Mikroorganizmlar nafas olish turiga ko’ra bir necha guruhlarga bo’linadi:
1. Obligat aerob;
2. Mikroaerofil (kam kislorod talab aktinomitsetlar, brutsellalar);
3. Fakultativ anaerob;
4. Bog’langan kislorod hisobiga nafas oluvchilar.
1. Obligat aerob nafas oluvchi mikroorganizmlar. Bu guruhga kiruvchilarning ko’pi
geterotroflar bo’lib, ular kislorod yordamida geksozani parchalab, energiya ajratib chiqadi.
Hosil bo’lgan mahsulot karbonat angidrid va suv 680 kal energiya ajralib chiqadi. Kislorod
yetarli bo’lmagan xollarda geksoza oxirigacha parchalanmasdan organik kislotalar (limon,
fumar, yantar), karbonat angidrid, suv va X kaloriya energiya hosil bo’ladi. Sanoatda limon
kislota olishda shu usuldan foydalanishadi. Hosil bo’lgan organik kislotalar energiya materiali
sifatida ishlatilishi mumkin, ya’ni organik kislota kislorod ishtirokida endi oxirgi mahsulotlar
bo’lgan karbonat angidrid, suv va X kaloriya energiya hosil qiladi. Masalan, etanol kislorodli
muhitda sirka kislotagacha oksidlanadi, suv va X kaloriya energiya hosil bo’ladi. Sirka kislota
o’z navbatida kislorod ishtirokida karbonat angidrid, suv va X kaloriya energiya hosil qiladi.
Autotrof organizmlarning ko’plari aerob bo’lib, energiya hosil qiladigan material sifatida
mineral birikmalardan foydalanadi. Masalan, nitrifiqator mikroorganizmlar ammiakni kislorod
ishtirokida, nitritlargacha oksidlaydi va bunda X kaloriya energiya ajraladi. So’ngra jarayonni
ikkinchi fazasi boshlanib nitritlar kislorod ishtirokida nitrat kislotagacha oksidlanadilar va x
kaloriya energiya ajralib chiqadi. Ikkinchi misol, serobakteriyalar vodorod sulfidin kislorod
ishtirokida sulfat kislotagacha oksidlaydi va X kaloriya energiya hosil bo’ladi. Uchinchi misol
temir bakteriyalar temir karbonatni kislorod ishtirokida oksidlab temir oksi asosiga Fe(OH)
3
,
CO
2
va kaloriya energiya hosil qiladi.
Yuqoridagi misollardan ko’rinadiki, aerob nafas olishda Har xil mahsulotlar hosil bo’ladi.
2. Obligat anaeroblar kislorodsiz sharoitda yashaydigan bakteriyalardir. Jarayon bijg’ish
jarayoni deb ham ataladi. Ko’pgina achitqilar, sut kislotali, moy kislotali va boshqa xil
bakteriyalar shu tipda nafas oladi. Masalan, spirtli bijg’ish jarayonida, geksoza achitqilar
ta’sirida etanol, karbonat angidrid hamda 28 kaloriya energiya hosil bo’ladi. Sut kislotali
bijg’ishda, geksoza, sut kislotali bakteriyalar ta’sirida sut kislota va 18 kaloriya energiya hosil
qiladi.
Moy kislotali bijg’ishda, geksoza parchalanib, moy kislota, karbonat angidrid va 19
kaloriya energiya ajralib chiqadi.
3. Fakultativ anaerob nafas olish jarayonida, mikroorganizmlar kislorodli va kislorodsiz
sharoitda ham nafas oladi. Mikroorganizm yashayotgan muhitda kislorod yetarli bo’lsa, geksoza
oxirigacha parchalanib, karbonat angidrid, suv va 680 kaloriya energiya hosil qiladi. Muhitda
kislorod yetishmagan takdirda, geksozaning parchalanishidan etanol, karbonat angidrid va 28
kaloriya energiya hosil bo’ladi.
4. Bog’langan kislorod hisobiga nafas oluvchi mikroorganizmlar. Bu tipda nafas
oluvchi mikroorganizmlarga misol qilib denitrifiqator mikroorganizmlarni ko’rsatish mumkin.
Ular mineral azotni qaytarib erkin azotga (N2) aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |