Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Қарши Давлат университети


Katabolizm va biosintez haqida tushuncha



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/59
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#287288
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
Bog'liq
bioekologiya

Katabolizm va biosintez haqida tushuncha. Mikroorganizm hujayrasiga o’tgan moddalar 

har  xil  kimyoviy  reaktsiyalarda  qatnashadi.  Bundan  tashqari  hujayra  hayot  faoliyatida  ishtirok 

etadigan  kimyoviy  reaktsiyalarning  hammasi  birgalikda,  katabolizm  —  modda  almashish 

deyiladi.  U  metabolizmning  bir  qismidir,  ya’ni  metabolizm  =  katabolizm  +  biosintezdir. 




Katabolizm  yoki  energiya  almashinishi,  oziqa  moddalari  —  uglevodlar,  oqsil  va  yoglarining 

parchalanishi oksidlanish  reaktsiyalari hisobiga amalga oshib, natijada energiya  ajralib  chiqadi. 

Mikroorganizmlarda  ikki  xil  katabolizm  mavjud  bo’lib,  ular:  aerob  nafas  olish  va  bijg’ish 

jarayonlaridir. 

Aerob nafas olishda, organik modda tuliq parchalanadi va ko’p miqdorda energiya ajralib 

chiqadi.  Oxirgi  mahsulot  sifatida  energiyaga  kambag’al  moddalar  (СO

2

,  Н


2

O)  hosil  bo’ladi. 

Bijg’ish  jarayonida  esa  organik  moddalarning  chala  parchalanishi  kuzatiladi.  Kam  miqdorda 

energiya ajralib chiqadi va energiyaga boy oxirgi mahsulotlar (etanol, sut kislota, moy kislota va 

xokazo) hosil bo’ladi. 

Katabolizmda ajralib chiqadi erkin energiya ATF shaklida tuplanadi. 

Biosintez  (konstruktiv  modda  almashish)  jarayonida  atrof  muhitdagi  sodda  birikmalardan 

makromolekulalar  (nuklein  kislota,  oqsillar,  polisaHaridlar  va  boshqalar)  sintezlanadi.  Bu 

jarayonda  katabolizmda  ajralib  chiqqan  erkin  energiya  sarflanadi  (bunday  energiya  fotosintez, 

xemosintez va boshqalarda ham hosil bo’ladi) va ATF holida tuplanadi. Katabolizm va biosintez 

bir  vaqtda  o’tadi,  ko’pgina  reaktsiyalar  va  oraliq  mahsulotlar  ular  uchun  umumiy  bo’lishi 

mumkin. 


Oksidlanish  jarayonining  eng  takomillashgan  formasi  va  hayot  uchun  zarur  bo’lgan 

energiya  ajratadigan  jarayon  bu  nafas  olishdir.  Har  bir  tirik  organizmga  xos  nafas  olish  tipi 

muayyan  jarayonga  xizmat  qiluvchi  fermentlar  yig’indisiga  bog’liq.  Nafas  olish  jarayonida 

shakarlar, oqsillar, yoglar yoki hujayradagi boshqa zapas moddalar havo kislorodining ishtirokn 

bilan  oksidlanadi,  okibatda  karbonat  angidrid  bilan  suv  hosil  bo’ladi.  Jarayonda  ajralib  chiqadi 

energiya mikroorganizmlarning hayot faoliyati uchun, o’sishi va rivojlanishi uchun sarf bo’ladi. 

Nafas olish jarayonini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin: 

С

6



Н

12

О



6

 + 6О


2

 = 6СО


2

 + 6Н


2

О + 2,87 10

6

 J 


Yuqoridagi tenglamadan kurinib turibdiki, nafas olish jarayonida ko’p miqdorda energiya 

ajralar ekan, lekin u oz-ozdan ajraladi. Uning bir qismi ATF da tuplanadi, zarur bo’lgan vaqtda 

ATF  parchalanadi  va  hayot  uchun  zarur  energiya  ajraladi.  Nafas  olish  jarayonida  sodir 

bo’ladigan  fermentativ  reaktsiyalar  hayvonlarda,  o’simliklarda,  ko’pchilik  mikroorganizmlarda 

bir xilda boradi. Nafas olish jarayoni glyukoza molekulasining oksidlanishi bilan boshlanadi va 

tubandagi bosqichlardan iborat. 

Barcha  tirik  organizmlar  hayot  uchun  zarur  bo’lgan  energiyani  moddalar  almashinuvi 

jarayonidan  (metabolizm  jarayonidan)  oladi.  Energiya  manbai  tashqi  muhitdan  kirgan  oziq 

moddalardir.  Hujayrada  bu  moddalar  fermentlar  ishtirokida  o’zgarishlarga  uchraydi.  Moddalar 

almashinuvi  jarayonida  —  metabolizmda  asosan  ikki  funktsiya  amalga  oshadi:  hujayra 

komponentlari  uchun  qurilish  materiallari  yetkazib  beriladi;  ikkinchidan,  hujayradagi  sintez 

jarayonlari  uchun  energiya  yetkazib  beriladi.  Moddalar  almashinuvi  asosan  uch  bosqichdan 

iborat.  Birinchi  bosqichda  oziq  mahsulotlari  kichikrok  fragmentlarga  (bulaklarga)  parchalanadi 

(parchalanish  —  katabolizm);  ikkinchi  bosqichda  organik  kislotalar  va  fosforli  efirlar  hosil 

bo’ladi  (oraliq  moddalar  almashinuvi  —  amfibolizm).  Bu  bosqichlar  bir-biriga  chambarchas 

bog’liq. 

Turli  past  molekulali  birikmalardan:  pirouzum  kislota,  sut  kislota,  sirka  aldegid, 

fosfodioksiatseton, 

fosfoglitserindan, 

hujayra 


komponentlari 

—  qurilish  bloklari: 

aminokislotalar,  purin  va  pirimidin  asoslari,  fosfatlar,  organik  kislotalar  va  boshqalar 

sintezlanadi.  Bulardan  polimer  makromolekulalari  (nuklein  kislotalar,  oqsillar,  zapas  oziq 

moddalar, hujayra kobig’i va xokazolar) hosil bo’ladi. Bu bosqichlar, ya’ni qurilish bloklari va 

polimerlarning  sintezlanishi  moddalar  almashinuvining  uchinchi  bosqichi  —  anabolizm  deb 

nomlanadi. 

 

Mikroorganizmlar  fermentlari.  Mikroorganizmlar  metabolizmi  va  undagi  jarayonlarni 



tushunish uchun avvalo usha jarayonlarda qatnashadigan fermentlar va ularning ahamiyati bilan 

qisqacha tanishish lozim. 

Fermentlar biologik  katalizatorlardir. Ular bir vaqtning o’zida minglab reaktsiyalarni olib 

boradi  va  shu  reaktsiyalar  metabolizmi  asoslarini  tashkil  etadi.  Fermentlar  odatda  u 




parchalaydigan  substrat  nomiga  aza  qushimchasi  qo’shib  nomlanadi.  Tsellyulaza  tsellyulozani, 

tsellobiaza  tsellobiozani,  ureaza  mochevinani  parchalaydigan  fermentlardir.  Fermentlar 

ko’pincha fermentlar olib boradigan reaktsiyasining kimyoviy tabiatga qarab ham nomlanadi. 


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish