Soliqqa tortish birligi - bu ob’ektning o’lchov birligi. Masalan, daromad yoki mol-mulk solig’ida ob’ektning o’lchov birligi bo’lib uning so’mdagi bahosi ifodalansa, yer solig’ida o’lchov birligi bo’lib kv.m. yoki gektar hisoblanadi.
Soliq stavkasi - ob’ektning har bir birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo’yilgan me’yordir. Soliq stavkasi soliq elementlari ichida eng ko’p amaliy ahamiyatga ega bo’lgan unsurdir. CHunki, soliq stavkalarini o’zgartirish orqali davlat xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga sezilarli ta’sir etadi, ayrim faoliyat, sohaga ustuvorlik berilishi, kapital zarur sohalarga yo’naltirilishi, rag’batlantirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |