ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ФАРҒОНА ПОЛИТЕХНИКА ИНСТИТУТИ
“КИМЁ-ТЕХНОЛОГИЯ” факультети
“Бухгалтерия хисоби ва аудит” кафедраси
“МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР” фанидан
МУСТАҚИЛ ИШ
Бажарди: 62-17 гурух талабаси
Зокиржонов Жасурбек
Қабул қилди: Хаджаев А
Фарғона-2021
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ TIZIMI VA SOLIQ SIYOSATI
Reja
1.O’zbekiston Respublikasining soliq siyosati
2.Soliqqa tortish tizimi va uning elementlari
3. Soliq stavkalari va soliq imtiyozlari
4. Soliqlarni undirish usullari
5. Soliqlarni guruhlash
1.O’zbekiston Respublikasining soliq siyosati
Milliy soliq tizimi mustaqillik yillarida tashkil topdi va rivojlandi. Dastlabki tadbirlar Davlat soliq qumitasi, uning boshqarmalarini tashkil topishi va soliq qonunchiligi asoslarini yaratilishi bilan xarakterlanadi.
Barcha mamlakatlarda davlat ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotni tartibga solish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida u yoki bu mexanizmlardan foydalanadi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solishda ikkita asosiy quroldan foydalandi.
1. Soliq siyosati.
2. Pul-kredit siyosati.
Soliq siyosati davlatning soliq munosabatlarini tashkil qilishdagi chora-tadbirlari, faoliyatlar yig’indisidir. SHunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o’z mustaqil soliq siyosatiga ega bo’la oladi.
Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlanishiga xar tomonlama faol ta’sir ko’rsatish mumkin. Soliqlar pul munosabatlari bo’lib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati xam iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir.
Soliq-byudjet siyosati deganda mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlantirish maqsadida davlatning soliq tushumlari va byudjet xarajatlarini samarali boshqarishning asosiy yo’nalishlari tushuniladi. Fiskal siyosat davlat (hukumat) tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Soliq tizimi deganda moxiyati jixatidan bir xil bo’lgan va markazlashgan pul fondiga tushadigan soliq turlarining yig’indisi tushuniladi. Tizim - bu yig’ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan bog’liqligi xam ifoda etilgan.
Soliq elementlari haqida gap borganda ko’pincha adabiyotlarda soliqqa tortish tizimi haqida so’z yuritiladi. Shu o’rinda soliqqa tortish tizimi soliq tizimiga nisbatan tor tushuncha bo’lib, aslida soliq tizimi tarkibini tashkil etadi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni qamrab olsa, soliqqa tortish tizimi esa soliqlarni undirish bo’yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarini o’z ichiga oladi. SHu jihatdan soliqqa tortish tizimi qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan qonun yo’li bilan belgilangan hamda ijro hokimiyati tomonidan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuasidan iborat. Soliqqa tortish tizimining mohiyati garchand o’zgarmas bo’lib ko’rinsada, uning shakl-shamoyili va yo’nalishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga, qolaversa soliq siyosatining mazmuniga bog’liq bo’ladi. Chunki, soliqqa tortish tizimi o’z ichiga tarkiban soliq elementlari, soliqlarni tashkil etish tamoyillari va usullarini oladi, bu elementlarning qay darajada talqin etilishi esa bevosita davlat siyosati yo’nalishiga bog’liq. Masalan, soliq elementlariga kiruvchi soliq stavkasining qaysi turlarining ko’proq amal qilishi, soliq imtiyozlarining belgilanishi, soliqlarni undirishni qaysi usullaridan ustuvorlik bilan foydalanish asosan ijro hokimiyati faoliyatining mazmuniga bog’liq. Binobarin, shu ma’noda xuddi soliqlarni vazifalari kabi soliqqa tortish tizimi ham har bir davlatda o’ziga xos tarzda amal qilishi va tashkil etilishi mumkin.
Demak, davlat qonunchiligi bilan belgilangan va uning maxsus idoralari tomonidan undiriladigan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi.
Soliqqa tortish tizimining asosiy bo’g’ini hisoblangan soliq elementlari esa soliqqa tortishda ifodalanadigan tushunchalar bo’lib, ular soliq to’lovchilar va davlat byudjeti o’rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo’ladi.
Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to’liq va teranroq ifoda etish uchun iqtisodiy voqeliklarni har bir kichik guruhlari muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq elementlari ham xuddi shunday soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni izohlashga xizmat qiluvchi yaxlit tushunchadir. Soliq elementlari tushunchasi soliqqa tortish tizimini muhim tarkibiy qismi bo’lib, uning o’zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy kategoriyalarni yaxlit holdagi harakatini bildiradi.
Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat bo’lib, ular tarkiban: soliq sub’ekti, soliq ob’ekti, soliq predmeti, soliq manbai, soliqqa tortish birligi, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq normasi, soliqni to’lash muddatlari, soliq yuki, soliq bazasini hisoblash usullari, soliqqa tortish usullari kabi tushunchalarni qamrab oladi. Quyida soliq elementlarining har biriga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |