’batlantiruvchilik rolini oshirish maqsadida qo’llanilib, bu asosan korxonalarning mahsulot (xizmat, ish)ni chetga eksport qilishini rag’batlantirish maqsadida joriy etilgan. Jumladan:
Foyda solig’i bo’yicha:
Eksportchi korxonalar uchun realizatsiyaning umumiy hajmida o’zi ishlab chiqargan tovarlar eksportining erkin konvertatsiyalanadigan valyutaga eksport qilish ulushiga bog’liq holda daromadga soliq solishning regressiv shkalasi 2018 yil 1-ynvarga qadar amal qilgan.
Mol-mulk solig’i bo’yicha, ham shu tartib 2018 yil 1-ynvarga qadar amal qilgan.
Respublikamiz soliq tizimida eksport faoliyatini rag’batlantirishga qaratilgan qator imtiyozlarning mavjudligi milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni o’z mahsulotlarini eksport qilishga yo’naltiruvchi asosiy omil bo’lib xisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda uzoq yillardan buyon yagona soliq stavkalarini joriy etish to’g’risida bahsli munozaralar davom etib kelayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |